1056
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA POLSHANING IQTISODIY AHVOLI
Xayrullayev Umidjon Fayzullo o’g’li
Osiyo Xalqaro universiteti “Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti”
Tarix va filologiya kafedrasi o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15070358
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
Yevropa davlatlaridagi XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi
vaziyat, Polsha va uning atrofidagi mamlakatlarning yuksalishi va ularning polshadagi ijtimoiy
holatga ta’siri haqida ma’lumot beradi.
Kalit so’zlar: “
Polyaklar jamiyati”, “Milliy qo’mita”, “Soat-Vaqt” ro‘znomasi,
“Bosmaxonalarning o‘zaro yordam jamiyati”, “Organik mehnat” tashkiloti, “Eski
konservatorlar”, “rabotnik”.
THE ECONOMIC SITUATION IN POLAND AT THE END OF THE 19TH AND
BEGINNING OF THE 20TH CENTURIES
Abstract.
This article provides information about the situation in European countries at
the end of the 19th and beginning of the 20th centuries, the rise of Poland and its neighboring
countries and their impact on the social situation in Poland.
Keywords:
“Polish Society”, “National Committee”, “Hour-Time” newspaper,
“Printing House Mutual Aid Society”, “Organic Labor” organization, “Old Conservatives”,
“worker”.
ЭКОНОМИЧЕСКОЕ ПОЛОЖЕНИЕ ПОЛЬШИ В КОНЦЕ 19-ГО И НАЧАЛЕ 20-ГО
ВЕКОВ
Аннотация.
В статье представлена информация о ситуации в европейских
странах в конце XIX и начале XX веков, подъеме Польши и соседних с ней стран, а также
об их влиянии на социальную ситуацию в Польше.
Ключевые слова:
«Польское общество», «Национальный комитет», газета
«Соат-Вакт», «Общество взаимопомощи типографий», организация «Органический
труд», «Старые консерваторы», «рабочий».
XIX asr oxirida butun Polsha hududida siyosiy va milliy zulm kuchayib ketdi. 1863-yilgi
qo‘zg‘olon bostirilganidan so‘ng chorizm Polsha qirolligini tamomila ruslashtirish siyosatini
yuritdi. 60-yillarning oxirida Davlat kengashi va Ma’muriy kengash tugatildi. 70-yillarda
general-gubernatolik tashkil qilinib Chor Rossiyasining hukumati tomonidan tayinlanadigan
General-gubernator tomonidan boshqariladigan bo‘ldi. 70-yillardan o‘rta va oliy ta’lim
muassasalarida, 80-yillardan boshlang‘ich maktablarda polyak tilida dars berish taqiqlab
1057
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
qo‘yildi
1
. Germaniya g‘arbiy polyak yerlarida nemislashtirish siyosatini olib bordi. Pomere va
Siliziyagdagi hamma maktablarda faqat nemis tilida dars berish joriy qilindi. 1886-yilda
Germaniya hukumati tomonidan tuzilgan kolonizatsiya komissiyasi g‘arbiy polyak yerlarida
nemis yer egaligiga asoslangan jamiyat tuzishni rejalashtirgan edi
2
. 1888-yilda Poznan yer banki
vujudga keldi. Polshaning iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy xususiyat 70-80 yillarda xo‘jalik
hayotining hamma sohalariga kapitalizmning tobora ko‘proq kirib borayotganligi edi. 70-yillarda
agrar reforma natijasida dehqopnlarning tabaqalarga bo‘linishi va yer suvning qishloq
burjuaziyasi qo‘lida to‘planish jarayoni oldingiga nisabatan intensi tus oldi
3
.
XX asr boshlarida yersiz dehqonlar soni 1 million 200 mingdan oshib ketdi. XIX asrning
80-yillar boshlarida jami dehqon xo‘jaliklarining 40 foizini kam yerli xo‘jaliklar tashkil etgan
bo‘lsa XIX asr oxirida bu ko‘rsatkich 73 foizga yetdi. Jami haydaladigan yer maydonlarining
39,7 foizi kam yerli yerli xo‘jaliklar qo‘lida edi
4
. Kam yerli dehqonlarning asosiy turmush
manbai yollanma mehnat bo‘lib, ular ish qidirib sanoat markazlariga emas, boshqa mamlakatlar
Germaniya, AQSH, Janubiy Amerikasi mamlakatlariga ko‘chib keta boshladilar. 80-90 yillar
mobaynida Polshadan 2 millionga yaqin yaqin kishi ko‘chib ketdi. Qishloq xo‘jaligiga
kapitalizm chuqur kirib borganligiga qaramay, unda feodalizm sarqitlari saqlanib qolgan edi. 90-
yillarning oxirida haydaladigan yerlarning 42 foizi pomeshchiklar qo‘lida to‘plandi
5
. XIX
asrning 80-90 yillarida g‘arbiy Polsha yerlaridagi dehqon va pomeshchik xo‘jaliklari kapitalizm
yo‘lidan borib, dehqonlarning eksropriatsiya qilish va yer-suvning yirik mulkdorlar qo‘lida
to‘planishi yanada kuchaydi. Butun yer maydonlarining 55-58 foizi yirik zamindorlarning mulki
bo‘lib, ularning kata qismini nemis yunkerlari tashkil qilardi. Shu sababdan ijtimoiy ziddiyatlar
milliy ziddiyatlar bilan chirmashib ketgan edi. Pomeshchiklar xonavayron bo‘lgan
dehqonlarning ahvolidan foydalanib, yollanma mehnatning yarim feudal shartlaridan keng
foydalanardi. 90-yillarda boshqa mamlakatlardan G‘arbiy Yevropa yerlariga mavsumiy ishchilar
yog‘ilib kelishi natijasida qishloq xo‘jalik ishchilariga to‘lanadigan haq juda pasayib ketdi. Bu
holat ayniqsa agrar rayonlar bo‘lgan Poznan yerlari va Pomoridan boshqa mamlakatlarga
dehqonlarning ommaviy ko‘chishini kuchaytirib yubordi
6
. G‘arbiy Polsha yerlarida XIX asr
oxirida qishloq xo‘jaligida kapitalizm jadallik bilan taraqqiy eta boshladi. Buning asosiy bu
hududlarda agrar islohotlar amalga oshirilganligida edi.
