CLASSIFICATION OF LEADERSHIP STYLES IN THE MODERN MANAGEMENT SYSTEM

HAC
Google Scholar
To share
Ikromov, E. (2024). CLASSIFICATION OF LEADERSHIP STYLES IN THE MODERN MANAGEMENT SYSTEM. Modern Science and Research, 3(2), 615–621. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29424
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, human activity is different and focused on different directions. Managers should know that if the future problems of production are not given importance in time, then it will not be possible to achieve good economic indicators in workshops and sections. Therefore, in production, the foreman, the head of the workshop and other leaders should look for prospective problems, advanced work methods, develop inventive works and introduce them, know well how to improve the skills and knowledge of workers and implement it.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

615

ZAMONAVIY MENEJMENT TIZIMIDA RAHBARLIK USLUBLARINING

TASNIFLANISHI

Ikromov Elyor Ibodulloyevich

Osiyo xalqaro universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10667095

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Inson faoliyati turlicha bo’lib, turli xil yo’nalishga

qaratilgan. Rahbarlar shuni yaxshi bilishi zarurki, agar ishlab chiqarishning kelajak
muammolariga o‘z vaqtida ahamiyat berilmasa, unda hozirgi vaqtda sexlarda, uchastkalarda
yaxshi iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarishda
usta, sex boshlig‘i va boshqa rahbarlar istiqboldagi muammolarni, ilg‘or mehnat usullarini
qidirib topishi, ixtirochilik ishlarini ishlab chiqishi va ularni joriy qilishi, ishchilar malakasini,
bilim saviyasini ko‘tarishni yaxshi bilishi va uni amalga oshirishi kerak.

Kalit so’zlar:

Rahbarlik uslublari, zamonaviy menejment tamoyillari, rahbar mehnati,

rahbar, kichik biznes, boshqaruv xodimlari, kichik va o’rta tadbirkorlikda boshqaruv xodimlari.

CLASSIFICATION OF LEADERSHIP STYLES IN THE MODERN MANAGEMENT

SYSTEM

Abstract.

In this article, human activity is different and focused on different directions.

Managers should know that if the future problems of production are not given importance in time,
then it will not be possible to achieve good economic indicators in workshops and sections.
Therefore, in production, the foreman, the head of the workshop and other leaders should look for
prospective problems, advanced work methods, develop inventive works and introduce them, know
well how to improve the skills and knowledge of workers and implement it.

Key words:

Leadership styles, modern management principles, leadership work, leader,

small business, management staff, management staff in small and medium enterprises.

КЛАССИФИКАЦИЯ СТИЛЕЙ ЛИДЕРСТВА В СОВРЕМЕННОЙ СИСТЕМЕ

УПРАВЛЕНИЯ

Аннотация.

В данной статье деятельность человека различна и ориентирована на

разные направления. Руководители должны знать, что если вовремя не придать значение
будущим задачам производства, то добиться хороших экономических показателей в цехах
и участках не удастся. Поэтому на производстве мастер, начальник цеха и другие
руководители должны искать перспективные задачи, передовые методы работы,
разрабатывать изобретательские работы и внедрять их, хорошо знать способы
повышения квалификации и знаний рабочих и реализовывать их.

Ключевые слова:

Стили лидерства, современные принципы управления, лидерская

работа, лидер, малый бизнес, управленческий персонал, управленческий персонал на малых
и средних предприятиях.

Korxonalarni boshqarilishida turli rahbarlar va menejerlarni uchrashish mumkin, ular

boshqaruvni turli usul va uslublar asosida amalga oshirib boradilar. Korxonalar yoki kompaniyalar
boshqaruvini tashkil etishda boshqaruvchi shaxs o‘zining rahbarlik uslublarini mukammal joriy
eta oladigan muhitni yaratishi kerak. Kompaniyalardagi ishchi-xodimlarni muvofiq tarzdagi
boshqaruvini tashkil etishda u yoki bu darajadagi rahbarlik uslublaridan foydalanishga to‘g‘ri


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

616

keladi. Shunga binoan ijtimoiy psixologiyada rahbarlik uslublari uch xilga bo‘linishi mumkin:
avtokratik, demokratik va liberal.

