2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
404
TURKISTON O’LKASIDA YOSH BUXOROLIKLAR HARAKATI
Yarashova Mohlaroyim Shuxrat qizi
Osiyo xalqaro universiteti o’qituvchisi.
Rahimova Nigina Nabi qizi
Osiyo xalqaro universiteti Tarix ta’lim yo’nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15277304
Annotatsiya. Buxoro ajdodlari aql zakovatining necha asrlar naryog‘idan kelajak avlodga
qoldirgan buyuk va bebaho ne’mati. U markaziy Osiyoda SHarq shaharlari milliy o‘ziga xosligini
to‘laligicha saqlab qolgan yagona shahardir. Qadimiy tor ko‘chalar turli-tuman bozorlar, savdo
va saylgoh maydonlari o‘zida SHarq ruhi va issiq nafasini aks ettirib turibdi. Buxoroiy sharif
yuragimizga jon qadar yaqin bu ulug‘ va muqaddas maskan nafaqat Islom olamida, balki jahonda
ham dovrug‘ taratgan buyuk go‘shalardan biridir.Mashhur tarixnavislarning shahodat
berishlaricha, u amirliklaru – xonliklar davrida 800 yil mobaynida mamlakat poytaxti bo‘lib,
kelganligi ham Buxoroning ijtimoiy–siyosiy va madaniy – ma’rifiy hayotda o‘z mavqega ega
jonligini ko‘rsatadi.
Kalit so’zlar: Yosh Buxoroliklar, Turkiston, Ufa, Boqchasaroy, Turon, Nozirlar Kengashi,
Kolesev.
Yosh buxoroliklar — Buxoro amirligidagi jadidlar partiyasi (firqasi). Dastlab „Tarbiyai
atfol“ („Bolalar tarbiyasi“) maxfiy jamiyati shaklida tuzilgan. 1910-20 yillarda „Yosh buxoroliklar“
partiyasi deb atalgan. Unga taraqqiyparvar ziyolilar, savdogarlar va shahar kambagʻallari vakillari
kirgan. Ular boshida mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar oʻtkazish,
konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish orqali amirning mutlaq hokimligini cheklab qoʻyish tarafdori
boʻlgan. Abdulvohid
Poʻlatxoʻjayev (Usmonxoʻja), Otaulla Xoʻjayev, Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov), Homidxoʻja
Mehriy, Muso Saidjonov, Mirzo Siroj Hakim Yosh buxoroliklarning dastlabki tashkilotchilari edi.
Keyinchalik uning faoliyatida Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev va Muhiddin Mansurov katta rol
oʻynashdi. Yosh buxoroliklar iqtidorli yoshlarni Istanbul, Qozon, Ufa, Boqchasaroyga oʻqishga
joʻnatdi. Ular partiyaning moddiy mablagʻi hisobidan taʼlim olishgan. Fayzulla Xoʻjayev va
Muhiddin Mansurov partiyaga katta mablagʻ ajratgan. Istanbulda „Buxoro taʼlimi maorif jamiyati“
tashkil qilinib, jamiyat aʼzolari Turkistonda maorif tizimini rivojlantirishda muhim ishlar qilishdi.
Jamiyatning koʻmagi bilan Abdurauf Fitrat va boshqalar taraqqiyparvarlarning asarlari Istanbulda
nashr qilinib, Turkiston mintaqasiga tarqatildi. Yosh buxoroliklarning maqsadi yangi usul
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
405
maktablarini ochish, bolalarning savodini tezroq chiqarish, ijtimoiy ongini oʻstirish, maktab,
madrasa, oʻquv tizimini isloh qilish edi. Buxoroda boshlangan harakat tezda Shaxrisabz va
Karkigacha tarqaldi. 1912-yil Buxoroda dastlabki gazetalar — tojik tilida „Buxoroyi sharif“ va
oʻzbek tilida „Turon“ chiqa boshladi. Gazetalarni moddiy jihatdan taʼminlash va nashr ishlarini
yoʻlga qoʻyishda Muhiddin Mansurov va Mirzo Siroj Hakim muhim rol õynaydi. Biroq 1913-yil
yanvarda bu gazetalarning faoliyati rus maʼmurlari tomonidan taqiqlab qoʻyildi. Istanbulda taʼlim
olgan koʻplab buxoroliklarning yurtiga qaytishi bilan maorif ishlari yana jonlandi. 1914-yildan
boshlab Yosh buxoroliklar maʼrifatchilikdan siyosat sohasiga oʻtdilar. Yosh buxoroliklar amirlik
tuzumini isloh qilish toʻgʻrisida dadil fikrlar bilan maydonga chiqishdi. Ularning ijtimoiy, siyosiy,
maʼrifatparvarlik faoliyati partiya mazmunida endilikda yangicha maqsad va yoʻnalish kasb etdi.
