ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
172
O’XSHATISH VOSITALARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI (O’LMAS
UMARBEKOVNING “ODAM BO’LISH QIYIN” ASARI MISOLIDA)
Karimova Xonzoda
Termiz davlat universiteti talabasi
Ergasheva Dilrabo
Ilmiy rahbar
https://doi.org/10.5281/zenodo.7904037
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o’xshatish vositalarining lingvistik xususiyatlari badiiy
matnda o’rganilgan, misollar keltirilgan va izohlangan.
Kalit so’z:
o’xshatish, o’xshatish komponentlari, turg’un o’xshatish, individuall o’xshatish,
o’xshatish to’g’risida olimlar fikri, o’xshatishni hosil qiluvchi birikmalar.
LINGUISTIC CHARACTERISTICS OF SIMILE TOOLS (IN THE EXAMPLE OF
OLMAS UMARBEKOV'S WORK "IT IS DIFFICULT TO BE HUMAN")
Abstract.
In this article, the linguistic features of similes in the literary text are studied,
examples are presented and explained.
Key words:
simile, simile components, stable simile, individual simile, scientists' opinion
about simile, simile-forming compounds.
ЯЗЫКОВАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА СХОДНЫХ СРЕДСТВ (НА ПРИМЕРЕ
ПРОИЗВЕДЕНИЯ ОЛМАСА УМАРБЕКОВА «ТРУДНО БЫТЬ ЧЕЛОВЕКОМ»)
Аннотация.
В данной статье изучаются языковые особенности сравнений в
художественных текстах, приводятся примеры и поясняются.
Ключевые слова:
сравнение, компоненты сравнения, устойчивое сравнение,
индивидуальное сравнение, мнение ученых о подобии, подобиеобразующие соединения.
O‘xshatish asosan nutqiy hodisa hisoblanadi. Chunki bir o‘rinda ma’lum predmet bir
predmetga o‘xshatilsa, xuddi shu predmet boshqa o‘rinda ikkinchi narsaga o‘xshatilishi mumkin.
Prof. R.Qo‘ng‘urov o‘xshatish haqida o‘zining “O‘zbek tilining tasviriy vositalari” kitobida
shunday degan: “Ammo yuzni oyga, qizni gulga qiyos qiluvchi doimiy o‘xshatishlar borki, ular
ham emotsionallik, ham baholash qimmatini yo‘qotgandir. Bu tipdagi o‘xshatishlarni lingvistik
hodisa sifatida qarash kerak”.
O‘xshatish tasvir obyektini boshqa narsa-hodisaga o‘xshatish orqali yorqin va bo‘rttirib
tasvirlashga asoslangan badiiy tasvir vositasi bo‘lib, bunda o‘xshatilayotgan narsa-hodisalar uchun
umumiy belgi-xususiyatlarga tayaniladi.
Tilshunoslikda o‘xshatish munosabati sodda va qo‘shma gap doirasida tadqiq etib kelinadi.
O‘xshatish sodda gaplarni falsafiy va nazariy nuqtai nazardan tadqiq etib chiqqan Nizomiddin
Mahmudov: “… o‘xshatish sodda gaplarda hamisha murakkab semantik struktura, kamida ikkita
semantik propozitsiya ifodalangan bo‘ladi”, - deb qayd etadi. O‘xshatishning sintaktik qurilishi
haqida gap ketganda, eng avvalo uning to‘rt komponentli qurilma ekanligini unutmaslik kerak.
O‘xshatishlarning ikki turi,
Ya’ni: 1) individual-muallif o‘xshatishlari yoki erkin o‘xshatishlar;
2) umumxalq Yoki turg‘un (doimiy) o‘xshatishlar farqlanadi.
Erkin o‘xshatishlar muallifning o‘ziga xos original o‘xshatishlari bo‘lib, u yozuvchining
mahoratini belgilaydi. Bu fikr misoli sifatida O’lmas Umarbekovning “Odam bo’lish qiyin”
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
173
asaridan parcha ko’ramiz: “Olma shoxlaridagi sarg’aya boshlagan yaproqlar oltin tangalardek
yaraqlardi” (4-bet). Ya’ni bu parchada O’lmas Umarbekov sarg’aya boshlagan yaproqlarni oltin
tangaga o’xshatgan. Bu ijodkorning uslubidan kelib chiqib, inviduallashgan holda predmetni
o’xshatishidir.
