Authors

  • Elyor Ikromov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.28812

Keywords:

Modern management principles

Abstract

In this article, human activity is different and focused on different directions. Leaders should know that if the future problems of production are not given importance in time, then it will not be possible to achieve good economic indicators in workshops and sections. Therefore, in production, the foreman, the head of the workshop and other managers should look for future problems, advanced work methods, develop inventive works and introduce them, know well how to improve the skills and knowledge of workers and implement it.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

18

ZAMONAVIY MENEJMENT TAMOYILLARI VA USLUBLARIDAN

FOYDALANISHDA RAHBAR MEHNATINING AHAMIYATI.

Ikromov Elyor Ibodulloyevich

Osiyo xalqaro universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10620867

Annotatsiya. Ushbu maqolada Inson faoliyati turlicha bo’lib, turli xil yo’nalishga

qaratilgan. Rahbarlar shuni yaxshi bilishi zarurki, agar ishlab chiqarishning kelajak
muammolariga o‘z vaqtida ahamiyat berilmasa, unda hozirgi vaqtda sexlarda, uchastkalarda
yaxshi iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarishda
usta, sex boshlig‘i va boshqa rahbarlar istiqboldagi muammolarni, ilg‘or mehnat usullarini
qidirib topishi, ixtirochilik ishlarini ishlab chiqishi va ularni joriy qilishi, ishchilar malakasini,
bilim saviyasini ko‘tarishni yaxshi bilishi va uni amalga oshirishi kerak.

Kalit so’zlar: Zamonaviy menejment tamoyillari, rahbar mehnati, rahbar, kichik biznes,

boshqaruv xodimlari, byudjet, kichik va o’rta tadbirkorlikda boshqaruv xodimlari.

THE IMPORTANCE OF MANAGERIAL WORK IN THE USE OF MODERN

MANAGEMENT PRINCIPLES AND METHODS.

Abstract. In this article, human activity is different and focused on different directions.

Leaders should know that if the future problems of production are not given importance in time,
then it will not be possible to achieve good economic indicators in workshops and sections.
Therefore, in production, the foreman, the head of the workshop and other managers should look
for future problems, advanced work methods, develop inventive works and introduce them, know
well how to improve the skills and knowledge of workers and implement it.

Key words: Modern management principles, managerial work, manager, small business,

management staff, budget, management staff in small and medium-sized enterprises.

ЗНАЧЕНИЕ УПРАВЛЕНЧЕСКОЙ РАБОТЫ В ИСПОЛЬЗОВАНИИ

СОВРЕМЕННЫХ ПРИНЦИПОВ И МЕТОДОВ УПРАВЛЕНИЯ.

Аннотация. В данной статье деятельность человека различна и ориентирована на

разные направления. Руководители должны знать, что если вовремя не придать значение
будущим проблемам производства, то добиться хороших экономических показателей в
цехах и участках не удастся. Поэтому на производстве мастер, начальник цеха и другие
руководители должны искать будущие задачи, передовые методы работы,
разрабатывать изобретательские работы и внедрять их, хорошо знать способы
повышения квалификации и знаний рабочих и реализовывать их.

Ключевые слова: Современные принципы управления, управленческая работа,

менеджер, малый бизнес, управленческий персонал, бюджет, управленческий персонал на
малых и средних предприятиях.


Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish har bir mulkdorning,

korxona rahbarining zimmasidadir. Zero, mehnatni tashkil etish majburiy, zo‘rlash evaziga emas,
balki qonunlarda belgilangan me’yorlar asosida rag‘batlantirish evaziga amalga oshirilishi lozim.

Shu jihatdan mehnatni tashkil qilish va u bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish

muhim ijtimoiy iqtisodiy ahamiyatga ega.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

19

Ma’lumki, bozor iqtisodiyotidagi barcha korxonalar, kompaniyalar yoki umuman bozor

sub’ektlari o‘z boshqaruvini tashkil etishda muayyan menejment tamoyillari va usullarini
qo‘llaydilar. Menejment tamoyillari – bu boshqaruv samaradorligiga va mehnat unumdorligiga
erishish tartib qoidalaridir.

