O‘zbek tilida abstrakt so‘zlar sinonimiyasi

HAC
Google Scholar
To share
Hakimova, M. . (2024). O‘zbek tilida abstrakt so‘zlar sinonimiyasi. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27913
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tilida ot va sifat turkumiga oid bo‘lgan abstrakt so‘zlarning sinonimik munosabatlari o‘rganilgan. Abstrakt sinonim so‘zlardagi farq ma’noning hajmida, ma’no darajalarida, uslub, qo‘llanish vaqti va doirasi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Mazkur semantikali so‘zlar sinonimiyasining denotatav va konnotativ jihatlari tahlil qilingan. Nutqiy sinonimiyaning abstrakt so‘zlar orqali yuzaga chiqishi yoritilgan.


background image

O‘zbek tilida abstrakt so‘zlar sinonimiyasi

Muhayyo Hakimova

1

1

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori v.b.,

filologiya fanlari doktori.

E-

mail:

hakimova@navoiy-uni.uz

.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10439809

Kalit so‘zlar

:

abstraksiya, sinonimiya, denotativ ma’no, konnotativ ma’no, emotsionallik, konnotativ sema,
denotativ sema.

Annotatsiya

:

Mazkur maqolada o‘zbek tilida ot va sifat turkumiga oid bo‘lgan abstrakt so‘zlarning sinonimik

munosabatlari o‘rganilgan. Abstrakt sinonim so‘zlardagi farq ma’noning hajmida, ma’no
darajalarida, uslub, qo‘llanish vaqti va doirasi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Mazkur semantikali
so‘zlar sinonimiyasining denotatav va konnotativ jihatlari tahlil qilingan. Nutqiy sinonimiyaning

abstrakt so‘zlar orqali yuzaga chiqishi yoritilgan.

KIRISH.

Sinonimiya munosabati xususida

jahon va o‘zbek tilshunosligida ko‘plab tadqiqotlar
bajarilgan. Ko‘pincha, sinonimiyani izohlashda
ma’nodagi to‘liq yoki qisman aynanlik, biri o‘rnida
ikkinchisini qo‘llana olish imkoniyatining mavjudligi
kabilar hisobga olinadi.

Sinonimiya munosabatidagi leksik birliklar

muayyan

voqelikni

turli

nuqtayi

nazardan

nomlaydilar. Masalan, bir denotatni, voqelikdagi
aynan bir narsani, ya’ni inson boshining old qismini

yuz, bet, aft, bashara, chehra, jamol, diydor, oraz,
ruxsor

leksemalari nomlaydi. Ushbu sinonim

leksemalar mazkur denotatni subyektiv munosabat
nuqtayi nazaridan, uslub nuqtayi nazaridan turlicha
ataydi.

Sinonimik

munosabat

ma’nodoshlik

munosabati

deb

ham

yuritiladi.

Sinonimiya

munosabati tilda ko‘p uchraydigan, universal hodisa
bo‘lishi bilan birga, u butun lug‘at tarkibini
qoplaydigan kategoriya emas. Ya’ni lug‘at
tarkibidagi barcha leksemalar o‘z sinonimlariga ega
bo‘lmaydi. Sinonim leksemalarda ma’no aynanligi,
umumiyligi bo‘lishi bilan birga, semantik farqlilik
ham mavjud bo‘ladi. Albatta, sinonimlarda semantik
umumiylik semantik farqlilikdan ustun bo‘ladi va
sinonimiya ma’no umumiyligi asosida voqe bo‘ladi.
Semantik farqlilik absolyut sinonimlarda (leksik
dubletlarda) kuzatilmaydi:

affiks – qo‘shimcha,

chapak – qarsak

. Bunday sinonimlar ko‘proq boshqa

tillardan kirgan so‘zlar hisobiga voqe bo‘ladi.

Sinonimik qatordagi leksemalar bir qancha

umumiy semalarga ega bo‘lishi bilan birga, semantik
jihatdan quyidagicha farqlanishlarga ham ega
bo‘ladilar: konnotativ ma’nodagi farqlilik; denotativ
ma’nodagi farqlilik; uslubiy farq.

