Mazkur maqolada Iqbol Mirzoning Bonu romanida ayol obrazi dekadentlik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Asarda tasvirlangan tarixiy-ijtimoiy muhit XX asr boshlaridagi O‘rta Osiyo jamiyatining o‘zgarish jarayonlarini aks ettirib, an’anaviy va zamonaviy qadriyatlarning to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan inqirozli holatlarni yoritadi. Dekadentlik adabiy oqimi asosan jamiyatning tanazzuli, axloqiy va ma’naviy tushkunlik, qadriyatlarning yemirilishi kabi jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, Bonu romanida ushbu tendensiyalar ayol qahramonlar timsolida o‘z ifodasini topadi.
Asarda Bonu obrazi ayol erkinligi va huquqlarining cheklanganligi, ijtimoiy me’yorlarning unga bo‘lgan ta’siri, shuningdek, uning yangi hayot sari intilishi bilan bog‘liq qarama-qarshiliklarni o‘zida mujassamlashtiradi. Roman qahramonining ichki kechinmalari va tashqi muhit bilan bo‘ladigan kurashi dekadentlik nazariyasi doirasida tahlil qilinib, undagi tushkunlik, isyonkorlik va jamiyatga nisbatan norozilik kayfiyatlari ochib beriladi. Ayolning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va jamiyatning unga nisbatan munosabati roman kontekstida aniq tasvirlangan bo‘lib, bularning barchasi asarning dekadentlik ruhiga yaqinligini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada Bonu romanida ayol obrazining ijtimoiy inqiroz sharoitida shakllanishi va uning qadriyatlar ziddiyati fonida kechadigan ichki va tashqi kurashi dekadentlik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek adabiyotida ayol masalasining aks ettirilishi va uning zamonaviy adabiy jarayonlar bilan bog‘liqligi ham o‘rganiladi.
Kalit so’zlar: Bonu romani, Ayol obrazi, Dekadentlik, Ijtimoiy inqiroz, Qadriyatlar ziddiyati, An’anaviy va zamonaviy qadriyatlar, Ayol erkinligi va cheklovlari, O‘tish davri adabiyoti, Jamiyat va ayol mavqei, Adabiy tahlil va dekadentlik
The interpretation of the female character in Iqbal Mirzo's novel "Bonu" from a decadent perspective: social crisis and conflict of values
Khamzaeva Zebo
Teacher, University of Economics and Pedagogy
hamzayevazebo1016@gmail.com
Annotation: This article analyzes the portrayal of women in Iqbal Mirzo's novel "Bonu" from the perspective of decadence. The historical and social environment depicted in the work reflects the processes of change in Central Asian society at the beginning of the 20th century and illuminates the crisis situations that arose from the clash between traditional and modern values. The literary trend of decadence is primarily associated with processes such as societal decline, moral and spiritual degradation, and the erosion of values. In the novel "Bonu," these trends are embodied in the female characters.
In the work, the character of Bonu embodies contradictions related to the limitations on women's freedom and rights, the influence of social norms on her, as well as her aspirations for a new life. The protagonist's inner experiences and her struggle with the external environment are analyzed within the framework of decadence theory, revealing her despondency, rebelliousness, and dissatisfaction with society. The role of women in social life and society's attitude towards them are vividly depicted in the context of the novel, all of which indicates the work's affinity with the spirit of decadence.
This article analyzes the development of the female character in the novel "Bonu" in the context of social crisis and her internal and external struggles against the backdrop of conflicting values from the perspective of decadence. Additionally, it examines the portrayal of women's issues in Uzbek literature and its connection to modern literary processes.