Uzbekistan: Language and Culture 2023/2(2)
37
ISSN 2181-922X
37
—
46
Xayriddin Sulton qissalarida milliy ruh
va obrazlar poetikasi
(“Ajoyib kunlarning birida” qissasi asosida)
Fanuza Adilova
1
Abstrakt
Maqolada Xayriddin Sultonning “Ajoyib kunlarning birida” qissa-
sining badiiyati, syujeti va kompozitsiyasidagi o‘ziga xosliklar, tili va uslub
jihatdan ahamiyati, yozuvchining obraz yaratish va so‘z qo‘llash mahorati
atroflicha tahlil qilingan.
“Qissa” janrining kelib chiqishi, uning janr taraqqiyoti, bu borada-
gi jahon va o‘zbek adabiyotshunoslarining fikr va munozaralari qiyoslab
o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
qissa, syujet, kompozitsiya, epik tur, janr, poetika.
Kirish
Epik turga mansub bo‘lgan zamonaviy qissa janri o‘zbek
adabiyotida XX asrda paydo bo‘ldi va muayyan taraqqiyot yo‘lini
bosib o‘tdi. Qariyb yuz yil mobaynida yaratilgan yetti yuzdan ortiq
qissalar o‘zbek badiiy nasrining taraqqiyot tamoyillarini o‘zida nam-
oyon etdi.
Shuningdek, XX asr so‘nggi choragida yaratilgan o‘nlab qis-
salar ham ilmiy-adabiy jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otib, bahs
va munozaralarga sabab bo‘lgan. Bu haqda, I.Sultonov, M.Qo‘shjonov,
O.Sharafiddinov, N.Karimov, S.Mamajonov, B.Nazarov, U.Normatov,
I.G‘ofurov kabi taniqli adabiyotshunoslarning qimmatli mushohada-
lari mavjud.
Dastlabki qarashda qissachilikka doir deyarli barcha muam-
molar o‘rganib bo‘lingandek ko‘rinadi. Ammo janr – tarixiy katego-
riya. Har qanday janr o‘zini barqaror tutib turuvchi xususiyatlarini
saqlab qolgan holda, birinchi navbatda, adabiy tur va janr qonuniya-
tining spetsifik fanlariga ko‘ra; ikkinchidan esa ijtimoiy-tarixiy muhit
1
Adilova Fanuza Shodiyor qizi –
tayanch doktorant, Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
E-mail:
fanuzaadilova@mail.ru
ORCID ID:
0009-0008-1076-297X
Iqtibos uchun:
Adilova, F. 2023. “Xayriddin Sulton qissalarida milliy ruh va
obrazlar poetikasi”.
O‘zbekiston: til va madaniyat. Adabiyotshunoslik
2 (2):
37-46.
38
Fanuza ADILOVA
va adabiy jarayon bilan chambarchas bog‘liq holda ichdan yangi-
lanib, o‘zgarib boradi. Janr har bir tarixiy davrda, har bir yozuvchi
ijodida, shu janrning har bir namunasida yangi-yangi xususiyatlarni
namoyon etadi. Shuning uchun ham muayyan bir janr namunalarini
xoh ma’lum bir muammolar doirasida bo‘lsin, xoh tarixiy taraqqiyot-
ning turli bosqichlari qiyosida bo‘lsin, xoh uslubiy nuqtayi nazardan
bo‘lsin - o‘rganish adabiyotshunoslikning dolzarb muammosi bo‘lib
qolaveradi, ayni paytda bunday tadqiqotlar yangi-yangi xulosalar
beraveradi.
“Qissa” atamasi arab tilidan olingan bo‘lib, lug‘aviy ma’no-
siga ko‘ra, hikoyat, sarguzasht, u yoki bu shaxs hayoti-faoliyatining
muayyan davrini bayon etishga qaratilgan bo‘ldi, u nafaqat o‘zbek,
balki butun Yaqin hamda O‘rta Sharq xalqlari adabiyotida ham keng
tarqalgan janrlardan biridir.