Rahbarlikning avtokratik uslubi – yakkahokimlik asosida hukmronlikni ushlab turuvchi va

amalga oshiruvchi rahbarlik uslubidir. Unga quyidagi belgilar xosdir:

yakkahokimlik, bir o‘zi bilgan tarzda qaror qabul qilish;

ma’muriyatchilik, qo‘l ostidagi xodimlarning ishiga doim aralashib turish;

qattiqqo‘llik, ya’ni xodimlarga nisbatan

rahmdillik

fazilatlari bo‘lmaydi;

rasmiyatchilik, ayrim holatlarda, ya’ni rahbarning o‘ziga ma’qul bo‘lgan vaziyatlarda

«so‘z» va «ish» birligi bir biriga mos kelmay qoladi;

ko‘proq o‘z fikrini ma’qullashni afzal ko‘rish.
Avtokrat rahbar boshqariladigan jamoaning diqqat e’tiborini o‘ziga qaratib oladi. Barcha

hukmronlik uning qo‘lida bo‘ladi va barcha katta-kichik muammolarni, yakka o‘zi hal qiladi. Qo‘l
ostidagilar bilan kam gaplashadi, talabchan, aksariyat holatlarda qo‘rqitish usulini qo‘llaydi. Agar
qo‘l ostidagilarning fikrini eshitishga to‘g‘ri kelsa, u buni o‘z obro‘yiga putur etkazayapti deb
tushunadi. Xodimlarni fikrini tinglash ikkinchi darajali hisoblanadi. Avtokrat rahbar qo‘l
ostidagilar bilan sovuq muomalada bo‘ladi. O‘zining xonasini bezatishni yaxshi ko‘radi, qabuliga
kiruvchilarga qo‘shimcha rasmiyatchiliklar ko‘rsatadi. Xullas korxonada u rahbar ekanligini
xodimlarning ongiga yaxshiroq singdirishga intiladi.

Avtokrat rahbar kamda-kam kuladi, uning ko‘rinishi doim ish bilan band bo‘lganini aks

ettiradi. Agar avtokrat rahbarning duneqarashi torroq bo‘lsa, o‘zini aqlli ko‘rsatishga urinadi.
Uning asosiy belgisi shundaki, kam bilimli bo‘lsa ham, itoatkor ishchi unga yoqadi. Unda
tashkilotchilik qobiliyati, boshqaruvning umumiy madaniyati – kasb tayyorgarligi etishmaganda
salbiy tomonlari tez bilinib qoladi. O‘z ustidan zarur nazoratni yo‘qotgan, bu kabi rahbar o‘zini-
o‘zi idora qilolmasligi zolimga aylanishi, ishchilarni, inson qadrini pastga uruvchi bo‘lishi
mumkin.

Yuqoridagi fikrlar avtokrat rahbarning salbiy tomonlarini tavsiflaydi. Ammo shu bilan

birga, avtokrat rahbar uslubida ijobiy belgilarni ham topish mumkin. Masalan, bu turdagi rahbarlar
voqealarga tezkorlik bilan munosabat bildiradi. Chaqqon va donoligi bilan muammolarni
yechimini tez hal etishga urinadi. Agar avtokrat rahbarning dunyoqarashi keng bo‘lsa, u
qiyinchiliklarni qo‘rqmay bartaraf etadi. Ular tez va dalil qaror qabul qiladilar va ularni amalga
oshiradilar. Bunday kadrlar o‘zlariga ishonadilar va jamiyatga rahbarlik qilish qobiliyatiga
erishadilar. Bu kabi uslubda ta’sir ko‘lami tezlashadi, bu esa ishlab chiqarishda murakkab holat va
sharoitlar yuzaga kelganida qo‘l keladi.

