Исламские и просветительские основы творчества Алишера Навои

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
19-30
20
4
Поделиться
Жабборов, Н. (2023). Исламские и просветительские основы творчества Алишера Навои. in Library, 1(1), 19–30. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17716
Нурбой Жабборов, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

доктор филологических наук, профессор

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматриваются социально-педагогические и художественно-эстетические факторы творческого совершенства великого поэта и мыслителя Алишера Навои, во-первых, то, что он досконально изучал Коран и Сунну, следовал этим двум мощным источникам без отступлений, во-вторых, что он читал произведения великих исламских мыслителей, знатоков суфизма и непрерывно развивая их идеи, давал в своих произведениях высокохудожественные интерпретации, в-третьих, что он в совершенстве знал историю тюркского народа, к которому принадлежал, и что он умел мобилизовать весь свой творческий и научный потенциал на защиту и возвышение чести и славы нации. В ней рассказывается о том, как Алишер Навои следовал принципам веры и шариата, тафсирам и хадисам, прочитанным великим мыслителем, трудам ученых-суфизмистов. Его художественная интерпретация религиозно-просветительских и философско-мистических идей на высоком уровне подтверждается анализом его творчества. Исследуется сущность частей «Хамса», таких как «хамд» (хвала Аллаху), «мунаджат» (просьба к Аллаху) и «нат» (хвала пророку). Высказываются аналитические взгляды на взаимодополняемость исламизма и национализма, поддержка концепции творчества великого поэта об исламском просвещении, что не мешало его произведениям выражать национальный дух. В результате анализа делаются теоретические обобщения.

Похожие статьи


background image

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

o‘rganish masalalari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

19

8-fevral

https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya

ALISHER NAVOIY IJODINING ISLOMIY-MA’RIFIY ASOSLARI

Nurboy Jabborov

filologiya fanlari doktori, professor,

Toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti

jabborov-nurboy@rambler.ru

ANNOTATSIYA

Maqolada buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy

ijodiy kamolotining

ijtimoiy-ma‟rifiy va badiiy-estetik omillari, birinchidan, Qur‟on va Sunnatni
mukammal o„rganib, butun hayoti davomida islom shariatining bu ikki mo„tabar
manbasiga og„ishmay amal qilgani, ikkinchidan, buyuk islom mutafakkirlari,
tasavvuf allomalari asarlarini mutolaa qilgani hamda ulardagi g„oyalarni muttasil
rivojlantirib, asarlarida yuksak badiiy talqin etgani, uchinchidan, o„zi mansub turkiy
xalq tarixini mukammal bilgani, butun ijodiy-ilmiy salohiyatini millatning oru
nomusi, shonu sharafini himoya qilish, yuksaltirish yo„liga safarbar eta olganida
namoyon bo„lishi tadqiq qilingan.

Alisher Navoiyning e‟tiqod, shariat arkonlariga qanday amal qilgani, buyuk

mutafakkir o„qib o„rgangan tafsir va hadis kitoblari, tasavvuf allomalarining asarlari
haqida so„z yuritiladi. Diniy-ma‟rifiy va falsafiy-irfoniy g„oyalarni yuksak darajada
badiiy talqin etgani asarlarining tahlili orqali dalillanadi. “Xamsa” asarining hamd,
munojot va na‟t qismlari mohiyati tadqiq qilinadi. Buyuk shoirning ijod konsepsiyasi
islom ma‟rifatiga tayanishi asarlarining milliy ruhni fodalashiga monelik qilmasligi
aksincha, islomiylik va milliylik bir-birini to„ldirishiga doir tahliliy qarashlar ilgari
suriladi. Tahlillar natijasida nazariy umumlashmalar chiqariladi.

Kalit so‘zlar:

badiiy ijod, islom, she‟r, adabiyot, Qur‟on, hadis, badiiy-estetik

omil, tasavvuf adabiyoti, badiiy talqin.

АННОТАЦИЯ

В статье исследуются социально-просветительские и художественно-

эстетические факторы творческого совершенства великого поэта и мыслителя
Алишера Навои, во-первых, то, что он досканально изучив Коран и Сунну, без
отклонений следовал этим двум могущественным источникам, во-вторых, что
он читал труды великих исламских мыслителей, знатоков
суфизма и непрерывно развивая их идеи, давал
высокохудожественные

интерпретации

в

своих


background image

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

o‘rganish masalalari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

20

8-fevral

https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya

произведениях, в третьих, то, что он в совершенстве знал историю тюркского
народа, которому он принадлежал, и что смог мобилизовать весь свой
творческий и научный потенциал для защиты и возвышения чести и славы
нации.

Обсуждаются то, как Алишер Навои следовал принципам веры и

шариата, тафсиры и хадисы, прочитанные великим мыслителем, труды ученых
суфизма. Его художественная интерпретация религиозно-просветительских и
философско-мистических идей на высоком уровне подтверждается анализом
его творчества. Исследуется сущность частей «Хамсы», как «хамд» (хвала
Аллаха), «мунаджат» (просьба Аллаху) и «наът» (восхваление пророка).
Выдвигаются аналитические взгляды на взаимодополняемость исламизма и
национализма, опора концепции творчества великого поэта на исламское
просвещение, не помешавшее его произведениям выразить национальный дух.
В результате анализа делаются теоретические обобщения.

Ключевые слова:

художественное творчество, ислам, поэзия,

литература, Коран, хадис, художественно-эстетический фактор, литература
суфизма, художественная интерпретация.