Buxoroda „Maʼrifat“ kutubxonasi va „Barakat shirkati“ tuzilib, ular kitoblar nashr qilish va xorijda
chiqarilgan turli adabiyotlar, gazeta va jur.larni Buxoroda tarqatish bilan shugʻullanadilar. Bu
ishlarda Abdulvohid Burhonov, Ahmadjon Hamdiy, Mirzo Siroj Hakim faollik koʻrsatishdi. Biroq
ularning maʼrifatparvarlik intilishlari avval amir Abdulahad, soʻngra uning oʻgʻli Olimxon
tomonidan katta qarshilikka uchradi. 1917-yil fevral inqilobi Yosh buxoroliklar ichida kuchlar
nisbatining qayta guruxlanishini tezlashtirdi. Astasekin isloh qilish tarafdorlari boʻlgan jadidlarga
Abdulvohid Burhonov, islohot sohasida faol harakatlarni qoʻllovchi, nisbatan oz sonli yosh
jadidlarga Abdurauf Fitrat yetakchilik qildi. Yosh buxoroliklar Petrograddagi Muvaqqat hukumatga
amirlikda demokratik islohotlar oʻtkazishni soʻrab, 2 marta telegramma yubordi, Abdurauf Fitrat va
Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev Petrogradga joʻnatildi. Ular Rossiyadan maxsus komissiya kelayotgani
sababli Orenburgdan Buxoroga qaytishdi. Rus rezidenti Aleksander Yakovlevich Miller Buxoroda
Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Abdulvohid Burhonov va boshqalar bilan uchrashib, Yosh buxoroliklar
talablari bilan qiziqdi. Yosh buxoroliklar yangi usul maktablari ochish, matbuotga erkinlik berish,
xalq hukumati tuzish talablarini ilgari surdi. Buxoro amiri Olimxon Miller va uning yordamchisi
Shulga tuzgan manifest matnini ayrim tuzatishlar bilan farmoni oliy tarzida eʼlon qildi (1917-yil 7
aprel) Amir farmonida nufuzli kishilardan iborat majlis tuzish, davlat xazinasini taʼsis etish va
mamlakat byudjetini belgilash, poytaxtda bosmaxona ochish, sanoat va savdoni rivojlantirish,
soliklarni tartibga solish, amaldorlar ustidan nazorat oʻrnatish va ularga moyana toʻlash kabilar tilga
olingan edi. Yosh buxoroliklarning Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev va Usmon Xoʻjayev
boshchiligidagi soʻl qanoti farmon eʼlon qilingan kunning ertasiga Buxoro shahrida katta namoyish
uyushtirdi va Registonda miting oʻtkazdi (qarang Buxoroda 1917-yil aprel namoyishi). 14 aprelda
amir oʻz farmonini bekor qildi. Yosh buxoroliklar endi amir hokimiyatiga qarshi yashirin kurash
yoʻliga oʻtdi. Ular Buxoro shahrini tark etishga majbur boʻldi va Yangi Buxoro (Kogon)ga kelib
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
406
oʻrnashdi. Kogonda ular safiga Buxorodan avval chiqib ketgan yirik savdogar Muhiddin Mansurov
oʻgʻillari (Abdulqodir, Amin, Isom Muhiddinov) va boshqalar bilan kelib qoʻshildi. 1917-yil aprel
voqealari Yosh buxoroliklar partiyasi ichidagi boʻlinishni chukurlashtirdi va unda Abdulvohid
Burhonov boshchiligidagi oʻng qanot vaqtinchalik ustun keldi. Keyinchalik Yosh buxoroliklar
partiyasidan qisman isloxrtlar oʻtkazish tarafdori boʻlgan jadidlarning ulamolar bilan bogʻlangan
Ikrom domla boshchiligidagi guruhi ajralib chiqdi. Yosh buxoroliklar safidan yirik sarmoyadorlar
chiqib, unga koʻproq shahar kambagʻallari kirdi.
1917-yil oktabr-noyabr oylarida Petrograd va Toshkentda sodir boʻlgan voqealar Buxoro
amirligida katta akssado berdi. Toshkent va Fargʻonadagi jadidlar Turkistonda muxtoriyat eʼlon
qilish uchun harakat qilgan boʻlsa, Yosh buxoroliklar Buxoroda amirning istibdod tuzumiga karshi
kurashni davom ettirdi. Yosh buxoroliklar partiyasi ichida turli guruhlarning borligi, karashlarning
xilma-xilligi tufayli yagona dastur tuzishga ehtiyoj tugʻildi. Markaziy qoʻmita bu vazifani 1917-yil
noyabrda
Abdurauf
Fitratga
topshirdi.
