Mazkur maqola orqali korrupsiyaviy munosabatlarning vujudga kelishida ijtimoiy va yuridik omillar, korrupsiya jinoyatlarini yuridik ahamiyati, manfaatlar to‘qnashuvining huquqiy oqibatlari, korrupsiyaning bugungi kundagi holati, korrupsiyani yo‘q qilishning samarali mexanizmlari, fuqarolarda korrupsiyaga qarshi imunitetni shakllantirish masalalari yoritib beriladi
Ushbu maqolada ta’lim sohasidagi korrupsiya fenomeni, uning tabiati, paydo bo‘lish sabablari va shartlari tartibga solinadi. Bilim olishning mavjud jarayoni asosida talabalarga repetitorlik mashg‘ulotlarida qatnashish uchun pedagogik bosimga hissa qo‘shadigan korrupsiya omillari aniqlanadi
Hayotda albatta, har birimiz ertami-kechmi nohaqlikka, adolatsizlikka to‘qnash kelishimiz ehtimoldan xoli emas. Aytaylik, puxta bilimga ega o‘quvchining institutga kirolmasligi yoki sudyaning pora evaziga gunohkorni oqlab, begunohni qoralashi kabi nohaqliklaru bedodliklar hayotda juda uchraydigan hodisalardir hisoblanadi. Ushbu maqolani yozishimdan maqsad korrupsiya tushunchasi, mazkur tizimdagi jinoyatlarning ob’yektiv va sub’yektiv belgilari, xalqaro miqyosdagi huquqiy hujjatlardagi korrupsiyaviy normalarning standartlari hamda mazkur turdagi jinoyatlarga oid xorijiy davlatlar tajribasi qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada korrupsiyaviy jinoyatlarga oid amaldagi milliy qonunchilik muammolari va ularni takomillashtirish masalalari ko‘rsatilgan. Bundan tashqari mazkur maqolada xalqaro huquqiy hujjatlar, xorijiy davlatlardagi korrupsiyaviy normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish istiqbollari muhokama qilingan
Ushbu maqolada korrupsiyaning vujudga kelish sabablari, jamiyat rivojlanishiga ta’siri va uning oqibatlari hamda unga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida amalga oshirilgan ishlar, ushbu sohadagi davlatimiz siyosati hamda korrupsiyaga qarshi kurash sohadagi yurtimiz qonunchiligi va xalqaro qonun hujjatlari yoritib berilgan
O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yanada murakkab bosqichiga o‘tmoqda. Islohotlarning inklyuzivligi va shaffofligini ta’minlash o‘rta muddatli muhim vazifadir. Shu bilan birga, yashirin iqtisodiyotning salmoqli qismi O‘zbekistonning strategik maqsadlariga erishish jarayonlariga to‘sqinlik qilmoqda. O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning mavjudligi, bizningcha, tizimni shakllantiruvchi muammodir. Hatto rasman O‘zbekistonning yashirin iqtisodiyoti mamlakat yalpi ichki mahsulotining 48 foizini tashkil qiladi. Xizmat ko‘rsatish sohasida, ayniqsa, savdo va umumiy ovqatlanish, avtomobil transporti, uy-joy qurilishi va ta’mirlash, turar joy xizmatlari ko‘rsatishda yuqori darajadagi soya aylanmasi saqlanib qolmoqda. Islohotlarning erishilgan natijalariga qaramay, respublika iqtisodiyoti asosan erkin bo’lmaganligicha qolmoqda, bu esa pirovardida tadbirkorlarning yashirin sektorga chiqib ketishiga sabab bo’lmoqda. Shuni alohida ta’kidlab o‘tamizki, O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikni kuchaytiruvchi omil bo‘la oladi. Uni kamaytirish uchun aholining qonuniy ishlashiga ko‘maklashish, ularni bu borada qiziqtirish zarur. Vazirlik va idoralarning yashirin iqtisodiyot va korrupsiya xavfini yuzaga keltiruvchi nazorat funksiyalari va vakolatlarini minimallashtirish muhim; jamiyatda unga nisbatan murosasizlik tuyg’usini shakllantirish, yuridik biznesning nufuzini oshirish.
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va uni jamiyatga tatbiq etish hozirgi kunda biz uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini anglash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligi, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish dunyo miyosida jadal tus olganligi haqida so‘z boradi. Maqolaning maqsadi raqamli iqtisodiyotni tubdan rivojlantirish, yangiliklar kiritish, jamiyat a’zolarini raqamli iqtisodiyot haqida tanishtirish orqali ularning dasturiy savodxonligini oshirishdir