1
Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985г стр. 64
2
Рубинштейн Е. И. Политика германсково империализма в западных польских землях в конце XIX начале
XX века- М: 1983г стр. 78
3
Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985г стр. 92
4
Остриков П. И., Вандель П. П. Сборник документов по истории нового времени стран Европы и Америки.-
М: 1989г стр. 278
5
Остриков П. И., Вандель П. П. Сборник документов по истории нового времени стран Европы и Америки.-
М: 1989г стр. 278
6
Хренов И.А. Лодзинское воcстание.- М: 1958г стр. 81
1058
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Bu davrda bozor munosabatlari shakllanib, intensiv tovar-kapitalistik xo‘jaliklar vujudga
kela boshladi. Poznan va Pomori agrar viloyatlarida qishloq xo‘jaligi past darajada bo‘lib, bu
viloyatlarda qishloq xo‘jalik xom ashyosiniqayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlari:
tegirmonchilik, qand sanoati va shu kabi tarmoqlar sezilarli darajada rivojlandi.
Polshada sanoat ishlab chiqarishning asosiy tarmog‘i to‘qimachilik sanoati bo‘lib, XIX
asrning 80-yillarida to‘qimachilik mahsulotlarining yarmidan ko‘prog‘i, XX asr boshlarida esa
uchdan ikki qismi Rossiya bozorlarida sotildi. Polyak sanoatchilari va rus sanoatchilari
o‘rtasidagi raqobat 1883-1885 yillardagi inqiroz tufayli kuchayib ketdi. Buning natijasida chor
hukumati polyak sanoatchilarining g‘arbdan keltiradigan paxta va ko‘miridan oladigan boj va
temir yo‘l tariflarini oshirib yubordi
7
. Bu esa Rossiya va Polsha o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning
yanada mustahkamlanishiga sabab bo‘ldi. XIX asrning 90-yillaridan boshlab Polshaga
Rossiyadan cho‘yan, temir rudasi, koks va boshqa xom ashyolar keltirilishi ortib bordi
8
. XIX
asrning 80-90 yillarida kapitalning markazlashuvi va konsentratsiyalshuvi jarayonida aksionelik
jamiyatlari, sindikatlar paydo bo‘la boshladi. Ikki eng yirik savdo banki – Varshava banki bilan
Lodz banki deyarli butun kapitalni o‘z qo‘liga to‘pladi va sanoat korxonalarining kata qismiga
egalik qila boshladi. Polyak sanoatchilari va moliyachilari foydani ko‘paytirish maqsadida o‘z
kapitallarini Ukraina qand va metallurgiya sanoatiga kiritdilar
9
. Polshaning o‘zida ham chet el
kapitali jadallik bilan kirib kela boshladi.
XX asr boshlarida Polshadagi korxonalarning to‘rtdan bir qismi asosan, metallurgiya,
kimyo sanoati va qisman to‘qimachilik sanoati Fransiya, Belgiya va nemis kapitallari bilan to‘lib
ketgan edi. Bu sohalar butun sanoat mahsulotlarining 60 foizini berardi
10
. Mayda korxonalar
ko‘pchilikni tashkil etib, eng yirik korxonalarda ishlovchi ishchilar soni 20 nafardan sal ko‘proq
edi. Bunday korxonalar jami korxonalarning 1 foizini tashkil etardi. Polshaga tutash Sileziyada
sanoat ancha rivojlanagan edi. Biroq XIX asrning 70-90 yillarida sanoatning taraqqiyot sur’atlari
pasaydi. 70-yillardan 90-yillargacha Sileziyada ko‘mir qazib chiqarish 3-4 martaga ko‘paygan
bo‘lsa, qiyoslash uchun Rurda 6 marta ortdi. XX asr boshlarida pasayish yana davom etaverdi.