Abdurauf
Fitrat
bu
paytda
Samarqandda
chiqayotgan „Hurriyat“ gazetaning bosh muharriri edi. Markaziy qoʻmita Abdurauf Fitrat
tomonidan 1918-yil yanvarda yozilgan Yosh buxoroliklar partiyasining dasturini tasdikladi va
islohot loyihasi sifatida eʼlon qildi. Unda mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish,
Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va harbiy mustaqilligini taʼminlash, madaniy taraqqiyot, dehqonchilik
va soliqtizimi masalalariga alohida eʼtibor berildi, zamonaviy armiyani tashkil etish, 2 yillik
majburiy harbiy xizmatni joriy qilish, davlat hisobidan maktablar va oliy oʻquv yurtlari ochish, 10
nozirlikdan iborat Nozirlar kengashi tuzish taklif etildi. Fayzulla Xoʻjayev Abdurauf Fitrat
loyihasining ancha cheklanganligini tanqid qilib, unda boshqaruvning respublika usulini joriy etish
talab qilinmaganligini taʼkidladi. Okt. toʻntarishidan keyin sovet Rossiyasi bilan Buxoro oʻrtasidagi
munosabatlar yomonlashdi. Qoʻqon shahrida faoliyat koʻrsatayotgan Turkiston Muxtoriyati
hukumatini qizil askarlar va arman dashnoqlarining qurolli kuchlari yordamida 1918-yil 19-12
fevralda agdarib tashlagan bolsheviklar endi Buxoroda bir zarb bilan amirlik hokimiyatini ham
tugatmoqchi edi. Ular shu maqsadda Fayzulla Xoʻjayev boshchiligidagi Yosh buxoroliklarni
qoʻllabquvvatlashdi. Yosh buxoroliklar esa oʻz kuchlari bilan hukumatni qoʻlga ololmasdi. 1918-
yil fevral oyining oxirida Turkiston XKS raisi F. I. Kolesov Ashxoboddan Toshkentga
kaytayotganda Qoʻqon shahrida Yosh buxoroliklar rahbarlari bilan uchrashib, amir hokimiyatiga
qarshi kurashda oʻz „xizmat“ini taklif qildi. Yosh buxoroliklarning 7 kishidan iborat inqilobiy
qoʻmitasi (rais-Fayzulla Xoʻjayev) tuzildi. Ana shunday murakkab bir vaziyatda Buxoroda 1918-
yil mart fojialari sodir boʻldi (qarang Kolesov voqeasi). Oqibatda 3 mingdan ortiq Yosh buxoroliklar
oʻldirildi. Buxorodan tashqari Gʻijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorakoʻl tumanlari va Chorjoʻy,
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
407
Xatirchi, Karmana, Qarshi, Shahrisabz bekliklarida ham minglab kishilar jadidliqda nohaq ayblanib,
qatl etildi. Yosh buxoroliklar amirlik hududidan darxrl chiqib ketishga majbur boʻldi va Turkiston
respublikasidan siyosiy boshpana soʻradi. Sovet Turkistoni rahbarlari Yosh buxoroliklarga noxush
munosabatda boʻddi. Muhojirlikdagi Yosh buxoroliklarning koʻpchiligi ocharchilik natijasida
qirilib ketdi. Yosh buxoroliklar partiyasida gʻoyaviy tushkunlik, guruhbozlik va parokandalik yuz
berdi. Muhojirlikning dastlabki davrida (1918-yil mart-iyun) Fayzulla Xoʻjayev Yosh buxoroliklar
qoʻmitasining raisi sifatida safdoshlarini ishga joylashtirish va moddiy jihatdan taʼminlash bilan faol
shugʻullandi. Toshkentda 1918-yil aprel-may oylarida Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev boshchiligida
Yosh buxoroliklarning soʻl eserlar guruhi tashkil topdi. Samarqanddagi shunday guruhga Otaulla
Xoʻjayev rahbarlik qildi (bu guruh 1918-yil 25 sentabrgacha ishladi). Muhojirlikning 2davrida
(1918-yil oʻrtalaridan to 1919-yil gacha) RSFSR va Turkiston Millatlar ishi boʻyicha komissarliklari
krshida
Yosh
buxoroliklarning
boʻlimlari
ochildi,
Fayzulla
Xujayev
Turkiston
respublikasining RSFSR hukumati huzuridagi muxtor vakolatxonasida Yosh buxoroliklar
partiyasining boʻlimini tashkil qildi (1918-yil oktabr). Buxoro amirligida demokratik gʻoyalarni
targʻib qilish uchun Yosh buxoroliklar tomonidan oyida 2 marta oʻzbek va tojik tillarida jurnal nashr
etila boshlandi. 1918-yil 16 noyabr da Moskvada Yosh buxoroliklarning Turkiston MIKdagi muxtor
vakolatxonasi yigʻilishida Fayzulla Xoʻjayev tayyorlagan dastur (programma) kabul kilindi. Unda
Buxorodagi ijtimoiy tuzum va xalq ahvoli yoritildi, Buxorodagi amir hukumatini agʻdarib tashlash
uchun tashviqotchi xodimlar tarbiyalash, Buxoro va Turkiston xalklari bilan aloqa bogʻlash, amirga
qarshi xalq koʻzgʻolonini tayyorlash va unga rahbarlik qilish, qoʻzgʻolonchilarni qurolyarogʻ bilan
taʼminlash masalalari koʻzda tutildi. Yosh buxoroliklarning maqsadi — Buxoroda demokratik xalq
respublikasi oʻrnatish, deb eʼlon etildi. 1919-yil oʻrtalariga kelib , Yosh buxoroliklarning Toshkent,
Samarqand, Mari, Karki, Kattaqoʻrgʻonda boʻlimlari va Kogonda shahar byurosi tuzildi. Shu yil
dek.gacha ularning 3 marta qurultoyi chaqirildi. 1920-yil yanvarda Toshkentda Fayzulla Xoʻjayev
boshchiligida inqilobchi Yosh buxoroliklar partiyasi Turkiston Markaziy byurosi tashkil etildi.