ABSTRACT

The article examines the socio-educational and artistic-aesthetic factors of the

creative perfection of the great poet and thinker Alisher Navoi, firstly, the fact that he
thoroughly studied the Koran and the Sunnah, followed these two powerful sources
without deviations, and secondly, that he read the works great Islamic thinkers,
experts in Sufism and continuously developing their ideas, gave highly artistic
interpretations in his works, thirdly, that he perfectly knew the history of the Turkish
people to whom he belonged, and that he was able to mobilize all his creative and
scientific potential to protect and elevation of the honor and glory of the nation.

It discusses how Alisher Navoi followed the principles of faith and Sharia,

tafsirs and hadiths read by the great thinker, the works of Sufism scholars. His artistic
interpretation of religious-enlightenment and philosophical-mystical ideas at a high
level is confirmed by the analysis of his work. The essence of the parts of "Hamsa" is
being investigated, such as "hamd" (praise of Allah), "munajat" (request to Allah) and
"nat" (praise of the prophet). Analytical views are put forward on the
complementarity of Islamism and nationalism, the support of the
concept of the great poet's work on Islamic enlightenment, which


background image

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

o‘rganish masalalari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

21

8-fevral

https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya

did not prevent his works from expressing the national spirit. As a result of the
analysis, theoretical generalizations are made.

Keywords:

artistic creativity, Islam, poetry, literature, Koran, hadith, artistic

and aesthetic factor, Sufism literature, artistic interpretation.eralizations are made.

Sharq-islom adabiyoti shaklni ham, vaznni ham, ijodiy konsepsiyani ham

Qur‟oni karim va Hadisi shariflardan olgan. Shayx Ahmad Taroziyning “Fununu-l-
balog„a” asarida she‟rning poetik shakliga taalluqli bo„lgan badiiy san‟atlarga
misollar avval Qur‟oni karim va Hadisi sharifdan, keyin turli shoirlar nazmiy
asarlaridan keltirilgani ham ushbu fikrni tasdiqlaydi. Masalan, baytning har ikki
misrasidagi so„zlarning ohangdosh, vazndosh va qofiyadosh bo„lishi talab etiladigan
tarsi‟ san‟atiga misol sifatida Qur‟oni majiddan quyidagi ikki oyat keltiriladi:

Innal-abrora lafiy na‟im,
Va innal

-

fujjaro lafiy jahim. (Infitor, 13-14

).

Yana:

Inna ilayna iyobahum,
Summa inna a‟layna hisobahum. (G„oshiya, 25-26

).

Shundan so„ng mazkur badiiy san‟atga Rasuli akram (s.a.v.)ning “Kimki

g„azabiga itoat qilibdi, adabini zoye qilibdi” mazmunidagi hadisi misol qilingan:

Man

a‟to‟a g„azabahu, azo‟a adabahu

[11.85]

.

Tarsi‟ san‟atiga hazrat Navoiyning “Hayratu-l-abror” dostoni munojot qismidan

olingan quyidagi bayt misol bo„la oladi:

Kimki boshi sajdada – masjudisen,
Kimki yuzi qiblada – ma‟budisen

[8.16]

.

Tashbeh badiiy adabiyotning xususiyatini to„liq mujassam etadigan san‟at ekani

ayon. “Fununu-l-balog„a”da ushbu badiiy san‟atga “Yosin” surasidan misol
keltiradi:

Val-qamara qaddarnahu manozila hatta „ada ka-l-urjuni-l-qadim

[11.94]

.

Ma‟nosi: Biz oyni ham toki u eski xurmo butog„i kabi bo„lib qolguncha manzillarini
belgilab, tayinlab qo„ygandirmiz. Ushbu oyati karimada “

eski xurmo butog„i kabi

deyilar ekan, Alloh taolo bu orqali insonlarga tashbeh vositasida fikr yuritishni ta‟lim
beryapti. Shu asosda muborak Hadislarda ham tashbeh asosida fikrning balog„at va
fasohat bilan bayon etilishi kuzatiladi. Mas.:

An-nasu savaun kaasnanil-mishti

[11.95]

.

Ma‟nosi:

Odamlar xuddi taroqning tishlari kabi barobardirlar.

Alisher Navoiy “Xamsa”sining birinchi dostoni – “Hayratu-

l-abror”da ustozi Abdurahmon Jomiy ta‟rifida quyidagi tashbehlar
qo„llanilgani kuzatiladi:

Ko„ksi – haqoyiq duri ganjinasi, Ko„ngli


background image

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

o‘rganish masalalari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

22

8-fevral

https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya

– maoniy yuzi oyinasi

[8.42]

.