Misol uchun quyi Sileziyada toshko‘mir qazib olish salmog‘i 70-yillardan 1912-yilgacha
pasayib bordi. Yuqori Sileziyada cho‘yan ishlab chiqarish salmog‘i 3 martaga kamaydi. Buning
asosiy sababi Sileziyada feodalizmning juda kuchli sarqitlari saqlanib qolgan edi va xonavayron
bo‘lgan dehqonlardan iborat arzon ishchi kuchi ko‘pchilikni tashkil etardi.
7
Палкин И.С., Ерофеев Н.А., Ефимова А.Л. Новая история 1871-1917.-М: 1984г стр. 483
8
Остриков П. И., Вандель П. П. Сборник документов по истории нового времени стран Европы и Америки.-
М: 1989г стр. 283
9
Хренов И.А. Лодзинское воcстание.- М: 1958г стр. 81
10
Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985г стр. 94
1059
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Bu esa Sileziyada ishlab chiqarishda texnika-texnologiyaning qo‘llanishiga to‘sqinlik
qilib kelardi
11
. XIX asrning 80-yillarida Sileziyada monopoliyalar, kartellar paydo bo‘la boshladi
va ular asta-sekin barcha ishlab chiqarish korxonalarini o‘ziga bo‘ysundira boshladi. 90-yillarda
sanoatning konsentratsiyalashuvi yuz berdi. Polsha va unga yondosh Galitsiya Sileziya og‘ir
sanoat mahsulotlari sotiladigan bozorga aylanib qoldi. 80-yillarda Sileziya cho‘yanining 98 foizi
Polsha eksport qilingan. Lekin Rossiya va Germaniya munosabatlari yomonlashgach Polshada
cho‘yan importi ancha susayib qoldi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida xalqaro
munosabatlarning yomonlashuvi va keskinlashuvi natijsida turli davlatlar qo‘l ostida bo‘lgan
polyak yerlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yomonlashib qoldi
12
. Galitsiyada tabiy boyliklar ko‘p
bo‘lishiga qaramay, XIX asr oxirida ham feodalizm sarqitlari saqlanib qolaverdi. Aholining
beshdan to‘rt qismi qishloq xo‘jaligida band edi. Galitsiya sanoatining rivojlanmasligiga asosiy
sabab uning ichki bozori kichikligi va Avstriya hamda nemis tovarlari bilan raqobat qila
olmasligida edi
13
. Galitsiyada qishloq xo‘jaligi xom ashyosini qayta ishlaydigan mayda sanoat,
hunarmandchilik va kosibchilik bir muncha rivojlandi. XIX asrning 80-90 yillarida neft va
ko‘mir qazib chiqarish ancha ko‘paygan bo‘lsa ham, bu narsa Galitsiyaning agrar xarakterini
o‘zgartirmadi. Galitsiyada feodalizm sarqitlari saqlanib qolganligi sababli qishloq xo‘jaligining
ekstensiv xarakteriga ega edi. Bu yerda katta-katta pomeshchik latifundiyalari mavjud bo‘lib,
ular 2 ming gektardan ortiq yerga qilardi. Bu jami haydaladigan yerlarning 33 foiziga to‘g‘ri
kelgan. Umuman olganda haydaladigan yerlarning yarmidan ko‘pi hamma o‘rmonlar va
o‘tloqlarning katta qismi pomeshchiklar qo‘lida bo‘lgan. Galitsiya dehqonlarning ko‘pchiligi
kam yerli dehqonlar edi va ularning yerlari pomeshchiklar yerlari bilan aralashib ketgan edi.
Galitsiyadagi dehxon xo‘jaliklarning 80 foizdan ko‘prog‘i kam yeri bo‘lgan juda mayda
xo‘jaliklar hisoblangan. Bu dehqonlarning birdan-bir tirikchilik manbayi yollanib ishlash edi. 90-
yillarda Galitsiyadan har yili 30 mingdan oshiq kishi boshqa joylarga tirikchilik uchun
emigratsiya qilardi. XIX asrning 70-90 yillarida butun Polsha yerlaridagi ahvolni tahlil qiladigan
bo‘lsak, ular hayot kechirish sohasidagi siyosiy sharoitlari va iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari
jihatidan bir-birlaridan bir muncha farq qilsalar ham, lekin ularning hammasi siyosiy va milliy
zulm ostida ezilib kelardi. Sanoat taraqqiyoti jihatidan ilg‘or mamalaklatlardan orqada qolgan
edilar. Qishloq xo‘jaligida kapitalizm “Pruscha yo‘l” dan taraqqiy qilib borayotgan va shu
munosabat bilan hamma polyak yerlaridagi burjua demokratik inqilob uchun zamin saqlanib
11
Палкин И.С., Ерофеев Н.А., Ефимова А.Л. Новая история 1871-1917.-М: 1984г стр. 490
12
Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985г стр. 103
13
Рубинштейн Е. И. Политика германсково империализма в западных польских землях в конце XIX начале
XX века- М: 1983г стр. 93
1060
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
qolayotgan edi va shu inqilob masalasi ijtimoiy kurashda ilgarigiday birinchi darajali ahamiyatga
ega edi
14
.
XIX asrning 70-80 yillariga kelib ishchilar sinfi ijtimoiy harakatda mustaqil siyosiy kuch
sifatida shakllanib borayotgan edi. Bu davrda Polsha mehnat qonunchiligida texnika xavfsizligi
qoidalari, ishchilar huquqini himoya qilish haqida hech bir so‘z yo‘q edi. G‘arbiy Polshada ham
ishchilarning ahboli bundan yomonroq edi. Yuqori va Quyi Sileziya ko‘mir sanoatida 10 soatlik
ish kuni mavjud edi. Sileziya metallurgiya korxonalarida esa 14-18 soatga yetardi
15
. Ish kunining
uzunligiga qaramay ishchilarning mehnatiga yarasha haq to‘lanmasdi. Ishchilarning asosiy
kundalik yemishini kartoshka va non tashkil etardi. ish haqining juda ozligi, ovqatalanish va uy-
joy sharoitlarining yaxshi emasligi, tibbiy xizmatning yo‘lga qo‘yilmaganligi tufayli ishchilar
o‘rasida o‘lim darajasi juda yuqori edi. Ekspluatatsiyaning kuchayishi va ishchilarning tobora
qashshoqlashuvi ularni korxona egalariga qarshi kurashga undab turardi. XIX asrning 70-
yillarida ishchilarning stixiyali chiqishlari kuchayib ketdi. 1882-yil o‘sha davrdagi yirik ish
tashlardan bo‘lib,Varshava-Vena temir yo‘li mexanika korxonasi ishchilarining ish tashlashi
edi
16
. Jerordov manufakturasi ishchilarining 1883-yildagi ish tashlashi ham o‘sha davr ish
tashlari uchun turtki bo‘ldi. XIX asr 80-yillari Sileziyada ishchilar harakati muntazam ravishda
sodir bo‘lib turdi. 1889-yilda ishchilar ish haqini oshirish va ish kunini 10 soatgacha
kamaytirishga muvaffaq bo‘lishdi
17
. XIX arsning 90-yillarida butun Polsha hududida ish
tashlashlar avj olib ketdi. Bu vaqtga kelib, ishchilar harakati butun sanoat tarmoqlari va sanoat
rayonlariga tarqala boshladi. 1892-yilda Lodzda bo‘lgan voqealar ishchilar harakatida muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda 1-may namoyishlari umumiy ish tashlashga aylanib ketgan edi. 5-
mayda ish tashlashlar shahardagi barcha korxonalarga yoyilib, Lodz atrofiga tarqala boshladi. Bu
ish tashlashlarda 80 mingdan ortiq ishchi qatnashdi. Chor hukumati harakatni bostirish uchun
lodzga qo‘shin yubordi va 6-mayda shaharda harbiy holat e’lon qilindi. Qamoqqa olishlar va otib
o‘ldirishlar avj olib ketdi. Garchi harakat bostirilgan bo‘lsa ham, u polyak ishchilar harakatida
yangi bosqich edi, ommaviy kurash boshalanishiga turtki bo‘ldi. Shu davrda polyak ishchilarini
g‘oya asosida ikki sotsialistik tashkilot “II proletariat” (1888-1893) va “Polyak ishchilari soyuzi”
(1889-1893) tashkilotlari birlashtirib turardi
18
. O‘zlarini “ I proletariat” partiyasining ishini
davom ettiruvchilar deb hisoblangan birinchi tashkilot a’zolari katta tashviqotchilik ishlarini olib
bordilar. “ Polyak ishchilar soyuzi” tashkilotlari esa Varshava, Lodz shaharlarida, Dombrov
havzasida tashviqot olib bordi.
14
Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985г стр. 110
15
Остриков П. И., Вандель П. П. Сборник документов по истории нового времени стран Европы и
Америки.- М: 1989г стр. 294
16
Пухлов Н. Н. Рабочее движение в королевстве Полском в 90-годы XIX века.-М: 1964г стр. 153
17
Палкин И.С., Ерофеев Н.А., Ефимова А.Л. Новая история 1871-1917.-М: 1984г стр. 500
18
Хренов И.А. Лодзинское воcстание.- М: 1958г стр. 98
1061
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Bu soyuz rahabari mashhur polyak inqilobchisi Yuman Marxevskiy (1866-1925) turardi.
“Polyak ishchilari soyuzi”ning 1892-yil 1-may xitobnomasida siyosiy ozodliklar, 8 soatlik ish
kuni va haqini oshirish uchun burjuaziya va chorizmga qarshi kurashga da’vat qilingan edi.
“Polyak ishchilari soyuzi” va “II proletariat” tashkilotlarining faoliyati natijasida Polsha sotsial
demokratik partiyasining paydo bo‘lishi uchun zamin hozirlandi. 1893-yilda tashkil topgan bu
partiyaning asosini “II proletariat” va “Polyak ishchilari soyuzi” a’zolari tashkil etar edi.
1894-yil martida Varshavada bu partiyaning yashirin sur’atda I syezdi bo‘lib o‘tdi. Xuddi
shu davrda R. Lyuksemburg va Y. Marxlevskiy boshliq polyak sotsial demokratlari chet elda “С
права работчина” nomli gazeta nashr qila boshladilar
19
. Polyak sotsial demokratlari o‘zlarining
maqolalarida polyak proletariyati kurashining asosiy maqsadi sotsialistik inqilobdir, bu
inqilobdan oldin chorizm ag‘darilishi va konstitutsiya hamda siyosiy erkinliklar qo‘lga kiritilishi
lozim deb hisoblardilar. Sotsial demokratlar har qanday millatchilik ko‘rinishlariga qarshi qatiiy
kurah olib borgan. Sotsial demokratlar dehqonlar masalasi va milliy masalani hal qilishda to‘g‘ri
yo‘ldan bormadilar. Chunki ular dehqonlar bilan tuziladigan ittifoq qanchalik ahamiyatli bo‘lishi
haqida o‘ylab ham o‘tirmay, ularga oddiy sinf sifatida qarab keldilar. Polshaning kapitalistik
mamlakatga aylanayotganligi, unda sinfiy ziddiyatlarning keskinlashayotganligi, ishchilar
harakatlari kengayib polyak hukmron sinflarining Avstriya-Vengriya, Grermaniya, Rossiya
hukmron sinflari bilan tobora chirmashib ketayotganligi ishchilar sinfini milliy ozodlik va
mustaqillik homiysi qilib maydonga chiqarayotganligini polyak sotsial demokratlari hisobga
olmadi
20
. XIX asr 90-yillarida sotsial demokratlarga qarshi qatag‘onlar ularning faoliyatini
to‘xtatib qo‘ygan edi. 1899-yilda Varshavada, so‘ngra esa boshqa sanoat markazlarida sotsial-
demokratik tashkilotlar qaytib o‘z faoliyatini boshladi. 1900-yilda Polsha sotsial-demokralari
bilan Litva sotsial-demokralari birlashib, Polsha qirolligi va Litva sotsial-demokratiyasi deb
ataladigan bo‘ldi. Polsha sotsial-demokratik partiyasini tiklash va uni Litva sotsial-demokratik
partiyasi bilan birlashtirishda taniqli polyak arbobi Felike Edmundovich Dzerjinskiy (1877-
1926) juda katta rol o‘ynadi
21
.
Proletariat sinfiy kurashining rivojlanishi va ziddiyatlarning keskinlashishi polyak
hukmron sinflarining polshani taqsim qilib tashlagan davlatlarning hukmron sinflari va ularning
hukumatlari bilan ittifoq tuzish va hamkorlik qilishaga tobora intilishiga sabab bo‘ldi. Butun
Polsha hududida yirik pomeshchiklar va burjuaziya, yuqori mansablardagi ruhoniylar polyak
yerlarida polyaklarga qarshi qaratilgan siyosatga javoban harakat qilmadilar. Hukumatning
barcha choralarini sodiq fuqarolik prinsipida ma’qullab keldilar.
19
Пухлов Н. Н. Рабочее движение в королевстве Полском в 90-годы XIX века.-М: 1964г стр. 157
20
Шустер. У. Революция 1905-1907 гг в Полши.-М: 1977г стр. 134
21
Шустер. У. Революция 1905-1907 гг в Полши.-М: 1977г стр. 136
1062
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
XIX asr 90-yillarida polyak burjuaziyasi kuchlari konsolidatsiya qilinadi va uning siyosiy
partiyalari tuziladi. Bu partiyalarning eng kattasi 1897-yil Polshada vujudga kelgan “Endeklar”
partiyasi edi. Endeklarning faoliyati ishchilar va dehqonlar harakati uchun juda xavfli tus oldi.
Polyak burjuaziyasi olayotgan foydalar ishchilarning imtiyozli yuqori tabaqasini vujudga
keltirib, uni o‘z agenturasiga aylantirish imkoniyatini berdi. Burjuaziya bu holatdan Polyak
ishchilar harakatini bo‘lib tashlash uchun foydalandi. Polyak ishchilar harakatidagi ajralish
millatchi va reformistik oqimning amalga oshirgan ishi edi.
REFERENCES
1.
Рубинштейн Е. И. Политика германсково империализма в западных польских землях
в конце XIX начале XX века- М: 1983г
2.
Костюшка И. И. Разложение феодальных щетщшений и развитие капитализма в
селском хозействе Царства Полского- М: 1954г
3.
Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985г
4.
Палкин И.С., Ерофеев Н.А., Ефимова А.Л. Новая история 1871-1917.-М: 1984г
5.
Корпилов А. А. Очерки по истории общестнного движения и крестянского дела в
России. М: 1965 г.
6.
Миска. М. Полського восстании 1863 год. М: 1952 г.
7.
Xayrullayev, U. (2024). THE IDEA THAT MADE THE OTTOMAN STATE GREAT
(RED APPLE II). Modern Science and Research, 3(2), 1071-1073.
8.
Xayrullayev, U. (2024). BRIEFLY ABOUT THE" RED APPLE" MYTHOLOGY OF
THE TURKS. Modern Science and Research, 3(1), 568-572.
9.
Umidjon, X. (2024). Literacy and Information Exchange in the Ancient East and West.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3),
179-183.
10.
Xayrullayev, U. (2024). THE POSITION OF CENTRAL ASIAN GOVERNORSHIPS
DURING THE PERIOD OF THE TURKISH KHANATE AND THE ARAB INVASION.
11.
Xayrullayev, U. (2024). EFTALLAR DAVLATI VA TURK XOQONLIGIDA
HUKMDORLIK LEGITIMATSIYASI. Modern Science and Research, 3(12), 843-851.
12.
Xayrullayev, U. (2024). TURK XOQONLIGI VA ARABLAR BOSQINI DAVRIDA
O’RTA OSIYO HOKIMLIKLARINING MAVQEYI. Modern Science and Research,
3(12), 339-343.
13.
Xayrullayev, U., Sayfutdinov, F., & Rahmonova, S. (2025). SHAYBONIYLAR
DAVLATI VA USMONLI TURKLAR DAVLATI O’RTASIDAGI DASTLABKI
ALOQALAR TAVSIFI. Modern Science and Research, 4(1), 147-154.
1063
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
14.
Xayrullayev, U. (2025). BUXORO VILOYATINING IQTISODIY HOLATI (1990-1991
YILLAR). Modern Science and Research, 4(1), 1018-1024.
15.
Umidjon, X. (2023). 1918-1939-yillarda Polshaning ichki siyosatidagi o'zgarishlar.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).
16.
Xayrullayev, U. F. (2023). 1918-1939 YILLARDA POLSHANING ICHKI
SIYOSATIDAGI O ‘ZGARISHLAR. SCHOLAR, 1(28), 337-340.
17.
Xayrullayev, U. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA BUXORO VILOYATIDAGI
IJTIMOIY HOLAT. Modern Science and Research, 4(2), 1186-1193.
18.
Boltayev, O. (2024). QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
Modern Science and Research
,
3
(10), 64-68.
19.
Obid o’g’li, B. O. QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
20.
Boltaev, O. (2024). BUKHARA'S CARAVAN TRADE AND ITS ROLE ON THE SILK
ROAD.
Analytical Journal of Education and Development
,
4
(10), 293-297.
21.
Boltayev, O. (2024). XX ASR BOSHLARIDA GERMANIYA VA TURKIYA
ITTIFOQINING MARKAZIY OSIYOGA TA'SIRI.
Modern Science and Research
,
3
(12),
556-564.
22.
Boltayev, O. (2023). A GENERAL DESCRIPTION OF THE POLITICAL AND
DIPLOMATIC PROCESSES IN CENTRAL ASIA IN THE MIDDLE OF THE 18TH
CENTURY.
Modern Science and Research
,
2
(9), 145-149.
23.
Boltayev, O. (2025). TARIX FANI UCHUN YOZMA VA OG’ZAKI MANBALARNING
SHAKLLANISHI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 909-917.
24.
Ярашова, М. (2024). ЖАҲОН ЭТНОЛОГИЯСИ ФАНИ ВА УНИ ЎҚИТИШНИНГ
ЗАМОНАВИЙ МЕТОДОЛОГИЯСИ.
Modern Science and Research
,
3
(10), 362–368.
Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/44901
25.
Ярашова, М. (2024). БУХОРО ВОҲАСИДА МАТО ВА МАТО ТАЙЁРЛАШ
УСУЛЛАРИ.
Modern Science and Research
,
3
(11), 782–787. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48057
26.
Yarashova Mohlaroyim Shuhratovna. (2024). Muyiddin Ibn Arabiyning Tasavvuf
Ta’limotida Tahsil Olgan Ayol Ustozlari Va Ta’lim Bergan Ayol Shogirdlari.
Miasto
Przyszłości
,
52
,
622–625.
Retrieved
from
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4679
1064
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
27.
Yarashova, M. (2024). ILK O’RTA ASR MANBALARIDA KIYIM-KECHAKLAR VA
ULAR BILAN BOG’LIQ ATAMALAR TAVSIFI.
Modern Science and Research
,
3
(12),
621–632.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
28.
Ярашова, М. (2025). ПАРАНЖИ ВА УНИНГ ЎРГАНИЛИШ ТАРИХИ.
Modern
Science
and
Research
,
4
(1),
160–168.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/60323
29.
Yarashova, M., Sa’dullayev, U., & Yo’ldosheva, F. (2025). BUXORO VOHASI
AYOLLARINING AN’ANAVIY BOSH KIYIMLARI- DO‘PPI VA RO‘MOL.
Modern
Science
and
Research
,
4
(1),
600–607.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/64116
30.
Yarashova M. ., & Sultonova, M. (2025). BUXORO VOHASI DAFN MAROSIMI
KIYIMLARI VA ULAR BILAN BOG’LIQ IRIM-SIRIMLAR.
Modern Science and
Research
,
4
(1),
352–358.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
31.
Yarashova, M. (2025). EDVARD TAYLOR –ETNOLOGIYADA EVOLYUTSIONISTIK
MAKTAB ASOSCHISI.
Modern Science and Research
,
4
(2), 1005–1012. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/68483
32.
Muyiddinov, B. (2023). XII-XIII ASRLAR DAVRIDA BUXORODA ILM – FANNING
RIVOJLANISHI. SCHOLAR, 1(28), 341–345.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10027071
33.
Muyiddinov Bekali. (2023). MO’G’ULLAR BOSQINI DAVRIDA BUXORONING
AYANCHLI
TAQDIRI. TADQIQOTLAR.UZ, 25(2),
212–215.
Retrieved
from
http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/308
34.
Muyiddinov Bekali. (2023). THE ROLE OF BUKHARA AND OTHER CITIES IN THE
MILITARY
ART
AND
ARMY
STRUCTURE
OF
KHOREZMSHAHS
.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 35(3), 55–58.
https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10035
35.
Muyiddinov, B. (2024). BARTHOLD'S "СОЧИНЕНИЯ. ТОМ I. ТУРКЕСТАН В
ЭПОХУ МОНГОЛЬСКОГО НАШЕСТВИЯ" THE HISTORY OF THE CREATION OF
THE
WORK.
MODERN
SCIENCE
AND
RESEARCH,
3(1),
699–
https://doi.org/10.5281/zenodo.10552555
36.
Muyiddinov, B. (2024). THE ROLE OF MILITARY REFORMS IN THE BUKHARA
KHANATE IN THE LIFE OF THE STATE UNDER THE SHAYBANIDS. MODERN
SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 646–648.
1065
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
37.
MB Bahodir o’g’li. (2024). Military Art of Turkish Khaganate in the Early Middle Ages.
European Journal of Innovation in Nonformal Education, 4
(16), 223–227.
https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/2705/2586
38.
XORAZMSHOHIDLAR DAVLATI HAYOTIDA TURKON XOTUNNING O’RNI.
(2024). MEDICINE,
PEDAGOGY
AND
TECHNOLOGY:
THEORY
AND
PRACTICE, 2(4),
463-
https://universalpublishings.com/index.php/mpttp/article/view/5192
39.
Muyiddinov Bekali Bahodir o'g'li. (2024). The coronation and campaigns of Alexander
The Great. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И
https://doi.org/10.5281/zenodo.11222912
40.
Muyiddinov Bekali. (2024). COVERAGE OF LEGAL ISSUES IN "AVESTO".
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(6),
https://doi.org/10.5281/zenodo.12191420
41.
MUYIDDINOV BEKALI, & QORYOG’DIEV Z. (2022). ABOUT THE CONQUEST OF
BUKHARA BY THE KHOREZMSHAHS. International Journal of Philosophical Studies
and
Social
Sciences, 2(3),
158–161.
Retrieved
from
https://www.ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss/article/view/383
42.
Muyiddinov Bekali Bahodir o’g’li. (2024). History of State Institutions in the Kushan
State, Which Founded Statehood on the Territory of Central Asia. EUROPEAN
JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(9), 184–188.
Retrieved from
https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/4070
43.
Bahodir o’g’li, M. B. (2024). Avesto is an Ancient Written Monument Containing
Information About the Life of the Peoples of Central Asia.
Miasto Przyszłości
,
53
, 970–
975. Retrieved from
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4982
44.
Muyiddinov
Bekali.
(2024).
SOMONIYLAR
DAVLATIDA
HARBIYLARGA
BERILGAN E'TIBOR VA HARBIY SAN'AT.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14209121
45.
Muyiddinov
Bekali.
(2024).
O'ZLIKNI
NAMOYON
QILISHDA
XALQ
DOSTONLARINING AMALIY AHAMIYATI VA KITOBIY DOSTONLARNING
https://doi.org/10.5281/zenodo.14528916
46.
Sadullayev Umidjon Shokir o'g'li, Muyiddinov Begali Bahodir o'g'li, & Boltayev Oxun
Obid
o'g'li.
(2025).
IBN
SINONING
FALSAFIY
https://doi.org/10.5281/zenodo.14605977
47.
Sadullayev Umidjon Shokir o'g'li, Muyiddinov Begali Bahodir o'g'li, & Boltayev Oxun
Obid o'g'li. (2025). YOSHLAR DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIDA MILLIY
TARBIYA VA TAʼLIMNING AHAMIYATI.
1066
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
48.
Sadullayev Umidjon Shokir o'g'li, Muyiddinov Begali Bahodir o'g'li, & Boltayev Oxun
Obid o'g'li. (2025). BUXORO AMIRLIGIDA 1900-1910-YILLARDAGI IJTIMOIY-
https://doi.org/10.5281/zenodo.14606101
49.
Muyiddinov Bekali. (2025). ILK O'RTA ASRLARGA OID MUG' ARXIVINING
https://doi.org/10.5281/zenodo.14680881
50.
Muyiddinov Bekali Bahodir o'g'li, & Tursuntoshova Sabrina Toshpo'lat qizi. (2025). ABU
RAYHON
BERUNIY
ILMIY
MEROSIDA
TARIX
FANINING
https://doi.org/10.5281/zenodo.14735052
51.
Sayfutdinov , F. (2024). ETHNIC COMPOSITION OF THE ZARAFSHAN OASIS (2ND
HALF OF THE 20TH CENTURY).
Modern Science and Research
,
3
(1), 577–581.
Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28335
52.
Sayfutdinov Feruz Ilniyozovich, (2023). LAND OWNERSHIP RELATIONS BASED ON
THE NATIONAL ECONOMY OF KARAKALPAK.
International Journal Of Literature
And Languages
,
3
(11), 20–27. https://doi.org/10.37547/ijll/Volume03Issue11-04
53.
Sayfutdinov Feruz Ilniyozovich, . (2023). STUDY OF THE KARAKALPAK PEOPLE IN
ETHNOLOGICAL SCIENTIFIC WORKS HISTORY .
International Journal Of History
And Political Sciences
,
3
(12), 61–68. https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue12-11
54.
Sayfutdinov, F. (2023). ANALYSIS OF DATA ON LAND OWNERSHIP AND
LIVESTOCK FARMING OF KARAKALPAKS.
Modern Science and Research
,
2
(10),
650–657.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
research/article/view/25727
55.
Sayfutdinov Feruz Ilniyazovich, (2023). USING GIS SOFTWARE AND THE
IMPORTANCE OF DIGITAL HISTORY IN THE STUDY OF HISTORY .
International
Journal
Of
History
And
Political
Sciences
,
3
(10),
31–33.
https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue10-06
56.
Sayfutdinov, F. (2023). THE IMPORTANCE OF DIGITAL TECHNOLOGY IN
TEACHING HISTORY.
Modern Science and Research
,
2
(10), 719–723. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24678
57.
Ilniyoz o’g’li, S. F. (2023).
XIX ASRDA XONLIKLARNING O ‘ZARO SAVDO
MUNOSABATLARI. JOURNAL OF SCIENCE, RESEARCH AND TEACHING, 2 (8), 111–114
.
58.
Ilniyoz o'g'li, S. F. (2023). ETNOGRAFIK TADQIQOTLARDA QORAQALPOQ
XALQINING YORITILISHI.
59.
Rahmonova S., Xayrullayev U., & Sayfutdinov, F. (2025). “ОММАВИЙ
МАДАНИЯТ”НИНГ МОҲИЯТИ, ТАРИХИЙ ИЛДИЗИ, ХАРАКТЕРИ ВА
1067
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
РИВОЖЛАНИШ БОСҚИЧЛАРИ.
Modern Science and Research
,
4
(1), 479–488.
Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/61669
60.
Xayrullayev U., Sayfutdinov F., & Rahmonova , S. (2025). SHAYBONIYLAR DAVLATI
VA USMONLI TURKLAR DAVLATI O’RTASIDAGI DASTLABKI ALOQALAR
TAVSIFI.
Modern
Science
and
Research
,
4
(1),
147–154.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/60142
61.
Rahmonova, S., Xayrullayev, U., & Sayfutdinov, F. (2025). “ОММАВИЙ МАДАНИЯТ”
НИНГ МОҲИЯТИ, ТАРИХИЙ ИЛДИЗИ, ХАРАКТЕРИ ВА РИВОЖЛАНИШ
БОСҚИЧЛАРИ.
Modern Science and Research
,
4
(1), 479-488.
62.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics. Modern Science and Research, 3(2), 500-507.
63.
Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology. Modern Science and Research, 3(1),
504-510.
64.
Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). MS Andreyev’S Way Of Life. American Journal of
Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(10), 655-659.
65.
Shuhratovna, T. S. (2023). Ethnological Analysis Of National Costumes And Rituals Of
Tajiks In The Works Of MS Andreyev. International Journal Of History And Political
Sciences, 3(12), 42-47.
66.
Toshpo’latova, S. (2023). MS Andreyev-Scientific Career. Modern Science and Research,
2(12), 801-807.
67.
Shuhratovna, T. S. (2023). Etymology Of Tajik Marriage Ceremony. International Journal
Of History And Political Sciences, 3(11), 17-23.
68.
Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF
THE WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI". Modern Science and Research,
2(9), 404-409.
69.
Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL
CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN
THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV. Modern Science and Research, 2(10), 291-
299.