1920-yil 15 apreldan Yosh buxoroliklar partiyasining organi „Uchqun“ gazeta chika boshladi
(muharrir — Fayzulla Xoʻjayev). U Toshkentda chop qilinib, Buxoroda maxfiy ravishda tarkatildi.
Inqilobchi Yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi 1920-yil 13-14 iyundagi
birlashgan konferensiyasida Fayzulla Xoʻjayev tuzgan dasturni kabul qildi. Dastur „Zulmga qarshi
birlashingiz!“ degan shior va kirish qismi bilan boshlanadi. Bu qismda Buxoroning umumiy ahvoli
va Yosh buxoroliklarning asosiy maqsadlari, 2qismida esa Yosh buxoroliklarning amaliy takliflari,
islohot va mamlakatni idora qilishni tashkil etish rejasi bayon etildi. Shariat-adliya ishlarini olib
borishning negizi deb eʼtirof kilindi. Dasturda amirlikni qurol kuchi bilan agʻdarib tashlash va
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
408
Buxoroni demokratik xalq respublikasi deb eʼlon qilish talabi qoʻyiladi. Katta boylar qoʻlidagi
yerlarni musodara qilish, bepul boshlangʻich taʼlim joriy etish, qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik,
ichki va tashqi savdoning ahvolini yaxshilash yoʻlida amaliy choratadbirlar koʻrish zarurligi
taʼkidlanadi. Markaziy byuro Buxoro xalqi va askarlariga karata oʻzbek va tojik tillarida
„Xitobnoma“ chiqarib, amir hokimiyatini agʻdarib tashlash uchun xalq qoʻzgʻoloni boshlashga
daʼvat qildi. 17.000 nusxa xitobnoma va 10.000 nusxa partiya dasturi tarkatildi. Yosh buxoroliklar
tashkilotlari butun amirlik hududi boʻylab tuzilgan, hatto Eski Buxoroda uning 12 shoʻʼbasi mavjud
edi. Bolsheviklar Yosh buxoroliklardan amirlik hokimiyatini agʻdarishda foydalandi. Yosh
buxoroliklar ham taktik maqsadlarni koʻzlagan holda bolsheviklar bilan yaqinlashdi. 1920-yil 2
sentabrda Turkfront qoʻmondoni M. V. Frunze boshchiligidagi qizil askarlar keskin janglardan
soʻng Buxoro shahrini bosib oldi (qarang Buxoro bosqini). Amir Olimxon hokimiyati agʻdarib
tashlandi. Xalq Nozirlar Shoʻrosi, Inqilobiy qoʻmita va BKP MKning umumiy yigʻilishida (1920-
yil 14 sentabr) 9 kishidan iborat Butun Buxoro inqilobiy qoʻmitasi (raisi-Abdulqodir Muhiddinov)
va respublika hukumati — 11 kishidan iborat Xalq Nozirlar Shoʻrosi (raisi — Fayzulla Xoʻjayev)
tuzildi (qarang Buxoro Xalq Sovet Respublikasi
. Yosh buxoroliklar oʻz islohotchilik gʻoyalarini
yangi hukumatdagi faoliyati davomida amalga oshirishga harakat qildi. Buxoroda amirlik tuzumini
agʻdarib tashlashdek oʻz tarixiy vazifasini bajargan Yosh buxoroliklar partiyasining aʼzolari 1920-
yil 11 sentabrda umumiy asosda Buxoro kompartiyasi safiga kirdi. Yosh buxoroliklar partiyasining
ayrim aʼzolari (Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Abdulhamid Oripov va boshqalar) keyinchalik
Buxorodagi istiqlolchilik harakati saflariga oʻtib, kizil askarlarga karshi kurashda katnashdi. 1923-
yil iyunda Moskvaning qatʼiy talabi bilan Otaulla Xoʻjayev (tashqi ishlar noziri), Abdurauf Fitrat
(maorif noziri), Sattor Xoʻjayev (moliya noziri), Muinjon Aminov (Ekoso raisi) va boshqalar sobiq
Yosh buxoroliklar lavozimlaridan olinib, Buxoro davlati hududidan chiqarib yuborildi. Yosh
buxoroliklar safidagi jadidlarning deyarli hammasi 30 yillarning oʻrtalarida qatagʻon qilindi.
