Ushbu maqolada ijtimoiy sohani modernizatsiyalash orqali ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalarni rivojlantirish va bu orqali jamiyat va inson farovonligi, istiqboldagi taraqqiyotiga erishish, ijtimoiy munosabatlarning barqarorlashuvini ta’minlash masalalari tahlil etilgan.
Ushbu maqolada huquqiy madaniyat va uning tarkibiy qismi hisoblangan inson huquqlari madaniyati, demokratik, huquqiy davlatni qurish va uni yana-da mustahkamlash ko‘p jihatdan, fuqaroviy-huquqiy ta’limni, shu jumladan inson huquqlari bo‘yicha ta’lim jarayonining o‘rni masalasiga e’tibor qaratilgan. Jumladan, yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. Ujamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibliginita’minlovchi va qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
Huquqiy madaniyat — umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi. Insonlar ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo‘lgan va ularni amaliyotda tatbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va bilimli deb hisoblanishi mumkin. Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarininghuquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy e’tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlaydi.
Maqolada hozirgi globallashuv jarayonida yuzaga kelayotgan va mavjud salbiy illatlarning jamiyat rivojiga ta’siri masalalariga to‘xtalgan. Mavjud muammolarni hal etishda ilm-fan va ta’limdagi rivojlanish jarayonida ma’rifatparvar allomalar asarlarini o‘rganish zarurati haqida fikrlar bildirilgan. Jamiyat rivojida ajdodlar merosini o‘rganish, ulardan tarbiya va ta’limda foydalanish, mustaqil fikrlovchi yosh avlod tarbiyasida ularning ahamiyati va zarurati e’tirof etilgan.
Ushbu maqolada bugungi global texnik o‘zgarishlar jarayoni texnika imkoniyatlari, ayniqsa sun’iy intellektning algoritmlarni modellashtirish (nazariyalarni isbotlash, qaror qabul qilish), tabiiy tilni qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish (neyron tarmoqlar, bioalgoritmlar), tasvirni aniqlash, aqlli robotlar, mashina yaratish va xizmat ko‘rsatish sohalarini avtomatlashtirish kabi yo‘nalishlari jamiyat rivojlanishining ajralmas qismiga aylanib borayotganligi ko‘rib chiqildi. Shuningdek ilm-fan rivojlanishining hozirgi bosqichigacha bo‘lgan davrdagi o‘zgarishlar va ilmiy yutuqlar o‘zaro taqqoslangan va sun’iy intellekt imkoniyatlarining sanoat, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, tibbiyot hizmatlar ko‘rsatish va boshqa bir qator sohalaridagi yutuq va kamchiliklari tahlil qilindi.
Maqolada jamiyatda va birinchi navbatda, yoshlar intellektual muhitida falsafiy madaniyatni tiklash zaruriyati haqida so‘z boradi. Bu jihat jamiyatning muhim bosqichlarida dolzarb bo‘lib qoladi, chunki jamiyat taraqqiyoti bevosita jamiyatning ma’naviy-madaniy holatiga bog‘liq. Mualliflar falsafani voqelikning intellektual, qadriyat va amaliy rivojlanishining sintezi deb biladilar.
Maqolada oilaning jamiyatdagi o‘rni, uning rivojlanishidagi ta’siri, oilalar mustahkamligidagi kamchiliklar, mamlakat miqyosida amalga oshirilgan chor- tadbirlar ilmiy tadqiq etilgan.
Maqolada deviant xulqni tadqiq etishning ilmiy amaliy asoslari, jahon tajribasi va nazariyasi haqida so‘z boradi.
Ayollar va erkaklarning teng huquqligi inson huquqlarining eng asosiylaridan biri hisoblanib, ijtimoiy adolatni ta’minlashning shartidir. Ayni vaktda bu tenglik, rivojlanish va tinchlikka erishishning zarur va asosiy sharti ham hisoblanadi.