Menejment tamoyillari korxonalarda xodimlarni yoki umuman mehnatni tashkil etish

jarayonini maqsad sari yo‘naltiradigan tavsiyalar va yondashuvlardir. Menejment nazariyasida
qator tamoyillar ishlab chiqilganki, ularning har biri rahbar tomonidan qo‘llanilsa, turlicha
boshqaruvni o‘zida mujassamlaydi. Umuman, menejment tamoyillari deganda, boshqaruvda
qo‘llaniladigan qonun-qoidani tushunamiz. Unga rioya qilish mehnat jarayonidagi tartib intizomni
belgilaydi.

Menejment usullari – bu rahbarning ishlashga va xodimlarni ishlatishga bo‘lgan

yondashuvi bo‘lib, boshqariladigan ob’ektga nisbatan ta’sir ko‘rsatish shakli yoki uslublaridir.

Boshqaruvchi rahbarlar menejment usullaridan doim foydalanib, ularni o‘z boshqaruv

apparati faoliyatida qo‘llaydilar. Menejment usullari – bu rahbarning shahsiy sifatlari qo‘l
ostidagilar bilan o‘zaro munosabati, o‘z faoliyatida ishlatadigan uslubi va yo‘llari xodimlarni
amalda bilishidir.

Menejment usullari – bu ijtimoiy kategoriya chunki bu murakkab ijtimoiy – iqtisodiy

sharoitda ijtimoiy – texnologik munosabatlarni boshqaruvda namoyon bo‘lishidir. Bu jihatdan
uslub natijasi ham ijtimoiy – texnologik ahamiyatga ega, chunki rahbar qo‘llagan uslubni
boshqaruv apparatining samarali ishiga bog‘liqdir. Menejment usullarining tavsifi va mazmuni
haqida gapirar ekanmiz, uni rahbar faoliyati deb tariflasa bo‘ladi. Menejment usullari boshqaruv
uslubidan kelib chiqadi. Boshqaruv uslubi – bu boshqaruv faoliyati usullarining to‘plamidir.

Fikrimizcha, har bir rahbar menejment usullaridan birini qo‘llay oladigan qobiliyatga ega

bo‘lishi kerak. Rahbar menejment sub’ekti sifatida boshqaruv apparati ishini tashkil qiladi.

Korxona yoki kompaniyaning boshqaruvi uning apparati tomonidan boshqarilgani uchun

u orqali ishlab chiqarish jamoasiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda har bir rahbar o‘z ishini
to‘g‘ri tashkil qila olishi kerak.

Amaliyotda ishlab chiqarish rahbarlarining ishchanlik, tashkilotchilik xususiyatlariga

korxona, kompaniya, tashkilot va firmalarning faoliyati bog‘iqdir. Korxona yoki kompaniya
jamoasining ishlab chiqarish faoliyatidagi muvaffaqiyatlari ko‘p hollarda rahbarning shaxsiy
sifatiga bog‘liq. Ushbu munosabatlar quyidagicha bo‘lmog‘i kerak:

Birinchidan, o‘zaro do‘stlik munosabatlari zarur bo‘lganda bir-biriga yordamga kelish.
Ikkinchidan, agar rahbarning malakasi haqida gapiradigan bo‘lsak, unda u yuqori malakali

mutaxassis bo‘lishi va o‘z kasbini yaxshi bilishi zarur.

Uchinchidan, u tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lmog‘i, ishda jamoani birlashtira olishi

lozim.