Biroq, ba’zi bir rahbarlar o‘zining ta’lim berish rolini «inson omili» zaruratini, ya’ni qo‘l

ostidagilar bilan munosabat madaniyatini tushunib etmasligi, sababli qattiq ma’muriyatchilikka
aylanishiga olib keladi. Bu kabi avtokrat rahbarlar tashkilot jamoalarining fikri bilan hisoblashmay
jamoaning ishlash qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Rahbarlikning demokratik uslubi o‘zaro munosabatlarda tenglikni ko‘zlaydigan,

muzokaralarda ochiq fikrlar aytadigan, kamchiliklarni yuzma-yuz holatda hal etishga kirishadigan
rahbarlik uslubidir. Aslida demokratiya so‘zi yunoncha «demos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
«xalq» ma’nosini bildiradi. Demak, demokratiya xalq hokimligini anglatadi. Demokratik
yondashuv esa odamlar manfaatini ko‘zlaydigan yondashuvni aks ettiradi. Demokratik rahbarlik


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

617

uslubida rahbar bo‘ysunuvchilarning o‘zaro munosabatini, o‘zaro hurmatini, ishonchini,
xodimlarning fikrlarini inobatga olib boshqaradi. Bu esa xalq fikri bilan hisoblashish demakdir.
Demokratik rahbarlik uslubi quyidagicha belgilarni o‘ziga qamrab olgan:

muammolarni hamkorlik asosida hal etish;

qabul qilingan qarorlarni ish bajaruvchilarga yaxshilab tushuntirishga intilish;

qo‘l ostidagi xodimlarning tashabbusini qabul qilish va qo‘llash;

demokratik rahbar qaror qabul qilishdan avval, uni xizmatchilar orasida muhokama qiladi,

ularga jamoadagi ishlar ahvoli haqida axborot berib boradi, bunda u muvaffaqiyatlar va
qiyinchiliklarni ochiqdan ochiq gapirib beradi;

demokrat rahbar o‘ziga aytilgan tanqidni to‘g‘ri qabul qiladi va bunga munosabatini fikri

asosida ifodalaydi;

ishchi va xizmatchilar bilan bo‘lgan muomalada o‘zining ustunligini sezdirmaydi;

barcha ishni kengashish asosida echimini topishga intiladi;

ochiqlik va oshkoralikni ustun qo‘yadi.
Rahbarlikning demokratik uslubi tobe xodimlarning tashabbuslarini taraqqiy ettirish, o‘z

huquqlari doirasida o‘zlarini erkin tutishlari uchun yaxshi sharoit yaratadi. Bunda boshqaruv
jamoalarining dunyo qarashlarini umumiyligi va rahbarning yuqori obro‘ga egaligi aniq ko‘zga
tashlanadi. Bunday rahbarlik uslubini amaliyotda uzluksiz qo‘llash juda qiyin. Buning uchun
demokrat rahbar idel shaxs sifatida barcha ishlarga o‘z vaqtida ulgurib ishlashi lozim.

Rahbarlikning liberal uslubi insonning betaraflikka xos fazilatlarini qamrab olgan uslubdir.

Chunki “liberal‖ so‘zi rahmdil, saxiy, olijanob degan ma’noni anglatadi. Rahbarlikning bu uslubi
o‘ziga xos xususiyatga ega. Rahbar o‘zining rahbarlik holatini namoyish etmaydi, aksincha, u
bundan uyaladi va uning o‘zi yot bo‘lgan xodisalarning taraqqiy etishiga sharoit yaratib
qo‘yganligini bilmay qolishi mumkin. Korxonaning eng ustuvor vazifalarini bajarishga
kirishganday bo‘ladi, lekin ularga aralashmaydi. Ko‘proq qo‘l ostidagilar bilan kelishib ishni
tashkillaydi. Qo‘l ostidagilarga hurmat bilan murojaat qiladi va «juda iltimos qilaman», degan
iboralarni qo‘llash asosida ishlaydi.

