Пахта мойини cузувчи насадкалар иштирокида дезодорациялаш жараёнини компьютерда моделлаштириш натижалари ишлаб чиқариш ҳаражатлари минимал бўлган ҳолатларда юқори сифатли, инсон организми учун безарар пахта мойи ишлаб чиқаришнинг оптимал шароитларини тавсия қилиш имконини беради.
Shokolad va shokolad mahsulotlari tarkibida kakos moyi qo’llanilishi lozim. Biroq kakos moyining tannarxi qimmatligi sababli unung o’rinbosarlari ishlab chiqilgan. Maqolada shokolad mahsulotlari tarkibida qo’llaniladigan kakos va uning o’rnida ishlatiladigan yog’lar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek shokolad mahsulotlari tarkibida qo’llaniladigan qandolat yog’lari va kakos yog’i o’rinbosarlarining fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarini tahlil qilish natijasida olingan natijalar keltirilgan. Tadqiqot natijasida tahlil qilingan yog’larning tarkibidagi tran yog’ kislotalar miqdori standart meyorlaridan ko’p ekanligi aniqlandi.
Ушбу мақола номахсус вагинитни даволаш учун янги усул ишлаб чиқиш ва янги вагинал шамчалар "Куркувир" нинг экспериментал тадқиқотлари кумуш нитрат кислота билан боғлиқ экспериментал вагинит шароитида ўтказганлигига бағишланган. Бу експериментал патология фонида, вагинал шамчалар "Куркувир" яллиғланишга қарши ва репаратив таъсирини кўрсатади.
Bugungi kunda o‘simlik moylarini ishlab chiqarishda ekstraksion benzin qo‘llanib kelinmoqda. Ushbu erituvchi bir necha yillar davomida o‘simlik moylarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun xech bir qo‘shimchalar bilan boyitilmagan yoki uning o‘rniga boshqa turdagi erituvchi qo‘llanilayotgani yo‘q. Shu sababdan ushbu tadqiqot ishimizda ekstraksion benzin o‘rniga uning analogini taklif etdik. Olingan natijalar asosida taklif etilayotgan analogda an’anaviy ekstraksion benzinga nisbatan ham jarayonni jadallashtirish, ham olinadigan moyning sifatini oshirish mumkinligi aniqlangan.
Тақдим этилаётган мақолада маҳаллий чиқинди ҳом ашё пиролиз мойи асосида синтез қилинган суперпластификатор қўшимчасини Цемент тоши ДТТ нинг эгри чизиқлари ўрганилган. Оптимал таркибда суперпластификатор цемент қорищмасига (бетон қорищмасига) қўшилганда қоришманинг харакатланувчанлик хоссасига таьсири натижасида қўшиладиган сув миқдори 15-20% га камайган хамда мустахкамлик 15-20% га ошган. Шунингдек мақолада суперпластификатор таьсирида иқтисодий самарани ощганлиги тўғрисида маьлумотлар келтирилган.
Tadqiqotning maqsadi mikroorganizmlarning in vitro ba'zi dorilarga ta'sirchanligini o'rganishdir! Materiallar va usullar: ushbu tadqiqot usulini yaratish uchun biz mikroblarning 18 soatlik madaniyatini tayyorladik - bu og'iz bo'shlig'ida eng ko'p yashaydigan aholini hisobga olgan holda. 1-2 ml o'rganilgan mikroblar Myuller Xinton tomonidan quritilgan ozuqa muhiti yuzasiga surildi. Dengiz po'stlog'i moyini tayyorlash ko'plab mikroblarga antibakterial ta'sir ko'rsatdi, ammo ularning orasida eng sezgirligi streptokokklar, protealar va psevdomonalar kabi mikroblar edi. Shu bilan birga, xlorheksidin preparati aksariyat mikroblarga ta'sir ko'rsatdi, ammo ta'siri ahamiyatsiz edi va faqat streptokokklar eng sezgir bo'lib, 18,0 ± 0,3 mm ni tashkil etdi. Xulosa: an'anaviy terapiya guruhiga kiruvchi kasal bolalarni davolash uchun ishlatiladigan dorilar zaif antibakterial ta'sirga ega. Shu bilan birga, maxsus davolash guruhining dori-darmonlari, ayniqsa, streptokokklar turkumidagi mikroblarga nisbatan aniqroq antibakterial ta'sir ko'rsatadi.
Bugungi kunda to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi kabi talablar kundan kunga ortib bormoqda. Lekin yurtimiz aholisi qadimdan yog‘li (jumladan margarin) mahsulotlarni ko‘p miqdorda istemol qilib kelayotganligi, yuqorida keltirilgan talablarni bajarish bir muncha muammolarni yaratib kelmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf etishning samarali yechimlaridan biri kundalikda istemol qilinadigan mahsulotlarni tarkibini o‘zgartirish va talab darajasiga tushirish hisoblanadi. Tadqiqot ishida margarin mahsulotlari uchun tayyorlanadigan yog‘li asosni polito‘yinmagan yog‘ kislotalariga boyitish orqali, olinadigan mahsulotning biologik qiymatini oshirishga erishish hisoblanadi. Buning uchun an’anaviy salomasdan to‘liq voz kechib, mol yog‘i, paxta palmitini va soya moyi asosida olingan pereeterifikatsiyalangan aralashma taklif etilmoqda.
Andiz (Inula) – qoqidoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar turkumi haqida keltirilgan. O’zbekistonda va dunyoda dorivor o’simliklarni biologik faol moddalar tarkibini o’rganishga ham katta e’tibor berilmoqda, chunki inson tanasidagi gormonlar, vitaminlar, aminokislotalar, fermentlar bilan bog’liq bo’lgan optimal miqdori va nisbati fiziologik jarayonlarning normal o’tishini ta’minlaydi va ularning yetishmasligi inson tanasida turli xil patologik jarayonlarning rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin
Мақолада ёғ-мой корхоналарини иқтисодий самарадорлигини ошириш хусусида сўз юритилди. Шунингдек, аҳолини ўсимлик мойига бўлган талабани қондириш, республиканинг иқтисодий хавфсизлигини таъминлаш юзасидан фикрлар келтирилди.
Margarin sariyogʼ oʼrnini bosuvchi mahsulot boʼlganligi uchun aksariyat margarin retseptlarida sut qoʼshiladi. Biroq sigir suti qimmatligi uchun olinadigan margarin tannarxi oshib ketadi. Maqoladi soya dukkagidan sut olish va uni margarin tarkibidagi sigir suti oʼrniga qoʼllash boʼyicha olib borilgan tajribalarning natijalari keltirilgan. Soya dukkagidan anʼnaviy usulda soya suti olib tahlil qilinganda uning tarkibiy qismlari sigir sutinikiga yaqin ekanligi aniqlandi. Xususan, oqsil miqdori soya sutida 3,48%, sigir sutida esa 2,31-2,84% ni tashkil qiladi. Uglevod miqdori 2,10% va 8,48-8,91%, yog' miqdori 1,96% va 0,11-0,14%, kul miqdori esa mos ravishda 0,28% va 0,21-0,26% ni tashkil qiladi. Sigir suti soya sutidan uglevod miqdorining kopligi bilan jiddiy farq qildi. Olingan soya suti asosida margarin retsepti shakllantirildi va margarin tayyorlandi. Olingan qilingan barcha margarinlar sifat koʼrsatkichlari boʼyicha OzDSt 3317-2018 talablariga mos keldi. Faqat soya suti qoʼshilgan retsept asosida olingan margarinlarning konsistentsiyasi (plastikligi, eruvchanligi, kesilgandagi yuzasi) nisbatan yaxshi ekanligi kuzatildi.
Mamlakatda sut ishlab chiqarishning past darajasi, sutga bo‘lgan talab va ta’minot o‘rtasidagi tafovut quruq sut importi orqali bartaraf etiladi. Chaqaloq uchun ona sutidan yaxshi narsa yo‘q. Onaning sutida barcha hayotiy va zarur komponentlar, moddalar va vitaminlar mavjud. Biroq, biron bir sababga ko‘ra tabiiy ovqatlanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud. Masalan, onaning yuqumli kasalliklari bo‘lishi mumkin. Bolani sun’iy oziqlantirishga o‘tkazishga qaror qilishdan oldin, siz albatta pediatringiz bilan bog‘lanib, maslahatlashingiz kerak. Chunki bunday mahsulotlar tarkibidagi turli moddalar doim ham bolalar uchun foydali bo‘lmasligi ham mumkin
Maqolada arpabodiyonning asosiy xususiyatlari ta’siri bayon qilinadi. Arpabodiyonning kimyoviy tarkibi va ozuqaviy qiymati ko’rsatilgan, apabodiyonning turli xil farmatsevtika qo’llanilishi va uni turli kasalliklarda qo’llash samaradorligi ko’rib chiqiladi. Muayyan tibbiy sharoitlarda va kasalliklarda arpabodiyonning inson tanasiga ta’siri alohida tahlil qilinadi.
Paxta moyinining sifat kо‘rsatkichlariga turli xil regantlarning ta’siri tadqiq qilingan va maqbul reagentlar tanlangan. Paxta moylarini ishqoriy rafinasiyalashda an’anaviy kaustik sodaning bir qismining о‘rniga natriy silikatning suvli eritmasidan foydalanish moyning sifat kо‘rsatkichlarini yaxshilashi aniqlangan. Paxta moyini an’anaviy kaustik soda va natriy silikatning suvli eritmalari bilan bosqichli rafinasiyalash texnologiyasi ishlab chiqilgan.