Bir denotatni, ya’ni voqelikdagi aynan bir

narsani nomlovchi leksemalar konnotativ ma’no
(emotsional-ekspressivlik)

nuqtayi

nazaridan

farqlanadilar. Mazkur holatda sinonimlar aynan bir
hodisani nomlaydi, lekin ularda ushbu hodisaga
bo‘lgan munosabat farqli bo‘ladi:

novcha, norg‘ul,

naynov, daroz

. Bunday sinonimik qatorlarda atash

semalari aynan, ifoda semalari har xil bo‘ladi.
Demak, bu kabi sinonimik qatorlarda denotativ
ma’no va denotativ ma’no asosida hosil bo‘ladigan
signifikativ ma’no ham umumiy, aynan bo‘ladi.
Farqlilik esa konnotativ (emotiv) ma’noda yuz
beradi.

Tadqiqot

metodologiyasi.

Tadqiqotda

dialektikaning bilish nazariyasi, tilshunoslikning
qiyosiy,

tavsifiy,

sistem,

komponent

tahlil

metodlaridan, konseptual-kognitiv tahlil usullaridan
foydalanildi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

Abstrakt

so‘zlarda sinonimiya munosabati ko‘p uchraydi.
Abstrakt so‘zlarning leksik-semantik tahlili shuni
ko‘rsatadiki, ularda sinonimiya munosabati o‘ziga
xosdir. Abstrakt so‘zlarda, asosan, ma’no hajmi va
ma’no darajalari bilan, uslubiy jihatdan, qo‘llanish
vaqti hamda doirasi bilan farqlanuvchi sinonimik
qatorlar uchraydi.

Ideografik sinonimlar bir-biri bilan leksik

ma’nolari ifodasi hajmiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi.
M.Mirtojiyev o‘zbek tiliga arab tilidan o‘zlashgan

ishq

va

muhabbat

so‘zlarini tahlil qilar ekan, shunday

fikr bildiradi: «bu so‘zlar shaxsga dildan berilgan
ishtiyoq» leksik ma’nosi bo‘yicha ma’nodoshdir.
Lekin bu ikki so‘z leksik ma’nolari ifodasi hajmiga
ko‘ra farq qiladi.

Ishq

so‘zining leksik ma’nosida

ifodalangan kechinma yor va Olloh uchun,

muhabbat

so‘zining leksik ma’nosida ifodalangan kechinma
yor, Olloh, ota-ona, farzand va yaqinlariga nisbatan
hamdir [2. 209]. Abstrakt so‘zlarda ideografik
sinonimiya hodisasi ko‘p kuzatildi. Bunga yana

sog‘inch

va

hijron

so‘zlarini misol qilish mumkin.

Sog‘inch

leksemasning ma’no hajmi

hijron


background image

leksemasidan katta bo‘lib,

hijron

odatda yor,

mahbubaga nisbatan ishlatilsa,

sog‘inch

esa barcha

jonli va jonsiz narsalarga nisbatan ham qo‘llanadi.

Lekin badiiy matnlarda

hijron

so‘zi vatanga

nisbatan ham qo‘llanishini kuzatish mumkin:

Bilaman, ne azob yuki

hijronning

,

Ne darddur, oy-yillar bo‘lmoq intizor.
Bilaman,

sog‘inchi

O‘zbekistonning

Ko‘zingiz tubida hamisha bedor

(Erkin

Vohidov).

Abstrakt

sifatlardan

iborat

sinonimik

qatorlarda ma’nolarning farqi mazkur tushuncha
hajmi bilan farqlanadi. Masalan,

nomdor, dongdor,

mashhur

sinonimik qatoriga e’tibor qaratsak, mazkur

so‘zlar taniqlilik darajasi bilan birga qo‘llanish
doirasi bilan ham farqlanmoqda.

Nomdor

va

dongdor

so‘zlari insonlarga nisbatan ishlatilsa,

mashhur

esa

jonli va jonsiz narsalarga nisbatan ham qo‘llanadi.

Ma’no sinonimlari bir-biri bilan bir

ma’noning turli darajalari bo‘yicha ham farqlanishi
ma’lum. Masalan, A.Rahmonovning «O‘zbek tilida
lug‘aviy sinonimiya va graduonimiyaning o‘zaro
munosabati» nomli dissertatsiyasida predmet
ifodalovchi sinonimik qatorlarning 69 tasida, belgi
bildiruvchi sinonimik qatorlarning 81 tasida
graduonimiya

munosabati

mavjud

ekanligi

ta’kidlanadi. Sinonimik qatorlardagi graduonimiya
hodisasi xususida fikr yuritganda, asosan, konnotativ
ma’noning darajalanishini inobatga olish lozim.
«...darajalanishning,