Qo‘l ostidagilar fikrini vaqti yo‘q bo‘lsa ham sabr bilan, erinmay tinglaydi. Ishchi-xodimlar

taklifidan foydali fikrlarni izlaydi va ularni hayotga tadbiq qilishga harakat qiladi. O‘zining
sipoligi yoki uyatchanligi uchun «birinchi qatorlardan» qochadi. O‘zini o‘zi oshkoraligini
yoqtirmaydi. Ammo, bu ijobiy tomonlar tobe xodimlarga yoqadi va ularning ayrimlari rahbarning
bu xislatlaridan boshqa niyatlarda foydalanishi mumkin.

Rahbarlikning liberal uslubiga quyidagi belgilar xos:

liberal rahbar ishda uncha faol emas:

hamma ishlarga aralashishni yoqtirmaydi:

begonalar ta’siriga oson bo‘ysinadi va bevaqt qabul qilingan qarorlardan tezda voz

kechadi:

murakkab vaziyatlarda ikkilanish juda kuchli, unda bir fikrga kelishlik va izchillik

xususiyati juda sust:

xodimlarga nisbatan o‘ta umshoq va muloyimdir;

qo‘l ostidagilar bilan munosabatni buzmaslik uchun jiddiy tadbir va harakatlardan o‘zini

tiyadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

618

Yuqoridagi fikrlar asosida 1-jadvalda rahbar uslublari tahlilining tasniflanishini va

rahbarlarni qo‘l ostidagilar bilan o‘zaro munosabatlaridagi o‘lchamlarini keltirdik. Ko‘rib
chiqilgan uch tur uslubni qo‘llaydigan rahbarlar o‘zlarining kundalik ishlarida o‘ziga xos turdagi
boshqaruv qoidalariga suyanadilar. Masalan, bir xil masalani echashda, bir turdagi ish bajarishda
va muayyan natijaga ega bo‘lishda, ular turli yo‘l va uslublardan foydalanadilar, ya’ni ular o‘z
uslublarini ishlab chiqadilar. Xususan, shaxsni moddiy rag‘batlantirish masalasi avtokrat demokrat
va liberal rahbarlar tomonidan turlicha tushuniladi.

Rahbarlik uslublarining turkumlanishi

1-jadval

Rahbar va qo‘l

ostidagilarni o‘zaro

munosabatlarining

ko‘rsatkichlari

RAHBARLIK USLUBLARI

Avtokratik

Demokratik

Liberal

Qarorlarni qabul

qilish usuli

Muammolarni yakka

yechadi

Qarorni qabul

qilishdan avval qo‘l

ostidagilar bilan

maslahatlashish.

Yuqori rahbarni

ko‘rsatmasini yoki

kengash qarorini

kutadi

Qarorni

ijrochilarga etkazish

usuli

Farmon,buyruq beradi

Taklif qiladi, iltimos

qiladi

Iltimos qiladi, yalinadi

Javobgarlikni

taqsimlash

O‘z zimmasiga oladi

yoki qo‘l ostidagilarga

yuklaydi

Javobgarligini

xuquqlarga qarab

taqsimlaydi

O‘zidan xamma

javobgarliklarni olib

tashlaydi

Kadrlar tanlashga

munosabati

Malakali

xizmatchilardan

qo‘rqadi, ulardan ozod

bo‘lish yo‘lini

qidiradi

Ishbilarmon, o‘qimishli

ishchilarni tanlab oladi

Kadrlar tanlash bilan

shug‘ullanmaydi

Shaxsiy bilim
etshmasligiga

bo‘lgan munosabati

Hamma narsani biladi va

bajara oladi deb

hisoblaydi

O‘z malakasini uzluksiz

oshirib boradi, tanqidga

ijobiy qaraydi

O‘z bilimini to‘ldirib

boradi, bilim olishni

ostidagilarga maslaxat

beradi

Aloqa qilish uslubi

Oraliq

saqlaydi,muomalaga

kirishmaydi

Do‘stona munosabatdagi

muomalani yoqtiradi

Aloqa qilishdan

qo‘rqadi, boshqalar

tashabbusi bilan

muomala qiladi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

619

Qo‘l ostidagilar bilan

bo‘lgan munosabat

xususiyati

Kayfiyatga qarab

tekis, doimiy o‘zini o‘zi

nazorat qiladi

Yumshoq kelishib

ketadi

Intizomga

munosabati

Rasmiyatchilik, qattiq

intizom tarafdori

Ma’noli intizom

tarafdori, odamlarga

qarab munosabatda

bo‘lish tarafdori

Yuzaki tartib tarafdori

Qo‘l ostidagilarga

ma’naviy ta’sir

ko‘rsatishga

munosabati

Jazo berishni asosiy

tarbiya usuli deb biladi.