Agar rahbar bir vaqtda bir necha masala echadigan bo‘lsa, unda u ular ichida eng asosiysini

ajratishi, o‘z ish vaqtini to‘g‘ri taqsimlashi, agar zarur bo‘lsa o‘z xizmatchilarining ish vaqtini ham
to‘g‘ri taqsimlay olishi lozim. Menejment uslubi bo‘linmaning va unga bo‘ysunuvchilarni o‘zaro
muhokama jarayonida namoyon bo‘ladi. Bunda rahbarning ishi bitta muhim xususiyatga ega
bo‘ladi. Bir tomondan yuqori idora rahbarlari ta’siri ostida, ikkinchisi uning qo‘l ostidagilarga
bo‘lgan ta’siri, uchinchisi – o‘ziga teng bo‘lganlar bilan munosabati.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

20

Ushbu uchta o‘zaro ta’sir boshqaruv uslubini, belgilaydi u samarali yoki unchalik samarali

bo‘lmasligi mumkin. SHuning uchun bizda tez- tez: «Menejment uslubini takomillashtirish
kerak», degan gap ishlatiladi. Bu rahbarning uch xil o‘zaro munosabatini jamoada yaxshilash zarur
deganidir.

Ushbu masala nihoyasida rahbar mehnatning samaradorligini qanday o‘lchash haqida bir

necha fikr bildiramiz, gap shundaki, rahbarning aqliy ba’zida esa ijodiy mehnatdan iborat. Bu kabi
mehnat mahsuli mazkur boshqaruv masalalarini echishga qaratilgandir. Ish shundayki, boshqaruv
echimiga ketgan vaqtni aks ettirmaydi, shuning uchun rahbar mehnati ikki xil natijaga ega joriy
natijalar va uning faoliyat oxirining natijalari.

Rahbar mehnatining joriy natijalari ishga doir joriy jarayonlarni tartibga solishdagi

oqibatlarga borib taqaladi. Agar rahbar ishga doir joriy jarayonlarning to‘g‘ri echimini topishga
yo‘naltirgan bo‘lsa, joriy natijalarning ijobiylik darajasi yuqori bo‘lib, bu o‘z navbatida
samaradorlik ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi. Aksincha holatlarda ijobiylik darajasi past bo‘lib,
jamoani boshqarish qiyinlashadi. Bularning barchasi rahbarning mehnat faoliyatiga bog‘liq.

Rahbar mehnatining samaradorligi uning o‘z mehnatini to‘g‘ri tashkil qilishidir. Rahbar

mehnatini maqsadga muvofiq tashkil qilish uning o‘z vazifalirini va mehnati tarkibini mukammal
bilishiga bog‘liqdir. Ana shunda unga o‘z mehnatini takomillashtirish imkoniyati tug‘iladi.
Bunday sharoitlarda rahbar menejment usullarini turlicha muqobillikda qo‘llay oladi va bunga
qobiliyati etarli hisoblanadi. Bundan tashqari agar rahbar qobiliyatidagi ustuvorlik jihatlari
ko‘pqirrali hisoblansa, u holda boshqaruvchilik sohasida yangiliklar va innovatsion jarayonlarni
ham keng qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ko‘rinib turibdiki, menejment tizimida rahbarning faoliyati muhim o‘rin egallaydi. Bu esa

o‘z xarakteri bo‘yicha-siyosiy va klassik faoliyatdir. Rahbar davlat ko‘rsatmalarini ro‘yobga
chiqaradi, u xo‘jalik tizimida davlatning vakili hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, haqiqiy
rahbar – ushbu jamoaning ilg‘or kishisi bo‘lib, u o‘z korxona va tashkilotining foydasini
ko‘zlovchi va korxona sha’nini himoya qiluvchi shaxsdir. Demak, rahbar shaxsni tavsiflashda ikki
xil yondashuvni hisobga olish kerak, bu ham bo‘lsa, makro va mikroko‘lamga xos boshqaruvchilik
xususiyatlaridir.