Turg’un o’xshatishlar invidual o’xshatishlardan farqlanadi. Sifatida turg‘unlashgan,
umumxalq tili leksikonidan joy olib ulgurgan bo‘ladi. Bunday o‘xshatishlar xuddi tildagi tayyor
birliklar kabi nutqqa olib kiriladi.
Turg‘un o‘xshatishlar tilda avvaldan mavjud bo‘ladi va nutqqa tayyor holda olib kiriladi.
Dastavval erkin ya’ni individual tarzda vujudga kelgan o‘xshatishlar yillar davomida keng
iste’molda bo‘lganligi bois turg‘unlashib qoladi. Shu sabab o‘xshatishlar tilshunosligimizda
Komprativ iboralar deb ham yuritiladi.Masalan, “Uning bu xislati ham hammaga otning
qashqasiday ma’lum”, “baqadek qotib qolishdi” gaplaridagi o‘xshatishlar turg‘un o‘xshatishlardir.
Turg‘un o‘xshatishlar ham nutqning ifodaliligini ta’minlashda alohida o‘rin tutadi.
O‘xshatishni yuzaga keltiruvchi grammatik vositalar turlicha:
1. Affikslar: -day(-dek), - simon, -ona, -omuz, -namo, -larcha, -chasiga, -dan;
2. So‘zlar vositasida, sifat (o‘xshash, teng), ko‘makchi (kabi, singari, qadar), bog‘lovchi
(go‘yo, go‘yoki), olmosh (o‘zi), ravish (aynan);
3. Izohlovchi izohlanmish munosabatida.
-dek affiksi bilan o’xshatishga misol: Uning ko’z oldidan hozir osmonda charaqlab turgan
yulduzlardek oltin medal ketmadi (40-b); Shu kungacha erishgan yutuqlari tushdek, o’zi esa
dahshatli bir spektaklda rol o’ynagandek ko’rinadi (95-b).
Kabi so’zi yordamida o’xshatish. Grammatikaga oid adabiyotlarda kabi singari yordamchi
so‘zlarning o‘xshatish qiyoslash ma’nolarini anglatishi qayd qilingan. O‘xshatish munosabatlarida
kabi yordamchi so‘zi o‘xshatishning asosiy komponentlaridan biri – o‘xshovchi obraz dan keyin
qo‘llanadi. Masalan: Ikki-uch yil ichida bu yer katta shaharga aylanadi, yoshlik kabi go’zal
bo’ladi(101-b).
Xuddi so’zi bilan o’xshatish. Xuddi yordamchi so‘zi o‘xshatish ma’nosini ifodalagan asosiy
va yordamchi vosita bo‘lib kela oladi. Ular ko‘pincha yordamchi vazifasini bajarib, o‘xshatishni
bo‘rtirishga, konkretlashtirishga xizmat qiladi, ayrim holatlarda o‘zlari ham o‘xshatish
munosabatini ifodalay oladi. Misol uchun: Gulchehrani ko’rdi-yu, xuddi yosh boladek sakrab
o’rnidan turdi (100-bet).
REFERENCES
1.
Абдураҳмонов Ғ., Мамажонов Н. Ўзбек тили ва адабиёти. –Тошкент,
Ўзбекистон. 1985.
2.
Абдуллаев А. Ўзбек тилида экспрессивликнинг ифодаланиши. –
Тошкент, Фан, 1983, 88 б.
3.
Асқарова М. Ҳозирги ўзбек тилида эргашиш формалари ва эргаш гаплар.
-Т.; 1966
4.
O’lmas Umarbekov. Odam bo’lish qiyin. Sharq, Toshkent, 2007.
5.
Umurqulov B. An essential feature of artistik discourse //scientific
Bulletin of Namangan State University. – 2019. – Т. 1. – №. 10. – С. 242-246.
6.
Умуркулов, Б. “Бадиий адабиётда суз.” (1993).
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
174
7.
Эргашева Д. А. Odil Yoqubov asarlarida inson ruhiy holati ifodalanishining lisoniy
manzarasi //международный журнал искусство слова. – 2020. – т. 3. – №. 1.