Doim turli

rag‘batlantirishlarni

ishlatadi

Huddi shunday

harakat qiladi

Yuqoridagi uslublardan tashqari ma’muriy buyruqbozlik tizimidan ma’lum bo‘lgan yana

bir boshqaruv uslubi borki, bu byurokratik uslubdir. Boshqaruvni byurokratik uslubi – bu shunday
boshqaruvki, unda shakllar mohiyat ustidan ustuvorlik qiladi. Boshqacha aytganda, unda rahbar
boshliq sifatida yuqoridan tasdiqlangan hujjatga asosan majburiyatlarni amalga oshirilishini, bu
majburiyatlar va tavsiyanomalar o‘z vaqtida va aniq bajarilishini talab qiladi. Hozirgi kunda
byurokratik uslub eskirgan hisoblanib, davr talabiga mos emas va bunday uslublardan
foydalanishga chek qo‘yilgan.

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy menejment tizimida rahbarlikni olib borish juda

murakkab jarayon bo‘lib, boshqaruv uslublarini qo‘llashda qobiliyat bilan birga muayyan bilimga
ega bo‘lish kerak. Korxonalar yoki kompaniyalar boshqaruvini tashkil etishda menejment
uslublaridan foydalanish nafaqat o‘rinli balki, juda ham zarurdir. Rahbarlikning u yoki bu
uslublarini qo‘llash menejerlarning bilimi, saviyasi, dunyoqarashi va boshqaruvchilik
qobiliyatining naqadar mukammalligiga juda bog‘liq bo‘ladi.

REFERENCES

1.

Khudoynazarovich, S. A. (2021). An Opportunity of Internet Marketing in Tourism
Sphere. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 3(3),
356-361.

2.

Шадиев, А. Х. (2020). Факторы, влияющие на развитие экотуризма. Достижения
науки и образования, (5 (59)), 31-32.

3.

Bazarova, M. . (2024). DISTINCTIVE FEATURES OF PERSONAL MANAGEMENT
IN THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS. Modern Science and Research, 3(1),
563–567.

4.

Supiyevna, B. M. (2022). Innovatsion iqtisodiyotda inson kapitalini boshqarish tizimini
takomillashtirish.

5.

Bahodirovich, K. B. (2023). EVOLUTION OF THE AUDITING PROFESSION IN THE
SMART MACHINE AGE. Gospodarka i Innowacje., 41, 450-454.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

620

6.

Khalilov Bahromjon Bahodirovich. (2023). The International Financial Reporting
Standards (IFRS) Mean to Businesses and Investors in Uzbekistan. Miasto Przyszłości, 42,
746–750.

7.

Jumayeva, Z. (2024). ROLE OF THE STATE IN REGULATING THE ECONOMY.
Modern Science and Research, 3(1), 511-516.

8.

Bustonovna, J. Z. (2023). INVESTMENTS IN HUMAN CAPITAL AND
PECULIARITIES OF THIS PROCESS IN UZBEKISTAN. International Journal of
Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers,
11(8), 36-44.

9.

Abidovna, A. S. (2023). MODERN TRENDS IN MANAGEMENT STRATEGIES AND
THEIR APPLICATION IN COMMERCIAL BANKS. Gospodarka i Innowacje., 41, 326-
332.

10.

Shamsiya, A. (2023). HR MANAGEMENT AND COACHING IN THE INNOVATIVE
ECONOMY AS A METHOD OF BUSINESS MANAGEMENT. Modern Science and
Research, 2(10), 712–717.

11.