Xulosa
qilib shuni aytish lozimki, shu davlarning bir qismi hisoblangan
– tengdoshi Buxoroi Sharifning muqaddas tarixi har inson qalbini to‘lqintiradigan
mo‘jizalar kuchiga ega. Buxoro qadimdan to hozirga madaniyat va ilm – fan markazi bo‘lib kelgan
va davom etib kelyapti. Shunday ekan XX asr davomida Buxoroda juda ko‘p ilmiy – tarixiy
muassasalar faoliyat ko‘rsatgan. Ular ma’lum bir davrda rivojlanib ma’lum bir davrda tarix
sahnasidan ketgan. Masalan: Buxoro amirligi davrida ma’naviy – ilmiy hayotda nazar tashlasak, bu
davrda ijod qilgan amirlar, tarixnavislar, ko‘pchiligini tashkil etadi. Ulardan Ahmad Doniy,
Sadriddin Ayniy va boshqalar o‘z asarlari, ijodlari bilan xalq ishonchiga kirib borganlar va ilm –
ma’rifatni rivojlantirishga sabab bo‘lganlar. Respublika davrida (1920-1924) yillar esa Buxoroda
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
409
ilmiy – jamiyat tashkil etib shu tashkilotning rahbarlari Fitrat, Otajon Payrov Sulaymoniy,
Abduvohid Burxonov, Sadriddin Ayniylar xalqni ma’rifatli qilishga madaniyatni yuksaltirishga
harakat qilganlar. Sho‘ro 48 davrida esa ilmiy – tarixiy muassasalar deyarli rivojlangan edi. Qadrlar
siyosatdan ham bilsa bo‘ladi. Mustaqillik yillarida unut bo‘lgan qadimiy madaniyatimiz tiklandi,
ilmiy – tarixiy muassasalar faoliyatiga keng yo‘l ochib berildi. Hozirda esa ilmiy tarixiy muassasalar
soni ko‘payib rivojlanib bormoqda. Ularni yanada rivojlantirib boyitish biz yosh avlodlarning asosiy
vazifalarimizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ярашова, М. . (2024). ЖАҲОН ЭТНОЛОГИЯСИ ФАНИ ВА УНИ ЎҚИТИШНИНГ
ЗАМОНАВИЙ МЕТОДОЛОГИЯСИ.
Modern Science and Research
,
3
(10), 362–368.
Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/44901
2.
Ярашова, М. (2024). БУХОРО ВОҲАСИДА МАТО ВА МАТО ТАЙЁРЛАШ
УСУЛЛАРИ.
Modern Science and Research
,
3
(11), 782–787. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48057
3.
Yarashova Mohlaroyim Shuhratovna. (2024). Muyiddin Ibn Arabiyning Tasavvuf
Ta’limotida Tahsil Olgan Ayol Ustozlari Va Ta’lim Bergan Ayol Shogirdlari.
Miasto
Przyszłości
,
52
,
622–625.
Retrieved
from
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4679
4.
Yarashova, M. (2024). ILK O’RTA ASR MANBALARIDA KIYIM-KECHAKLAR VA
ULAR BILAN BOG’LIQ ATAMALAR TAVSIFI.
Modern Science and Research
,
3
(12),
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/58456
5.
Ярашова, М. (2025). ПАРАНЖИ ВА УНИНГ ЎРГАНИЛИШ ТАРИХИ.
Modern
Science
and
Research
,
4
(1),
160–168.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/60323
6.
Yarashova, M., Sa’dullayev, U., & Yo’ldosheva, F. (2025). BUXORO VOHASI
AYOLLARINING AN’ANAVIY BOSH KIYIMLARI- DO‘PPI VA RO‘MOL.
Modern
Science
and
Research
,
4
(1),
600–607.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/64116
7.
Yarashova , M. ., & Sultonova, M. (2025). BUXORO VOHASI DAFN MAROSIMI
KIYIMLARI VA ULAR BILAN BOG’LIQ IRIM-SIRIMLAR.
Modern Science and
Research
,
4
(1),
352–358.
Retrieved
from
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
410
8.
Yarashova, M. (2025). EDVARD TAYLOR –ETNOLOGIYADA EVOLYUTSIONISTIK
MAKTAB ASOSCHISI.
Modern Science and Research
,
4
(2), 1005–1012. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/68483
9.
Yarashova, M., Yuldosheva, F., & Haqqulov, M. (2025). TA’LIM OLISH TARTIBI:
YANGILANISH VA O’ZGARISHLAR. MASOFAVIY, DUAL VA INKLYUZIV
TA’LIM.
Modern
Science
and
Research
,
4
(2),
73–80.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/70712
10.
Haqqulov,
M.,
Yarashova,
M.,
&
Yuldosheva,
F.
(2025).
ТARIXIY
KARTOGRAFIYANING
ASOSIY
YO‘NALISHLARI,
SHAKLLANISHI
VA
TARAQQIYOTI.
Modern Science and Research
,
4
(2), 81–91. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/70714
11.