Kompaniya rahbari o‘zining boshqaruv apparatiga, kasaba tashkilotiga suyangan holda va

ularning yordami asosida faoliyatini davlat tomonidan belgilangan reja topshiriqlarni bajarishga
yo‘naltiriladi. Rahbarning boshqa xodimlardan farqi uning boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish,
joriy qilish va ularning bajarilishini nazorat qilishdan iborat.

Rahbarning mehnat faoliyati asosan uchta yo‘nalishdan tashkil topadi:

texnik-iqtisodiy,

ijtimoiy-tarbiyaviy,

tashkiliy boshqaruvdir.

Rahbar texnik-iqtisodiy va ijtimoiy-tarbiyaviy muammolarni ma’muriy-boshqaruv

faoliyati davrida hal qiladi. Ana shu faoliyat rahbar mehnatining asosiy mezoni hisoblanadi.

Menejment usullarini qo‘llash nafaqat xodimlarga nisbatan balki, texnologik jarayonlarni

tashkillashtirishga nisbatan ham amalga oshirilishi talab etiladi. Rahbar mehnatining
muvaffaqiyatlari uning faoliyatining boshqaruv jarayonida to‘g‘ri yo‘nalishlarni tanlashiga
bog‘liq. Agar rahbar asosiy yo‘nalishlardan chetlansa, unda u muhim ishlab chiqarishga oid


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

21

masalalarni unutishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida turli muammolarni keltirib chiqarishi tabiiy
holdir.

Hozirgi globallashuv davriga kelib, menejmentning murakkablashuvi tufayli rahbar

xodimning roli va mas’uliyati tobora oshmoqda. Bu esa ularning kasb qobiliyati tayyorgarligi,
qolaversa amaliyotda orttirgan tajribasiga juda bog‘liq. Masalan, bozor munosabatlarini
shakllantirish tegishli muhitni talab qiladi. Jumladan, tovar, pul bozorlarida va mehnat resurslari
bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlaydigan bozor
infratuzilmasi doim ishlashi kerak. Kompaniyalarning boshqaruvini tashkil etishda bozor
infratuzilmalaridan unumli foydalanish chora-tadbirlari uzluksiz qo‘llanib borilishi kerak.

Alohida qayd etish kerak, bizning iqtisodiy taraqqiyotimizning birdan- bir yo‘li – bu bozor

munosabatidir. Tabiiyki, bu bozor munosabatlarida yangi boshqaruv uslublari qo‘llaniladi.

Madaniy taraqqiyot darajasi yuqori bo‘lgan davlatlarning va bu yo‘nalishda birinchi

qadamlar qo‘yayotgan mustaqil davlatlarning bozor iqtisodiyoti davrini tahlil qila turib, bizdagi
boshqaruv uslublarini aniqlab beruvchi ba’zi bir xususiyatlar va belgilarni, shuningdek, guruh
belgilarini ajratib ko‘rsatish mumkin.

Xususiyatlarning birinchi guruhi – bu iqtisodiy fikr yuritishning yangi turi bo‘lib, u yoki

bu tavsiflarni faoliyat tomonini qayta baholanishini o‘z ichiga oladi. YAngicha iqtisodiy fikrlashni
taqazo etadi.

Fikrimizcha, bozor iqtisodiyoti yangi turdagi iqtisodiy munosabatlarga, erkin

tadbirkorlikka asoslanadi. Shuning uchun bozor muhiti sharoitlarida rahbar idoralarning bozor
sub’ektlariga aralashishi chegaraviy holatda bo‘lishi talab etiladi. Chunki bozor munosabatlarini
shakllanishida ishbilarmonlarni (rahbar, tashkilotchi, mutaxassislarni) tayyorlash zarurki, ular
iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etib samara keltirishga harakat qilishi kerak. Bunday muhitdagi
boshqaruvda o‘z-o‘zini boshqarish tendensiyalari kuchayib boradi. Tadbirkorlik, ishda faollik,
erkinlik, yaxshi ishga va maoshga intilish kabi sifatlar birinchi darajali rol o‘ynaydi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga kirgan davlatlarda turli xildagi mulkchilik,

ya’ni jamoa, shirkat, aksiyadorlik, xususiy, ijara korxonalar faoliyati mavjud bo‘lib, bozor
munosabatlariga xos fikrlash tarzi ommalashib boryapti.