Asosiy qism
Badiiy asarning tuzilishi, syujet va kompozitsiyasi, til xususi-
yatlari, hikoya qilish yo‘sini, ifoda tarzi, tasvir usullari va vositalari,
ohangi – bularning barchasi asar poetikasini tashkil etadi. Ijodkor-
ning san’atkorligi, o‘ziga xosligi birinchi galda uning poetik ixtirosi,
mahorati bilan belgilanadi. Qolaversa, har bir chinakam san’at asari
badiiy jilolari bilan ajralib turadi, biri ikkinchisini aslo takrorlamay-
di. Bu jihatdan Xayriddin Sulton ijodi, qissalari g‘oyat ibratlidir.
Xayriddin Sulton bugungi o‘zbek qissachiligida o‘ziga xos
ovoz, o‘ziga xos uslub bilan bir-biridan original asarlar yaratib ke-
layotgan adiblardan biri. Adib qissalari pishiq va puxtaligi bilan ajra-
lib turadi. Xayriddin Sulton adabiyotga o‘tgan asrning 70-yillarida
kirib keldi. Adib adabiyotimizga yangi mavzular, yangi qahramon-
lar olib kirdi, uning personajlari nihoyatda tabiiyligi, hayotiyligi,
milliyligi va zamon bilan makonning uzviyligi bilan ajralib turadi.
Xayriddin Sulton qissalarida insonning qalb kechinmalari, ruhiy
tug‘yonlari milliylikka yo‘g‘rilgan holda tasvirlanadi. Adib o‘z oldiga
insonning qalb kechinmalarini, qalb sirlarini yechishni maqsad qilib
qo‘yadi. Personajlar haqida so‘zlar ekan, ular haqida, ularning hayoti
haqida batafsil hikoya qilish yo‘lidan bormaydi, balki qahramonlar
boshidan kechirgan eng murakkab vaziyatni yoki mana shu vaziyat-
ga daxldor voqeani oladi va shu asosda xarakter yaratadi. Ularning
xatti-harakatlari, ichki kechinmalari psixologik jihatdan asoslanadi,
personajlar nutqi shunday mahorat bilan beriladiki, kitobxon beixti-
yor qahramonlarning samimiyligiga ishonadi.
Xayriddin Sulton qissalarida obrazlar o‘ziga xos yo‘sinda tas-
39
Xayriddin Sulton qissalarida milliy ruh va obrazlar poetikasi (“Ajoyib kunlarning birida” qissasi asosida)
virlanadiki, adib oddiy voqea-hodisalar zamiridagi nozik jihatlarni
ilg‘ab, ularga muhim ma’no-mohiyat yuklaydi. Milliy ma’naviyat-
ga daxldor, xalqning o‘lmas udum va an’analariga oid muammolar
o‘ziga xos yo‘sinda ifodalab beradi. Adibning qahramon tanlashdagi
mahorati ham tahsinga loyiq desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ular ha-
yotga endigina qadam qo‘ygan yosh yigit-qizlar, bolalar, umri poyo-
niga yetayotgan chollar, qariyalar, xokisor, goho jur’atsiz va kam-
suqum insonlardir.
Shu o‘rinda badiiy obrazga ta’rif berib ketish o‘rinli, albatta.
Badiiy obraz – bu badiiy ijodning umumiy kategoriyasi: estetik ta’sir
qiluvchi obyektlarni yaratish orqali san’atga xos bo‘lgan hayotni tak-
rorlash, talqin qilish va o‘zlashtirish shakli. Obraz deganda ko‘pincha
badiiy yaxlitlikning elementi yoki bo‘lagi, odatda mustaqil hayot va
mazmunga ega bo‘lgan parcha tushuniladi. Badiiy obraz tafakkur-
ning alohida shakligina emas, u tafakkur orqali vujudga keladigan
voqelik obrazidir.
“Badiiy obraz – ijodkor shuuri, estetik ideali, dunyoqarashi,
maqsadi va g‘oyasi orqali sintezlashgan voqelikning inson ruhiyati-
ning muhim qirralarini muayyan narsa, tuyg‘u va kechinmalar tim-
solida alohida betakrorlikda umumlashtirilgan, estetik qimmatga
ega in’ikosidan iborat” [Sarimsoqov 2004, 22].
Xayriddin Sultonning “Onamning yurti” nomli qissa va hiko-
yalar to‘plamidan joy olgan “Ajoyib kunlarning birida” qissasi o‘zi-
ning syujet chizig‘i, qahramonlarning sodda va dilkash tasviri bilan
badiiy ahamiyatga egadir. Asar O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov
xotirasiga bag‘ishlanadi. Qissaning boshlanishidan ham o‘zgacha ruh
seziladi:
Bu voqea ajoyib kunlarning birida ro
‘y
berdi. Ochig‘ini ayt-
ganda, bu kunni u qadar ajoyib deb bo‘lmasdi: havo sovuq, yer balchiq,
yo‘l-yo‘lkalar shilta-shalabbo, samolyotga bilet yo‘q, “Paxtakor” birin-
chiligaga tushib ketgan… Lekin bari bir bu ajoyib bir kun edi: odamlar
shoshib ishga borar, maydonlarda gala-gala kaptar o‘ynar, do‘konlar-
da savdo chaqqon, radiodan Munojot “Munojot” ni qarsillatib aytib
turar, namchil xiyobonlarda shamsiya tutgan oshiqlar ohista kezardi.
Qissada Sulton, Abdulla va Kamolning Nozim Qodirov
(Botir Zokirov)ning uyiga borishi, ular birgalikda hayotdan, uzoq
bolalik kunlardan so‘z ochishlari, adabiyot va san’at haqidagi qizg‘in
suhbatlari juda ta’sirli ifoda etilgan. Hofizning umri poyoniga yetar
chog‘ida ohanglari, so‘zlari butunlay yangicha ruhda qo‘shiq aytish-
ni niyat qilganligini aytgan o‘rinlari, Navoiyni umrining kuzida
teranroq anglagani, hatto bir g‘azalini o‘qib berib, undan nechog‘lik
ta’sirlanganini yozuvchi mahorat bilan tasvirlagan:
Sezdingizmi?
40
Fanuza ADILOVA
Sezyapsizmi? Nigohi qanchalar o‘tkir, teran ekan Navoiyning! Axir,
bu butun boshli bir kuz simfoniyasi-ku! Rangga ko‘chirilsa, qanday
g‘aroyib manzara bo‘ladi. Bir urinib ko‘rmoqchiman. “Bir xazonlig‘
bog‘ ichinda” deb qo‘yaman nomini…
Voqealar rivoji jarayonida obrazlarning o‘zaro munosa-
batlari – ziddiyatlari, kurashlari, qahramonlarning xarakterlari
shakllanadi, obrazlarning eng muhim xususiyatlari yechiladi. “Ajo-
yib kunlarning birida” qissasidagi syujetning o‘ziga xosligi shundaki,
asar sujetida ichki harakat dinamikasi yetakchilik qiladi. Ya’ni qah-
ramonning o‘y – fikrlari, ichki kechinmalari tahliliga ko‘proq e’tibor
qaratiladi. Qissa voqealari, asosan, Sultonning xotira ko‘zgusi orqa-
li tasvirlana yotgan voqealardan iborat. Qahramon umrini qanday
o‘tgani, nimalarga ulgurdi-yu hovuchida qanday armonlari qolganini
o‘ylaydi. O‘n yetti yil mobaynida shahri azimga qatnab, qanchadan
qancha bazmi jamshidlarda, ko‘ngli tilamagan davralarda, safsata bo-
zorlarida kunlari tamaki tutuniday ko‘kka uchgani, mangu yashay-
diganday oltin damlarini somondek sovurgani haqidagi o‘ylar uning
xayolini o‘g‘irlayveradi. Kasalxona derazasidan boqarkan, beixti-
yor hayoti
“mazmunsiz romandek zerikarli bo‘lib qolganini, xayoli
siyqa va betayin sahifalar uzra tinimsiz kezayotganini payqaydi”.
Sizga yoqmagan kitobni istagan paytingiz yopib qo‘ysangiz bo‘lar,
lekin umr kitobini… Sulton hayoti davomida ishida, tashvish-u inti-
lishlarida o‘zi anglab yetmagan, anglolganida ham qadriga yetmay-
digan bebaho ma’no mujassam edi. U ertalablari tik oyoqda ichilgan
bir piyola choydan tortib boshqarmadagi majlislargacha, ishxonada-
gi urish, so‘kish-u iltimoslargacha, hazil-mutoyibadan tortib ko‘z
yoshlargacha, oshkora va pinhoniy alam-armonlargacha – hamma-
si hayot kitobining qadr don sahifalari edi. Bularni o‘ylarkan, o‘ziga
yopishgan bedavo dard azob bera boshlaydi. Ammo
“o‘ylamay yashab
bo‘lmaydi, xayol deganning bu qadar mislsiz azob berishini endi ko‘rib
turishi”.