ayniqsa

konnotatsiya

doirasidagi nozik ko‘rinishlari sinonimiyaning
(aynanlikning) faoliyat ko‘rsatishi uchun uning
umuman tilda saqlanib qolishi uchun zamin
tayyorlaydi» [3, 14]. Lekin sinonimik qatorlardagi
denotativ ma’no doirasidagi darajalanishlar xususida
fikr yuritganda biroz ehtiyotkor bo‘lish lozim.
Masalan, A.Rahmonov

shamol, shabada, el, sabo

so‘zlarini graduonimik munosabat mavjud bo‘lgan
sinonimik qator sifatida tadqiq qiladi. Bizningcha,

shamol, el

so‘zlari

shabada

va

sabo

so‘ziga sinonim

bo‘la olmaydi. Zero,

shamol

va

shabada

so‘zlari

alohida voqeliklarni nomlab kelmoqda va ularning
munosabati aynanlikka emas, farqlilikka asoslangan.

Tahlil

va

natijalar.

Miqdor

o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi
hammamizga ma’lum. Xuddi shunday sinonimik
qatorlardagi ma’no darajalarining farqini ortib
borishi

mazkur

birliklarning

sinonimiya

munosabatini bartaraf qiladi. Masalan, «O‘zbek tili
sinonimlarining izohli lug‘ati»da

jahl, achchiq,

g‘azab, qahr, zarda

sinonimik qatori berilgan.

Jumladan, lug‘atda shunday keltiriladi:

Nojo‘ya

xatti-harakatga yoki voqea-hodisaga qarshi kuchli
darajada qo‘zg‘algan his-tuyg‘u va shunday his-
tuyg‘uning ifodasi.

G‘azab, qahr

so‘zlarida belgi

darajasi kuchli.

Zarda

nojo‘ya, yoqmaydigan ish,

xatti-harakatga javob tarzida ifoda etilgan jahlni
bildiradi [7, 97]. Bizningcha,

jahl, achchiq, g‘azab,

qahr, zarda

leksemalarini sinonim deyish biroz

munozarali. CHunki bu besh leksema bir xil
voqelikni nomlay olmaydi. Diqqat qilinsa,

qahr

va

zarda, qahr

va

achchiq, g‘azab

va

zarda

,

g‘azab

va

achchiq

leksemalarining qiyosiy tahlili ularni

sinonim deb belgilashga imkon bermaydi. Ular
alohida-alohida voqelikni nomlamoqda.

Qahr

va

zarda

leksemalarini qiyoslar ekanmiz,

qahr

nojo‘ya

xatti-harakatga yoki voqea-hodisaga qarshi kuchli
darajada qo‘zg‘algan hissiyot va ruhiy holatni
ifodalaydi. Mazkur ruhiy holat da inson muayyan
vaqt davomida bo‘lishi mumkin (Bu voqeani eshitib,
uning qahri keldi).

Qahr

leksemasi yana insonga xos

barqaror xususiyatni ham bildirishi mumkin.
Masalan,

Asadbek qahri qattiq odam

kabi

bog‘lanishlarda

insonning

xususiyatini

aks

ettirmoqda.

Zarda, achchiq

leksemalari esa kuchli

darajada qo‘zg‘algan hissiyot va ruhiy holatni
ifodalamaydi. Ular nojo‘ya xatti-harakatga yoki
voqea-hodisaga qarshi qo‘zg‘algan kuchli bo‘lmagan
beqaror, vaqtinchalik emotsional holatni ifodalaydi.
Bu emotsional holat muayyan vaziyatdan tashqarida
mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Achchiq, g‘azab, qahr

so‘zlaridan yasalgan

achchiqlanmoq, g‘azablanmoq

va

qahrlanmoq

fe’l

leksemalarning

denotativ

planda

ham

farqli

ekanligini,

darajali

munosabatda

ekanligini

A.Sobirov ham alohida qayd etgan.

Azimjon Hojiyev tomonidan 1974-yilda

yaratilgan «O‘zbek tili sinonimlarining izohli
lug‘ati» o‘zbek tilshunosligi uchun bebaho manba
hisoblanib, bugungi kunda o‘z takomilini kutmoqda.
Masalan, lug‘atda sinonim sifatida berilgan

vijdon

va

nomus

so‘zlari muayyan matnlarda funksional

sinonim bo‘la olishi mumkin.

VIJDON

- Kishining o‘z xatti-harakati,

qilmishi, yurish-turishi uchun odamlar, jamoatchilik
oldidagi mas’uliyat hissi, insoniylikning asosiy
belgilaridan biri [5, 545-546].

NOMUS 1

Kishining o‘z obro‘sini

ulug‘lash va ardoqlash his-tuyg‘usi.

2 Xijolat tortish his-tuyg‘usi; uyat-andisha,

sharm, hayo, or.

3 Qiz pokligi, bokiralik, iffat, qizlik [7, 59].
YUqoridagi izohlardan ko‘rinib turibdiki,

vijdon

leksemasida o‘zini-o‘zi nazorat qilish ma’no

qirrasi mavjud bo‘lsa,

nomus

leksemasida esa o‘z

obro‘sini ulug‘lash ma’nosi ustuvorlik qiladi.

Lug‘atning 108-sahifasida keltirilgan

istak,

xohish, orzu, havas, ishtiyoq, hafsala, mayl, ra’y,
ko‘ngil, armon, rag‘bat, tilak

sinonimik qatorini ham

ko‘rib chiqish kerak. Mazkur guruhdagi barcha
so‘zlar A.Hojiyev ta’kidlaganidek, «biror narsa
qilishga, biror narsaga erishishga bo‘lgan ichki
intilish, ichki hissiyot» [7, 108] ma’no maydoni
atrofida birlasha oladi. Lekin mazkur ma’no ushbu
so‘zlarning barchasining ma’no munjarijasi emas. Bu
o‘rinda

istak, xohish, tilak

so‘zlarining sinonimligi

xususida gapirish mumkin.

Abstrakt

so‘zlarda

emotsional-

ekspressivlikka

asoslangan

sinonimik

qatorlar

deyarli uchramaydi. Bu kabi sinonimik qatorlar
konkret so‘zlarga xosdir. Masalan,

kulimsiramoq,

jilmaymoq,

iljaymoq,

tirjaymoq,

ishshaymoq,

irshaymoq

sinonimik

qatoridagi

hamma

leksemalarning denotati bir xil, umumiydir: ovoz
chiqarmay xursandchilikni ifoda qilish uchun
bajariladigan ko‘z, lab harakati.

Jilmaymoq

ijobiy


background image

konnotativ ma’noga,

iljaymoq, irshaymoq, tirjaymoq,

ishshaymoq

esa salbiy konnotativ ma’noga ega.

Salbiy konnotativ ma’noga ega sinonim leksemalar
ham o‘zaro salbiylikning darajasiga ko‘ra farqlanadi.
Masalan,

iljaymoq

leksemasida salbiylik darajasi

kuchsizroq bo‘lsa, “

tirjaymoq”

leksemasidagi

salbiylik

esa

kuchliroqdir.

Ijobiylik

yoki

salbiylikning oshib va aksincha kamayib borishi
asosida sinonimik qatordagi leksemalar darajalanishi
mumkin:

oraz - jamol - chehra - diydor - yuz - bet - aft - bashara – turq [1,
77]

+4 +3 +2 +1 0 -1 -2 -3 -4

Abstrakt so‘zlarda esa bunday holat

kuzatilmaydi.

O‘zbek

xalqida

abstrakt

tushunchalarga nisbatan subyektiv (ijobiy yoki
salbiy) munosabatning o‘zi noodatiy hol. Inson hissiy
bilishi mumkin bo‘lgan obyektlarga nisbatan
subyektiv munosabat bildirishi esa odatiy holat.
Masalan,

Nafisaning

kulumsirash

harakatini

ko‘ramiz, u juda chiroyli tabassum qilayotgan
bo‘lishi mumkin. Lekin uning nojoiz vaqtdagi kulgisi
bizga yoqmaganligi uchun biz bu holatga nisbatan

tirjaymoq,

irjaymoq,

irshaymoq

so‘zlarini

qo‘llaymiz. Yana bo‘yning me’yordan balandligini
ko‘ramiz va uni

novcha

neytral so‘zi bilan yoki

naynov, daroz

salbiy konnotativ ma’noli so‘zlar bilan

nomlaymiz. Demak, konkret so‘zlarda sinonimik
qatorlar ham salbiy, ham ijobiy konnotativ ma’noga
asoslanishi mumkin. Yoki ulardan faqat bittasi
mavjud bo‘lishi ham mumkin.