Xususiyatlarning ikkinchi guruhi — yangi uslubdagi boshqaruvni belgilab beradi. Bunga

boshqarish mehnati bilan band bo‘lgan, ishbilarmonlikda bilimdon odamlarning xususiyatlarini
kiritish mumkin. Bu eng avval o‘ta bilimdon, madaniyatli bo‘lishni talab qiladi. SHuningdek,
bozor iqtisodiyotining barcha zamonaviy sohalarini – ya’ni tadbirkorlik, menejment, marketing,
bank ishi, soliq sohalari bo‘yicha mutaxassis bo‘lmog‘i kerak. Gap asosan ishbilarmon-
mutaxassislar, yuqori darajadagi kasb egalari haqida bormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
boshqaruvchi uchun o‘z kasbini yaxshi o‘zlashtirish etarli hisoblanmaydi. Bundan tashqari uning
tadbirkorligi ham qo‘l kelishi kerak.

Xususiyatlarning uchinchi guruhi – bu sheriklariga nisbatan xurmat, to‘g‘rilik, o‘z obro‘si

haqida g‘amxo‘rlik, madaniyatlilik, ziyolilik. Xususiyatlarning bu guruhga oid mazmun-mohiyati
shundan iboratki, zamonaviy, rivojlangan biznesda, iqtisodiy operatsiyalarda insoflilikni o‘ta zarur
va o‘z-o‘zidan kerakli bo‘lgan sifat, deb qaraladi. Qoidaga binoan haqiqiy ishbilarmon yoki
tadbirkor o‘z so‘ziga xiyonat qilmaslikka harakat qiladi. Bitimning tuzilishi uchun uning og‘zaki
roziligi etarli hisoblanadi. Bu nooshkor qonunni buzganlarni katta nohushliklar kutadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

22

O‘tish davrining ilk yillarida ko‘plab korxonalar insof tushunchasidan ancha yiroq bo‘lgan

shaxslar tomonidan, turli nayrangbozliklar va aldashlar hisobiga katta daromad olish niyatida ham
bunyod etilgan edi. Ammo hozirgi davrga kelib ishbilarmonlar orasida sinovdan o‘tganlari, ya’ni
huquqiy asoslarga rioya qilib faoliyat ko‘rsatayotganlari saralanib boryapti. Shu bilan bir vaqtda
jamiyatning ijobiy yo‘nalishiga xissa qo‘shayotgan odamlar faoliyati birinchi qatorga chiqmoqda.

Xususiyatlarning to‘rtinchi guruhi – bu bozor iqtisodi taraqqiyotida muhim ijtimoiy rol

o‘ynaydigan tavsiflardir. Ular yuqorida ko‘rib chiqilgan tavsiflarga yaqinlashtiradi. Ma’lumki,
bozor iqtisodiyotiga o‘tish xalqni, inson farovonligini tiklash va yaxshilash uchun zarur. Shunga
binoan inson omili bevosita barcha amaliy harakatlarda ustuvor bo‘lmog‘i kerak. Bozor
iqtisodiyoti taraqqiy topgan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy tenglik hukmron bo‘lgan
jamiyatning iqtisodiyoti tez rivojlanib boradi. Haqiqiy rahbar faqat o‘ta yuqori daromad haqida
doimo o‘ylamasdan balki, ishni yaxshi sifati va korxona mehnatkashlarning farovonligi haqida
ham o‘ylashi zarur. Aynan shu fikrlar asosida foydaning uzluksizligini ta’minlaydigan muhitni
yaratadi.