Gulyamov, A., Yarashova, M., & Karimov, S. . (2025). O‘RTA ASRLARDA G‘ARBIY
YEVROPADA
SHAHAR-QAL’A,
SHAHAR-CHERKOV, SAVDO O‘BYEKTI
AHAMIYATIGA OID SHAHARLARNING VUJUDGA KELISHI.
Modern Science and
Research
,
4
(3),
122–131.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
12.
Yarashova , M. . (2025). IBN ARABIYNING INSON BORLIG‘IGA DOIR
QARASHLARI: ILM, RUH VA HAQIQAT.
Общественные науки в современном мире:
теоретические и практические исследования
,
4
(1),
72–74.
извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/64262
13.
Gulyamov, A., Yarashova, M., & Karimov, S. (2025). РОЛЬ ХАНА УЗБЕКА В
РАСПРОСТРАНЕНИИ ИСЛАМА В ЗОЛОТОЙ ОРДЕ.
Modern Science and
Research
,
4
(3),
146–154.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
14.
Yuldosheva, F., Haqqulov, M., & Yarashova, M. (2025). QADIMGI TURKIY
XALQLARDA “QUT” MAROSIMI XUSUSIDA.
Modern Science and Research
,
4
(3),
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/72375
15.
Yarashova , M., & Rahimova, N. (2025). JADIDCHILARNING MA‘RIFATPARVARLIK
HARAKATLARI VA ULARNING XALQ MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISHDAGI
O’RNI.
Modern
Science
and
Research
,
4
(3),
398–408.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/7306
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
411
16.
Yarashova, M. (2025). TAQINCHOQLAR VA ULARNING AHOLI ETNIK HAYOTIDA
TUTGAN O’RNI.
Modern Science and Research
,
4
(3), 778–790. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/72864
17.
Gulyamov, A., Yarashova, M., & Karimov, S. (2025). BUXORO VOHASIDA MATO VA
MATO TAYYORLASH USULLARI. PAXTA. G‘UZAK. JUN. XALAJI. BO‘Z.
OLACHA. BEQASAM. BAXMAL. ADRAS.
Modern Science and Research
,
4
(3), 330–
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/73808
18.
Xayrullayev , U., Sadullayev, U. ., Yarashova, M., & Boltayev, O. (2025). XIX ASR OXIRI
XX ASR BOSHLARIDA QO‘SHNI DAVLATLARNING POLSHAGA NISBATAN
YURITGAN SIYOSATI.
Modern Science and Research
,
4
(3), 420–432. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/74107
19.
Yarashova, M., & Rahimova , N. (2025). FAYZULLA XO’JAYEV ILMIY
FAOLIYATINING DASTLABKI DAVRI.
Modern Science and Research
,
4
(3), 448–457.
Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/74113
20.
Boltayev , O., Yarashova , M. ., Xayrullayev, U. ., & Sadullayev, U. (2025). OYROT
QABILASI VA ULARNING DAVLATCHILIK ASOSLARING SHAKLANISHIGA
UMUMIY TAVSIF.
Modern Science and Research
,
4
(3), 600–608. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/75573
21.
Yarashova, M., Boltayev, O. ., Xayrullayev, U., & Sadullayev, U. (2025). BUXORO
VOHASI AYOLLARINING AN’ANAVIY LIBOSLARI (XIX ASR OXIRI XX ASR
BOSHLARIDA).
Modern Science and Research
,
4
(3), 571–581. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/75785
22.
Yarashova, M. (2025). FRANS BOAS: ETNOANTROPOLOGIYA, MADANIYAT VA
IRQIY DISKRIMINATSIYAGA QARSHI KURASH.
Modern Science and Research
,
4
(4),
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/79259
23.
Muyiddinov, B. (2023). XII-XIII ASRLAR DAVRIDA BUXORODA ILM – FANNING
RIVOJLANISHI. SCHOLAR, 1(28), 341–345.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10027071
24.
Muyiddinov Bekali. (2023). MO’G’ULLAR BOSQINI DAVRIDA BUXORONING
AYANCHLI
TAQDIRI. TADQIQOTLAR.UZ, 25(2),
212–215.
Retrieved
from
http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/308
25.
Muyiddinov Bekali. (2023). THE ROLE OF BUKHARA AND OTHER CITIES IN THE
MILITARY ART AND ARMY STRUCTURE OF KHOREZMSHAHS . ОБРАЗОВАНИЕ
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
412
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 35(3), 55–58. Retrieved from
https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10035
26.
Muyiddinov, B. (2024). BARTHOLD'S "СОЧИНЕНИЯ. ТОМ I. ТУРКЕСТАН В
ЭПОХУ МОНГОЛЬСКОГО НАШЕСТВИЯ" THE HISTORY OF THE CREATION OF
THE
WORK.
MODERN
SCIENCE
AND
RESEARCH,
3(1),
699–
https://doi.org/10.5281/zenodo.10552555
27.
