Ушбу мақолада туризм индустрияси ва хизмат кўрсатиш соҳасининг долзарб муаммолари, туристик хизматлар, фан ва ишлаб чиқаришни модернизация қилиш механизмлари ва шакллари, туризм соҳаси стандартлари асосида юқори малакали, рақобатбардош кадрлар тайёрлаш масалалари муҳокама қилинди. Жумладан, туристик таълим ва ишлаб чиқаришга янги технологияларни жорий этиш ва ҳоказолар ўрганилди.
Vertikal (tik) yo’nalishdagi ritmlar ham bo’lib, ular vaqt davomida o’simlikning o’sib, ulg‘ayib borishi bilan archa, pixtalar, listvenitsalar va boshqa xvoy tipidagi daraxtlarning novdalarini g‘uj barg qilib kurakcha shaklida o’stirib yoki daraxtlarni kuzab ularga qandil, katta shamdon, chilchiroqlar shaklini berish orqali hosil qilinadi.
Mazkur maqolada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda uchraydigan qiyinchiliklar, shu yoshda ularda yuzaga keladigan inqirozning psixologik xususiyatlari, ularni bartaraf etish bo‘yicha xulosa va tavsiyalar berilgan.
Bugungi kunda yog’lar tarkibidagi trans kislotralar miqdorini kamaytirish dolzarb masalalaridan biri bo’lib, uni bartaraf etishning bir nechta usullari ishlab chiqilgan. Mazkur tadqiqot ishida o'simlik moylarini superkritik suyuqlik holatida gidrogenlash texnologiyasi adabiyotlar tahlili orqali o’rganilgan. O'simlik moylarini superkritik suyuqlik holatida gidrogenlash texnologiyasining prinsipal sxemasi ishlab chiqilgan va texnologik rejim meyorlari aniqlangan.
Мақолада минерал ўғитларга теримк ишлов бериш орқали қуритиш жараёни ва унда қўлланиладиган қурилмаларнинг тахлили, жараёндаги мавжуд муаммолар ва уларнинг мақбул ечимлари ҳамда барабанли қуритгичнинг гидродинамик режимлари тадқиқ қилинган. Қурилманинг умумий гидравлик қаршилиги ва контакт элементнинг қаршилик коэффициентини аниқловчи тенглама тавсия этилган.