Ushbu maqolada odamlarni psixik va fiziologik muhitiga bevosita daxl qilayotgan xavotir hissi va buning oqibatida asab buzilishi, kuchli nevrozlarni yuzaga kelishi va omillari, menopauza va gormonal yetishmovchilikka duchor bo'lgan ayollarning psixik holati va buning natijasida insonlarning kundalik hayotda ishlash qobiliyatiga salbiy ta’sir etishi, uni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada qalami o‘tkir nosir, kichik hikoyalar orqali katta xulosalarni bera oladigan adib A. Qahhor ijodi tahlil qilingan. Shuningdek, yozuvchi asarlaridagi o‘ziga xoslik, so‘zga chechanlik asarlardan olingan misollar orqali konkretlashgan. Rus yozuvchisi A.P. Chexov va A.Qahhor ijodidagi o‘xshash jihatlarga ham e’tibor qaratilgan.