O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati

tahlili shuni ko‘rsatdiki,
abstrakt so‘zlarda emotsionallikka asoslangan
sinonimik qatorlar deyarli uchramaydi. Zero, abstrakt
tushunchalarni nomlashda ularga salbiy yoki ijobiy
munosabat bildirish o‘zbek tiliga xos emas. Masalan,

baxt, iqbol, tole, saodat

sinonimik qatorini tahlil

qilsak, ushbu so‘zlar ifodalayotgan signifikativ
ma’no: «Hayotdan qoniqish holati». Hayotdan
qoniqish hissiga salbiy munosabatda bo‘lishning o‘zi
mantiqsizlikdir.

Baxtsizlik, badbaxtlik, tolesizlik

so‘zlari

ifodalayotgan

ma’noga

esa

ijobiy

munosabatda bo‘lish mumkin emas. Demak, abstrakt
tushunchalarning o‘ziga xos yana bir jihati mavjud
bo‘lib, ayni bir abstrakt tushunchaga nisbatan ham
salbiy, ham ijobiy munosabatda bo‘lish mumkin
emas.

Lekin emotsionallik jihatidan neytral so‘z

bilan birga salbiy ma’noli so‘zlardan tashkil topgan
sinonimik qatorlar juda kam bo‘lsa-da uchraydi.
Masalan,

taqdir, qismat, yozmish, peshana, nasiba,

ko‘rgilik

sinonimik qatorida

taqdir

emotsionallik

jihatdan neytral hisoblansa,

ko‘rgilik

so‘zida salbiy

munosabat mavjud.

Abstrakt

sifatlarning

sinonimik

munosabatida ham abstrakt otlar kabi bitta sinonimik
qatorda ijobiy va salbiy konnotatsiya uchramaydi.
Masalan, konkret sifatlardan

novcha, semiz, ozg‘in

sinonimik qatorlarida konnotatsiyaning ijobiylikdan
salbiylikka

yoki

salbiylikdan

ijobiylikka

darajalanishi kuzatilsa, abstrakt sifatlarda salbiylik
yoki ijobiylikning o‘zini darajalanishi kuzatiladi.

Masalan,

ayyor, mug‘ombir, hiylagar, quv, ustomon,

makkor, dog‘uli, mo‘ltoni, qilviri, shayton, tulki,
tullak, qirriq, xirpa, maston

sinonimik qatori ushbu

fikrimizga isbot bo‘la oladi.

Ayrim sinonimik qatorlarda atash va

konnotativ semaning bir-biriga uyg‘un holda
darajalanishini kuzatiladi. Sinonimik qatorlarda atash
semasi bilan birga ifoda semasining ham darajalanib
borishini ko‘rish mumkin. Masalan, zukkolik
belgisining (denotativ) tadrijiy kamayib borishiga
salbiy munosabatning (konnotativ) oshib borishi
darajalari to‘g‘ri keladi:

Zukkolikning kamayib borishi (denotativlik)

0 -1 -2 -3 -4 -5

sodda – ovsar – go‘l – laqma – pandavaqi – merov

0 +1 +2 +3 +4 +5

salbiy munosabatning oshib borishi

(konnotativlik)

[1, 77]

Abstrakt so‘zlardan iborat sinonimik

qatorlarning ayrimlari ijobiy yoki salbiy munosabatni
emas, balki ijobiy yoki salbiy holatlarni nomlaydi.
Masalan,

adolat, odillik; vafo, sadoqat, sodiqlik;

odamiylik, insoniylik

sinonimlari ijobiy holatni

ifodalasa,

adolatsizlik,

haqsizlik,

bedodlik;

ayovsizlik, rahmsizlik, shafqatsizlik; azob, aziyat,
jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam; ayb,
gunoh, jinoyat, yoziq; dushmanlik, adovat; kasr,
kasofat, jat

sinonimlari esa salbiy holatni ifodalaydi.

Lekin

bu

sinonimlar

emotsional-ekspressiv

sinonimlar bo‘la olmaydi.

