E’TIQODNING NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada e’tiqod har bir shaxsda mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan dunyoqarashning bir ko‘rinishi bo‘lib, shaxs, jamiyat tomonidan muayyan g‘oya, inson va dinlarga chin dildan ishonish, ergashish, sodiq va vafodor bo‘lishi kerakligi falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Ayniqsa, e’tiqod o‘z burchini anglagan, qattiq ishonch va mustahkam irodaga ega bo‘lgan, har qanday vaziyatlarda ham sadoqatli bo‘la olgan, vijdonini unutmagan insonlarda mustahkam bo‘lishi, e’tiqodsiz kishi ju’ratsiz, o‘z so‘zida qattiq turmaydigan, har xil kuch va ta’sirga beriluvchan, bugun bir narsaga, ertasiga ikkinchi bir narsaga intiluvchan bo‘lishi turli fakt va argumentlarga tayangan holda asoslab berilgan.