Mamlakatimizda olma ko‘chatlarini ko‘paytirishning nazariy asoslari tahlili

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
616-620
2
0
Поделиться
Ботиров, А., Санаев, С., & Саидов, М. (2023). Mamlakatimizda olma ko‘chatlarini ko‘paytirishning nazariy asoslari tahlili . in Library, 22(4), 616–620. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/23439
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье представлен анализ литературы о значении прививок при выращивании рассады яблони.

Похожие статьи


background image

Academic Research in Educational Sciences

Volume 3 | Issue 10 | 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

616

October, 2022

https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal

MAMLAKATIMIZDA OLMA KO‘CHATLARINI KO‘PAYTIRISHNING

NAZARIY ASOSLARI TAHLILI

Alisher Botirov, Sobir Sanayev, Mardon Saidov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Agrobiologiya fakulteti

ANNOTATSIYA

Usbu maqolada olma ko‘chatlarini yetishtrishda payvandtaglarning ahamiyati

haqida adabiyotlar tahlili keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

olma, payvandtag, MM-106, tuproq va iqlim sharoitlari.

ABSTRACT

In this article reviewed which apple tree nursery production role of rootstocks

and experimented researches.

Keywords:

Apple, rootstock, MM-106, soil and climate conditions.


KIRISH

Respublikamizning iqlim sharoiti har bir hududda o‘ziga xos xususiyatga ega

bo‘lib olmachilikda o‘sha hududdan kelib chiqib sharoitga mos ko‘chatlarni
yetishtiurish dolzarb masala hisoblanadi. Misol uchun Xorazm viloyati sharoitda
yaxshi intensiv bog‘lar barpo qilish uchun shu sharoitga mos payvandtag yaratish,
payvandust navlar bilan fiziologik jihatdan yaxshi mos kelishi, ular bilan mustaxkam
birikib ketishi, sovuqqa chidamli, kasallik va zararkunandalarga nisbatan chidamli
bo'lishi, uzoq yashashi hamda yuqori xosildorlikni taminlashi lozim.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shu o‘rinda bu bo‘yicha qilingan tadqiqot ishlari haqida qisqacha, Yusupov va

boshqalar tarafidan (2015) yozilgan ilmiy maqolada Toshkent davlat agrar
universiteti olimlari tomonidan Xorazm viloyati ko'chatchilik xo‘jaliklari uchun
olmaning sho‘rlangan yerlar uchun payvantaglarini tanlash va ularni o‘rganish
bo‘yicha izlanishlar olib borilgan.

Ko‘chatchilik xo‘jaliklarida rayonlashtirilgan olmani payvandtaglari bo‘yicha

tadqiqotlar dolzarbligi shundan iborat bo‘lganki, olma navlarini bog‘ sharoitida
yetishtirishda ular uchun ishlatiladigan ona ko‘chatzor sharoitida yetishtirish
texnologiyasini o‘rganish dolzarb masala hisoblangan.


background image

Academic Research in Educational Sciences

Volume 3 | Issue 10 | 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

617

October, 2022

https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal

O‘rta bo‘yli payvandtaglardan MM-106 va MM-102 larni 28-mart ona

ko'chatzorga ekilganda ular novdalarini ildizlanishi eng yuqori MM-106 da kuzatilib
70-72 foizni tashkil qilgan.

Payvand qilingan olmani kechki 6 xil navini MM-106, MM-102 va MM-105

payvandtaglarga ulangan 17 avgustdagi muddati MM-102 va MM-106
payvandtaglarga ulangan qishki Xazarasp va Kovrak navida 63-95% ta kurtaklar
tutgani malum bo‘lgan. Kechki navlarini qish mavsumidan chiqishi va ko‘zlarini
sovuqqa chidamliligi bo‘ycha standart navlar hisoblanadi.

Bir yasharlik kechki olma ko‘chatzorlarda o‘rta bo‘yli payvandtaglarda MM-

106, MM-102 va MM-105 yetishtirilgan ko‘chatlarni GOST bo‘yicha baholasak, eng
sifatli ko‘chatlar MM-102 va MM-106 payvandtaglarda kuzatilib bo‘yi 110-120 sm
va shtambini yo‘g‘onligi 0,82-0,95 sm bo‘lishi qishki xazarasp va kovrak navlarida
aniqlangan [1].

