Maqolada O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida turli yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarning yuqori sifatli kasbiy tayyorgarligini ta’minlash uchun aralash ta’limni modellashtirish muammosi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari uchun aralash ta’lim modelini ishlab chiqish va uni ta’lim jarayoniga joriy etish natijalarini tahlil qilishdan iborat. Aralash ta'lim modellarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishda bir nechta yondashuvlar mavjud degan xulosaga kelindi. Maqolada aralash ta'lim auditoriyadagi an'anaviy ta'lim jarayonining ma'lum bir sxema bo'yicha amalga oshiriladigan masofaviy ta'lim, talabalarning o'z o'zini tayyorlash va raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan oqilona kombinatsiyasi sifatida ko'rib chiqiladi. "Aralash ta'lim" va "gibrid ta'lim" tushunchalari, shuningdek, aralash ta'limning bir nechta mavjud modellari tahlil qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida aralash ta’limning umumlashtirilgan modeli uning vizual tasviri bilan birga ishlab chiqilgan. Ushbu modelni amalga oshirish amaliyotchilarga kunduzgi va masofaviy ta'lim jarayonida turli xil ta'lim faoliyati turlarini ma'lum bir oliy ta’lim muassasasida kutilgan natijalarga erishish uchun zarur bo'lgan uyg'unlikda birlashtirish imkonini beradi. Toshkent kimyo-texnologiya institutida o‘tkazilgan so‘rov natijalari keltirilgan. So‘rov davomida talabalar aralash ta’limning mohiyatini qay darajada tushunishlari, shuningdek, kunduzgi ta’lim jarayonida masofaviy ta’lim elementlaridan foydalanish bilan masofaviy va aralash ta’limdan to‘liq foydalanish o‘rtasidagi farq; karantin davridagi texnologiya; talabalarning an’anaviy, aralash va masofaviy ta’limga munosabati; aralash ta’limning taklif etilayotgan umumlashtirilgan modeli asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonini o‘quvchilar qanday idrok etishlari kabi jihatlarga e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, aralash ta’limni tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasalarida qaysi raqamli texnologiyalar qo‘llanilishi aniqlandi. Umuman olganda, so'rov natijalari ishlab chiqilgan modeldan foydalanishning maqsadga muvofiqligini tasdiqladi va aralash ta'lim sohasida tadqiqotning istiqbolli yo'nalishlarini aniqladi.
Mazkur maqolada nofilologik ta`lim yo`nalishidagi talabalarning mustaqil faoliyatinin tashkillashtirishda pedagogik sharoitlarni inobatga olgan holda aralash ta`lim muhitini yaratish bilan ta`lim samaradorligini oshishi va talabalarning ingliz tilini o`rganishlariga keng imkoniyatlar ochib beradi. Talabalarning ingliz tilini o`rganishlaridagi mustaqil o`quv-biluv faoliyatini rivojlantirishda to`g`ri tashkillashtirilgan aralash ta`lim muhitining imkoniyatlari yoritilgan. Talabalarning mustaqil o`quv–biluv faoliyati sohaviy chet tili ko`nikmalarini tabaqalashtirilgan umumsohaviy, autentik, differentsial–ijodiy, integrativ–faoliyatli, nofilologik yo`n`lishdagi kontentlar bilan muvofiqlqshtirib tuzish taklifi berilgan. Aralash ta`lim sharoitida talabalarning mustaqil o`quv-biluv faoliyatini rivojlantirish modeli kasbiy kompetentlik va chet tillari ko`nikmalarini loyihalash mexanizmlarini individual, mustaqil, ta`lim subyektlarining manfaatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga qaratilgan takliflar ham o`rin olgan. Ijtimoiy soha, hususan, ta`lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, ta`lim tizimining uzluksizligini yanada takomillashtirish maqsadida sifatli ta`lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayorlash asosiy vazifalarimizdandir. Jumladan, nofilologik yo`nalishida masofaviy ta`limga o`tish va uning an`anaviy ta`lim bilan integratsiyasini ta`minlash orqali aralash ta`lim (Blended Learning) ni takomillashtirish, oliy ta`limning yagona standartini yaratish va xalqaro diplomlarni tan olish, talabalar va o`qituvchilar mobilligini yo`lga qo`yish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Maqolada 5 yoshdan 12 yoshgacha g’ilaylikning aralash shakli bo'lgan 30 bolada bolalarni jarrohlik davolash natijalarining qiyosiy tahlili keltirilgan. G’ilaylikningning aralash shaklidagi vertikal komponent pastki qiyshiq mushakning (PQM) giperfunktsiyasi bilan ifodalangan. Barcha tekshirilgan bolalar ikki guruhga bo'lingan: birinchi guruh 16 boladan iborat bo'lib, ularda gorizontal mushaklarda burilish burchagini yo'q qilish maqsadida yuqoriga yoki pastga transpozitsiya o'tkazildi. Ikkinchi guruhda (14 bola) operatsiyaning ustunligi vertikal og'ish olib tashlash maqsadida - PQMda operatsiya olib borildi. Jarrohlik muolajasi natijalari shuni ko'rsatdiki, 1-guruhda 58% hollarda vertikal komponent yo'q qilingan, shu bilan birga overatsiya va "V" pattern qoldiq burchagi saqlanib qolgan. 2-guruhda 89% hollarda vertikal komponent tuzatilgan va overatsiya yo’q qilingan. Shunday qilib, g’ilaylikning aralash shakli bo'lgan bolalarni jarrohlik davolash natijalarini qiyosiy tahlili shuni ko'rsatdiki, jarrohlik aralashuvining birinchi bosqichi PQMda operatsiya qilishdir
Ushbu maqolada axborot ta’lim-muhitini shakllantirish va aralash ta’lim texnologiyalariga yo‘naltirish va ulardan foydalanishni kengaytirish. Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri sharoitida uzluksiz yo‘lga qo‘yish, aralash ta’lim ishlab chiqilgan.Aralash ta’lim – electron ta’lim axborot kommunikatsiya texnologiyalari va zamonaviy oquv vositalari taqdim qilinadigan yangi didaktik imkoniyatlarga asoslanadi.
Ushbu maqola barcha texnika va texnologiyadan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, eng so`ngi texnika va texnalogiya yangiliklari haqida bo`ladi. Shuningdek maqolada bugungi ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati bayon etilgan.
The article examines the existing problems in the activity of small business entities in industrial sectors of Uzbekistan, and the tasks they face. Priority directions and trends of the mechanism of sustainable development of small business entities were also considered. The authors developed proposals through an individual approach to this issue.
What new opportunities “Digitalization” and “Digital Marketing” have brought to the sphere of Hospitality and Tourism? As Hospitality Industry and Tourism were flourishing till the COVID-19 Pandemic situation, with and without the implementation of Digital Marketing strategies and highly relying on the employment of Digital Marketing Tools. Initially, Digital Marketing was considered to be one of the auxiliary levers to refer to. Whilst, the current situation of COVID-19 Pandemic Worldwide transmuted Digital Marketing to the main fulcrum, that is the support point of Hospitality and Tourism Industry. Which, originally aimed at maximizing the revenue and profit of Hotels and boosting the economy of the country through the Tourism sector, whereas at the present time it is supposed to help the whole Industry of hospitality and economy of the countries not to plummet and go bankrupt but to stay afloat.The review research is done to determine the importance of Digital Marketing in the Hospitality World and Tourism Industry and analyze which Digital Marketing strategies are best and worth to implement, and to find out what particular Digital Marketing tools are, actually, useful and efficacious to work with. The research is done by gathering the secondary type of data: based on the recent investigations of the researchers, scientific journals, articles, scientific manuscripts, relevant web-pages, up-to-date news, relevant study books, subject books related to Hospitality and Digital Marketing as well. In order to give a full and comprehensive picture of the role Digital Marketing, Digital Marketing strategies and its most effective tools.
Ushbu maqola avtomobil yo‘llarida ko‘kalamzorlashtirishning maqsad va vazifalari, sanitar-gigienik holati hamda, shahar-ko‘cha yo‘llari infratuzilmalarini yaxshilash mexanizmlarini takomillashtirish haqida fikr yuritilgan.
Ushbu maqolada mualliflar fan, texnika va texnologiya taraqqiyotini rivojlantirishda pochta aloqasini avtomatlashtirish, texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va raqamli texnologiyalardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy asoslagan.
The article examines some of the features of the transition to the digital economy and the digitalization of education, which require new approaches, and means in the system of training specialists. The article discusses some aspects of using tools and portals to create a digital portfolio, which is included as components of the digital educational environment of a university. Project work must rank as one of the most exciting teaching methodologies a lecturer can use.
Usbu maqolada o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan foydalangan holda texnika oliy o‘quv yurtida mutaxassislik fanlarini o‘qitish haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Oliy ta'lim tizimidan raqobat muhitiga javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy texnika fanlari ta'limda innovatsion yondashuvlarni qo’llanilishi talab etilmoqda.
So‘nggi o‘n yilliklarda axborot texnologiyalari kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi va turli sohalarni, jumladan, ta’limni ham tubdan o‘zgartirdi. Texnika fanlariga yo‘naltirilgan kasbiy ta’lim muassasalari o‘zlarining o‘qitish metodologiyasiga axborot texnologiyalarini kiritish muhimligini tan oldilar. Texnologiyadagi ushbu yutuqlar talabalar va o‘qituvchilar uchun o‘quv tajribasini oshirish uchun ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi.
Ammiakli selitra suyuqlanmasi va kukunsimon tabiiy gips (TG) hamda ammoniy sulfati ((NH4)2SO4) bilan aralashtirish yo‘li orqali olingan NS-o`g`itlar donalarining mustahkamligi, gigroskopik nuqtasi, suv bug‘larini yutish kinetikasi va namlikni yutish sig‘imlarini aniqlash natijalari keltirilgan.
Maqolada buzilish chizig‘iga ega bo‘lgan kasr tartibli aralash tipdagi tenglama uchun qo‘yilgan Frankl shartli lokal chegaraviy masalaning bir qiymatli yechilishi isbotlangan.
Bizga ma’lumki, biz ko‘rib chiqqan sud tibbiyotiga oid barcha mahalliy va xorijiy adabiyotlarda inson so‘lagi tarkibi, uning tarkibidagi (oqsil va fermentlar jinoiy ishlarni ochishdagi voqea joyida qoldirgan va dalil sifatidagi sudga oid tasdiqlavchi asosiy ko‘rsatma ekanligi, shu jihatidan so‘lak va uning dog‘larini, tarkibiy qismlarini o‘rganish sud tibbiyotida, inson hayotiga suiqasd qilish, nomusga tajovus qilish va boshqa bir qancha jinoyatlarda shaxsni aniq identifikatsiyalash zarurligini taqoza etadi. Inson aralash so‘lagining solishtirma og`irligi 1002-1007 ga teng bo‘lib, u yopishqoq suyuqlikdir. Uning tarkibida hujayra elementlari bo‘lganligi tufayli, u xira-oqish ko‘rinishga ega. Aralash so‘lak oqsillari hazm qiluvchi, himoyalovchi, ajratuvchi, bufer va boshqa bir qator vazifalarni bajaradi. Aralash so`lakda 100 dan ortiq fermentlar mavjud. Bu fermentlardan- amilazaga sud tibbiyotida alohida ahamiyat beriladi
Ushbu maqolada Urganch shahar jamoat transporti tarmog‘inining muammolari yoritilgan. Urganch shahar xududidagi 14 ta shahar jamoat transporti yo‘nalishlari o‘rganish natijasida shahar jamoat transport tizimini takomillashtirish uchun takliflar beriladi.
Jahonda transport oqimini to‘g‘ri tashkil etish va boshqarish dolzarb masalalardan hisoblanadi. So‘ngi yillarda bu boradagi ilmiy tadqiqotlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, transport infratuzilmasini yaxshilash, ko‘cha-yo‘l tarmoqlari va chorrahalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, harakat ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash, transport oqimini zamonaviy intelektual transport tizimlariga asoslangan holda boshqarish kabilardir. Ushbu maqolada shaharlarda transport oqimlarini boshqarishga integral yondashish orqali, harakat jadalligi va transport oqimi xususiyatlariga muvofiq boshqarish usullari tahlil qilindi.