Sinonimik qatorlar qo‘llanish davri nuqtayi

nazaridan

farqlanuvchi

leksemalardan

ham

shakllanishi mumkin. Lekin bu kabi sinonimik
qatorlar barqaror bo‘lmasdan, muayyan vaqtdan
keyin yo‘qolib ketadi. 1974-yilda tuzilgan sinonimik
lug‘atdagi

tushkunlik, tanazzul

sinonimik qatoriga

e’tibor qaratamiz. «Taraqqiyot darajasida orqaga
qaytish, pasayish. Tanazzul kitobiy. Tushkunlik so‘zi
yakka shaxsning ruhiy, axloqiy yoki boshqa jihatdan
pasayishi,

susayishini

bildirish

uchun

ham

qo‘llanadi». [7, 198] Tilning ijtimoiy mohiyati til
taraqqiyoti uchun juda ham sezilarsiz bo‘lgan bir
necha o‘n yilliklar ichida mazkur

tushkunlik

so‘zining

tanazzul

so‘zi bilan sinonimiyasini bartaraf

qilgan. Bugungi kunga kelib,

tushkunlik

so‘zi ruhiy

holatga nisbatan ishlatilsa, taraqqiyotdagi orqaga
ketish holatiga nisbatan esa

depressiya

so‘zi

qo‘llanmoqda.

Tushkunlik

so‘zining

mazkur

ma’noda uzoq yashamasligiga sabab esa ushbu
ma’no rus tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘raki kalka
qilinganligidadir.

O‘zbek

tilidagi

abstrakt

so‘zlarning

aksariyati o‘zlashgan so‘zlar bo‘lib, sinonimik
munosabat ushbu omil asosida ham shakllangan.
Masalan,

maqsad, niyat, muddao, murod

sinonimik

qatoridagi barcha so‘zlar arab tilidan o‘zlashgan
so‘zlardir.

Sevgi, muhabbat, ishq

sinonimik qatorida

sevgi

o‘z qatlamga mansub bo‘lib,

muhabbat

va

ishq

arab tilidan o‘zlashgan so‘zlardir.

Baxt, iqbol, tole,

saodat

sinonimik qatorida

saodat, iqbol

va

tole

so‘zlari arab,

baxt

so‘z esa fors-tojik tilidan

o‘zlashgan.

Aql, bosh es, miya, kalla

sinonimik


background image

qatorida

bosh, es, miya

turkiy so‘zlar bo‘lib,

aql

arab

tilidan,

kalla

fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlardir.

Qo‘llanish doirasining o‘ziga xosligi bilan

farqlanuvchi abstrakt so‘zlardan iborat sinonimik
qatorlar konkret so‘zlarga nisbatan kamroqdir.
Abstrakt so‘zlarning muayyan shevalarda o‘zgacha
variantlari ko‘p uchramaydi.

Sodda, oddiy

abstrakt

leksemalariga

jo‘n

dialektal so‘zi sinonim bo‘la

oladi.

Uslub

jihatdan

farqlanuvchi

abstrakt

so‘zlardan iborat sinonimik qatorlar konkret so‘zlar
kabi muayyan nutq uslublariga xoslangan bo‘ladi.
Masalan,

ezgulik, egilik, yaxshilik

sinonimik qatorida

ezgulik

badiiy uslubga,

egilik

esa so‘zlashuv uslubiga

xos.

Og‘zaki nutqda abstrakt tushunchalarni

konkret so‘zlar bilan ifodalash holatlari kuzatiladiki,
bu nutqiy sinonimiya holatini yuzaga keltiradi.
Og‘zaki nutqda abstrakt tushunchalarni konkret
nomlar bilan, frazemalar bilan ifodalash holatlari
mavjud. Bu jarayon abstrakt tushunchalarning
murakkab ekanligidan, og‘zaki nutqda esa
murakkablikdan biroz qochish, uni soddalashtirish
yoki frazemalar orqali obrazli ifodalashga urinish deb
baholasa bo‘ladi. Masalan, ayyorlikka nisbatan

tulki

so‘zi ishlatilsa, hissizlikka nisbatan

kesak

so‘zi

ishlatiladi. Mazkur abstrakt ma’no quyidagi kabi
kontekstlarda reallashadi:

ishqi yo‘q eshak, dardi

yo‘q kesak; kesakdan o‘t chiqibdi

.

Abstrakt ma’nolarni ifodalovchi birliklar

o‘rtasida

leksik-frazeologik

sinonimiya

ko‘p

uchraydi. Takror bo‘lsa-da, ta’kidlash joizki, til yoki
til

egalari

shu

yo‘sinda

abstraksiyaning

soddalashuviga,

uning

obrazlar

orqali

idrok

qilinishiga harakat qiladi [6, 340-341].

