Ushbu ishda Rimann-Liuvill kasr hosilasi ishtirokidagi yuklangan parabolik-giperbolik tenglama uchun uzlukli ulash shartli nolokal chegaraviy masala yechimining mavjudligi va yagonaligi o‘rganildi. Yechimning yagonaligi integral energiya usuli bilan, mavjudligi esa integral tenglamalar usuli bilan isbotlangan.
ko‘p o‘lchovli integral tenglamalar sistemasining shartdagi taqribiy yechimi qurilgan va yechimining xatoligi baholangan.
Maqolada o‘rmon fondi yerlarini kadastr baholash metodologiyasini takomillashtirish va tamoyillarini o‘zgartirish zarurligi asoslab berilgan, shu asosda kelgusida ushbu yerlardan foydalanganlik uchun ijara haqi belgilanadi. O'rmon fondi yerlarining kadastr qiymatini ularning infratuzilmasining rivojlanish darajasini hisobga olgan holda aniqlash metodologiyasi keltirilgan. O‘rmon fondi yerlarining infratuzilmasi ko‘rib chiqilib, geoaxborot modellashtirish yordamida bunday infratuzilmani baholash algoritmi ko‘rsatilgan. Daraxt o'simliklari bilan qoplangan va qoplanmagan yerlarni samarali va oqilona boshqarish uchun qo'llaniladigan kompleks integral ko'rsatkichni (infratuzilmani rivojlantirish koeffitsientini) hisoblash usuli keltirilgan.
Muallif ushbu maqolada Angliyada (XYI asr) yangi yaxlit dunyoqarashning shakllanishi bilan til falsafasi o‘rtasidagi bog‘liqlikka, ya’ni. Uyg‘onish davri ingliz falsafasining asosiy tushunchalarining tili va lug‘ati bilan bog‘liq bo‘lgan intralingvistik va ekstralingvistik omillar, yangi turdagi ziyolilar paydo bo‘lganida, nazariy asoslar bo‘yicha: yozuvchilar, olimlar, ijodkorlar, ularning asarlari davrni aks ettiradi. Muallifning qayd etishicha, bularning barchasi
o‘sha davr tilining rasmiy tarkibida ham, ingliz tilining rivojlanishi va tugallanishida ham o‘z aksini topishi kerak edi.
Ushbu maqola bo‘lajak matematika va informatika o‘qituvchilarini mutaxassislik fanlari bo‘yicha mukammal bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun fanlar uzviyligini ta’minlashga yo‘naltirilgan uslubiy vazifalar tayyorlash hamda mazmunini ochib berishga bag‘ishlangan. Matematika va informatika o‘qituvchilari mutaxassislik fanlari tarkibini, asosan, alohida olingan tendensiya asosida o‘rganishadi yoki ma’lum bir standart vazifalarni elektron resurslar yordamida hal etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishadi.
Maqolada ofis dasturlaridan biri bo‘lgan MS Excel dasturida bajarish uchun talablari turlicha bo‘lgan algebra va geometriya fanlari masalalaridan namunalar loyiha shaklida berilgan bo‘lib, bu kabi vazifalarni hal etish namunasi ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga namuna vazifani bajarishda matematika va informatika fanlaridan olinishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar yoritib berilgan. Bundan tashqari qiyinchilik darajasi bir xil bo‘lgan vazifalarni MS Excel dasturi imkoniyatlaridan foydalanib shakllantirish, tayyorlangan vazifalarni variant ko‘rinishida birlashtirish hamda ta’lim berish jarayonida ko‘pvariantlilik tamoyiliga asoslangan holda topshiriqlar tayyorlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan
Maqolada umta’lim maktablarida darsdan keyingi mashg’ulotlarni qanday tashkil qilish va tarix fani to’garakalar orqali o’quvchilarni mustaqil ta’lim olishga o’rgatish metodikasi ochib beradilgan. Bundan tashqari mashg’ulotlarda interfaol metodlardan foydalanib o’quvchilarni kreotivivligini oshiradigan hamda tanqidiy fikrlaydigan ijodkor va barkamol shaxs sifatida rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr bildirilgan.
Monografiyada boshning asosiy arteriyalarining stenozi mavjudligiga qarab trigeminal neyropatiyalarning klinik va nevrologik ko'rinishi o'rganiladi; tarozi va anketalarda miya gemodinamik parametrlari va neyropatik yuz og'rig'i ma'lumotlari o'rtasidagi korrelyatsiya aloqasi; trigeminal nevralgiyaning salbiy oqibatlarining rivojlanishi uchun xavf omillarini integral baholash va uning og'irligini bashorat qilish, bu patologiyaning borishini, uning natijalarini kuzatish, terapevtik-profilaktik va reabilitatsiya choralarini ishlab chiqish, shuningdek, kasallikning maqsadli sxemasini ishlab chiqish imkonini beradi. TN bilan og'rigan bemorlarning oldini olish.