Bir tomondan odamzodga kulma, yig‘lama, o‘ynama deb
amr berish mumkin, lekin boshqa tomondan
“
o‘ylama
”
deb aytib
bo‘lmasligini tushungandi.
“Yozuvchi nafaqat umuminsoniy ehtiyojga dardlarini aytib,
yuragini bo‘shatish ehtiyojiga daxldor, balki u ana shu ehtiyojni
ancha-muncha kengaytiradi ham, negaki u alohida bir ustunlikka
ega o‘zining ijodi bilan o‘zini teran iztiroblardan, kishini qiynaydigan
o‘y-fikrlardan xalos etadi”, - deydi Yan Parandovskiy [Jahon adiblari
adabiyot haqida 2010, 249].
Qissa yaratish jarayonida hayot materialini pishitish, obraz
mantig‘ini asoslash, psixologik tahlilni teranlashtirish, dramatik
41
Xayriddin Sulton qissalarida milliy ruh va obrazlar poetikasi (“Ajoyib kunlarning birida” qissasi asosida)
vaziyatni taranglashtirish poetik mazmunni to‘ldiradi. Muammo-
ning yechimini ko‘rsatish borasida fikriy izchillik, tasviriylikka rioya
etilishi maqsadga muvofiq sanaladi. Ijodkor odam mohiyatini ang-
latishda ta’sirli, ishonchli, ibratli motivlarni keltirishi, qahramonning
borliq hodisalariga munosabatini xolis tasvirlashi, mustaqil fikrla-
rini teran aks ettirishi darkor. Xayriddin Sultonning “Ajoyib kunlar-
ning birida” qissasida shaxs iztirobi, ko‘ngil armoni, bedavo dardga
chalingani tufayli hayotning o‘zi uchun aziz bo‘lgan damlarini qay-
tadan yashash ishtiyoqi badiiy bo‘yoqlarda bayon qilingan. U dard
bilan kurashar ekan, endigina hayotning dard-u alamlari, azob-u
sitamlaridan o‘tib odam qatoriga kirdim deb xayol qilgan paytida,
qaysi fe’li-yu qilmishi uchun taqdir unga bu jazoni ravo ko‘rdi ekan
– bilolmas, dunyoga shundoq kelib, shundoq ketishida qanday sir-
li ma’no yashirinligini anglolmay o‘rtanar edi. Har bir tunlari og‘ir
va tahlikali o‘tardi. Bosib kelayotgan g‘ashlikdan qutilish uchun
kasalxonaga olib kelgan uch-to‘rtta kitobini varoqlashga ham mador
topolmaydi: xuddi kitoblar ham uning bu dunyodan o‘tishi haqida
so‘ylayotgandek edi.
Yozuvchi qissada o‘xshatishlardan ham mohirona foydalan-
gan:
“Trolleybus dardmand kimsadek bazo‘r sudralib, Eski shahar to-
mon borardi”.
Sulton Eski shaharda bir ayolning uyida ijarada yasha
-
gan damlarini ko‘zida yosh bilan eslaydi. Hamxonasi Qudrat bilan
o‘tkazgan yigitlik onlarini qayta yashagisi keladi. Ayaning ichkilikka
ruju qo‘ygan o‘g‘li haqidagi gaplari qissani o‘qigan kishini bir mudom
hayotini tahlil qilishga undaydi.
“Nega menga farzand berdi-yu, rohat
bermadi”
deydi aya qissada. Inson hayotga kelib sodir etgan ochiq va
yashirin, katta va kichik gunohlari, arzimas va yuvib bo‘lmas ayb-u
xatolari borki, boshqalarning qilmishlariga nechog‘lik qahr-g‘azab
bilan munosabatda bo‘lsa, Sulton ayaning farzandlari o‘rtasidagi
munosabatlarga shunchalik mehr-muruvvat bilan qaraydi, vijdoni
qiynaladi. Umuman olganda, yozuvchi har bir personajning xarak-
teri, ichki kechinmalarini tasvirlashda, voqealar tadriji davomida
milliylikka alohida o‘rin beradi. Inson siyratidagi mutanosiblikning
buzilishi ma’naviy dunyosidagi sokinlik, xotirjamlikka rahna solib,
g‘azab, nafrat tuyg‘ularini parvarishlaydi. Olamdagi muvozanat ila
odamdagi mezonlar muvofiqligi yoxud ayroligi inson-u jonzotni
befarq qoldirmaydi. Kabir borliqning sag‘ir ulushi ma’lum nizom-
lar doirasida harakatlanadi. Shu bois qabohat, takabburlik jazoga
yo‘naltirib, bandani xor-u zabon aylaydi.
“Har bir xalqning o‘ziga xos urf-odatlarini, ruhiyatini, fikrlash,
yashash tarzini akslantirishi tabiiydirki, bu adabiyotning milliy-
42
Fanuza ADILOVA
ligini vujudga keltiradi” [Umurov 2002, 111].
Xayriddin Sulton adabiyotimizdagi sifat o‘zgarishlarini qis-
salariga mohirona o‘tkazgan. Hayotdagi yangilanishlarni darhol
aks ettirishga ahamiyat beradi. Qahramonlar fitratini mukammal
yoritish, turli sinovlarda toblanishini asoslash ma’suliyatini orttira-
di. Kitobxon e’tiboriga havola etilayotgan qissalar g‘oyaviy, falsafiy
mohiyati turlicha. Davrdagi holat-u vaziyatini aks ettirishda tasvirni
axloqiy-ma’rifiy masalalarga yo‘naltirishga ahamiyat beradi.
“Ajoyib kunlarning birida” qissasi kompozitsiyasida o‘rni bi-
lan Sulton xayolot olamiga rakurs uyushtirilishi uning ma’naviy qiyo-
fasini to‘ldirib boradi. Yozuvchi qahramon ong ostidagi nozik tebra-
nishni shu tarzda taqdim etar ekan, Sulton tafakkuridagi o‘zgarishlar,
e’tiqoddagi ziddiyat, taqdir saboqlarini izchil tahlil qiladi. Ko‘rina-
diki, Sulton siyrati o‘tmish-hozir tarzida tasvirlab boriladi. Ijodkor
millatning urf-odat va an’analarini talqin etish orqali kitobxonda
o‘zbek kishisi haqida yaxlit tasavvur hosil qiladi. Inson hayotini
barcha murakkabliklari ila tasvirlash oson emas. Uning ruhiyatini,
sa’y-harakatini aniq ifodalashda, asoslashda yozuvchi zarur ibora,
so‘zni qo‘llash lozim. Qissalar poetikasi misralar ma’no ko‘lamdor-
ligi, fikrlar mantiqiy izchilligi, ifoda qisqa va lo‘ndaligi, jumla jarang
-
dorligi e’tiborni tortadi. Adib kishi tuyg‘ulari, emotsiyalarini his
qildirishga, bunda unga muvofiq ohangni ham tanlashga erishiladi.
Qissalarda inson tuyg‘ulari, tushlari, quvonch-u zahmatlari,
kechinmalarini ifodalashda zarur so‘z, iborani qo‘llash, hodisa-
ning biror lahzasini muhrlash badiiyatini oshiradi. Muallif voqelikni
jonli, ta’sirli ifodalashda har bir lavha, holatni puxta o‘rganib, fikrini
tizimli ifodalashga e’tibor qaratadi. Adib qahramon intilishi, orzu-
armonlari, hayotining asl mohiyati borasidagi estetik, falsafiy qa
-
rashlarini matn negiziga singdirib boradi.
Adabiyotshunos M.Baxtin “Muallifning muayyan qahramon
obrazini yaratishi uchun izlanishi, intilishi, ma’lum darajada, uning
o‘zi bilan kurashi hamdir. Chunki u ijod jarayonida faqat o‘z qahra-
monining holatini tasavvur qiladi, ichidan his etadi va uning obrazi-
da insonga munosabatini ifodalashga intiladi”, - deya e’tirof etadi
[Бахтин 1979, 9].
Badiiy asar inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi san’at hosilasi.
So‘z ohangi, ma’nolar asrori turfa holat, vaziyatni teran ifodalashga
yo‘naltiriladi. Ijodkor olam va odamni badiiy idrok etish salohiyati-
ga monand aniq voqelikni tasvirlashga, ba’zan fantaziya mahsulini
ham dalillashga intiladi. Inson borki, ko‘nglida muqaddas tuyg‘u, oliy
intilish mavjud. Hayotga mazmun bag‘ishlash, umrini xayrli ishlar-
Xayriddin Sulton qissalarida milliy ruh va obrazlar poetikasi (“Ajoyib kunlarning birida” qissasi asosida)
43
ga safarbar aylash chin farog‘at sanaladi. Qissada Sulton ham umri
davomida halol yashashga, to‘g‘ri bo‘lishga, qilgan xatolari, gunohla-
rini takrorlamaslikka astoydil harakat qildi. Garchi egallab turgan
mansabidan ayrilsa ham, o‘zining chin insoniy e’tiqodlariga qarshi
bormadi, borolmadi.
“Odamning chiqiti bo‘lmaydi, uka. Bizniki – bir
nasihat, olsangiz ham o‘zingiz bilasiz, olmasangiz ham”.
Bu gaplarni
Sultonga halollikdan ancha yiroq bo‘lgan, mansabini suiste’mol qilib,
o‘zining qabih ishlariga boshqalarni ko‘z yumishlariga majburlay-
digan, hatto sherik qiladigan Qamar Sharipovich aytadi. Sulton ikki
o‘t orasida qolib, qattiq iztirob chekadi. Agar boshlig‘ining aytganini
qilsa, xodimlari orasida yuzsiz qiyofasida yurishdan or qilishi, o‘zi-
ning e’tiqodlariga sodiq qolsa, bola-chaqasini rizqi kesilishi haqida
o‘ylaydi. Oxir – oqibatda, boshlig‘i bilan kelishgandan ko‘ra, iblis bi-
lan kelishgan afzalroq degan qarorga keladi. Shu paytgacha shunday
yashab keldingmi, yana bir kungina umring qolgan bo‘lsa ham, xuddi
shunday yashaysan, deb o‘ziga taskin beradi. Bularni fikr qilarkan
“Lekin bular nega odamlardan uyalmaydi? Nega qo‘rqmaydi? E, Sulton,
go‘dakdan ham battar soddasan, vijdonidan uyalmagan, vijdonidan
qo‘rqmagan odam boshqa narsadan qo‘rqadimi?!”
degan fikrlarni
ko‘nglidan o‘tkazadi. Nafs qutqusi kishi ko‘ngliga g‘ulg‘ula urug‘ini
ekadi. Ezgulikdan bebahra aqli noqislar insoniyatni qon dengizida
g‘arq qiladi. Baxt mohiyatiga umumbashariy chizgi berilib, undan
mosuvolik marhumlik diyoriga yo‘l ochishi ta’kidlanadi.
“Janr adabiyot rivojidagi har bir bosqichda va shu janrga
o‘ziga xos asarda qayta tug‘ilib yangilanadi. Janr bugungi kun bilan
yashaydi, ammo ibtidosini, o‘tmishini esida tutadi. U adabiyot rivoji
jarayonida ijodiy xotiraning vakilidir. Shu bois janr adabiyot taraq-
qiyotidagi yaxlitlik va uzviylikni ta’minlashga qodir”, - deb yozadi
Baxtin.
Xulosa
Qissa janrida voqelikni teran tahlil etish, inson ruhiyatining
tubsiz va qorong‘u puchmog‘iga nazar tashlash, yashash mohiyatini
anglatishga e’tibor kuchaydi. Janr tabiatini kuzatar ekanmiz, unda
obrazlar ko‘p qirraliligi, konflikt o‘tkirligi, psixologik tahlil chuqurli
-
gi, badiiy-tasviriy vositaning xilma-xilligi, mavzu rang-barangligi
ko‘zga tashlanadi. Qissa tarkibini uqish, matnosti qatlamini o‘zlash-
tirish asl mohiyatni tushunish imkonini beradi.
Poetika badiiy asar tilini talqin etishdan boshlanadi. Til
har bir xalqning mangu qadriyati. Tilda millat tamadduni namo-
yon bo‘ladi. “Ajoyib kunlarning birida” qissasining poetikasidagi
44
Fanuza ADILOVA
ma’noviy qatlam yakka, fardlik holatini mantiq nuqtayi nazaridan
asoslaydi. Foniy dunyoda inson misli bir zarra bo‘lsa-da, oz muddat
yonmoqni, umr lazzatidan bahra olmoqni istaydi. Qissamiz qahra-
moni Sulton ham dunyodan umidi hali borligini, qilishi kerak bo‘lgan
ezgu amallarning ko‘pligini o‘ylaydi. Dardi haqida kimgadir aytishi-
ni va u insondan mo‘jiza ro‘y berib, qaytadan hayot baxsh etishini
juda katta ilinj bilan kutishini his qiladi. Qulog‘iga chalinib qoladi-
gan gap-so‘zlarda, bayt-u g‘azallarda endi butunlay o‘zgacha ma’no
ko‘radi. “Sen uzoq yashaysan, hammadan ziyod, hali toychoqlaring
o‘ynab yuribdi, meni-chi, shum ajal naq ostonada egarlangan otday
kutib turibdi”. Nazarida vujudi simobday erib tushar, boshini devorga
suyab unsiz yig‘layverardi. Bu judayam g‘aroyib holat edi: hazin mis-
ralar uning dardiga dard qo‘shar va ayni paytda diliga sarin, yorug‘
bir iztirob bag‘ishlar edi. Bu iztirob ko‘nglini lahza sayin yuksaltirib
borar, chekkan nihoyasiz riyozat va azoblari evaziga unga yupanch
berar, hamdard bo‘lmoqqa va’da etar edi.
Qissalar poetikasida inson mohiyatini ramziy-ishoraviy
aspektda tasvirlash, ilohiy hikmat asnosida olam yaratiqlararo
mushtaraklikni asoslash, tuyg‘ularni parallel yo kontrast munosa-
batda tizimlash, badiiy, estetik quvvatni mustahkamlash kuzatiladi.
Qissadagi bosh qahramon individual xususiyatini belgilash, uning
tabiat tilsimini ichki sezgi bilan uqish, bevosita yoki bilvosita alo-
qadorlik holatini haqqoniy gavdalantirish maqsadga muvofiqdir.
Sulton boshda aytganimizdek, dard bilan kurashayotgan qahramon.
Lekin u hayotdan, yashashdan umidvor. Bu umidvorlik shu darajada
yuksakki, umrni qaytadan yashash nasib etsa: “…
Pahlavon Mahmud
aytganidek, qul bo‘lib ishlab, bek bo‘lib yashash
”ga tayyor. Sulton sha-
harga kelishidan oldin xabar topgan kasal ekanligidan, hech kimga
aytmasdan bir professor shifokor bilan uchrashish uchun uni yo‘li-
ni poylaydi. Aksiga olib shifokor ham xizmat safariga ketgan. Butun
umrini sarhisob qilib, kelajakdan umid qiladi. Nihoyat qayta ko‘rik-
dan o‘tkazganlarida, umuman kasallik aniqlanmaydi! Buni eshitgan-
da, Sultonning nazarida yuragi to‘xtab qolganday bo‘ladi. Cho‘chib
boshini ko‘taradi. Boshi aylanib, devor-u shiftlar birlashib aylana-
veradi. Beixtiyor uning xayoliga shu so‘zlar keladi:
“Men uzoq yashay-
man, hammadan ziyod, hali toychoqlarim o‘ynab yuribdi… Men uzoq
yashayman”.
Adabiyotlar
Sarimsoqov, B. 2004. Badiiylik asoslari va mezonlari. Toshkent.
Jahon adiblari adabiyot haqida. 2010. Toshkent: Ma’naviyat.
Umurov, H. 2002. Adabiyot nazariyasi. Toshkent: Sharq.
Xayriddin Sulton qissalarida milliy ruh va obrazlar poetikasi (“Ajoyib kunlarning birida” qissasi asosida)
45
Бахтин, М. 1979. Эстетика словесного творчества. Москва: Искусства.
Жабборов, Н. (2021). История текста и некоторые комментарии к его
генезису. in Library, 21(2), 632–636. извлечено от https://
inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17713
Жабборов, Н. У. Р. Б. О. И. (2015). Адабиёт ва миллий маънавият. Т.:
Маънавият.
Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation. ACADEMICIA: An Interna
-
tional Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1685-1688.
Rasulova, U. (2020). Novelties in poetics of tales. ISJ Theoretical & Applied
Science, 01 (81), 220-224.
Rasulova, U. (2021). Devotees of knowledge. Asian Journal of Multidimen-
sional Research, 10(10), 1270-1274.
Rasulova, U. (2020, December). THE EXPRESSION OF DIVINE LOVE IN
CURRENT STORIES. In Конференции.
Ulug‘ov, A. (2021). HAMZAS DRAMAS.
Theoretical & Applied Science
, (8),
201-209.
Ulug‘ov, A. (2021, March). MAHMUDHOJA BEHBUDI IS A FIGURE OF HIS
-
TORY. In
Конференции
.
Abdulla, U. O. (2021). GREAT TEXTBOOK OR THE CREATION OF A SCHOL
-
ARLY LITERARY CRITIC.
Conferencea
, 83-94.
Abdulla, U. O. (2021). GREAT TEXTBOOK OR THE CREATION OF A SCHOL
-
ARLY LITERARY CRITIC.
Conferencea
, 83-94.
Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov.
Asian Journal of Research
in Social Sciences and Humanities
,
11
(12), 295-305.
Poetics of national spirit and images in stories
of Khairiddin Sultan
(based on the story “Ajoyib kunlarning birida”)
Fanuza Adilova
1
Abstract
In the article, the artistic, plot and compositional features of Khay-
riddin Sultan’s short story “Ajoyib kunlarning birida”, the importance of
language and style, the writer’s ability to create an image and use of words
are thoroughly analyzed.
The origin of the “short story” genre, its genre development, the
opinions and debates of world and Uzbek literary experts on this topic are
1
Adilova Fanuza –
supporting doctoral student, Tashkent State University of
Uzbek Language and Literature named after Alisher Navo’i.
E-mail:
fanuzaadilova@mail.ru
ORCID ID:
0009-0008-1076-297X
For citation:
Adilova, F. 2023. “Poetics of national spirit and images in stories of
Khairiddin Sultan(based on the story “Ajoyib kunlarning birida”)”.
Uzbekistan:
Language and Culture. Literature
2(2):
37-46.
46
Fanuza ADILOVA
studied in comparison.
Key words:
story, subject, composition, epic type, genre, poetics.
Xayriddin Sulton qissalarida milliy ruh va obrazlar poetikasi.
References
Sarimsoqov, B. 2004. Badiiylik asoslari va mezonlari. Toshkent.
Jahon adiblari adabiyot haqida. 2010. Toshkent: Ma’naviyat.
Umurov, H. 2002. Adabiyot nazariyasi Toshkent: Sharq.
Baxtin, М. 1979. Estetika slovesnogo tvorchestva. Moskva: Iskusstva.
Жабборов, Н. (2021). История текста и некоторые комментарии к его
генезису. in Library, 21(2), 632–636. извлечено от https://
inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17713
Жабборов, Н. У. Р. Б. О. И. (2015). Адабиёт ва миллий маънавият. Т.:
Маънавият.
Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation. ACADEMICIA: An Interna
-
tional Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1685-1688.
Rasulova, U. (2020). Novelties in poetics of tales. ISJ Theoretical & Applied
Science, 01 (81), 220-224.
Rasulova, U. (2021). Devotees of knowledge. Asian Journal of Multidimen-
sional Research, 10(10), 1270-1274.
Rasulova, U. (2020, December). THE EXPRESSION OF DIVINE LOVE IN
CURRENT STORIES. In Конференции.
Ulug‘ov, A. (2021). HAMZAS DRAMAS.
Theoretical & Applied Science
, (8),
201-209.
Ulug‘ov, A. (2021, March). MAHMUDHOJA BEHBUDI IS A FIGURE OF HIS
-
TORY. In
Конференции
.
Abdulla, U. O. (2021). GREAT TEXTBOOK OR THE CREATION OF A SCHOL
-
ARLY LITERARY CRITIC.
Conferencea
, 83-94.
Abdulla, U. O. (2021). GREAT TEXTBOOK OR THE CREATION OF A SCHOL
-
ARLY LITERARY CRITIC.
Conferencea
, 83-94.
Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov.
Asian Journal of Research
in Social Sciences and Humanities
,
11
(12), 295-305.