Ushbu maqolada huquqiy madaniyat va uning tarkibiy qismi hisoblangan inson huquqlari madaniyati, demokratik, huquqiy davlatni qurish va uni yana-da mustahkamlash ko‘p jihatdan, fuqaroviy-huquqiy ta’limni, shu jumladan inson huquqlari bo‘yicha ta’lim jarayonining o‘rni masalasiga e’tibor qaratilgan. Jumladan, yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. Ujamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibliginita’minlovchi va qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
Huquqiy madaniyat — umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi. Insonlar ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo‘lgan va ularni amaliyotda tatbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va bilimli deb hisoblanishi mumkin. Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarininghuquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy e’tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlaydi.
Ushbu maqolada ijtimoiy sohani modernizatsiyalash orqali ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalarni rivojlantirish va bu orqali jamiyat va inson farovonligi, istiqboldagi taraqqiyotiga erishish, ijtimoiy munosabatlarning barqarorlashuvini ta’minlash masalalari tahlil etilgan.
Ushbu maqolada axborot texnologiyalari va jamiyat axborotlashishining rivojlanishi tobora yangidan yangi vazifalarni qoʻyayotganligi va ushbu vazifalar AKTdan foydalanish yoʻnalishlarining ustuvor darajasiga erishish, foydalanuvchilar layoqatliligini oshirish, Internet va raqamli xizmatlardan samarali foydalanishga qaratilganligi yoritilgan. Mazkur vazifalarning aksariyati xalqaro tajribadan foydalangan holda hal etilishi mumkin. Jahondagi mamlakatlarda ahborotlashgan jamiyat rivojlanish darajasini baholash koʻrsatkichlarini tizimlashtirish 2000 yillardan shakllana boshladi. Hozirgi kunda mamlakatlar reytingi bir qator indekslar (Networked Readiness Index, NRI; Digital Evolution Index, DEI; IMD World Digital Competitiveness, WDC; Global ICT Development Index, IDI; Digital Economy and Society Index, DESI) orqali namoyon boʻladi.
This scientific article outlines some methodological issues for conducting a seminar lesson on the topic: “Philosophy and its role in the life of society” in a university philosophy course. In accordance with the lesson plan, issues of object, subject, structure, main issue, function and role of philosophy in the life of society are considered.
Maqolada yangi iqtisodiyotning asosini zamonaviy jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan inson kapitali tashkil etishi, mamlakatlar o‘rtasida kuzatilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy aloqalar ham muayyan chet tilini o‘rganishga turtki bo‘lishi, arab tilini o‘qitishning juda katta ijtimoiy ahamiyati borligi, O‘zbekistonni arab davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalari, arab tilini o‘qitishda arab tili o‘qituvchisining kompetensiyasini shakllantirish nimalardan kelib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan sharoitlar yoritilgan.
Mazkur maqolada mualliflar tomonidan farzandning kelajagiga otaning o‘rni qanchalik muhimligi, hozirgi kunda otalarning farzand tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘layotganligi kabi jamiyat barqarorligi uchun muhim bo‘lgan masalalar tadqiq etilgan.