Muyiddinov, B. (2024). THE ROLE OF MILITARY REFORMS IN THE BUKHARA
KHANATE IN THE LIFE OF THE STATE UNDER THE SHAYBANIDS. MODERN
SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 646–648.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10668887
28.
MB Bahodir o’g’li. (2024). Military Art of Turkish Khaganate in the Early Middle Ages.
European Journal of Innovation in Nonformal Education, 4
(16), 223–227.
https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/2705/2586
29.
XORAZMSHOHIDLAR DAVLATI HAYOTIDA TURKON XOTUNNING O’RNI.
(2024). MEDICINE,
PEDAGOGY
AND
TECHNOLOGY:
THEORY
AND
PRACTICE, 2(4),
463-
https://universalpublishings.com/index.php/mpttp/article/view/5192
30.
Muyiddinov Bekali Bahodir o'g'li. (2024). The coronation and campaigns of Alexander The
Great. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА,
https://doi.org/10.5281/zenodo.11222912
31.
Muyiddinov Bekali. (2024). COVERAGE OF LEGAL ISSUES IN "AVESTO".
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(6), 222–
https://doi.org/10.5281/zenodo.12191420
32.
MUYIDDINOV BEKALI, & QORYOG’DIEV Z. (2022). ABOUT THE CONQUEST OF
BUKHARA BY THE KHOREZMSHAHS. International Journal of Philosophical Studies
and
Social
Sciences, 2(3),
158–161.
Retrieved
from
https://www.ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss/article/view/383
33.
Muyiddinov Bekali Bahodir o’g’li. (2024). History of State Institutions in the Kushan State,
Which Founded Statehood on the Territory of Central Asia. EUROPEAN JOURNAL OF
INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(9), 184–188. Retrieved from
https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/4070
34.
Bahodir o’g’li, M. B. (2024). Avesto is an Ancient Written Monument Containing
Information About the Life of the Peoples of Central Asia.
Miasto Przyszłości
,
53
, 970–975.
Retrieved from
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4982
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
413
35.
Muyiddinov
Bekali.
(2024). SOMONIYLAR
DAVLATIDA
HARBIYLARGA
BERILGAN E'TIBOR VA HARBIY SAN'AT.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14209121
36.
Muyiddinov
Bekali.
(2024).
O'ZLIKNI
NAMOYON
QILISHDA
XALQ
DOSTONLARINING AMALIY AHAMIYATI VA KITOBIY DOSTONLARNING
https://doi.org/10.5281/zenodo.14528916
37.
Sadullayev Umidjon Shokir o'g'li, Muyiddinov Begali Bahodir o'g'li, & Boltayev Oxun
Obid
o'g'li.
(2025).
IBN
SINONING
FALSAFIY
https://doi.org/10.5281/zenodo.14605977
38.
Sadullayev Umidjon Shokir o'g'li, Muyiddinov Begali Bahodir o'g'li, & Boltayev Oxun
Obid o'g'li. (2025). YOSHLAR DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIDA MILLIY
TARBIYA VA TAʼLIMNING AHAMIYATI.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14606021
39.
Sadullayev Umidjon Shokir o'g'li, Muyiddinov Begali Bahodir o'g'li, & Boltayev Oxun
Obid o'g'li. (2025). BUXORO AMIRLIGIDA 1900-1910-YILLARDAGI IJTIMOIY-
https://doi.org/10.5281/zenodo.14606101
40.
Muyiddinov Bekali. (2025). ILK O'RTA ASRLARGA OID MUG' ARXIVINING
https://doi.org/10.5281/zenodo.14680881
41.
Muyiddinov Bekali Bahodir o'g'li, & Tursuntoshova Sabrina Toshpo'lat qizi. (2025). ABU
RAYHON
BERUNIY
ILMIY
MEROSIDA
TARIX
FANINING
https://doi.org/10.5281/zenodo.14735052
42.
Gadayeva Mohigul Muxamedovna, Toshpo`latova Shaxnoza Shuhratovna, & Muyiddinov
Bekali. (2025). TARIX DARSLARINI O`QITISHDA INTERFAOL METODLARNING
https://doi.org/10.5281/zenodo.14863055
43.
Muyiddinov Bekali, Toshpo'latova Shaxnoza Shuhratovna, & Gadayeva Mohigul
Muxamedovna.
(2025).
TEMURIYLAR
DAVRIDA
KUTUBXONACHILIK,
HUJJATCHILIK
VA
ISH
YURITISHNING
O'ZIGA
https://doi.org/10.5281/zenodo.14863114
44.
Toshpo'latova Shaxnoza Shuhratovna, Gadayeva Mohigul Muxamedovna, & Muyiddinov
Bekali. (2025). BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
TAYYORGARLIGINI
TARKIB
TOPTIRISH
https://doi.org/10.5281/zenodo.14863169
45.
Muyiddinov Bekali. (2025). BUXORO AMIRLIGIDA DASTLABKI ARXIVLARNI
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
414
46.
Muyiddinov Bekali Bahodir o'g'li, & Teshayeva Shahzoda Rahimovna. (2025, февраль 19).
QADIMGI MISRDAN DARAK BERUVCHI TUTANXAMON - SIRLI FIR'AVN
https://doi.org/10.5281/zenodo.14894992
47.
Muyiddinov Bekali. (2025). RESPUBLIKAMIZDA ARXIVLARNING SHAKLLANISHI
VA
TARMOQLI
RAVISHDA
KENGAYIB
https://doi.org/10.5281/zenodo.15023257
48.
Muyiddinov Bekali Bahodir o'g'li, & Teshayeva Shahzoda Rahim qizi. (2025). MIRZO
ULUG'BEKNING "TARIXI ARBA-ULUS" ASARI O'RTA OSIYO TARIXINI
https://doi.org/10.5281/zenodo.15098265
49.
Yuldosheva Feruza Yashin qizi, Muyiddinov Bekali Bahodir o'g'li, & Xayrullayev Umid
Fayzullo o'g'li. (2025, апрель 5). AMIR TEMUR VORISLARI: SIYOSIY, HARBIY VA
MADANIY MEROSNING DAVOMIYLIGI.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15160941
50.
Yuldosheva Feruza Yashin qizi, Muyiddinov Bekali Bahodir o'g'li, & Xayrullayev Umid
Fayzullo o'g'li. (2025, апрель 5). JAHONDA KINO SAN'ATINING RIVOJI VA ARXIV
https://doi.org/10.5281/zenodo.15160951
51.
Xayrullayev Umidjon Fayzulo o'g'li, Muydinov Bekali Bahodir o'g'li, & Yuldosheva Feruza
Yashin qizi. (2025, апрель 5). POLSHANING I JAHON URUSHIDAN KEYINGI
https://doi.org/10.5281/zenodo.15160956
52.
Xayrullayev, U. (2024). THE IDEA THAT MADE THE OTTOMAN STATE GREAT
(RED APPLE II). Modern Science and Research, 3(2), 1071-1073.
53.
Xayrullayev, U. (2024). BRIEFLY ABOUT THE" RED APPLE" MYTHOLOGY OF THE
TURKS. Modern Science and Research, 3(1), 568-572.
54.
Umidjon, X. (2024). Literacy and Information Exchange in the Ancient East and West.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3), 179-
183.
55.
Xayrullayev, U. (2024). THE POSITION OF CENTRAL ASIAN GOVERNORSHIPS
DURING THE PERIOD OF THE TURKISH KHANATE AND THE ARAB INVASION.
56.
Xayrullayev, U. (2024). EFTALLAR DAVLATI VA TURK XOQONLIGIDA
HUKMDORLIK LEGITIMATSIYASI. Modern Science and Research, 3(12), 843-851.
57.
Xayrullayev, U. (2024). TURK XOQONLIGI VA ARABLAR BOSQINI DAVRIDA
O’RTA OSIYO HOKIMLIKLARINING MAVQEYI. Modern Science and Research, 3(12),
339-343.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
415
58.
Xayrullayev, U., Sayfutdinov, F., & Rahmonova, S. (2025). SHAYBONIYLAR DAVLATI
VA USMONLI TURKLAR DAVLATI O’RTASIDAGI DASTLABKI ALOQALAR
TAVSIFI. Modern Science and Research, 4(1), 147-154.
59.
Xayrullayev, U. (2025). BUXORO VILOYATINING IQTISODIY HOLATI (1990-1991
YILLAR). Modern Science and Research, 4(1), 1018-1024.
60.
Umidjon, X. (2023). 1918-1939-yillarda Polshaning ichki siyosatidagi o'zgarishlar. ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).
61.
Xayrullayev, U. F. (2023). 1918-1939 YILLARDA POLSHANING ICHKI
SIYOSATIDAGI O ‘ZGARISHLAR. SCHOLAR, 1(28), 337-340.
62.
Xayrullayev, U. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA BUXORO VILOYATIDAGI
IJTIMOIY HOLAT. Modern Science and Research, 4(2), 1186-1193.
63.
Xayrullayev, U., & Farhodjonova, Z. (2025). MUSTAQILLIKNING DASTLABKI
YILLARIDA BUXORO VILOYATIDAGI IQTISODIY VAZIYAT. Modern Science and
Research, 4(2), 494-503.
64.
Rahmonova, S., Xayrullayev, U., & Sayfutdinov, F. (2025). “ОММАВИЙ МАДАНИЯТ”
НИНГ МОҲИЯТИ, ТАРИХИЙ ИЛДИЗИ, ХАРАКТЕРИ ВА РИВОЖЛАНИШ
БОСҚИЧЛАРИ. Modern Science and Research, 4(1), 479-488.
65.
Xayrullayev, U., Muydinov, B., & Yuldosheva, F. (2025). POLSHANING I JAHON
URUSHIDAN KEYINGI AHVOLI. Modern Science and Research, 4(4), 36-48.