Qaysarlik

ikki oyog‘ini bir etikka tiqmoq,

hayronlik

og‘zini

ochmoq,

qayg‘u

ikki dunyosi qorong‘i bo‘lmoq,

takabburlik

ko‘zini yog‘ bosmoq, ko‘zini shira

bosmoq,

e’tiborsizlik

ko‘z yummoq,

ajablanish

yoqasini ushlamoq,

ardoqlash

eru ko‘kka

ishonmaslik, o‘tkazgani joy topmaslik,

hamjihatlilik

bir yoqadan bosh chiqarmoq, bir tanu bir jon

bo‘lmoq,

ayyor

– pixi qayrilgan

kabi frazemalar

orqali berilishi yuqoridagi fikrimizning dalilidir.

Xulosa va takliflar.

Sinonimiya munosabati bitta denotatning

turli nuqtayi nazardan nomlash asosida shakllangan
ma’noviy

munosabatdir.

Muayyan

abstrakt

mohiyatga nisbatan bir vaqtning o‘zida ham salbiy,
ham ijobiy munosabatda bo‘lishning imkonsizligi
sababli

abstrakt

so‘zlarda

konnotativ

darajalanishlarga ega sinonimik qatorlar mavjud
bo‘lmaydi.

Og‘zaki nutqqa xos abstrakt so‘zlar

sinonimiyasining ko‘p kuzatilishi og‘zaki nutqda
murakkab abstrakt mohiyatlarni xalqqa tushunarli
konkret nomlar, frazemalar bilan sodda va obrazli
ifodalash

tendensiyasining

mavjudligi

bilan

belgilanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. –
Тошкент: Фан, 1995. – Б. 84-85.

2.

Миртожиев

М.

Ўзбек

тили

семасиологияси. –Тошкент: Mumtoz so‘z,
2010. – Б. 209.

3.

Раҳмонов А. Ўзбек тилида луғавий
синонимия ва градуонимиянинг ўзаро
муносабати: Филол. фанлари номз.
…Дисс.автореф – Тошкент, 2017. – Б.
14.

4.

Собиров А. Ўзбек тилининг лексик
сатҳини система сифатида тадқиқ этиш.
Филол. фанлари докт. …Дисс. –
Тошкент, 2005. – Б. 193.

5.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. –
Тошкент:

Ўзбекистон

миллий

энциклопедияси,

2006.

1-жилд.

– Б. 545-546.

6.

Хакимова М.К., Эрмухаммедов А.
Семантическая

классификация

абстрактных имен в узбекском языке.

Models and methods for increasing the
efficiency of innovative research, 2023.

М.

https://scholar.google.ru/citations?view_op
=view_citation&hl=ru&user=pLOh5x8AA
AAJ&citation_for_view=pLOh5x8AAAAJ
:ULOm3_A8WrAC

7.

Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг
изоҳли луғати. –Тошкент: Ўқитувчи,
1974. – Б. 97.

8.

Khakimova M. The human factor in the
formation of abstract vocabulary. Asian
Journal of Research in Social Sciences and
Humanities, 2021

https://www.indianjournals.com/ijor.aspx?t
arget=ijor:ajrssh&volume=11&issue=11&a
rticle=025

References

Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. – Тошкент: Фан, 1995. – Б. 84-85.

Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. –Тошкент: Mumtoz so‘z, 2010. – Б. 209.

Раҳмонов А. Ўзбек тилида луғавий синонимия ва градуонимиянинг ўзаро муносабати: Филол. фанлари номз. …Дисс.автореф – Тошкент, 2017. – Б. 14.

Собиров А. Ўзбек тилининг лексик сатҳини система сифатида тадқиқ этиш. Филол. фанлари докт. …Дисс. – Тошкент, 2005. – Б. 193.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. –Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. 1-жилд. – Б. 545-546.

Хакимова М.К., Эрмухаммедов А. Семантическая классификация абстрактных имен в узбекском языке. Models and methods for increasing the efficiency of innovative research, 2023. М.

https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=pLOh5x8AAAAJ&citation_for_view=pLOh5x8AAAAJ:ULOm3_A8WrAC

Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. –Тошкент: Ўқитувчи, 1974. – Б. 97.

Khakimova M. The human factor in the formation of abstract vocabulary. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 2021 https://www.indianjournals.com/ijor.aspx?target=ijor:ajrssh&volume=11&issue=11&article=025

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов