Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning bugungi kunda ta’lim tizimida shiddat bilan kirib kelishi, tarix darslarida talabalarning faolligini oshirish, axborot texnologiyalaridan foydalanish, tarixiy tadqiqotlar sohasidagi axborotlashtirishning tezkor jarayonlari hamda ta’limga innovatsion o‘qitish texnologiyalarini samarali tatbiq etish yoritib berilgan.
Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi ijtimoiy tarmoqlarning, shuningdek, medianing òrni va ahamiyati tòğrisida soʻz boradi. Bu esa òz òrnida media texnologiyalarining bir qancha ijobiy va salbiy tomonlarini oʻquv jarayoniga kòrsatadigan ta’siri uning yutuq va kamchiliklari borasida ma’lumotlar berilgan.
Ushbu maqolada Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash borasida strategik qarorlar qilish va qaror qabul qilish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashning o‘ziga xos yondashuvlari va bu borada amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning natijadorligi keng yoritilgan.
Hozirgi paytda futbol amaliyoti va nazariyasi hamda usuliyatida uchta turdagi rejalashtirish mavjud (istiqbolli, joriy, tezkor). Ularning har biri xususiyatlariga ega hamda bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. o‘z Yillik mashg‘ulot siklida tayyorgarlik davri futbolchilar tayyorlashda eng muhim hisoblanadi. Chunki, bu davrda musobaqa davrida muvaffaqiyatli qatnashish uchun baza yaratiladi.
Mazkur maqolada joriy yilda mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan, qonunchilikni isloh qilishni talab etadigan konstitutsiyaviy islohotlar va undan kelib chiqqan holda qabul qilingan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi haqida bayon etilgan. Shuningdek, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va milliy qonunchilikni takomillashtirish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan.
Ushbu tesizda insonlarning psixologik axborot xavfsizligi haqida ma’lumotlar berilgan, shaxsiy ma‘lumotlarning xavfsizligi inson ruhiy salomatiliga ta‘siri va ma‘lumotlarning ishonchli saqlash va nazorat qilish haqida fikrlar berilgan.
Ushbu maqolada virtual voqelik tushunchasi, uning turlari, yoʻnalishlari va qoʻllanilish sohalari hamda uning ta’limdagi oʻrni haqida qisqacha tavsif berilgan.
Ushbu maqolada o’smir yoshdagi o’quvchilarda kuzatiladigan xulq-atvor ko’rinishlarini shakllanishi, ularni shakllanishiga sabab bo’luvchi omillarni aniqlash va shuningdek, ularga to’g’ri diagnoz qo’yish va ular bilan korreksiya ishlarini olib borish usullari haqida ma’lumotlar berilgan.
Ushbu maqolada iqtisodiyot, mexanika, matematika, fizika, muhandislik masalalarining analitik va sonli yechimlarini bajarishda “MAPLE” dasturining tutgan o‘rni haqida so‘z boradi.
Ushbu maqolada brayl matn tasvir sifatini oshirish usullari haqida so‘z boradi. Haqiqiy hayotda brayl alifbosidagi hujjatlarning koʻp tasvirlari sifatsiz boʻlgani uchun, bu maqolada koʻrib chiqish lozim: interpolyatsiya, shovqinni filtrlash, morfologik operatsiyalar kabi turli xil dastlabki ishlov berish algoritmlari va global konturlar haqida ma’lumot berilgan.
Ushbu ishda O‘zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat tizimining jamiyatda tutgan o‘rni, maqsad va vazifalari, yo‘nalishlari, rivojlanish tarixi, sobiq ittifoq davrida va mustaqillik yillarida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanish xususiyatlari, mustaqillik yillarida jismoniy madaniyat tizimida olib borilgan islohatlar va ularning ijobiy samarasi keng ochib berilgan.
Согласно данным государственный комитет по статистике, стало известно, что в 2021-2022 учебном году, в городах Узбекистана насчитывается 3921 общеобразовательное учреждение. В 2017-2018 учебном году, данный показатель был почти на 6% ниже и составлял 3706 общеобразовательных учреждений. Помимо этого, Госкомстат, также опубликовал данные и за другие периоды. В 2018-2019 учебном году насчитывалось 3730 общеобразовательных учреждений, в 2019-2020 учебном году - 3861, в 2020-2021 – 3893 [1]. Сегодня в Узбекистане число учеников составляет 6,24 млн [2]. Важно отметить, что более 60 процентов населения Узбекистана составляет молодежь. Поэтому одними из главнейших задач является ее привлечение к участию в современных процессах цифровизации, обеспечение юношей и девушек работой путем поддержки в создании программных продуктов
В представленной диссертации обосновывается актуальность темы исследования, раскрываются некоторые проблемы формирования и функционирования межбюджетных отношений. Авторами определены основные факторы, оказывающие влияние на развитие межбюджетных отношений, как отношения между республиканским бюджетом Республики Узбекистан и республиканским бюджетом Республики Каракалпакстан, областными бюджетами областей, городским бюджетом города Ташкента, бюджетами районов, городов. а также бюджеты государственных целевых фондов. В материале отмечается наличие определенных ограничений, установленных на законодательном уровне республики в бюджетном процессе. Отдельно рассмотрены формы межбюджетных трансфертов. Приведен опыт становления и развития межбюджетных отношений, накопленный в Соединенных Штатах Америки.
Gossypium L. taksonomiyasiga oid so'nggi nashrlarga ko'ra Gossypium L. turkumi G.hirsutum L., G.barbadense L., G.tomentosum Nutt ex Seem., G.mustelinum Miers ex Watt., G.darwinii Watt., G.ekmanianum Wittm va G.stephensii kabi 7 ta allatetraploid turni o'z ichiga oladi [1,] [3], [4], [5], [6].. Tetrapioid turlar orasida G.hirsutum L., G.barbadense L. yengil sanoatni tabiiy tola bilan ta'minlovchi madaniy turlar sifatida soha mutaxassislari tomonidan yaxshi o'rganilgan. Qolgan tetraploidlar haqida esa ilmiy nashrlar nisbatan kam bo'lib, ularning seleksion ahamiyati yetarlicha o'rganilmagan. Jumladan, G.mustelinum turi ham poliploid turlar orasida eng kam o'rganilgan tur bo'lib qolmoqda.
Kovrak turkumi vakillarinining shifobaxshlik xususiyatlari bevosita ularning kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq. Shu sababli, turkum vakillarining kimyoviy tarkibini ko‘plab olimlar o‘rganib kelishmoqda. Ushbu maqolada Ferula L. turkumi vakillari o‘zida saqlagan muhim kimyoviy birikmalar va ularning o‘rganilishi haqida qisqacha ma’lumot berilgan.
Ushbu maqolada biz dinamik muhitda ishlaydigan mobil robotlar uchun yo'lni optimal rejalashtirishga erishish uchun sun'iy neyron tarmoqlarni (ANN) yo'lni rejalashtirish texnikasi bilan birlashtirgan algoritmik asosni taklif qilamiz. Asosiy maqsad - to'siqlar va turli xil atrof-muhit sharoitlarini hisobga olgan holda, robotlarni dinamik bo'shliqlar bo'ylab samarali boshqarish. Matlab dasturining ROS uskunalar panelida simulyatsiyalar va real tajribalar orqali yondashuvimizning samaradorligini ko'rsatamiz. Bizning natijalarimiz samaradorlik va muvaffaqiyat darajasi bo'yicha mavjud yo'lni rejalashtirish algoritmlariga nisbatan ayrim ko‘rsatkichlari yuqori samaradorlikni ko'rsatadi.
Annotatsiya: Xavfsizlikni ta’minlash bugungi Running eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Shuning uchun vidcokuzatuv vositalari orqali olingan tasvirlarga raqamli ishlov beruvchi dasturiy vositalaming o‘mi beqiyosdir. Jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berish dasturiy vositalarining yaratish jarayoni bosqichlari va dasturiy vosita intcrfcysining umumiy tuzilishi hamda vidcokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berishning algoritmlarini yaratish bosqichlarini yangicha usullarda tadbiq etishni taqozo etmoqda.