Jahon sog„liqni saqlash tashkiloti ma‟lumotlarga ko„ra «...qorin old devorining churrasi bir vaqtning o„zida qorin bo„shlig„i a‟zolarining kasalliklari bilan birgalikda keng tarqalgan jarrohlik kasalliklaridan biri bo„lib, aholining 3-7% ida uchraydi va asosan mehnatga layoqatli yoshdagi odamlarni tashkil qiladi» 1 . Adabiyot ma‟lumotlariga ko„ra, gerniotomiya qilingan bemorlarning 15-20% i operatsiyadan keyin boshqa jarrohlik kasalliklari sababli takroriy jarrohlik aralashuvlarga duchor bo„ladi. Bu bir vaqtda bajariladigan jarrohlik amaliyotlari muammosining dolzarbligini belgilaydi. Bemorda qorin bo„shlig„i a‟zolarining birga keladigan kasalligi bo„lsa, ventral churrada faqat gerniotomiya qilishning mantiqsizligiga e‟tibor qaratish lozim. Qorin bo„shlig„ining boshqa patologiyasi bo„lgan bemorlarda faqat gerniotomiya qilingan taqdirda, takroriy jarrohlik amaliyoti ko„pincha gernioplastika natijalarini bekor qiladi. Dunyo miqyosida qorin devorida va qorin bo„shlig„i a‟zolarida bir vaqtning o„zida bajariladigan jarrohlik amaliyotlari ko„plab bajarilgan bo„lib, jarrohlik aralashuvining murakkabligi e‟tirof etilgan, tadqiqotlar natijasida davolanish muddati kamayishi, churra tuzalgandan keyin yuzaga kelishi mumkin bo„lgan asoratlar rivojlanish xavfi kamayishiga erishilgan hamda qayta jarrohlik amaliyoti sababli takroriy og„riqsizlantirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo„lgan qo„shimcha hissiy zo„riqish xavfi kamaytirilgan. Churralari bo„lgan bemorlarda xoledoxolitiaz ko„p uchrashi, ayollar orasida esa kichik chanoq bo„shlig„i patologiyalari, qorin bo„shlig„ida chandiqli kasalliklar, surunkali va o„tkir osti ichak tutilishi, abdominoptoz aniqlanishi to„g„risida ma‟lumotlar keltirilgan.
Mazkur muammolar oshqozon-ichak traktining turli soxalarida joylashgan chandiqli kasallik, chandiqli ichak tutilishi va fistulalar mavjudligi bilan bog„liqligi isbotlangan. Bularning barchasi churrani bartaraf etish etapida, qorin bo„shlig„i etapida va qorin bo„shlig„ini yopish etapida jarrohlik jarayonini batafsil o„rganishni talab qiladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilish va sog„liqni saqlash tizimini takomillashtirish borasida keng ko„lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo„nalishda, xususan, morbid semizligi bo„lgan bemorlarda ventral churralarni jarrohlik yo„li bilan davolashni yaxshilashda ijobiy natijalarga erishilmoqda. Shu bilan birga, ushbu bemorlarga ko„rsatiladigan yordamni yaxshilash uchun perioperativ asoratlarning oldini olish va kasallikning qaytalanishining uzoq muddatli oldini olishni hisobga olgan holda jarrohlik
aralashuv samaradorligini baholash uchun dalillarga asoslangan natijalar talab qilinadi. Bu borada 2022-2026 yillarga mo„ljallangan Yangi O„zbekiston taraqqiyot strategiyasining yettita ustuvor yo„nalishiga muvofiq aholiga tibbiy xizmat kuratish darajasini yangi bosqichga ko„tarishda «...birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatda aholiga malakali ximzmat ko„rsatish sifatini yaxshilash...» 22kabi vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish, diagnostika va jarrohlik taktikasini maqbullashtirish orqali semizligi bo„lgan bemorlarda ventral churralarni jarrohlik yo„li bilan davolash natijalarini yaxshilash,
jarrohlik davolash usullarini takomillashtirish ustuvor yo„nalishlardan biridir.
Mazkur dissertatsiya tadqiqoti O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PF-6110-son «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog„liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to„g„risida» gi va 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarda Yangi O„zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to„g„risida» gi Farmonlari, 2020 yil 10 noyabrdagi PQ-4887-son «Aholining sog„lom ovqatlanishini taminlash bo„yicha qo„shimcha chora tadbirlar to„g„risida» va 2020 yil 12 noyabrdagi PQ-4891-son «Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta‟minlashga oid qo„shimcha chora-tadbirlari to„g„risida»gi Qarorlari
hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me‟yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.
Tadqiqot respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya tadqiqotlari respublika fan va texnika taraqqiyotining VI «Tibbiyot va farmakologiya» ustuvor yo„nalishiga muvofiq olib borilgan.
Tadqiqot davomida tor mutaxasislarni paradont kasalligini komorbid patologiyasini erta aniqlash va adekvat davolashni tavsiya etish uchun ishtiroki va darajasi aniqlandi.
Biz tarqalgan paradontit bilan kasallangan 225 bemorda tadqiqot o’tkazdik. Tarqalgan paradontit (TP) va og'iz shilliq qavati patologiyasi (OSHQP) bo'lmagan 40 ta bemor nazorat guruhini tashkil etdi.
