Zamonaviy dunyoda fond bozori har qanday davlatning iqtisodiy tizimining muhim qismi bo‘lib, butun mamlakatning iqtisodiy siyosatini olib borishga ta’sir qiladi. Barqaror va rivojlangan fond bozori rivojlanayotgan davlat oldida turgan asosiy vazifalarni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatishi mumkin yani: iqtisodiyotning real sektoriga investitsiya resurslarini jalb qilish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish va barqarorlikni ta’minlash, aholi va kompaniyalarning jamg‘armalarini investitsiyalar uchun safarbar etishga ko‘maklashish. Qimmatli qog‘ozlar bozori kompaniyalarga qo‘shilish, sotib olish va biznesni halqaro muhitga integratsiya qilish orqali milliy darajada kengayish imkonini beradi va shuning uchun investitsiya resurslariga ehtiyoj sezilgan mamlakatlar uchun juda muhim bo‘lgan xorijiy investitsiyalar oqimini oshiradi hamda yaratilgan jamg‘armalar sonidan yuqoridir
Мақолада корпоратив секторнинг бозор муносабатлари шароитида ташқи молиялаштириш манбаларига бўлган эҳтиёжининг ортиши ва бунда миллий ва халқаро капитал бозорларининг ўрни борасида фикрлар юритиш билан бирга, жалб этиладиган маблағлар ва улардан фойдаланиш жараёнида юзага келадиган рисклар,
уларни гуруҳлаш асосида юз бериш эҳтимоллигини пасайтириш масалалари масалалари таҳлил этилган.
Мақолада корпоратив секторнинг бозор муносабатлари шароитида ташқи молиялаштириш манбаларига бўлган эҳтиёжининг ортиши ва бунда миллий ва халқаро капитал бозорларининг ўрни борасида фикрлар юритиш билан бирга, тижорат банклари кредит маблағларидан фойдаланиш ва фонд биржалари орқали маблағлар жалб этиш масалалари таҳлил этилган.
Ушбу мақолада тўқимачилик маҳсулотлари савдосини самарали ташкил этишнинг концептуал ёндашувлари, уларни жахон бозоридаги ўрни, тўқимачилик маҳсулотларининг бозорга кириб бориши бўйича стратегиялар, дедукция ёки индукция йўналишлари орқали муаммони чуқурроқ ўрганишга харакат қилинган. Тадқиқот объекти сифатида тўқимачилик маҳсулотлари бозори олинган ва ўрганилган ва улардаги халқаро маркетинг методологияси ишлаб чиқилган.
Monografiyada ta’lim xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishda marketing tadqiqotlarini amalga oshirishni nazariy-uslubiy asoslari tadqiq etilgan. Ta’lim xizmatlari marketingining nazariy asoslari, ta’lim xizmatlari bozorida iqtisodiy munosabatlar tizimi, ta’lim xizmatlari bozorini marketing strategiyasini rejalashtirishda raqobat muhitining o‘rni O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning marketing strategiyalaridan foydalanishni hozirgi holati tahlili, oliy ta’lim raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalari samaradorligini baholash, O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning marketing strategiyasi va uni amal qilish mexanizmi, Jahon oliy ta’lim tizimini isloh qilishning marketing modellari va ulardan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha ilimiy taklif va amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.
Monografiya ta’lim sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar, magistrantlar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va keng kitobxonlar jamoasi uchun mo‘ljallangan.
В статье рассмотрены меры, предпринимаемые государством по повышению инвестиционной привлекательности страны как для зарубежных, так и для локальных инвесторов. Приведены результаты разгосударствления акционерных обществ путем проведения публичных размещений акций. Проанализирована востребованность облигаций за последние годы и влияние нового законодательства на рынок долговых ценных бумаг.
Мақолада фонд бозорининг ҳуқуқий табиати, унинг классификацияси, ҳамда фонд биржаси котировка рўйҳатига корпорацияларнинг киритилиш ҳуқуқий асослари ва талаблари ўрганилган. Шу билан бирга, фонд бозорида вужудга келувчи ҳуқуқий мунособатлар таҳлил этилган.
Ushbu maqolada bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bozorida marketing tadqiqotlari o‘tkazish va bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bozorining xususiyatlariga ko‘ra tasniflanishi ko‘rib chiqilgan. Bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bozorining alohida elementlarining o‘zaro bog‘liqlik sxemasi ishlab chiqilgan.