101
Doktor axborotnomasi
№
3 -
2015
KATTA YOSHDAGI BOLALARDA SURUNKALI YUVENIL ARTRITNI KOMPLE
К
S
DAVOLASHDA SITOSTATIKLARNI AXAMIYATI
T.T. Toshaliyeva, S.T. Safarov, D.A. Abdullaeva
Andijon davlat tibbiyot instituti
Mavzuni dolzarbligi.
Zamonaniy bolalalar revmatologiyasining eng dolzarb muammolaridan biri
bo‘g‘imlarni surunkali yallig‘lanish kasalliklarini oldini olish va ularni bartaraf etishdir. Bunday
kasalliklardan biri yuvenil surunkali artrit (YuSA) bo‘lib unga tayanch-xarakat apparatining uzoq muddatli
yallig‘lanish jarayoni xosdir, bu jarayon esa bolalarni erta nogironliklariga olib kelishi mumkin.
Tadqiqot maqsadi.
Bizning maqsadimiz sitostatiklar bilan o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini
o‘tkazguncha va o‘tkazilgandan so‘ng YuSA bilan og‘rigan bemorlarda klinik-laborator ko‘rsatkichlarini
faolligini baxolash.
Tadqiqot vazifalari.
Tekshiruv uchun YuSA og‘rigan 20 ta bemor tanlab olindi.
Tekshiruv guruxida puls-terapiya o‘tkazilishi uchun quyidagi me’zonlar inobatga olingan: Isitma, artrit,
serozit, gematologik buzilishlar, yugurikli nefrit, asab tizimini buzilishlari, generalizatsiyalangan vaskulit.
YuSA ning yukori faolligi.
Standart terapiyani samarasizligi.
Tekshiruvlarga karshi kursatmalar: Boshqaruvsiz arterial gipertenziya; Og‘ir interkurrent infeksiyalari;
Dezagregantlarni yuqori dozalarda qo‘llanilishi.
Ilmiy yangiliklar.
Yukorida ko‘rsatilgan me’zonlar talabiga faqatgina YSA bilan 11 ta bemor javob
bergan. Kontrol guruxiga standart terapiya oluvchi 9 ta analogik bemor kiritilgan.
Tadqiqot natijalari.
Tekshiruv guruxlarga kiritilgan barcha bemorlar intensiv terapiyani o‘tkazishidan
avval prednizolon 10-20 mg/sut, va dezagregantlarni (trental 50 mg 2 maxal/sut), yalliglanishka qarshi
nosteroid preparatlari (YQNP) (diklofenak yoki indometotsin 25 mg/sut) 3 maxal qabul qilganlar. Ularni
samarasizligi tufayli biz melilprednizolon preparati (12.5-15 mg/kg) bilan sitostatik siklofosfan (1-1.5mg/
kg) moddalarini qo‘lladik. YQNP va dezagregantlar 10 kun davomida o‘zgartirilmagan, keyinchalik esa
gemostazni trombotsitar-tomir gemostazi ko‘rsatkichlari ortib ketganida dezagregantlar vena ichidan
yuborilgan.
Xulosa.
Р
atogenetik prinsp asosida ishlab chiqilgan ushbu usul glyukokortikosteroidlar va siklofosfan
bilan birgalikdagi megadozalari bilan o‘tkazilganida,
davolashni yuqori samaradorligini oshiradi,
asoratlarni va letal oqibatlarni kamayishiga kafolat beradi va shu kategoriyadagi bemor bolalarni xayot
sifatini yaxshilanishiga va ko‘tarilishiga olib keladi.
KATTA YOSHDAGI BOLALARDA SURUNKALI YUVENIL ARTRITNI
KOMPLEKS DAVOLASHDA GLYUKOKORTIKOSTEROID
PREPARATLARINI AFZALLIK DARAJASI
T.T. Toshaliyeva, S.T. Safarov, D.A. Abdullaeva
Andijon davlat tibbiyot instituti
Mavzuni dolizarbligi.
Zamonaniy bolalalar revmatologiyasining eng dolzarb muammolaridan biri
bo‘g‘imlarni surunkali yallig‘lanish kasalliklarini oldini olish va ularni bartaraf etishdir. Bunday
kasalliklardan biri yuvenil surunkali artrit (YuSA) bo‘lib unga tayanch-xarakat apparatining uzoq muddatli
yallig‘lanish jarayoni xosdir, bu jarayon esa bolalarni erta nogironliklariga olib kelishi mumkin.
Tadqiqot maqsadi.
Bizning maqsadimiz glyukokortikosteroidlar va sitostatiklar bilan o‘tkazilgan puls-
terapiyani o‘tkazguncha va o‘tkazilgandan so‘ng YuSA bilan og‘rigan bemorlarda klinik-laborator
ko‘rsatkichlarini faolligini baxolash. Tekshiruv uchun YuSA og‘rigan 18 ta bemor tanlab olindi.
Tadqiqot vazifalari.
Tekshiruv guruhida puls-terapiya o‘tkazilishi uchun quyidagi me’zonlar inobatga
olingan: Isitma, artrit, serozit, gematologik buzilishlar, yugurikli nefrit, asab tizimini buzilishlari,
generalizatsiyalangan vaskulit. Tekshiruvdan utkazilgan bemorlarda quidagi me’zonlar urganildi: YuSA
ning yuqori faolligi; Standart terapiyani samarasizligi; Tekshiruvlarga qarshi ko‘rsatmalar: Boshqaruvsiz
arterial gipertenziya; Og‘ir interkurrent infeksiyalari; Dezagregantlarni yuqori dozalarda qo‘llanilishi.