Sodikova, N. (2024). OTMda “Iqtisodoyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
tizimlari” fanini o ‘qitishda raqamli texnologiyalarning o ‘rni. Modern Science and
Research, 3(1), 1-4.

12.

To'rayevna, S. N. (2024). ТADBIRKORLIK SOHASINI MALAKALI КADRLAR
BILAN ТA'MINLASHNING АSOSIY YO'NALISHLARI.

13.

Hakimovich, T. M. (2023). BOSHQARUVCHILARNING SAMARADORLIKKA
ERISHISHDAGI PROFESSIONALLIGI. Gospodarka i Innowacje., 42, 421-425.

14.

Hakimovich, T. M. (2023). TA’LIM TIZIMI BOSHQARUVIDA PEDAGOGIK TAHLIL.
Gospodarka i Innowacje., 42, 415-420.

15.

Jumayeva, Z. (2024). THE NEED FOR AN INNOVATIVE APPROACH IN
MANAGING ORGANIZATIONS. Modern Science and Research, 3(1), 557–562.

16.

Jumaeva, Z. (2021). Modern trends in the economic development of the regions of
Uzbekistan. InterConf.

17.

Akbarovna, N. N., & Bahodirovich, X. B. (2023). AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA
MOLIYAVIY

HISOBOTNING

XALQARO

STANDARTLARI

ASOSIDA

MOLIYAVIY HISOBOTLARINI TUZISH TARTIBI.

18.

Nargiza, N. (2023). THE ROLE OF PROPERTY RELATIONS IN SOCIETY. Modern
Science and Research, 2(12), 889-893.

19.

Ikromov, E. (2024). THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE ORGANIZATION
AND CAPACITY BUILDING OF EXECUTIVE EMPLOYEE LABOR IN PUBLIC
ADMINISTRATION BODIES. Modern Science and Research, 3(1), 939-946.

20.

Ibodulloyevich,

I.

E.

(2023).

MAHALLALARDA

KAMBAG’ALLIKNI

QISQARTIRISH

VA

TADBIRKORLIKNI

RIVOJLANTIRISHNI

TAKOMILLASHTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 42, 504-507.

21.

Ibodulloyevich,

I.

E.

(2023).

MAHALLIY

BUDJET

DAROMADLARINI

PROGNOZLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISHDAGI MUAMMOLAR.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

621

22.

Базарова, М. С., Шарипова, М., & Нуруллоев, О. (2021). “РАҚАМЛИ
ИҚТИСОДИЁТ”

ДА

АҲОЛИНИНГ

ИШ

БИЛАН

БАНДЛИГИ

ХУСУСИЯТЛАРИ.

САМАРҚАНД ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ

, 482.

23.

Bakhodirovich, K. B. (2023). International accounting models and their characteristics in
the conditions of innovative economy.

Zien Journal of Social Sciences and Humanities

,

21

,

56-60.

24.

Alimova, S. O. FEATURES OF THE STRATEGIC MANAGEMENT SYSTEM OF
INDUSTRIAL ENTERPRISES.

25.

Raxmonqulova, N. (2024). IMPORTANCE OF PERSONNEL MANAGEMENT IN
BUSINESS DEVELOPMENT.

Modern Science and Research

,

3

(1), 13-17.

26.

Mirzabek, T. (2023). Marketing Kommunikasiyalari Tizimida Og'r Muloqotlar
Xususiyatlari.

Innovations in Technology and Science Education

,

2

(14), 388-391.

References

Khudoynazarovich, S. A. (2021). An Opportunity of Internet Marketing in Tourism Sphere. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 3(3), 356-361.

Шадиев, А. Х. (2020). Факторы, влияющие на развитие экотуризма. Достижения науки и образования, (5 (59)), 31-32.

Bazarova, M. . (2024). DISTINCTIVE FEATURES OF PERSONAL MANAGEMENT IN THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS. Modern Science and Research, 3(1), 563–567.

Supiyevna, B. M. (2022). Innovatsion iqtisodiyotda inson kapitalini boshqarish tizimini takomillashtirish.

Bahodirovich, K. B. (2023). EVOLUTION OF THE AUDITING PROFESSION IN THE SMART MACHINE AGE. Gospodarka i Innowacje., 41, 450-454.

Khalilov Bahromjon Bahodirovich. (2023). The International Financial Reporting Standards (IFRS) Mean to Businesses and Investors in Uzbekistan. Miasto Przyszłości, 42, 746–750.

Jumayeva, Z. (2024). ROLE OF THE STATE IN REGULATING THE ECONOMY. Modern Science and Research, 3(1), 511-516.

Bustonovna, J. Z. (2023). INVESTMENTS IN HUMAN CAPITAL AND PECULIARITIES OF THIS PROCESS IN UZBEKISTAN. International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers, 11(8), 36-44.

Abidovna, A. S. (2023). MODERN TRENDS IN MANAGEMENT STRATEGIES AND THEIR APPLICATION IN COMMERCIAL BANKS. Gospodarka i Innowacje., 41, 326-332.

Shamsiya, A. (2023). HR MANAGEMENT AND COACHING IN THE INNOVATIVE ECONOMY AS A METHOD OF BUSINESS MANAGEMENT. Modern Science and Research, 2(10), 712–717.

Sodikova, N. (2024). OTMda “Iqtisodoyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” fanini o ‘qitishda raqamli texnologiyalarning o ‘rni. Modern Science and Research, 3(1), 1-4.

To'rayevna, S. N. (2024). ТADBIRKORLIK SOHASINI MALAKALI КADRLAR BILAN ТA'MINLASHNING АSOSIY YO'NALISHLARI.

Hakimovich, T. M. (2023). BOSHQARUVCHILARNING SAMARADORLIKKA ERISHISHDAGI PROFESSIONALLIGI. Gospodarka i Innowacje., 42, 421-425.

Hakimovich, T. M. (2023). TA’LIM TIZIMI BOSHQARUVIDA PEDAGOGIK TAHLIL. Gospodarka i Innowacje., 42, 415-420.

Jumayeva, Z. (2024). THE NEED FOR AN INNOVATIVE APPROACH IN MANAGING ORGANIZATIONS. Modern Science and Research, 3(1), 557–562.

Jumaeva, Z. (2021). Modern trends in the economic development of the regions of Uzbekistan. InterConf.

Akbarovna, N. N., & Bahodirovich, X. B. (2023). AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI ASOSIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARINI TUZISH TARTIBI.

Nargiza, N. (2023). THE ROLE OF PROPERTY RELATIONS IN SOCIETY. Modern Science and Research, 2(12), 889-893.

Ikromov, E. (2024). THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE ORGANIZATION AND CAPACITY BUILDING OF EXECUTIVE EMPLOYEE LABOR IN PUBLIC ADMINISTRATION BODIES. Modern Science and Research, 3(1), 939-946.

Ibodulloyevich, I. E. (2023). MAHALLALARDA KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 42, 504-507.

Ibodulloyevich, I. E. (2023). MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI PROGNOZLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISHDAGI MUAMMOLAR.

Базарова, М. С., Шарипова, М., & Нуруллоев, О. (2021). “РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТ” ДА АҲОЛИНИНГ ИШ БИЛАН БАНДЛИГИ ХУСУСИЯТЛАРИ. САМАРҚАНД ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ, 482.

Bakhodirovich, K. B. (2023). International accounting models and their characteristics in the conditions of innovative economy. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 21, 56-60.

Alimova, S. O. FEATURES OF THE STRATEGIC MANAGEMENT SYSTEM OF INDUSTRIAL ENTERPRISES.

Raxmonqulova, N. (2024). IMPORTANCE OF PERSONNEL MANAGEMENT IN BUSINESS DEVELOPMENT. Modern Science and Research, 3(1), 13-17.

Mirzabek, T. (2023). Marketing Kommunikasiyalari Tizimida Og'r Muloqotlar Xususiyatlari. Innovations in Technology and Science Education, 2(14), 388-391.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов