Ushbu maqolada oliy harbiy ta’lim muassasalarida elektron sxemalarni tahlil qilish, hamda ularni zamonaviy kompyuter usullari, hususan Electronics Workbench Multisim dasturi yordamida modellash imkoniyatlari yoritilgan.
Ko'p hollarda Erasmus+ xalqaro kredit mobilligi (ICM) dasturi bakalavr hamda magistratura talabalari o'rtasida mashhur bo'lganligi tufayli ushbu maqola asosan doktorant talabalar almashinuvi va Erasmus+ ICM ning ularning ilmiy karyeralariga qo'shadigan hissalariga qaratilgan.
Yo'l belgilarining aniq vaqtida aniqlanishi va tanib olinishi, avtomobil haydovchilari va piyodalar uchun juda muhimdir. Yo'l belgilarini to'g'ridan-to'g'ri tanib olish dasturi orqali haydovchiga kerakli ma’lumotni yetkazib boriladi bunda haydovchi berilgan ma’lumot orqali avtomobil harakatini nazorat qilish imkoniyatiga ega. Yo'l belgilarining turli xil ko'rinishlari mavjud, ba'zi belgilar o'rni bo'yicha yo'nalishni ko'rsatish uchun ko'p tomonlama nuqtalarga ega bo'lishi mumkin, shuningdek, ba'zi belgilar xavfsizlik qoidalari va cheklovlar haqida xabarda qilishi mumkin. Yo'l belgilarini aniqlash va tanib olish muhim amal, chunki yangi avtomabil haydovchisiga yo'l topishda yordam beradi. Biz yaratgan python dasturida yo’l belgilarini aniqlash dasturi orqali bu muomolarni hal qilish imkoniyatiga egamiz. Bu dastur quyidagi modelda ikkilik matritsalarda har bir piksel 8 bitga teng bo’lib shuning uchun ham ularning qiymatlarini 0 va 1 ga aylantirishning o'rniga 0 va 255 gacha qiymatlarga aylantirish mumkin. Shu tartibda, 128x128 piksellik rasmlar ikkilik matritsalarga aylantirilib, ushbu matritslar yuqori darajali ma'lumot olish modellari, masalan, CNN modeli uchun tayyorlanadi.
XXI asr - texnologiyalar asri hisoblanadi. Shunday ekan o‘quv jarayonida turli zamonaviy axborot vositalaridan o‘rinli foydalanish, kompyuterli ta’lim jarayonida darslarni o‘quvchi-talaba va kompyuter orasidagi munosabatlarga ko‘ra tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish bugungi kunda dolzarb masalalardandir.Tabiiy fanlar hamda texnika fanlarida uchraydigan ko‘pgina masalalar differensial tenglamalarga keltiriladi,ya’ni ularning analitik yechimini topish nihoyatda murakkab masala,shu sababli taqribiy yechish usullaridan foydalanish ko‘proq samara beradi.Bunday muammolarni hal qilish uchun esa matematik paketlar mavjud bo‘lib,ushbu maqolada differensial tenglamalarni Maple dasturida yechish haqida gap boradi.Ya’ni, birinchi tartibli chiziqli oddiy differensial tenglamani Maple dasturida analitik yechimini topish dasturi tuzilib natija olingan.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-910- sonli Qaror va “Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2435-sonli Qarorlar ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyati musiqa maktablarida amalga oshirilgan bunyodkorlik va rekonstruktsiya ishlari va uning yo‘lga qo‘yilishiga oid ma’lumotlar yoritilgan.
Maqolada “kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelganligi, o‘qituvchilarning innovatsion ta’lim muhiti talablari asosida pedagogik kompetentligini rivojlantirish davr talabi ekanligi yoritilgan. Quyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyatiga kisqacha to‘xtalgan.
Maqolada temir yo‘l tarmog‘i korxonasida ma’lumotlar omborini boshqarish mavzusi, ya’ni temir yo‘l avtomatlashtirish va telemexanika elementlarini qabul qiluvchi va ularga xizmat ko‘rsatadigan asbobuskunalar, jumladan, yo‘l uchastkalari holatini boshqaruvchi eng muhim qurilma (element) relesi, temir yoʻl avtomatlashtirish relelarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish algoritmi ishlab chiqildi va dasturi tuzildi.
This article analyses the works of many scientists studying the problems of andragogy, a science dealing with the specificities of adult education. A teacher plays an important role in a learning process, whose main task is to plan a course so that adult learners can achieve by the end their goals. Therefore, various communicative methods in teaching adult learners are used to develop speaking, reading, listening and writing skills, as well as to form a number of competencies necessary for professional activities and process of communication in a foreign language. The main objective of this article is to find the effective ways, methods and strategies in teaching adult learners.
Ushbu maqola PISA xalqaro baholash dasturi tadqiqotlarini o‘tkazishda qo’llaniladigan topshiriqlarni takomillashtirish va topshiriq matnlari ustida olib boriladigan ishlar bo‘yicha dasturda ishtirok etadigan muassasalar hamda o‘quvchilarga samarali ko‘mak berishga qaratilgan.
ushbu maqolada men ta’lim texnologiyalarining rivojlanishi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha malakali pedagog-o‘qituvchilarni ta’lim bermoqda, yurtboshimiz ta’lim to‘g‘risidagi malakali kadrlarni bo‘yicha keng imkoniyatlarni yaratib bermoqda bu maqolda men ta’lim texnologiyalarining rivojlanishi haqida o‘z fikrimni bayon etdim.