Abdullayev tarafidan (2017) berilgan ilmiy maqolaga ko‘ra, mevali

daraxtlarning ko‘chatlari uch xil payvandtaglarda ya’ni pakana payvandtag-past
bo‘lib o‘suvchi, o‘rta o‘suvchi payvandtag va kuchli o‘suvchi (urug‘idan)
payvandtaglarda ko‘paytiriladi. Pakana payvandtagga ulangan ko‘chatlar 18-20 yil,
o‘rta o‘suvchi payvandtaglar 25-30 yil, kuchli o‘suvchi payvandtag esa 40-60 yil
o‘sib meva beradi. Shuning uchun meva ekiladigan maydon puxta va sifatli
tayyorlanishi zarur. Bog‘ maydonini tanlashda yerning unumdorligi, yer osti sizot
suvining yaqinligi, sug‘orishning qulay yaxshi bo‘lishi, ixota zovurlarning bo‘lishi
katta ahamiyatga ega. Ekiladigan maydon erta bahorda tekislanib, 35-40 sm
chuqurlikda plantajlanadi, chezillanadi, molalab tekislanadi va ko‘chat ekish uchun
reja tortiladi. Pakana payvandtagga ulangan olma ko‘chatlari 3,5×2,5 m, MM-106
payvandtagga ulangan o‘rta o‘suvchi olma naviga qarab 5×3m, 5×4 m, kuchli
o‘suvchilar 8×7 m, 8×6 m sxemalarda ekiladi. Yangi ko‘chat ekiladigan maydonlarda
reja qoziqlari qoqilib unga nazorat qoziqlari o‘rnatiladi, hamda ko‘chat chuqurlari
kovlanadi o‘simlik turiga qarab. Chuqurlar 60×60×60 sm hajimda kovlanadi.
Chuqurga ko‘chat ekishdan oldin 350-400 g fosforli, 30-40 g kaliyli, hamda 8-10 kg
chirigan go‘ng solinib keyin ko‘chat ekiladi. Ko‘chatni ekishdan oldin maydon
yonidagi katta chuqurda suyuq (atalasiman) loy tayyorlanib, unga 8:1; 10:1
miqdorida molning suyuq qo‘shilgan sharbatga ko‘chatlarning ildizi birma-bir
botiriladi. Bu ko‘chatlarni tez tiklanib olishiga yordam beradi. Ko‘chatni ekishni ikki
kishi bajaradi. Ekilgan ko‘chatlar tanasidan (5-10 sm) vertikal yuqoriga tortiladi,
bunda ko‘chat ildizlari to‘g‘irlanib tekislanadi. Ko‘chat ekilgan
har bir chuqurchaga to‘lgunicha suv solinadi [2].


background image

Academic Research in Educational Sciences

Volume 3 | Issue 10 | 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

618

October, 2022

https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal

Ko‘chatlarni ekishdan oldin tomorqa maydonida suvni yurishini hisobga olib,

yer yaxshilab tekislanadi. Maydonning har kvadrat metriga 6-10 kg go‘ng (chirindi),
200-250 g fosfor, 100-120 g kaliy va 150-200 g ammoniyli azot o‘g‘iti solinib,
chuqur (25-30 sm) haydaladi. Olmani payvandtaglariga qarab ekish sxemasi kuchli
o‘suvchi payvandtagda 6×5 m sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda, 5×5 m shag‘alli qumli
tuproqlarda, o‘rta bo‘yli payvandtagda 3×2,5 m bo‘ladi. Olma ko‘chatlarini ekish
muddati erta bahorda fevral oxiri mart oylarida, kuzda noyabr oyida amalga oshiriladi.
Ko‘chat ekish uchun chuqur 60×60 sm bo‘lib kavlanadi. Chuqur qazishda 25 sm
tuproq ustki qismi bir tamonga qolgan ikkinchi qismi o‘raning ikkinchi tamoniga
tashlanadi. Ko‘chat ekiladigan chuqurga oldin kovlangan tuproq solinadi so‘ngra
ikkinchi yarmi bilan ko‘miladi. Payvand qilingan joyi 4-5 sm tuproqdan yuqorida
qolishi kerak.Ekilgan ko‘chatlarsa suv quyildi va vaqti vaqti bilan namligiga qarab
sug‘orib turiladi [3].

Mirzohidov va boshqalar tarafidan (2017) Akademik M.Mirzayev nomli

O'zBUV ITI Samarqand tajriba stantsiyasida olmaning djanatan navi past bo'yli
dusen tipdagi payvandtaglarda yetishtirilganda kurtak payvand tutuvchanligi,yoz
mobaynida

nobud

bo'lishi,ko'chatlarni

o'sishi

hamda

sifat

ko'rsatkichlari

o'rganildi.Tajriba suvg'oriladigan bo'z tuproqli sharoitda olib borildi.Olmaning
djonatan navi dusen tipidagi M-2, MM-102, MM-106, MM-111 va 1-48-1
payvandtaglariga shu yilgi novdalardan olingan kurtaklar bilan kurtak payvand
usulida umumqabul qilingan tartibda o'tkazildi.Sifatli va standart ko'chatlar olma
ko'chatlarini yetishtirishda yuqori agrotexnik kompleksini qo'llash,yer osti sizot
suvlarning sathi 8-10 m,mehanik tarkibi o'rtacha qumoq,xaydalma qatlam 30 sm da
tuproq chirindisi 1,1%, ostki 30-50 sm qatlamda esa 0,7% ni tashkil etadi.Ko'chatlar
suvga talabchan bo'ladi,ildiz vegetativ apparatni hosil qilishda ko'p suv
sarflaydi,ayniqsa payvand qilingan ko'chatlar vegitatsiya davrida ko'p suvga
talabchan bo'ladi va ikki marta shatbat bilan sug'oriladi.Go'ng berish meyori 10
t/ga.Ko'chatlar o'suv davrida 7-8 marta sug'oriladi.Sug'orilganidan keyin ko'chatlar
atrofi yumshatilib o'g'it beriladi,oziqlantiriladi.O'g'itlash:amiakli selitra 250
kg/ga,superfosfat 150 kg/ga,kaliyli selitra 100 kg/ga miqdorida beriladi.Kator
oralariga bahorda 10-12 sm,yozda 15 sm chuqurlikda ishlov beriladi.Kurtak payvand
o'tkazilganidan 10 kun o'tgach payvandlarni turuvchanligi o'rganib boriladi.Birinchi
kuzatish 6-avgustda kuzatilganda tutuvchanlik 1-48-1 payvandtagda 4,4%ni,MM 106
payvandtagida 2,1%ni, 10-avgustda kuzatilganda bu ko'rsatkichlar 33,7-37,9% ni
tashkil qildi. Oxirgi kuzatish 16-avgustda kuzatilganida MM106
payvandtagda tutuvchanlik 92% ni,MM 111 da 91,7% ni tashkil
qildi. 1-48-1, MM 102 va M 2 payvandtaglarida bu ko'rsatgich


background image

Academic Research in Educational Sciences

Volume 3 | Issue 10 | 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

619

October, 2022

https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal

89,2%, 90,4% va 91,4% dan iborat bo'ldi.20-mayda har tup ko'chatda o'rtacha 56,4-
59,3 dona barg paydo bo'lib,ularning barg yuzasi 998,3-1049,6 sm² ni tashkil
qiladi.Olma ko'chatlarini biometrik ko'rsatgichlari o'rganilganda ko'chatlarda o'simlik
bo'yining jadal o'sishi 20 iyuldan avgust oyining oxirigacha to'g'ri keladi.20-mayda
birinchi o'lchashda o'simlik bo'yi o'rtacha 34,3-36,2 sm ni,tanasining diametri 0,6-07
sm ni tashkil qildi.Tajriba bo'yicha olib borilgan kuzatishlarga ko'ra,olma
ko'chatlarida kurtak payvandni tutishi navlar bo'yicha yuqori 89,2-92% ni tashkil
qildi.Eng yuqori ko'rsatkichlar bir tupdagi barg soni 358,8 dona,barg yuzasining
maydoni 6351,9 sm²,novdalar soni 3,9 dona va jami novdalarning umumiy uzunligi
276,2 sm,eng baland ko'chatlar 146,3 sm,tanasining birinchi shoh tagidagi yo'g'onligi
1,9 sm va asosiy ildizlarining uzunligi 40,6 sm olmaning djonatan navi MM 106 past
bo'yli dusen tipdagi payvandtagda kuzatildi [4].


XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak olmalarni MM-106 payvandtagiga payvand

qilib yetishtirgan bir muncha salmoqli hosil olishimiz. Tutuvchanlik ko‘rsatkichlari
ham yuqori bo‘lib bizni iqlim sharoitimizga yaroqli ko‘chatlar yetishtirish uchun
imkon yaratadi.


REFERENCES

1. M.YUSUPOVA, M.SHAGAEVA. AGRO ILM. 2015 yil, dekabr 6(38).
2. R.Abdullaev. O'ZBEKISTON QISHLOQ XO'JALIGI. 2017 yil, 2-son, fevral.
3. O'.Mirzohidov, E.Xamdamova, L.Xolmirzayeva, Z.Tojiboyeva. AGRO ILM. 2017
yil, 1(45)-son.
4. Botirov, A., & Arakawa, O. (2021). Root growth changes in the winter planting of
young ‘Miyabi Fuji’apple trees.

International Journal of Horticultural Science and

Technology

,

8

(3), 227-233.

5. Botirov, A., An, S., Arakawa, O., & Zhang, S. (2022). Application of a
visible/near-infrared spectrometer in identifying flower and non-flower buds on
‘Fuji’apple trees.

Indian Journal of Agricultural Research

,

56

(2), 214-219.

6. Botirov, A., & Arakawa, O. (2022). THE INTERACTION OF ROOTSTOCKS,
WATER

AND

SOIL

HUMECTANTS

AND

YOUNG

APPLE

TREE

GROWTH.

Academic research in educational sciences

,

3

(Speical Issue 1), 43-56.

7. Alisher Botirov, Baxodir Ochilov, & Furqat Hasanov (2022). ILMIY-TAJRIBA
STANSIYASINING SO‘NGI YILLARDAGI STATISTIK
KUZATUVLARI. Central Asian Academic Journal of Scientific
Research, 2 (2), 202-207.


background image

Academic Research in Educational Sciences

Volume 3 | Issue 10 | 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

620

October, 2022

https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal

8. Улуғбек Бойжонов, Ўрмон Мирзохидов, Гулрабо Рустамова, & Алишер
Ботиров

(2022).

САМАРҚАНД

ИЛМИЙ

ТАЖРИБА

СТАНЦИЯСИ

КОЛЛЕКЦИЯ МАЙДОНЛАРИДАГИ ИСТИҚБОЛЛИ ЎРИК НАВЛАРИДА
ФЕНОФАЗАЛАРНИ ЎТИШ МУДДАТЛАРИ. Academic research in educational
sciences, 3 (Speical Issue 1), 287-292.
9. Alisher Botirov, Akbarxon Murtazayev, Baxodir Ochilov, & Gulrabo Rustamova
(2022). UZUM YETISHTIRISHNING HUDUDLAR KESIMIDAGI TAHLILI.
Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 293-297.
10. Алишер Эркинович Ботиров, Улуғбек Матниёзович Бойжонов, Гулрабо
Абдуллаевна Рустамова, & Норқул Муродилло Ўғли Қуйсинбоев (2022).
ШАФТОЛИНИНГ

ТУРЛИ

НАВЛАРИНИ

КАСАЛЛИК

ЗАРАРКУНАНДАЛАРГА ҚАРШИ ЧИДАМЛИЛИГИНИ ЎРГАНИШНИНГ
ИЛМИЙ АСОСЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (7), 176-182.
11. Botirov, A., Arakawa, O., & Zhang, S. (2021). Forecasting Young Apple Tree
Bud Status with a Visible/Near-Infrared Spectrometer.

Библиографические ссылки

M.YUSUPOVA, M.SHAGAEVA. AGRO ILM. 2015 yil, dekabr 6(38).

R.Abdullaev. O'ZBEKISTON QISHLOQ XO'JALIGI. 2017 yil, 2-son, fevral.

O'.Mirzohidov, E.Xamdamova, L.Xolmirzayeva, Z.Tojiboyeva. AGRO ILM. 2017 yil, 1(45)-son.

Botirov, A., & Arakawa, O. (2021). Root growth changes in the winter planting of young ‘Miyabi Fuji’apple trees. International Journal of Horticultural Science and Technology, 8(3), 227-233.

Botirov, A., An, S., Arakawa, O., & Zhang, S. (2022). Application of a visible/near-infrared spectrometer in identifying flower and non-flower buds on ‘Fuji’apple trees. Indian Journal of Agricultural Research, 56(2), 214-219.

Botirov, A., & Arakawa, O. (2022). THE INTERACTION OF ROOTSTOCKS, WATER AND SOIL HUMECTANTS AND YOUNG APPLE TREE GROWTH. Academic research in educational sciences, 3(Speical Issue 1), 43-56.

Alisher Botirov, Baxodir Ochilov, & Furqat Hasanov (2022). ILMIY-TAJRIBA STANSIYASINING SO‘NGI YILLARDAGI STATISTIK KUZATUVLARI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (2), 202-207.

Улуғбек Бойжонов, Ўрмон Мирзохидов, Гулрабо Рустамова, & Алишер Ботиров (2022). САМАРҚАНД ИЛМИЙ ТАЖРИБА СТАНЦИЯСИ КОЛЛЕКЦИЯ МАЙДОНЛАРИДАГИ ИСТИҚБОЛЛИ ЎРИК НАВЛАРИДА ФЕНОФАЗАЛАРНИ ЎТИШ МУДДАТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 287-292.

Alisher Botirov, Akbarxon Murtazayev, Baxodir Ochilov, & Gulrabo Rustamova (2022). UZUM YETISHTIRISHNING HUDUDLAR KESIMIDAGI TAHLILI. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 293-297.

Алишер Эркинович Ботиров, Улуғбек Матниёзович Бойжонов, Гулрабо Абдуллаевна Рустамова, & Норқул Муродилло Ўғли Қуйсинбоев (2022). ШАФТОЛИНИНГ ТУРЛИ НАВЛАРИНИ КАСАЛЛИК ЗАРАРКУНАНДАЛАРГА ҚАРШИ ЧИДАМЛИЛИГИНИ ЎРГАНИШНИНГ ИЛМИЙ АСОСЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (7), 176-182.

Botirov, A., Arakawa, O., & Zhang, S. (2021). Forecasting Young Apple Tree Bud Status with a Visible/Near-Infrared Spectrometer.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов