Xorazm viloyati aholisi orasida sil kasalligining tarqalishining asosiy omillarini aniqlash
Aniqlangan nafas a’zolari silidan 77% ni o'pka sili, 2,3% ni nafas a’zolarning birlamchi sili, 7,7% ni sil plevriti, 12,1% ni ko'krak ichi limfa tugunlar sili tashkil etadi. O'pka silidan 16% o'choqli sil, 66% yallig’langan sil, 4,8% tarqoq sil, 2,8%ni fibroz-kavernali sil, 9% boshqa shakllari tashkil etgan. Sil kasalligining O'zbekistonda keng tarqalishiga ta’sir qiluvchi asosiy omil- lar: ijtimoiy va iqtisodiy muammolar. aholi migratsiyasining faollashuvi.sil kasalligini oz vaqtida aniqlash, ular- ni davolash jarayonining qiyinligi, ijti-moiy kam ta’minlangan aholining tib- biy yordamni o'z vaqtida ololmasligi, tibbiy xodimlarning kasallikni kechikib aniqlashlari, sil va OITS kasalligi bilan birga kechish holatlarining ko'paygan- ligi.Yuqorida keltirilgan omillar bilan bir qatorda sil kasalligini davolash sa- maradorligining pastligi ham muhim rol o'ynaydi.Keltirilgan ma’lumotlar asosi- da sil kasalligining mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari o'rtasida kuza- tilish holatlari epidemiologiyasi va profilaktikasi hali yaxshi o'rganilmaganligi ushbu muammoni yanada chuqurroq o'rganish kerak ekanligini taqozo etadi.