Umuman olganda, menejment tamoyillari va usullarining shakllanishi uzoq davrni talab

qilish bilan birga, rahbar shaxslarning tajribalariga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Ularni
takomillashuvi davrga xos amalga oshadi. Shuningdek, maxsus yangi rahbar kadrlarning fikrlashi
muhim ahamiyatga ega.


REFERENCES

1

Raxmonqulova, N. (2024). THE ROLE OF CYBER SECURITY IN THE DIGITAL
ECONOMY. Modern Science and Research, 3(1), 111–115.

2

Abdulloev, A. J., & Rakhmankulova, N. O. THEORETICAL ASPECTS OF THE
INNOVATIVE ENTREPRENEURSHIP CONCEPT.

3

Mukhammedrizaevna, T. M., Bakhriddinovna, A. N., & Olimovna, R. N. TOURIST
LOGISTICS AND SUPPLY CHAIN MANAGEMENT: STRATEGIES FOR
REDUCING COST AND IMPROVING SERVICE. Zbiór artykułów naukowych
recenzowanych., 90.

4

Raxmonqulova, N. (2023). THE DEVELOPMENT OF CRYPTOCURRENCIES IN
THE DIGITAL ECONOMY. Modern Science and Research, 2(10), 192-194.

5

Khudoynazarovich, S. A. (2021). An Opportunity of Internet Marketing in Tourism
Sphere. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 3(3),
356-361.

6

Шадиев, А. Х. (2020). Факторы, влияющие на развитие экотуризма. Достижения
науки и образования, (5 (59)), 31-32.

7

Bazarova, M. . (2024). DISTINCTIVE FEATURES OF PERSONAL MANAGEMENT
IN THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS. Modern Science and Research,
3(1), 563–567.

8

Supiyevna, B. M. (2022). Innovatsion iqtisodiyotda inson kapitalini boshqarish tizimini
takomillashtirish.

9

Bahodirovich, K. B. (2023). EVOLUTION OF THE AUDITING PROFESSION IN THE
SMART MACHINE AGE. Gospodarka i Innowacje., 41, 450-454.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

23

10

Khalilov Bahromjon Bahodirovich. (2023). The International Financial Reporting
Standards (IFRS) Mean to Businesses and Investors in Uzbekistan. Miasto Przyszłości,
42, 746–750.

11

Jumayeva, Z. (2024). ROLE OF THE STATE IN REGULATING THE ECONOMY.
Modern Science and Research, 3(1), 511-516.

12

Bustonovna, J. Z. (2023). INVESTMENTS IN HUMAN CAPITAL AND
PECULIARITIES OF THIS PROCESS IN UZBEKISTAN. International Journal of
Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science
Publishers, 11(8), 36-44.

13

Abidovna, A. S. (2023). MODERN TRENDS IN MANAGEMENT STRATEGIES AND
THEIR APPLICATION IN COMMERCIAL BANKS. Gospodarka i Innowacje., 41,
326-332.

14

Shamsiya, A. (2023). HR MANAGEMENT AND COACHING IN THE INNOVATIVE
ECONOMY AS A METHOD OF BUSINESS MANAGEMENT. Modern Science and
Research, 2(10), 712–717.

15

Sodikova, N. (2024). OTMda “Iqtisodoyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
tizimlari” fanini o ‘qitishda raqamli texnologiyalarning o ‘rni. Modern Science and
Research, 3(1), 1-4.

16

To'rayevna, S. N. (2024). ТADBIRKORLIK SOHASINI MALAKALI КADRLAR
BILAN ТA'MINLASHNING АSOSIY YO'NALISHLARI.

17

Hakimovich, T. M. (2023). BOSHQARUVCHILARNING SAMARADORLIKKA
ERISHISHDAGI PROFESSIONALLIGI. Gospodarka i Innowacje., 42, 421-425.

18

Hakimovich, T. M. (2023). TA’LIM TIZIMI BOSHQARUVIDA PEDAGOGIK
TAHLIL. Gospodarka i Innowacje., 42, 415-420.

19

Jumayeva, Z. (2024). THE NEED FOR AN INNOVATIVE APPROACH IN
MANAGING ORGANIZATIONS. Modern Science and Research, 3(1), 557–562.

20

Jumaeva, Z. (2021). Modern trends in the economic development of the regions of
Uzbekistan. InterConf.

21

Akbarovna,

N.

N.,

&

Bahodirovich,

X.

B.

(2023).

AKSIYADORLIK

JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI
ASOSIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARINI TUZISH TARTIBI.

22

Nargiza, N. (2023). THE ROLE OF PROPERTY RELATIONS IN SOCIETY. Modern
Science and Research, 2(12), 889-893.

23

Ikromov, E. (2024). THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE ORGANIZATION
AND CAPACITY BUILDING OF EXECUTIVE EMPLOYEE LABOR IN PUBLIC
ADMINISTRATION BODIES. Modern Science and Research, 3(1), 939-946.

24

Ibodulloyevich,

I.

E.

(2023).

MAHALLALARDA

KAMBAG’ALLIKNI

QISQARTIRISH

VA

TADBIRKORLIKNI

RIVOJLANTIRISHNI

TAKOMILLASHTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 42, 504-507.

25

Ibodulloyevich,

I.

E.

(2023).

MAHALLIY

BUDJET

DAROMADLARINI

PROGNOZLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISHDAGI MUAMMOLAR.

References

Raxmonqulova, N. (2024). THE ROLE OF CYBER SECURITY IN THE DIGITAL ECONOMY. Modern Science and Research, 3(1), 111–115.

Abdulloev, A. J., & Rakhmankulova, N. O. THEORETICAL ASPECTS OF THE INNOVATIVE ENTREPRENEURSHIP CONCEPT.

Mukhammedrizaevna, T. M., Bakhriddinovna, A. N., & Olimovna, R. N. TOURIST LOGISTICS AND SUPPLY CHAIN MANAGEMENT: STRATEGIES FOR REDUCING COST AND IMPROVING SERVICE. Zbiór artykułów naukowych recenzowanych., 90.

Raxmonqulova, N. (2023). THE DEVELOPMENT OF CRYPTOCURRENCIES IN THE DIGITAL ECONOMY. Modern Science and Research, 2(10), 192-194.

Khudoynazarovich, S. A. (2021). An Opportunity of Internet Marketing in Tourism Sphere. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 3(3), 356-361.

Шадиев, А. Х. (2020). Факторы, влияющие на развитие экотуризма. Достижения науки и образования, (5 (59)), 31-32.

Bazarova, M. . (2024). DISTINCTIVE FEATURES OF PERSONAL MANAGEMENT IN THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS. Modern Science and Research, 3(1), 563–567.

Supiyevna, B. M. (2022). Innovatsion iqtisodiyotda inson kapitalini boshqarish tizimini takomillashtirish.

Bahodirovich, K. B. (2023). EVOLUTION OF THE AUDITING PROFESSION IN THE SMART MACHINE AGE. Gospodarka i Innowacje., 41, 450-454.

Khalilov Bahromjon Bahodirovich. (2023). The International Financial Reporting Standards (IFRS) Mean to Businesses and Investors in Uzbekistan. Miasto Przyszłości, 42, 746–750.

Jumayeva, Z. (2024). ROLE OF THE STATE IN REGULATING THE ECONOMY. Modern Science and Research, 3(1), 511-516.

Bustonovna, J. Z. (2023). INVESTMENTS IN HUMAN CAPITAL AND PECULIARITIES OF THIS PROCESS IN UZBEKISTAN. International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers, 11(8), 36-44.

Abidovna, A. S. (2023). MODERN TRENDS IN MANAGEMENT STRATEGIES AND THEIR APPLICATION IN COMMERCIAL BANKS. Gospodarka i Innowacje., 41, 326-332.

