Mazkur maqolada badiiy asar strukturasida sarlavhaning ahamiyati xususida mulohaza yuritiladi. Asar sarlavhasida muallif g‘oyaviy,estetik qarashlarining namoyon bo‘lishi yoritiladi. Ma’no nuqtalarining yaxlitlik kasb etishi mohiyatni aniq ravshan anglatish imkonini berib, asar estetik quvvatini oshiradi. Sarlavhada tabiatdagi unsurlar nomi vositasida ramziylik, ishoraviylik ortib boradi. Badiiy muloqotga kirishayotgan san’atkor kitobxonga ma’lum axborot, yangilikni yetkazibgina qolmay, uni ijodiy yondashuvga chorlashi darkor.
Tarkibdagi ilk semiotik markaz sarlavha bo‘lib, unda muallif g‘oyasi, konsepsiyasi jo bo‘ladi. Sarlavha ilk taassurot, muallif hamda kitobxonning ruhiy muloqoti debochasi. San’atkorlar borlig‘i, iste’dodi, ijodiy niyatini baholash shu lahzadan boshlanadi. “Yur, tog‘larga ketamiz”, “Qoyalar ham yig‘laydi”, “Saodat sohili” kabi qissalar maskan nomi bilan quvvatlanadi. Makon tasviri estetik zavq beribgina qolmay, shu maskan bilan bog‘liq asosiy voqea, kalitga ishora beradi.
Ilk jumla muloqotning ibtidosi, qahramon hamda kitobxonning g‘aybona uchrashuvi, kompozitsion sathning muhim belgisi. Keyingi holatu vaziyat, dialogu monolog debochasi. Mavzu, muammolar borasidagi ilk taassurot, bu keyingi bosqichga ko‘tarilish, faollikni jadallashtirish jarayoni. Qissada epigraf poetik mazmunni umumlashtirish, badiiy niyatni uqishda muhim sanaladi. Muallif yoritayotgan masalaga doir zarur ko‘chirma (she’r, hikmat, maqol, hadis kabi)ni kiritib, g‘oyaviy, hissiy salmoqdorlikni oshiradi. U asosiy ma’noni o‘zida jo aylagani, qahramon holatini asoslashi, fikrni tasdiqlashi bilan e’tiborni tortadi.
Мазкур мақола сиёсий вазиятлар ва жараёнларни амалий таҳлил этишнинг контент-таҳлил, ивент-таҳлил, когнитив хариталаш каби фанлараро методларига бағишланган. Ушбу методларини кўриб чиқиб, муаллиф уларни илмий амалиётда қўллашнинг кучли ва кучсиз жиҳатларини кўрсатиб беради.
Ушбу мақола шифохонадан ташқари пневмония билан касалланган 25 нафар беморларда қон зардобидаги цитокинлар- интерлейкин -1 (ИЛ-1), интерлейкин - 4 (ИЛ-4), интерферонлар: -интерферон-альфа, аферон альфантиинтер, интерферон-гамма миқдорини текширишни ўз ичига олади. Муаллифлар фикрига кўра, назорат гуруҳи билан таққосланганда бемор болаларда яллиғланиш олди ва яллиғланишга қарши цитокинлар миқдори қон зардобида ортганлиги касалликнинг даврига ва патологик жараёнларга боғлиқдир.
Maqolada radikallashuv muammosi, uning ichki semantik mazmuni tahlil etilgan. Globallashuvda mafkuraning o‘rni va uning xarakterli xususiyatlarini ochib berilgan. Mafkura, terrorchilik faoliyati quriladigan poydevor bo‘lib, uning maqsadli va qadriyat-semantik tomonlarini aks ettiradi. Mafkuraning qadriyat mazmunini sub’ektiv ahamiyatga ega bo‘lgan va terrorchilik faoliyatiga ma’no beruvchi erkinlik va adolat g‘oyalari tashkil etadi. Shuningdek, maqolada ekstremizm va radikalizmni oldini olish va unga qarshi kurashish masalasi tahlil qilingan.
Ushbu maqolada talabalarda axborot madaniyatini shakllantirishda o‘qitish mazmuni, metodik ta’minoti, usullarining talabalar o‘quv-bilish faoliyati faolligini oshirish, mashg‘ulotlar jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish vositalari takomillashtirilgan. “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayonida talabalarda axborot madaniyatini shakllantirishda mavzuga oid axborotlar mazmunini yoritish asosida ularda nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni namoyish etish, yangi axborotlarni qayta ishlash, yo‘llanma, ko‘rsatmalarga, tavsiyallarga mustaqil ravishda munosabatda bo‘lish, egallagan bilimlarini amalyotda qoʻllash, muammolarga ijodiy yondashish kabi xususiyatlari rivojlantirilgan. Talabalarda axborotlarni og‘zaki bayon qilish, eslab qolish, qayta tiklash, ularni yuqori saviyada egallash, texnik vositalar, texnik o‘quv adabiyotlari, axborot texnologiyalari, o‘quv jarayonini loyihalashtirish, savol-javoblar, axborotlar haqida bahs-munozara va muhokamalar o‘tkazish, mustaqil axborot olishga tayyorlash va o‘z-o‘zini taqdim eta olish qobilyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish, ularning natijalarini baholash kabilar takomillashtirilgan.
Bugungi kunda Respublikamizda aksariyat nonvoylik yog‘lari sifatida oziqa salomasi asosida tayyorlanayotgan margarinlar qо‘llanib kelinmoqda. Bu margarinlar tarkibidagi trans kislota miqdori bо‘yicha standart talabalariga mos kelmaydi(2% dan kо‘p). Tadqiqot ishida paxta palmitinini regenerasiyalangan katalizator ishtirokida gidrogenlab, erish harorati 59 °C dan kam va yod soni 6 dan kо‘p bо‘lmagan salomas olish va uning asosida nonvoychilikda qо‘llaniladigan, trans kislota miqdori kamaytirilgan, margarin resepti tuzishga oid natijalar keltirilgan.