Nazorat ko'rsatkichlari bilan taqqoslanadigan guruh bemorlarida ro'yxatga olingan patologiya chastotasida statistik jihatdan sezilarli farqlar, shuningdek aniqlangan kasalliklarning chastotasi va paradontal patologiyaning og’irligi o'rtasidagi bog'liqlik aniqlandi. Shunday qilib, ilgari mavjud bo'lgan kasalliklarning umumiy chastotasi engil darajadagi tarqalgan paradontit (EDTP), o'rtacha darajadagi tarqalgan paradontit (O’DTP) va og'ir darajadagi tarqalgan paradontit (ODTP) seriyasida EDTP bilan 32,47 ± 5,34% gacha oshdi; ODTP bilan og'rigan bemorlarda ODTP bilan 51,25 ± 3,83% gacha 86,96 ± 3,14% gacha (chiziqli korrelyatsiya koeffitsienti ²² = 96.167; P ≤ 0.001); yangi aniqlangan patologiyaning mos dinamikasi 42,86 ± 5,63%; 47,65 ± 3,83% va 13,04 ± 3,14% (χ² = 65,087; P ≤ 0,001) bo’ldi; dori -darmonlarni tizimli korresiyalash talab qiladigan barcha somatik patologiyalarning mos keladigan chastotasi 75,32 ± 4,93%ni tashkil etdi; 99,41 ± 0,52% va 100,00 ± 0,00% (χ² = 235,351; P ≤ 0,001).
Amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida paradontit rivojlanishining quyidagi patogenetik mexanizmlari uchun lokal terapiya taktikasini qo’llash kerak: mikrosirkulyatsiya buzilishi, lipid peroksidlanish jarayonlarining tarqalishi, sitokin agressiyasi va suyak rezorbsiyasining kuchayishi. Tashxis qo'yganda, terapiyaning ko'lami va usullari bemorning individual klinik va laboratoriya parametrlarini baholash asosida, kasallikning rivojlanishining ustuvor mexanizmlarini aniqlaydigan markerlarni aniqlash asosida maksimal darajada individual bo'lishi kerak.
The aim of this study was to assess the state of indicators of the hemostasis system of blood and saliva in patients with CGP concomitant CHF. 109 people aged 40 to 60 years, with signs of chronic generalized periodontitis (CGP) concomitant CHF were examined. In accordance with the objectives of the study, 3 groups were formed: Group I - 50 patients (39 men and 11 women) with chronic generalized periodontitis on the background of AH and IHD, Group II - 34 patients (22 men and 12 women) with CGP on the background of AH and IHD combined adentia, group III - 25 patients (15 men and 10 women) with periodontal pathology (CGP), without diseases of the cardiovascular system (CVS). Revealed hyperhomocysteinemia and an increase in the procoagulant activity of saliva and blood, which is a consequence of not only CGP, but also atherosclerotic process, in which a thrombogenic threat is created due to the involvement of endothelial cells of the oral mucosa in this process.
Тадқиқотнинг мақсади. Ерта реабилитация даврида COVID-19нинг клиник ва патогенетик хусусиятларини ретроспектив таҳлил маълумотларига кўра аниқлаш. Тадқиқот материали ва усуллари. COVID-19 касаллигини бошидан ўтқизган ва касалликнинг доимий аломатларига ега бўлган 128 нафар беморларнинг касаллик тарихини ретроспектив таҳлил қилиш амалга оширилди. Фон касалликлари ва турли патологик синдромларнинг клиник кўринишлари сони ва частотаси аниқланди.Тадқиқот натижалари. Касаллик тарихларини таҳлил қилиш натижалари шуни кўрсатдики, 44 бемор COVID-19 касалликнинг ўртача оғир, 45 бемор-оғир ва 39 бемор -ўта оғир даражасини ўтказишган. 40 нафар бемор ўпка ҳажмининг 25% ёки ундан кам (КТ-1), 43 бемор – 25 дан 50% гача (КТ-2), 32 бемор -50 дан 75% гача (КТ-3) ва 13 бемор –75% дан ортиқ (Кт-4) зарарлагани билан касалланган еди. Фон патологиялари ўртача сони 4.53±2.20 ни ташкил етди.Фон касалликларининг ўртача сони катта ёшдаги беморларда анча юқори бўлди (р<0.001).Оғир ва ўта оғир инфексия билан оғриган беморлар орасида диабет ва семизлик кўпроқ тарқалган эди (иккала таққослаш учун р<0,05). Инфексиянинг ўртача оғирликдаги беморлар гуруҳида эса сурункали вирусли гепатит кўпроқ тарқалган эди (р<0,05). Аутоиммун яллиғланиш реаксияси билан патогенетик боғлиқ клиник синдромлар 99 та беморда (77.34%), ҳужайра дистрофияси – 123 та беморда (96.09%), коагулопатия– 73 та беморда (57.03%), фиброз – 44 та беморда (34.38%) кузатилган.
Хулоса. Ретроспектив таҳлилларга кўра, катта ёшдаги беморларда фон касалликларининг ўртача сони анча юқори бўлган. Қандли диабет ва семизлик COVID-19 касалликнинг оғир ва ўта оғир даражаси билан оғриган беморларда кўпроқ тарқалган-19. Инфексиянинг ўртача оғирликги билан оғриган беморларда сурункали вирусли гепатит кўпроқ тарқалган.Аутоиммун яллиғланиш реаксиясининг патогенетик синдроми 77,34% беморларда, ҳужайра дистрофияси синдромлари - 96,09%, коагулопатик синдроми - 57,03%, ва фиброз 34,38% беморларда кузатилди.