Shamsiya, A. (2023). HR MANAGEMENT AND COACHING IN THE INNOVATIVE ECONOMY AS A METHOD OF BUSINESS MANAGEMENT. Modern Science and Research, 2(10), 712–717.

Sodikova, N. (2024). OTMda “Iqtisodoyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” fanini o ‘qitishda raqamli texnologiyalarning o ‘rni. Modern Science and Research, 3(1), 1-4.

To'rayevna, S. N. (2024). ТADBIRKORLIK SOHASINI MALAKALI КADRLAR BILAN ТA'MINLASHNING АSOSIY YO'NALISHLARI.

Hakimovich, T. M. (2023). BOSHQARUVCHILARNING SAMARADORLIKKA ERISHISHDAGI PROFESSIONALLIGI. Gospodarka i Innowacje., 42, 421-425.

Hakimovich, T. M. (2023). TA’LIM TIZIMI BOSHQARUVIDA PEDAGOGIK TAHLIL. Gospodarka i Innowacje., 42, 415-420.

Jumayeva, Z. (2024). THE NEED FOR AN INNOVATIVE APPROACH IN MANAGING ORGANIZATIONS. Modern Science and Research, 3(1), 557–562.

Jumaeva, Z. (2021). Modern trends in the economic development of the regions of Uzbekistan. InterConf.

Akbarovna, N. N., & Bahodirovich, X. B. (2023). AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI ASOSIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARINI TUZISH TARTIBI.

Nargiza, N. (2023). THE ROLE OF PROPERTY RELATIONS IN SOCIETY. Modern Science and Research, 2(12), 889-893.

Ikromov, E. (2024). THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE ORGANIZATION AND CAPACITY BUILDING OF EXECUTIVE EMPLOYEE LABOR IN PUBLIC ADMINISTRATION BODIES. Modern Science and Research, 3(1), 939-946.

Ibodulloyevich, I. E. (2023). MAHALLALARDA KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 42, 504-507.

Ibodulloyevich, I. E. (2023). MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI PROGNOZLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISHDAGI MUAMMOLAR.

Most read articles by the same author(s)

Elyor Ikromov , THEORETICAL APPROACHES TO THE DEVELOPMENT OF MODERN MANAGEMENT AND ITS METHODS , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 2 (2024): Modern science and research

Elyor Ikromov, FOREIGN EXPERIENCES OF SERVICE SECTOR DEVELOPMENT. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 2 (2024): Modern science and research

Elyor Ikromov, CLASSIFICATION OF LEADERSHIP STYLES IN THE MODERN MANAGEMENT SYSTEM , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 2 (2024): Modern science and research

Elyor Ikromov, A METHODICAL APPROACH TO EVALUATING THE EFFICIENCY OF SERVICE ENTERPRISES , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

Elyor Ikromov, DIRECTIONS FOR IMPROVING THE ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISMS OF INCREASING THE QUALITY AND COMPETITIVENESS OF SERVICES. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 2 (2024): Modern science and research

Elyor Ikromov , SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF INCREASING THE EFFICIENCY OF SERVICE ENTERPRISES. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 2 (2024): Modern science and research

Elyor Ikromov, THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE ORGANIZATION AND CAPACITY BUILDING OF EXECUTIVE EMPLOYEE LABOR IN PUBLIC ADMINISTRATION BODIES. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 1 (2024): Modern science and research

Elyor Ikromov, FEATURES AND ADVANTAGES OF SERVICE ENTERPRISES. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 2 (2024): Modern science and research

Elyor Ikromov, PROBLEMS IN IMPROVING THE FORECASTING OF LOCAL BUDGET REVENUES. , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Elyor Ikromov , REGULATION OF BUSINESS ACTIVITY IS SIMPLIFIED , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 12 (2023): Modern science and research

1 2 > >>