Ushbu maqolada quyidagi ko'rinishdagi bo'lakli-uzluksiz o‘zgarmas argumentli ikinchi tartibli differensial tenglamalarning 2- davriy yechimlarini yechish usuli ko'rib chiqildi. Bunda eng katta butun funksiyani bildirib, va noldan farqli haqiqiy sonlar va haqiqiy qiymatli davriy funksiyadir. Magolada dastlab ikkinchi tartibli differensial tenglamalarning 2 -davriy echimlari uchun mavjudlik shartlari ko‘rinishida, so‘ngra muammo algebraik tenglamalarning chiziqli tizimi ko ‘rinishiga keltirildi.
Мақолада ишлаб чиқариш жараёнларида ночизиқли бошқариш тизимларидан фойдаланиш имкониятлари кўриб чиқилган. Турли стационар ҳолатлар тузилишига эга бўлган ишлаб чиқариш жараёнларининг динамик тизимларини ночизиқли бошқариш тизимларининг асосий хусусиятлари ўз-ўзини ташкил этишнинг ягона концепциясига асосланган фан сифатида синергетик бошқариш тизимларининг таҳлили келтирилган. Биринчи тартибли ночизиқли автоном Лоренц дифференциал тенгламаларининг уч ўлчовли тизими асосида синергетик тизимлар учун барқарорликни сақлаш натижалари олинади, бу махсус уч ўлчовли пастки фазони лойиҳалаш имконини беради.
Maqola Gamilton-Ostrogradskiy variatsion tamoyili asosida murakkab konstruktiv shakldagi yupqa magnitelastik plastinalarning geometrik nochiziqli deformatsiyalanish jarayonining matematik modeli ishlab chiqish va hisoblash tajribalarini o‘tkazishga bag‘ishlanadi. Bunda Kirxgof-Lyav gipotezasidan foydalanib uch o‘lchovli matematik model ikki o‘lchamli ko‘rinishga o‘tkazildi. Kinetik va Potensial energiya hamda tashqi kuchlar bajargan Ishning variatsion ko‘rinishlarini aniqlashda Koshi munosabatlari, Guk qonuni, Lorens kuchi va Maksvell elektromagnit tenzor ko‘rinishidan foydalanildi. Magnitelastik plastinaning deformatsion kuchlanish holatiga elektromagnit maydon ta’sirlari ko‘rildi, natijada ko‘chishga nibatan boshlang‘ich va chegaraviy shartlarga ega bo‘lgan, xususiy hosilali differensial tenglamalar sistemasi ko‘rinishidagi matematik model hosil bo‘ldi. Tenglamani yechish uchun R-funksiya, Bubnov-Galerkin, Nyumark, Gauss, Gauss, kvadratlar, va Iterasiya sonli usullaridan foydalanib hisoblash algoritmi ishlab chiqildi. Hisoblash tajribalari magnit elastik plastinaning turli mexanik holatlari, chegaralari qattiq mahkamlangan, bir tomoni sharnir ikkinchi tomoni erkin holatida hisoblash tajribalari o‘tkazilib sonli natijalar olindi. O‘takazilgan hisoblash natijalarining qiyosiy tahlillari keltirildi.
Ushbu maqolada tenglama uchun boshlang'ich chegaraviy masala chekli ayirmalar usuli bilan tadqiq qilish keltirilgan.