Bu kabi misollar badiiy adabiyot poetik shaklni Qur‟oni

karim va Hadisi sharifdan olgani isbotidir. Sharq-islom adabiyoti nafaqat shaklni, balki
mazmunni va vaznni ham e‟tiqodimizning mazkur mo„tabar manbalaridan olgani
ma‟lum. Alisher Navoiy “Mezonu-l-avzon”da: “Haq subhonahu va taoloning kalomi
majidida ko„p yerda nazm voqe‟ bo„lubdurki, aruz qavoidi bila rostdur” [3.540], deya
ta‟kidlaydi. Biroq bu o„rinda alohida e‟tibor qaratish kerak bo„lgan muhim jihat
shundaki, ulug„ bobokalonimiz “nazm” deganda bugungi “she‟r” istilohini nazarda
tutmagan. “Nazm” atamasida so„zning “nizomga solinishi, aniq tartibga
bo„ysundirilishi” ma‟nosi mujassam. Sharq-islom adabiyoti Qur‟oni karim va Hadisi
shariflardan ayni shu xususiyatni oldi. Buyuk mutafakkir “Mezonu-l-avzon”da,
jumladan, «Lan tanolu-l-birra hatto tunfiqun» (Oli Imron, 92) oyati

ramali musaddasi

mahzuf

vaznida, «Va-l-mursaloti urfan, fa-l-osifati asfan» (Al-Mursalot, 1-2) oyatlari

muzorei musammani axrab

vaznida ekani, “Kalomullohda ko„p yerda bu nav‟ voqe‟”

bo„lgani xususida to„xtalib o„tadi. Hazrat Alisher Navoiyning yozishicha: “Rasul
sallallohu alayhi vassallam ahodisida dag„i ham bu tariq tushubdur” [3.540]. Ulug„
alloma fikricha: “Man akrama oliman faqad akramaniy»

hadisi «maf‟ulu mafoilun

mafoiylu faul» afoili bilan ruboiy vaznida

hazaji axrabi maqbuzi makfufi majbub

da

voqe‟ bo„lgani [3.540] buning isbotidir.

Adabiyotda voqelikni aks ettirish tamoyili ijodiy uslubni belgilaydi. Biroq shu

paytgacha ijodiy uslub masalasiga G„arb adabiyotshunosligi mezonlari asosida
yondashilib kelindi. Ijodiy uslub masalasiga o„zbek mumtoz va zamonaviy
adabiyotining o„ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, sharqona adabiy-estetik
tafakkur

mezonlari

asosida

yangicha

yondashilishi

zamon

taqozosidir.

Adabiyotning badiiylik mezoni uning ham mazmun, ham badiiyat jihatidan
mukammal bo„lishini taqozo qiladi. Badiiylik mezoni badiiy shakl va mazmunning
har jihatdan uyg„un bo„lishi, g„oyaning milliy axloqqa mutanosibligi, badiiy shaklni
yuzaga keltiruvchi komponentlarning mukammalligi asosida yuzaga keladi.

O„zbek mumtoz adabiyotining islomiy asoslarga tayanishi uning milliyligini

inkor etmaydi. Ulug„ shoiru adiblarimiz asarlarini milliy tilda yozgani, ularda turkiy
millatga xos e‟tiqod, ruhiyat, dunyoqarash aks etgani buning isbotidir. Adabiyot
ijtimoiy voqelikni badiiy aks ettirsa-da, uning asosiy tasvir ob‟ekti insondir. Inson
ruhiyati, e‟tiqodi, hayot tarzi, ma‟naviy olami, ibratli umr yo„lini butun murakkabligi,
ziddiyati bilan obrazli tasvirlash orqali shaxs kamoloti va jamiyat ravnaqiga xizmat
qilish adabiyotning asl mohiyatini tashkil etadi.

Hazrat Alisher Navoiy asarlari sharq islom adabiyotining

yuksak namunalaridir. Buyuk mutafakkirning badiiy ijodda


background image

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

o‘rganish masalalari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

23

8-fevral

https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya

kamolot darajasiga ko„tarilishida quyidagi ijtimoiy-ma‟rifiy va badiiy-estetik omillar
asos-zamin bo„lgan:

1. Qur‟on va Sunnatni mukammal o„rganib, butun hayoti davomida islom

shariatining bu ikki mo„tabar manbasiga og„ishmay amal qilgani.

2. Buyuk islom mutafakkirlari, tasavvuf allomalari asarlarini o„rgangani hamda

ulardagi g„oyalarni muttasil rivojlantirib va boyitib, asarlarida yuksak darajada badiiy
talqin eta bilgani.

3. O„zi mansub turkiy xalqning, o„zbekning tarixini mukammal bilgani, butun

ijodiy-ilmiy salohiyatini millatning oru nomusi, shonu sharafini himoya qilish,
yuksaltirish yo„liga safarbar eta olgani.

Xondamirning yozishicha, Alisher Navoiy shariat arkonlariga qat‟iy rioya

etgan. G„azallaridan birida ulug„ shoir e‟tiqod (tavhid) bilan amal (shariat) uyg„un
bo„lishi shartligini quyidagicha talqin etadi:

Eyki debsenkim, bilay tavhid sirridin xabar,
Shar‟din nekim tajovuz ayladi – ilhod bil

[7.385]

.

Ya‟ni tavhidni – Alloh taoloning yagonaligi sirini anglamoqchi bo„lgan kishi

bilsinki, shariat chegarasidan chiqsa, yo„ldan adashadi.

Alisher Navoiy – so„zi va amali bir mutafakkir. U bir umr islom shariati

ruknlariga qat‟iyat bilan amal qildi. Buni ulug„ bobokalonimizning o„zi “Vaqfiya”
asarida quyidagicha izhor etadi: “...chun kishiga abadiy davlat va saromadi saodat va
hayot chashmasining navidi va najot manzilining umidi islomning besh sutunlik zotu-
l-imodig„a kirmaguncha mumkin ermas va bu xamsu-l-muborak panjasig„a ilik
urmag„uncha hech ish natija bermas. Avval ul kalimai tavhiddur. Shukrkim, oni
alifdek jonim orasida naqsh etibmen. Ikkinchi – saloti xamsadur. Bihamdillahkim,
oni naydek zehn aro sabt qilibmen. Uchunchi – Ramazonning o„ttuz kunining
ro„zasidur. Shukrulillahkim, oni lomdek qalbimda yoshurubmen. To„rtinchi –
zakotdur. Jonim naqdi ul Tengrig„a zakotim...” [1.650].