Monografiya nevropatologlar va tegishli mutaxassisliklar shifokorlari, shuningdek, aspirantlar va klinik ordinatorlar uchun mo'ljallangan.
Мақолада корейс фольклор жанри – пхансори, нафақат корейс халқининг, балки умуминсоний маданиятнинг ажралмас маънавий хазинаси сифатида тарихий аспектда тадқиқи этилди. Пхансорининг келиб чиқиши ва манбалари: халқ оғзаки ижодида алоҳида ўрин эгалловчи халқ қўшиғи, миллий хусусиятларни ўзида мужассамлаштирувчи генезиси каби масалалар кўриб чиқилди. Пхансорининг келиб чиқиши масалалари ва халқ қўшиғи лиро-эпик жанрининг тарихан шаклланиши ҳақидаги турли қарашлар тавсифланди. Пхансорининг оммалашувида халқ мусиқадрама анъаналарининг роли асосланди. Пхансорининг машҳур қиссалар асосида ижро этувчилар томонидан композициясининг яратилиши тарихи кўриб чиқилди. Чхунхян ҳақидаги афсона сюжети мисолида адабиётнинг икки томонлама: пхансори балладаси ҳамда юксак адабиёт таъсири масалалари кўрсатиб ўтилди. Пхансорининг миллий қадрият сифатидаги ўрни ва бадиий ўзига хослиги ёритиб берилди. Пхансори жанрининг ижро этилиш усуллари, яъни, овоз техникасини яхши эгаллаган қўшиқчи-ижрочининг барабан жўрлигида имо-ишоралар орқали қаҳрамоннинг ҳиссиёт ва кечинмаларини моҳирона етказиб бера олиши асосланди. «Хан» категорияси ички кечинмалари ҳолатининг ўзига хос хусусиятлари кўриб чиқилди. Пхансори балладаларида «хан» категорияси маъноси ва уни акс эттириш даражаси далилланди. Ижрочининг ташқи воситалар, яъни сюжет мазмунини қабул қилиш ва асар тарихини тушуниш қобилияти тавсифланди. Қўшиқ оҳангига мос товуш ҳосил қилиш хусусиятлари таҳлили қилинди. Жанрни ижро этиш санъати ва нутқда асосий восита овоз эканлиги ва унинг тўғри қўйилиши – буларнинг барчасига фақат давомий машқлар натижасида эришиш мумкинлиги кўрсатилди. Қорин мушакларининг кучли ишлаши билан шартланган «данжен» нафас олишнинг роли очиб берилди. Товуш ҳосил қилишнинг алоҳида хусусиятлари – титраш, речитатив (баъзи вокаль-мусиқа асарларининг куй, оҳанг билан айтиладиган сўзлари), матнни импровизация қилиш, декламация (ифодали ўқиш),фожиавий ва кулгули элементларни уйҳунлаштириш тавсифланди. Пхансори корейс халқ ижодининг алоҳида жанри, бахши қисмати эканлиги асосланди.
Ушбу тадқиқотда, болаларда критик ҳолатларнинг оғирлигини баҳолашда интеграл шкалаларнинг прогностик самарадорлигини баҳолаш мақсадида Тошкент шаҳри тез тиббий ёрдам хизмати орқали ТошПТИ клиникасига олиб келинган 12 ёшдан 18 ёшгача бўлган 143 та бола танлаб олинди. Бемор болалар икки гуруҳга бўлинди. Биринчи гуруҳга ўлим кузатилган 63 та бемор, иккинчи гуруҳга ҳаёти сақлаб қолинган 80 та бемор киритилди. Беморлар аҳволини баҳолаш ва оқибатларни прогнозлашда критик ҳолатдаги беморлардаги летал оқибатлар билан беморларнинг MODS шкаласи бўйича фақат учта тизимни баҳолаш балларининг суммар миқдорлари ўртасида аниқ корреляцион боғлиқлик борлиги аниқланди. MODS шкаласи бўйича фақат учта тизимни баҳолаш усулининг интенсив даволашнинг эрта босқичларида қўллаш даволаш самарадорлигини аниқлашда муҳим аҳамият эга бўлиши аниқланди.