Ушбу мақолада иқтисодиёт тармоқларида солиқ юкини таҳлили илмий тадқиқ этилган бўлиб, унда миллий иқтисодиёт тармоқларида солиқ юкининг тақсимланиши, яъни, турли тармоқларда фаолият юритаётган юридик шахсларда солиқ юки даражаси таҳлили кўриб чиқилган. Шунингдек, турли солиққа тортиш режимлари ўртасида солиқ юки кўрсаткичи таҳлили амалга оширилган.
Ушбу мақолада юридик шахслар бўйича солиқ юки таҳлили амалга оширилган бўлиб, унда юридик шахслар бўйича солиқ юкини амалдаги ҳолати таҳлили ва ҳисоблаш услубиёти тадқиқ этилган. Шунингдек, юридик шахслар бўйича солиқ юкини ҳисоблаш усуллари таклиф қилинган.
Мақолада солиқ юкини солиқ тўловчилар фаолиятига таъсири ўрганилган бўлиб,
унда миллий иқтисодиётда солиқ юкини ҳисоблаш зарурияти, иқтисодиётда солиқ
тўловчилар ўртасида солиқ юкини тақсимланиши кўриб чиқилган, шунингдек, юридик ва жисмоний шахсларда солиқ юкини ҳисоблаш йўналишларига эътибор берилган.
мақолада камбағаллик даражаси, унинг халқаро мезонлари, камбағаллик чегарасини аниқлаш услубиёти, камбағалликнинг келиб чиқиш сабаблари ва ижтимоий-иқтисодий оқибатлари, давлатнинг кам- бағалликни қисқартиришдаги асосий функциялари, жумладан, ривожланган мамлакатларда камбағаллик- ни кщсцартириш борасидаги тажрибалар ўрганилган ва таҳпил қилинган. Шунингдек, мамлакатимизда кам- бағалликни қисқартириш бўйича амалга оширилаётган институционал ислоҳотлар ёритилган.
Maqolada yoshlarni global Internet tarmog‘iga bog‘lanib qolishi, Internet va uning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati o‘rganilgan.
Ushbu maqolada huquqiy madaniyat va uning tarkibiy qismi hisoblangan inson huquqlari madaniyati, demokratik, huquqiy davlatni qurish va uni yana-da mustahkamlash ko‘p jihatdan, fuqaroviy-huquqiy ta’limni, shu jumladan inson huquqlari bo‘yicha ta’lim jarayonining o‘rni masalasiga e’tibor qaratilgan. Jumladan, yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. Ujamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibliginita’minlovchi va qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
Huquqiy madaniyat — umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi. Insonlar ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo‘lgan va ularni amaliyotda tatbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va bilimli deb hisoblanishi mumkin. Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarininghuquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy e’tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlaydi.
Ushbu maqolada mamlakatda huquqiy demokratik davlatni mustahkamlash va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va ma’naviy-axloqiy tarbiyaning o‘zaro aloqadorligi, yaxlitligi, uning barkamol avlod tarbiyasi tizimida tutgan o‘rni, tarixiy ildizlari, qadimgi Sharq ma’naviy-axloqiy tarbiya taraqqiyoti, ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni, maqsadi, vazifalari, ilmiy pedagogik asoslari va uni takomillashtirish yo‘llari yoritilgan. Milliy ta’lim-tarbiya ishlarining shakllari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Bugungi kunda har bir milliy va ma’naviy meroslarimizni ko‘z qorachig‘imizdek asr-ab-avaylash, qayta tiklash va ta’mirlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ertaga bizning o‘rnimizga keladigan, biz boshlagan olijanob ishlarni munosib davom ettirishga qodir bo‘lgan yoshlarimiz ana shu bebaho milliy va ma’naviy boyliklarmizdan bahramand bo‘lsin va o‘zining kimligi, қандай buyuk zotlarning avlodi ekanini anglab yetsinlar.
Maqolada ayrim xorijiy davlatlarning turizm sohasidagi davlat siyosati atrof-muhitning ifloslanishining oldini olishga qaratilgan tahlili o'tkaziladi. Turizm sohasida uzoq muddatli dasturlarni yaratishda davlat organlari yetakchi o‘rinni egallagan xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganilmoqda. Turizm bo'yicha davlat organlari oldiga kadrlar tayyorlash va tarbiyalash bo'yicha vazifalar qo'yilgan XXI asrning harakat dasturlari ko'rib chiqildi. Turizmni rivojlantirishni rejalashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda, bunda davlat yetakchi rol o'ynaydi.
Maqolada ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarda rus tilini o‘qitishga kompetensiyaga asoslangan yondashuvni shakllantirish muammosini shakllantirish va konkretlashtirishga bag‘ishlangan. Maqolada rus tilida bilim, ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan an'anaviy yondashuv va talabalar o'rtasida rus tilida tegishli kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyaga asoslangan yondashuv taqqoslanadi. Amalda rus tilini ona tili sifatida o'rgatishning ikki xil strategiyasining kombinatsiyasi rus tili o'qituvchilari orasida keng tarqalgan noto'g'ri tushuncha tufayli yuzaga keladi, unga ko'ra vakolatlar bilim, ko'nikma va qobiliyatlar yig'indisi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, quyidagi tafovut taklif etiladi: kompetensiyalar - bu harakatdagi bilim, muayyan aloqa muammolarini hal qilishda ko'nikma va qobiliyatlarni ongli ravishda qo'llash qobiliyati. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston maktablarida faoliyat yuritayotgan rus tilini ona tili sifatidagi o‘qituvchilarning pedagogik tafakkurini tubdan o‘zgartirish zarurligi ko‘rsatilgan.
Мақолада Амир Темур даврида солиқ тизими, деҳқончилик ва ободончилик ишларига эътибор бериб, ўз давлатида адолат мезонларини ўрнатишга ҳаракат қилганлиги ва яна мамлакатда тасвирий санъат- миниатюра санъати ва монументал рассомликда ҳам юксалиш рўй берганлиги ёритилган. асосланганлигини “Темур тузуклари”дан мисоллар келтириб баён қилган.
Мақолада баҳолаш ва деонтик мантиқининг моҳияти, баҳо ва нормаларнинг жамоатчилик фикрини шакллантиришдаги ўрни ҳамда жамият коммуникатив жараёнларида қўлланилиши ҳақида фикр юритилади.
Проблема ценностей приобретает все большую значимость в современном обществе, где господство технического производства приобретает доминирующий характер со своими не только позитивными, но и негативными последствиями.