Xondamirning yozishicha, hazrat Alisher Navoiy: “...besh mahal jamoat bilan

o„qiladigan namozlarning barchasida qatnashardilar” [12.127]. Juma va jamoat
namozlari o„qishni tashkillashtirishda ham alohida g„ayrat ko„rsatgan. Hirot
shahridagi Marg„aniy bog„i ichida benihoya chiroyli bezaklar bilan ziynatlangan
jome masjidi qurib, o„z zamonasi qorilarining sarasi bo„lgan Xoja Hofiz Muhammad
Sultonshohni ushbu masjid imomligiga tayinlagan hamda o„zi bu yerda besh mahal
jamoat bilan o„qiladigan namozlarda muntazam ishtirok etgan.
Hazrat Navoiyning xazinasida biror yili ham zakot to„lashga vojib
bo„ladigan darajada oltin yig„ilmagan. Xazinaga kelib tushgan har


background image

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

o‘rganish masalalari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

24

8-fevral

https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya

qanday daromad tez orada turli tabaqalar vakillariga in‟om sifatida sarflangan yoki
masjid, madrasa, xonaqoh va shu kabi inshootlar qurilishiga – xalq manfaatiga
yo„naltirilgan. Shunga qaramay, amir Navoiy zakot berishga g„ayrat ko„rsatgan.
Ramazon ro„zasini tutish barobarida bu muborak oyda sadaqa va xayr-ehsonni
oshirgan. Fozillar, shoirlar, qashshoqlar, nogironlar va yetimlarni pul va kiyim-
kechaklar sovg„a qilib siylagan. Turli tabaqadagi kishilarni xayr-ehson dasturxonidan
bahramand etgan.

Hazrat Navoiy islomning beshinchi rukni haj ibodatini ado etish niyatida bir

necha marta yo„lga chiqqan. Birinchi marta Mashhadga yaqinlashganda, Mavlono
Abdulhay ismli chopar Sulton Husayn Boyqarodan maktub olib keladi. Sulton Iroq
va Bog„doddagi vaziyat notinch va beqaror ekani, Misr va Shom chegaralarida turli
boshboshdoqliklar yuz berayotganiga doir xabarlar bois, yo„lning xavfsizligi hajning
shartlaridan biri ekanini dalil qilib, ulug„ amirni haj safaridan qaytaradi. Ikkinchi
marta davlatning bardavomligi hamda uning qudrati va ulug„ligi abadiy bo„lishini
duo qilish sharti bilan haj safariga ruxsat so„raganda, Sulton 1500-yil 2-iyunda
bajarilishi barcha uchun majburiyligi ta‟kidlangan maxsus farmon chiqaradi. Unga
ko„ra, hazrat Navoiy haj yo„lida joylashgan mamlakatlardan qay biriga borsa, u
yerdagi hokimlar, a‟yonlar, aholi va yo„l xavfsizligi qo„riqchilari hurmat-ehtirom
ko„rsatishi, xizmat qilishi, xavf-xatarli joylardan o„tishida qo„riqchilar bilan
ta‟minlashi shart, deb belgilangan. Ammo farmon chiqarilgan javzo (21-may – 21-
iyun) oyida havo harorati ko„tarilgani bois katta qiyinchilik tug„dirishi mumkinligi
uchun haj safariga sunbula (22-avgust – 21-sentabr) oyida borishga qaror qilinadi.
Uchinchi marta 1500-yilning 26-avgustida haj safariga otlanadi. Lekin yo„lda sog„ligi
yomonlashgani bois o„sha yil sentabrida yo„lga chiqishni niyat qilib, uyga qaytadi.
Biroq Xurosonning ulug„ mashoyixlari va olimlari shahzoda Muhammad Husayn
Mirzo isyon ko„targani munosabati bilan saltanat osoyishtaligini saqlashda buyuk
amirning roli katta ekanini aytib, haj safarini qoldirishni so„raydi. Xullas, bu qutlug„
niyat amalga oshmay qoladi.

Alisher Navoiy buyuk islom mutafakkirlari, tasavvuf allomalarining quyidagi

kitoblarini qunt bilan o„rgangan va o„z asarlarida tilga olgan [14.3-35]:

Tafsir

kitoblari:

Najmiddin Kubroning Qur‟oni karim tafsiriga doir “Aynu-l-hayot”,

G„azzoliyning “Javohiru-l-Qur‟on”, Ro„zbehon Baqliyning “Aroyisu-l-bayon fi-l-
haqoyiqi-l-Qur‟on”, Abu Tolib Makkiyning “Qutu-l-qulub”, Najmuddin Roziyning
“Bahru-l-haqoyiq”, Husayn Voiz Koshifiyning “Javohiru-t-tafsir”,
Mahmud Zamaxshariyning “Al-kashshof fi tafsiri-l-Qur‟on”,
Sadruddin Qo„naviyning “Tafsiri fotiha” asarlari. Ushbu mo„tabar


background image

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

o‘rganish masalalari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

25

8-fevral

https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya

tafsirlar butun islom olamida e‟tirof etilganiyoq buyuk mutafakkirning Qur‟on ilmiga
e‟tibori nechog„liq kuchli ekani isbotidir. Husayn Voizning “Javohiru-t-tafsir” asari
bevosita hazrat Navoiy tavsiyasi va homiyligida yozilgan. Tafsir xotimasida muallif
ulug„ amirning islom dini rivojiga doir faoliyatiga yuksak baho bergan.

Hazrat Navoiy

hadis ilmiga doir

nodir manbalarni o„rganishga ham alohida

e‟tibor bergan. Bu ilm rivojida beqiyos ahamiyatga ega bo„lgan Imom Buxoriyning
“Al-jomi‟ as-sahih”, Imom Muslimning “Sahihu-l-Muslim”, Imom Termiziyning
“Sunani Termiziy”, Majduddin Muhammadning

“Jome‟u-l-usul” asarlari, hadis

ilmining badiiy adabiyotga ta‟siriga doir Imom an-Navaviyning “Arba‟inu-n-
Navaviy”, Abdurahmon Jomiyning “Sharhi hadis” va “Arba‟in” asarlari buyuk shoir
tafakkuri miqyoslarining yuksalishida alohida o„rin tutgan.

Tasavvuf ilmi hazrat Alisher Navoiy hayoti va ijodida nechog„liq muhim o„rin

tutgani isbot talab qilmaydi. Shu bois bolalik kezlaridan tasavvufiy adabiyotning
mumtoz namunasi bo„lgan Shayx Fariduddin Attorning “Mantiqu-t-tayr” asarini
sevib mutolaa qilgan, hatto yodlab olgan edi. Tasavvuf ilmining ulkan nazariy-
falsafiy va adabiy-ma‟rifiy ahamiyatga molik manbalari hisoblangan al-Arabiyning
“Fususu-l-hikam”, Abu Homid G„azzoliyning “Ihyou ulumi-d-din”, Ka‟b binni
Zuhayrning “Qasidai burda”, Abdulloh Ansoriyning “Manozilu-s-soyirin”,
Shahobuddin Suhravardiyning “A‟lomu-t-tuqo”, Hakim Sanoiyning “Hadiqatu-l-
haqoyiq”, Shayx Sayyiduddin Farg„oniyning “Manohiju-l-ibod ala-l-mi‟od”, Xoja
Muhammad Porsoning “Faslu-l-xitob”, Amir Qosim Anvorning “Anisu-l-oshiqin”,
Jaloluddin Rumiyning “Masnaviyi ma‟naviy”, Abu Ali Jullobiy Hujviriyning
“Kashfu-l-mahjub”, Shayx Alouddin Simnoniyning “Iqboliya”, Abulhusayn
Jahzam Hamadoniyning “Bahjatu-l-asror”, Shayx Najmuddin Kubroning
“Favotihu-l-jamol”, Xusrav Dehlaviyning “Mir‟otu-s-safo”, Horis Muhosibiyning
“Kitobu-l-munqiz va-l-vasoyo”, Shayx Fariduddin Attorning “Mantiqu-t-tayr”,
“Tazkiratu-l-avliyo”, Abdulloh al-Yamaniyning “Ravzu-r-rayohin”, Shayx
Mahmud Shabustariyning “Haqqu-l-yaqin”, Abulqosim Qushayriyning “Risola fi-
t-tasavvuf”, Abudurrahmon an-Nishoburiyning “Tabaqoti sufiya”, Hakim at-
Termiziyning “Xatmu-l-valoya”, Jomiyning “Ashia‟tu-l-lama‟ot” hamda al-
Arabiyning “Naqshu-l-fusus” asariga yozgan “Naqdu-n-nusus”, “Fususu-l-hikam”
asariga yozgan “Naqdu-l-fusus” nomli sharhlari va boshqa asarlar buyuk shoirning
mutasavvif sifatidagi kamolotiga xizmat qilgan, ijodiy yuksalishida manba
vazifasini o„tagan.

Hazrat Alisher Navoiyning 1483-1485-yillarda ijod qilingan

«Xamsa»

asari besh dostondan tarkib topgan bo„lsa-da, yagona


background image

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

o‘rganish masalalari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

26

8-fevral

https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya

ijodiy konsepsiyaga bo„ysunadi, yaxlit poetik tizim asosida yaratilgan. “Xamsa”
tarkibiga kirgan har bir doston Alloh taologa hamd, munojot va Rasululloh (s.a.v)ga
na‟t bilan boshlanadi. Aqoid ilmiga oid haqiqatlar ana shu muqaddima qismlarining
asosini tashkil etadi. Ulug„ shoir har bir bayt, har bir misra zamiriga Qur‟oni karim
oyatlari va hadisi shariflar mazmunini mahorat bilan singdiradi, ulardan iqtiboslar
keltiradi. Jumladan, “”Hayratu-l-abror”ning avvalgi munojotida insonga mana bunday
ta‟rif beradi:

“Karramno” keldi manoqib ango, “Ahsani taqvim”munosib ango

[8.15].

