Maqolada mulkga bo`lgan egalik huquqi, Mulkning yuridik konsepsiyasi, yer uchastkasi va uning tasnifi, baholanadigan kadastr obyektilari, yer uchastkasini ko‘chmas mulkning boshqa turlaridan farqi, kadastrli baholash hamda kadastr bahosi va zonalar bo‘yicha bir vaqtdagi kadastr qiymatini aniqlash qiymatlari keltirilgan.
Mazkur ishda raqamli texnologiyalar asosida iqtisodiyotni rivojlantirish bosqichlari va ularning afzalliklari keltirib o‘tilgan. Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni avtomatlashtirish orqali boshqarish, shu jumladan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari oldisotdisini avtomatlashtirish algoritmlari keltirilgan.
Mualliflarning ushbu monografiya yozishlaridan asosiy maqsad:
Zarafshon to‘qay biotoplarida o‘suvchi yovvoyi o‘simliklar nematodafaunasining taksonomik va ekologik tarqalish qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat.
Qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltiruvchi nematodalarning ko‘pchiligi avvalo yovvoyi o‘simliklarda yashab, keyin madaniy o‘simliklarga o‘tadilar. Shularning o‘zi ko‘rsatib turibtiki, O‘zbekiston mintaqalaridagi madaniy va shifobaxsh yovvoyi xolda o‘suvchi o‘simliklarining zararkunandalardan bir guruhi bo‘lgan fitogelmintlarni o‘rganish, ularga qarshi kurashish choralarini o‘z vaqtida qo‘llash
O‘zbekiston Respublikasini o‘simlik dunyosini asrash va uning ekologik ahvolini yaxshilashga qo‘shilgan amaliy xissa bo‘ladi. Shuningdek, maxsus kasallik qo‘zg‘atuvchi turlarining tabiiy manbalarini topish va ularning madaniy landshaflariga o‘tishini oldini olish kabi muammolar yechilgan.
Ushbu monografiya universitetlarning biologiya, ekologiya fakulteti bakalavr, magistr yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar hamda qishloq xo‘jaligi soxalarida o‘qiyotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan va o‘simliklarning parazit nematodalardan himoya qiluvchi mutaxassislarga asos bo‘la oladi.
Maqolada respublikamizda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini texnik modernizatsiyalash holati bayon qilingan bo‘lib, bu borada hozirda yuzaga kelgan muammolarning kelib chiqishi sabablari ochib berilgan. Shuningdek, kelgusida sohani innovatsion asosda rivojlantirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarishni texnik modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan.
Yer yuzasida o'zgarishlarni aniqlashning aniqligi
inson va tabiat hodisalari o'rtasidagi munosabatlar va o'zaro ta'sirlarni tizimlari (GIS) erdan foydalanish va er qoplamining o'zgarishi haqida aniq ma'lumot berish imkoniyatiga ega. Ushbu maqolada biz erdan foydalanish va er qoplamining o'zgarishini aniqlash uchun qo'llaniladigan asosiy usullarni o'rganamiz. O'n bitta o'zgarishlarni aniqlash texnikasi ko'rib chiqiladi. Tegishli adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, eng ko'p qo'llaniladigan usullar tasniflashdan keyingi taqqoslash va asosiy komponentlar tahlilidir. Tasniflashdan keyingi taqqoslash ikki sana o'rtasidagi atmosfera va sensor farqlarining ta'sirini minimallashtirishi mumkin. Tasvirni farqlash va tasvirni nisbatlashni amalga oshirish oson, lekin ba'zida ular aniq natijalarni bermaydi. Gibrid o'zgarishlarni aniqlash ko'plab texnikaning afzalliklaridan to'liq foydalanadigan foydali texnikadir, lekin u murakkab va boshqa usullarning xususiyatlariga bog'liq, masalan, nazorat ostida va nazoratsiz tasniflash. O'zgarishlar vektor tahlilini amalga oshirish qiyin, ammo u o'zgarish yo'nalishi va hajmini ta'minlash uchun foydalidir. So'nggi paytlarda o'zgarishlarni aniqlashda sun'iy neyron tarmoqlar, chi kvadrat, qarorlar daraxti va tasvir sintezi tez-tez ishlatib kelinmoqda. Masofaviy zondlash ma'lumotlari va GISni o'zgarishlarni aniqlashga integratsiyalash bo'yicha tadqiqotlar ham ko'paydi. lekin u o'zgarishlarning yo'nalishi va hajmini ta'minlash uchun foydalidir. So'nggi paytlarda o'zgarishlarni aniqlashda sun'iy neyron tarmoqlar, qarorlar daraxti va tasvir sintezi tez-tez ishlatib kelinmoqda. Masofaviy zondlash ma'lumotlari va GISni o'zgarishlarni aniqlashga integratsiyalash bo'yicha tadqiqotlar ham ko'paydi.
O’zbekistondan suv tanqisligi global iqlim o’zgarishi oqibatida tobora dolzarblashib bormoqda. Markaziy Osiyo davlatlari aholisining suvga bo’lgan talabi asosan transchegaraviy daryolar hisobiga qondiriladi. Tadqiqotlarga ko’ra, 2025 yilga borib iqlim o’zgarishi, global haroratning oshishi tufayli Amudaryo va Sirdaryo daryolarini suv bilan ta’minlayotgan muzliklar zaxirasining 15–20 foizga kamayishi kutilmoqda. Tog’ muzliklari hajmi yiliga 0,2–1 foiz atrofida kamayib borayotgani, tog’ daryolari havzalarida qor zaxiralari tobora qisqarayotgani aniqlangan. Ushbu maqolada keltirilgan muammolarni bartaraf etishda avvalom bor qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda suv tejamkor texnologiyalarni qo’llashni takomillashtirish va suv sarfini hisoblash, kanalni masofadan boshqarish, kanaldagi suv yo’qotishlarini qayd etish va uning oldini olish usullarini to’liq avtomatlashtirishga bag’ishlangan takliflar ishlab chiqilgan.
Целью данной статьи является развитие градостроительной политики в сельских населенных пунктах Республики Узбекистан. При развитии сельских поселений следует учитывать возможность их разумного функционального использования, санитарно гигиенические, водные, местные ресурсы и экологические условия, а также прогнозируемые будущие изменения природных и иных условий вся эта информация должна отражаться в градостроительной документации, которая разрабатывается на каждый конкретный участок в зависимости от целевого использования.
В статье рассмотрены реализованные мероприятия по формированию кооперационных отношений в сельском хозяйстве, существующие проблемы и отрицательные факторы, негативно влияющие на данный процесс, а также вопросы связанные с принимаемыми нормативно – правовыми документами по развитию кооперационных отношений в сфере
Maqolada masofadan zondlash orqali turli kartalarni tuzishda kosmik suratlar, ma’lum bir hududning mavzuli kartasini tuzish zarur bо‘lganda, qisqa vaqt ichida masofadan zondlashdan olingan signallardan yetarlicha ma’lumot olish mumkin. Bu esa karta tuzishni tezlashtirish bilan birga aniqlikni ham oshiradi. Masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanib qishloq xо‘jaligi ekin turlarini kartalashtirishda foydalanish orqali karta tuzish ishlari ancha yengillashadi.
Hozirda yerlarni monitoring qilish kartalarini tuzish yer bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarda hususan, qishloq xo‘jaligida juda katta ahamiyatga egadir. Yerlarni monitoring qilish kartalarini kartografik komponent qoidalari asosida tuzish lozim.
Shaxsni tanib olish biometrik texnologiyalari kirish-chiqishni nazorat qilish, bank, ichki ishlar, ta’lim kabi sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Amaliyotda esa barmoq izi, yuz tasviri, ko‘z qorachig‘i, kaft va qon tomirlariga asoslangan tanib olish tizimlari keng joriy etilgan. Ishonchli va arzon biometrik tizimlarga bo‘lgan talablar kun sayin ortib bormoqda. Biometrkani har bir yo‘nalishi qo‘llanish sohasiga ko‘ra o‘ziga xos yutuq va kamchiliklarga ega. Hozirgi kunda kaft tasviri asosida shaxsni identifikatsiyalash zamonaviy vositalar hisobiga tez rivojlanmoqda. Bunga undan foydalanish sodda va qulayligi, emotsional betarafligi, faqat kamerani talab qilishi kabilar sabab bo‘lmoqda.
Mazkur maqola kaft tasviri bo‘yicha shaxsni identifikatsiyalash vositalari tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kaft tasvirini onlayn olish qurilmalari, ularni yutuq va kamchiliklari, qulayliklari keltirib o‘tilgan.