Baytdagi “Karramno” so„zi “Isro” surasining “Batahqiq Biz bani Odamni azizu
mukarram qilib qo„ydik” [13.289] mazmunidagi 70-oyatidan iqtibos. “Ahsani taqvim”
jumlasi “Tiyn” surasining “Batahqiq, Biz insonni yaxshi suratda yaratdik” [13.597]
mazmunidagi 4-oyatidan olingan. Buyuk shoir Alloh taolo insonni mukarram qilgani
va yaxshi suratda yaratgani bilan bog„liq Qur‟oni karimdagi ikki ilohiy xabarni bir
baytga jamlash orqali Odam farzandlarining maqomi yuksak ekani, shunga munosib
hayot kechirmog„i zarurligi masalasiga urg„u bergan.

Na‟t boblarning birinchisida Muhammad alayhissalomning nuri butun

olamlardan avval yaratilgani va Odam safiyullohdan Rasulullohning otasi Abdullohga
yetishgani, ikkinchisida ul zotning tavalludidan qirq yoshga to„lgunga qadar hayoti va
payg„ambarlikning dastlabki davri, uchinchi na‟tda nur va soya ramzlari vositasida
olamlar sarvariga berilgan ladunniy ilm hamda islom shariatining Arab va Ajamga
yoyilib, kufr zulmatini yoritgani, to„rtinchi na‟tda Rasuli akram s.a.v.ning shariat rivoji
yo„lidagi xizmatlari va as‟hobi kirom vasfi, beshinchi na‟tda meroj kechasi ta‟rif
etilgan.

Doston har yigirma maqolatida ma‟lum bir muhim mavzu yoritilgach, shunga

doir hikoyat berilgan. Bunday usul doston mazmunining ta‟sir kuchini oshirgan,
badiiyatini yuksaltirgan. Birinchi maqolatda iymon odamiylikning sharti, inson
kamolotining asosiy manbai sifatida vasf etiladi:

Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki nishoni anga iymon erur

[8.85].

Maqolatda iymonning olti sharti – Haq taologa, farishtalarga, Tangri taolo so„zi

bo„lgan samoviy kitoblarga, payg„ambarlarga, qiyomat kuniga hamda qazoi qadarga
iymon keltirish zarurati ta‟sirli badiiy ifodalangan. Hazrat Navoiy kimki iymonning
ana shu olti rukniga e‟tiqod qilsa, har qancha nomasiyoh, g„arqai daryoi gunah bo„lsa
ham, afv etilib, abadiy rahmatga erishmog„i mumkinligini ta‟kidlaydi. Asarda
ta‟riflanishicha, iymon – barcha insoniy fazilatlar asosi. Islom,
adolat, karam, adab, qanoat, vafo, ishq, rostlig„, ilm, bulutdek
jamiyatga foyda keltiruvchi bo„lmoq singari xislatlar iymon


background image

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

o‘rganish masalalari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

27

8-fevral

https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya

poydevori ustiga quriladi. Dostonda ushbu fazilatlarning har biri alohida bob
doirasida badiiy talqin etiladi. “Hayratu-l-abror”ning ikkinchi maqolati «alif»lari
amniyat bog„ining sarvlari, «sin»i saodat qasrining kungirasi, «lom»i latofat
gulchehrasining sunbuli zulfi va «mim»i muhabbat mash‟alining nuri” deya
ta‟riflangan “islom” vasfiga bag„ishlangan. Hazrat Navoiy talqinicha, Tangri taolo
olam ahlini ikki toifa: ahli najot va ahli halok etib yaratgan, birinchisi islom
yo„lidagilar, ikkinchisi esa “obidi asnom” – sanamlarga topinguvchilar. Keyin esa
islomning besh sharti – “xamsi muborak”ni shahhlaydi:

Anglag„il arkonini

beishtiboh, Avvali “Illalloh” ila “lo iloh”, Yona Muhammadni ango bil Rasul, Ber
munga tonig„lig„u qilg„il qabul

[8.95-96].

Ya‟ni birinchi shart – Alloh taoloning

yagonaligi va Muhammad alayhissalom uning rasuli ekaniga guvohlik berish hamda
chin ko„ngildan qabul qilish. Buyuk shoir ta‟rificha, ikki olam nizomi ana shu ikki
kalom bilandir. Islomning ikkinchi sharti – adoi salot, ya‟ni namoz, uchinchisi –
zakot, to„rtinchisi – ro„za, beshinchisi – haj, ya‟ni Baytulharamni ziyorat etmoq bilan
bog„liq talqinlar ham fikrning ta‟sir kuchi va betakror badiiyati bilan alohida ajralib
turadi.

“Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” hamda “Sab‟ai sayyor” dostonlari

asosiy qahramonlari tarixiy ildizlariga ega. Jumladan, buyuk mutafakkir “Tarixi
muluki Ajam”da Xusrav Parviz binni Hurmuz tarixini alohida zikr etadi. Asarda
Farhod, Shirin, Buzurg Ummid nomlari ham tarixiy shaxslar sifatida tilga olingan.
Xusravning olamda husnu latofat va jamolu malohatda tengsiz Shirin ismli
mahbubasi, Farhoddek raqibi, shuningdek, Buzurg Ummiddek asrining a‟lami
darajasidagi vaziri bo„lgani, Farhodni begunoh qatl ettirgani haqidagi ma‟lumotlar
[6.638] mazkur obrazlarning tarixiy shaxslar ekanidan dalolat beradi. Asarda tarixiy
haqiqat yuksak badiiy haqiqatga aylantirilgan. “Tarixi muluki Ajam”da yozilishicha,
Xusrav Parvez hukmronligi Muhammad alayhissalomning payg„ambar etib
yuborilishi davriga to„g„ri kelgan. Payg„ambarimiz uni islom diniga da‟vat etib noma
yuborgan. Lekin u g„ururga ketib, muborak nomani yirtib otgan. Buyuk shoir
ta‟rificha, bu orqali u o„z mulki va davlatig„a qasd qilgan. Rasuli akram s.a.v.
mo„jizasidan mulki zavolga uchrab, o„g„li Sheruya podshoh bo„lgan [6.638]. Bundan
hazrat Navoiy tarixiy voqealar hamda Sharq xalqlari ijodiyotidagi ularga asoslangan
sayyor syujetlarni “Xamsa” konsepsiyasi asosida qayta ijod etib, mukammal badiiy
asar darajasiga ko„targani ayon bo„ladi.

“Xamsa”dagi besh doston muqaddimasi hamd, munojot va

na‟t boblaridan tarkib topgan va ular muallif ijodiy niyatidan kelib
chiqib doston xususiyatiga mos talqinlar bilan boyitilgan.


background image

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

o‘rganish masalalari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

28

8-fevral

https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya

Jumladan, “Layli va Majnun” dostonining hamd bobida Haq taolo qudratini
anglashda aqlning nechog„liq ojiz ekani ifodalanadi

: Ey sendin ulus xujasta farjom,

Og„ozingga aql topmay anjom. Ey aqlg„a foizi maoniy, Boqiysenu borcha xalq foniy

[2.6].

Bu orqali buyuk shoir faqat aqlgagina tayanish e‟tiqod asoslariga muvofiq

emasligini, aql va ishq munosabati bilan bog„liq doston konsepsiyasini o„quvchi
shuuriga singdira boradi. Alloh taoloning husnni dilpazir (yoqimli), el ko„nglini unga
asir qilganini ta‟kidlar ekan, kitobxon ruhiyatini Qaysning Majnunga aylanishiga
tayyorlaydi. Hazrat Navoiy talqiniga ko„ra, Haq taolo husni tajalli qilgani bois Layli
Uning ishqiga mazhar bo„ldi. Laylining sifoti esa Majnun qilmoqdir:

Ey Majnunung

xiraddin ozod, Ohi beribon xiradni barbod, Ey aql sening yo„lungda g„ofil - Kim,
telba sening yo„lungda oqil

[2.7].

Hazrat Navoiy ana shu tarzda asarning hamd

bobini asosiy syujet bilan mustahkam bog„laydi. Asardagi har bir so„z va obraz, har
bir bayt va bob muallif ijodiy niyati ifodasiga xizmat ettiriladi.

“Sab‟ai sayyor” dostonida muallif konsepsiyasi negizida nafs yo„rig„iga yurish,

unga qul bo„lishning oqibati xorlik ekaniga doir Qur‟oni karim ta‟limotining badiiy
talqini turadi. Dostondagi har bir detal, obraz va talqin ana shu konsepsiyani mantiq
va badiiyat qonuniyatlari asosida dalillashga qaratiladi. Ovga mukkasidan ketgan,
saltanat ishlariga loqayd, ko„nglida dard moyasi yo„q, ishq otashidan mahrum
Bahrom obrazi orqali nafsga mutelik qoralanadi. Dunyoga hirs qo„yish shaxsni
yemirishi, saltanatni inqirozga olib kelishi bilan bog„liq barcha zamonlar uchun
ahamiyatli xulosa obrazli va ta‟sirli ifodalanadi.

“Xamsa”ning so„nggi beshinchi dostoni “Saddi Iskandariy”ni yozishga

kirishishdan avval hazrat Navoiy buyuk jahongir tarixini qunt bilan o„rgangan.
Bundan buyuk mutafakkirning “Tarixi anbiyo va hukamo”ni “Xamsa”dan keyin
yozgan bo„lsa ham, bu tarixiy asar uchun zarur bo„lgan materiallarni ancha avval
to„play boshlagani ayon bo„ladi. Ushbu asarda

“Iskandar Zulqarnayn Yofasning

to„rtinchi o„g„lidur”

[5.544], degan xabar beriladi. Iskandar o„zigacha va undan

keyingi barcha hukmdorlardan afzal ekani, hakim va valiy bo„lgani, ba‟zilar uni
payg„ambar deb hisoblagani aytiladi. To„rt yuz hakim uning xizmatida bo„lgani,
Arastu unga vazirlik qilgani, ya‟juj-ma‟jujlarga qarshi sadd – devor qurgani, Marv,
Hirot, Samarqand va Isfahonni bunyod etgani ta‟kidlanadi. Buyuk shoir bu
materiallardan unumli foydalangan bo„lsa ham, Iskandar obrazini Qur‟oni karimning
“Kahf” surasidagi Zulqarnayn qissasi asosiga quradi. Barcha tarixiy-ilmiy va badiiy
asarlarda Iskandarning insoniyat uchun eng ahamiyatli xizmati
ya‟juj-ma‟jujlarga qarshi devor qurdirgani ekani ta‟kidlanadi.
“Saddi Iskandariy”ning nomlanishidan asar syujeti va


background image

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

o‘rganish masalalari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

29

8-fevral

https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya

kompozitsiyasigacha ana shu tarixiy voqea asos qilib olingan. Alisher Navoiy dostoni
bu jihatdan buyuk salaflari Nizomiy va Dehlaviy asarlaridan farq qiladi.

Dostonning beshinchi bobida “Xamsa” besh vaqt namozga qiyoslanadi [4.31].

Uni to„liq ado etmoqni burchi deb biladi. Ma‟lum bo„ladiki, “Xamsa” turkiy xalqlar
badiiy-estetik tafakkurining yuksak namunasi bo„lishi barobarida islom ma‟rifati aks
etgan benazir axloqiy-ta‟limiy manba hamdir.

Xulosa qilib aytish mumkinki, ulug„ mutafakkir Alisher Navoiy ijodining

irfoniy-falsafiy va adabiy-estetik asoslari Qur‟oni karim va hadisi sharifga tayanadi.
Buyuk shoir poetik mazmun va shaklda ham, poetik obraz va uslubda ham, badiiy
san‟atlarni qo„llash va vazn tanlashda ham ana shu ikki mo„tabar manbaga
asoslangan. Eng ahamiyatli jihati, hazrat Alisher Navoiy islom ma‟rifati asoslarini
adabiy-estetik mezon bilib, asarlarida yuksak badiiy talqin etish barobarida,
muqaddas dinimiz arkonlariga bir umr mukammal darajada amal qilib yashagan.
Buyuk shoir hayoti va ijodi, ana shu fazilatlariga ko„ra ham, abadiyatga daxldor va
barcha zamonlar uchun ibrat bo„la oladi.

REFERENCES

1.

Alisher Navoiy. Vaqfiya. /To„la asarlar to„plami. O„n jildlik. To„qqizinchi jild. –

Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi NMIU, 2013.
2.

Alisher Navoiy. Layli va Majnun. /To„la asarlar to„plami. O„n jildlik. Yettinchi

jild. – Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi NMIU, 2013.
3.

Alisher Navoiy. Mezon ul-avzon. /To„la asarlar to„plami. O„n jildlik. O„ninchi jild.

– Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi NMIU, 2013.
4.

Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy. /To„la asarlar to„plami. O„n jildlik. Sakkizinchi

jild. – Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi NMIU, 2013.
5.

Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. /To„la asarlar to„plami. O„n jildlik.

Sakkizinchi jild. – Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi NMIU, 2013.
6.

Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. /To„la asarlar to„plami. O„n jildlik.

Sakkizinchi jild. – Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi NMIU, 2013.
7.

Alisher Navoiy. G„aroyib us-sig„ar. /To„la asarlar to„plami. O„n jildlik.

Sakkizinchi jild. – Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi NMIU, 2013.
8.

Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. /To„la asarlar to„plami. O„n jildlik. Oltinchi jild. –

Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi NMIU, 2013.
9.

Жабборов Н. Маоний аҳлининг соҳибқирони. – Тошкент: Адабиѐт, 2021.

10.

Саййид Сажжодий. Фарҳанги истилоҳоти ва таъбироти

ирфоний. Теҳрон, 1992.


background image

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

o‘rganish masalalari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

30

8-fevral

https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya

11.

Тарозий, Шайх Аҳмад идн Худойдод. Фунуну-л-балоға. – Тошкент: Хазина,

1996.
12.

Хондамир, Ғиѐсиддин. Макорим ул-ахлоқ. - Тошкент: Академнашр, 2018.

13.

Қуръони карим ва ўзбек тилидаги маънолар таржимаси (Таржимон: Шайх

Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф). – Тошкент: Ҳилол-Нашр, 2020.
14.

Ғаниева С. Навоий ѐдга олган асарлар. –Тошкент, 2004.

Библиографические ссылки

Alisher Navoiy. Vaqfiya. /To„la asarlar to„plami. O„n jildlik. To„qqizinchi jild. – Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi NMIU, 2013.

Alisher Navoiy. Layli va Majnun. /To„la asarlar to„plami. O„n jildlik. Yettinchi jild. – Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi NMIU, 2013.

Alisher Navoiy. Mezon ul-avzon. /To„la asarlar to„plami. O„n jildlik. O„ninchi jild. – Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi NMIU, 2013.

Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy. /To„la asarlar to„plami. O„n jildlik. Sakkizinchi jild. – Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi NMIU, 2013.

Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. /To„la asarlar to„plami. O„n jildlik. Sakkizinchi jild. – Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi NMIU, 2013.

Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. /To„la asarlar to„plami. O„n jildlik. Sakkizinchi jild. – Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi NMIU, 2013.

Alisher Navoiy. G„aroyib us-sig„ar. /To„la asarlar to„plami. O„n jildlik. Sakkizinchi jild. – Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi NMIU, 2013.

Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. /To„la asarlar to„plami. O„n jildlik. Oltinchi jild. – Toshkent: G„afur G„ulom nomidagi NMIU, 2013.

Жабборов Н. Маоний аҳлининг соҳибқирони. – Тошкент: Адабиѐт, 2021.

Саййид Сажжодий. Фарҳанги истилоҳоти ва таъбироти ирфоний. Теҳрон, 1992.

Тарозий, Шайх Аҳмад идн Худойдод. Фунуну-л-балоға. – Тошкент: Хазина, 1996.

Хондамир, Ғиѐсиддин. Макорим ул-ахлоқ. - Тошкент: Академнашр, 2018.

Қуръони карим ва ўзбек тилидаги маънолар таржимаси (Таржимон: Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф). – Тошкент: Ҳилол-Нашр, 2020.

Ғаниева С. Навоий ѐдга олган асарлар. –Тошкент, 2004.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов