<Веапник^орача, Самарканд
2014, №1
(Doctor axfiorotnomasi, Sdmarqatuf
16
Xodjaev N.I.
SAMARQAND VELOYATIDA AHOLIGA PULLIK TIBBIY VA
SERV1S XIZMATLARI KO’RSATISHNING HOLATI VA TAHLILI
Samarqand davlat tibbiyot instituti
Tahlil maqsadi -
Samarqand viloyati tibbiyot
muassasalarida pullik va servis xizmatini tashkil
qilishning ayrim son va sifat ko’rsatkichlarini o’rganish.
Materiallari va usullari -
Samarqand viloyat, shahar
va tumanlar davolash -profilaktika muassasalari, viloyat
hokimligi sog’liqni saqlash boshqarmasi xususiylashtirish
va pullik xizmatni tashkil etish bo’limi materiallari olinib
statistik usullarda tahlil qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgan
kundan boshlab tibbiyot sohasida islohotlar boshlandi
desak xato qilmaymiz. Istiqlol yilarida Prezidentimiz
Islom Karimov rahbarligida Mamlakatimizda sog’liqni
saqlash tizimini isloh qilish va uni rivojlantirish uchun
mustahkam huquqiy asoslar yaratildi.
1992 yil 8 dekabrida qabul qilingan O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi bunga yaqqol misol bo’la
oladi. Bosh qomusimizning 40-moddasida “har bir inson
malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” ligi
bayon etilgan. Fuqarolaming mazkur konstituttsiyaviy
huquqlarini amalda ta'miniash uchun O’zbekiston Oliy
Majlisi tomonidan 1996 yil 29 avgustda “Fuqarolar
sog’liqini
saqlash
to’g’risida”gi
O’zbekiston
Respublikasi qonuni qabul qilindi.
Mamlakatimiz Mustaqillikka erishgandan so’ng
sog’liqni saqlash sohasining sobiq Ittifoq tuzumi davrida
shakllantirilgan mavjud tarkibi va vazifalarini qayta
ko’rib chiqish va tubdan o’zgartirish dolzarb vazifalardan
hisoblanardi.
Respublika hukumati ushbu masalani bosqichma
bosqich amalga oshira borib, 1996 yil 21 mayda Vazirlar
Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida qishloq
infrastrukturasini 2000 yilgacha bo’lgan davrda
rivojlantirish dasturi haqida”gi qarorini qabul qildi.
Mazkur qarorda qishloq joylarda yashovchi aholining
malakali tibbiy xizmatga bo’lgan talabini to’la qondirish
uchun mutloqo yangi tipdagi davolash- profilaktika
muassasalari tarmoqlarini yaratish vazifasi qo’yilib,
maqsadli dastur qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10
noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida sog’liqni
saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to’g’risida”gi
PF-2107 sonli Farmoni mavjud sog’liqni saqlash tizimini
isloh qilishni yangi bosqichga olib chiqdi.
Tibbiyotda islohotlami yanada chuqurlashtirish
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007
yil 19 sentyabrdagi “Sog’liqni saqlash tizimini isloh
qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish
Davlat
dasturining
amalga
oshirishning
asosiy
yo’nalishlari to’g’risida”gi PF-3923 sonli Farmoni va
2007 yil 2 oktyabrdagi “Respublika tibbiyot muassasalari
faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora -
tadbirlari to’g’risida”gi PQ -700 sonli qarori hamda
Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 18 martdagi “hududiy
sog’liqni saqlash muassasalarining tashkiliy tuzilmasini
va faoliyatini takomillashtirish chora - tadbirlari
to’g’risida” gi 48-sonli qarorlarini qabul qilinganligi ham
katta ahamiyatga ega. Mazkur Farmon va qarorlar asosida
viloyat davolash- profilaktika muassasalarini ta'mirlash,
tubdan ta'mirlash, yangi binolar qurilishi, ularni
zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'miniash
borasidagi ishlar jadal sur'atlarda olib borilmoqda.
Mustaqillik yillarida sog’liqni saqlash sohasida
qilingan xarajatlar qariyb 4 barobarga o’sdi va bu yalpi
ichki mahsulotga nisbatan 4 %ni, mamlakatning Davlat
byujetida esa 15,7 %dan ortiqni tashkil qilyapti.
Amalga oshirilgan chora - tadbirlar natijasida 1990
yildagiga nisbatan o’rtacha umr ko’rish 67 yoshdan 73
yoshgacha ortdi, onalar hamda go’daklaming o’limi
tegishli ravishda 3,1 va 3,2 marotabagacha qisqardi.
Aholining, ayniqsa sil, gepatit, turli yuqumli
xastaliklar bilan umumiy kasallanish darajasi sezilarli
ravishda pasaydi.
Shu bilan birga, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish
sifati, ayniqsa, joylarda, tuman va viloyat tibbiyot
birlashmalarining moddiy texnik bazasi holati o’sib
borayotgan zamonaviy talablarga hamon javob bermay
kelmoqda.
Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada
chuqurlashtirish,
tibbiyot
muassasalari
faoliyati
sainaradorligini
oshirish,
zamonaviy
talablar
va
standartlarga muvofiq aholiga yuqori sifatli tibbiy yordam
ko’rsatishni ta'miniash Prezidentimizning 2001 yil 28
noyabrdagi “Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishni
yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
PQ-1652 sonli qarorida belgilab berilgan. 2012- 2015
yillarda mo’ljallangan dastuming asosiy maqsadi-tibbiy
muassasalar faoliyati samaradorligini oshirish, aholiga
zamonaviy talablarga va standartlarga mos keladigan
yuqori sifatli tibbiy yordam ko’rsatishini ta'miniash,
sog’liqni saqlash tizimida boshqaruv hamda mehnatni
tashkil qilishning ilg’or usullarini joriy etishdan iborat.
Aholining tibbiy xizmatlar turi, hajmi va sifatiga
talabi ortib borayotgan bir paytda davlat tibbiyot
muassasalarining byujetdan moliyalashtirish qat'iyan
chegaralangan sharoitlarda bunday talablarga javob bera
olmasligi ko’zga tashlanmoqda. Bunday vaziyatda
tibbiyot muassasalarini moliyalashtirishning qo’shimcha
manbalarini topish dolzarb masalaga aylandi. Bu borada
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 28
noyabrdagi “Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishni
yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
PQ-1652 sonli qarorida viloyatda 7 ta davolash-
profilaktika muassasalari 2012-2015 yillarda umumiy
xarajatlarini
moliyalashtirishda
byujetdan
tashqari
mablag’lar ulushini bosqichma-bosqich
(Вестницврача, Самарканд
2014, № 1
foofyor ajtforotnomasi, Samarqand
17
oshirib borish, 11 tasining esa to’liq o’zini-o’zi
moliyalashtirishga o’tishi ko’zda tutilgan.
1-Jadval
2012-2014 yillarda tibbiyot muassasalarining bosqichma - bosqich to’liq o’zini - o’zi moliyalashtirishga o’tkazish
Rejasi. Samarqand viloyati
№
Muassasa nonii
O’z mablag’i hisobidan moliyalashtirish ulushi, %
2012
2013
2014
1
Samarqand shahar stomatologiya poliklinikasi
60.0
80.0
100.0
2
Kattaqo’rg’on shahar stomatologiya poliklinikasi
60.0
80.0
100.0
3
Urgut tuman stomatologiya poliklinikasi
60.0
80.0
100.0
4
Tayloq tuman stomatologiya poliklinikasi
60.0
80.0
100.0
5
Samarqand tuman stomatologiya poliklinikasi
60.0
80.0
100.0
6
Jomboy tuman stomatologiya poliklinikasi
60.0
80.0
100.0
7
Poyariq tuman stomatologiya poliklinikasi
60.0
80.0
100.0
8
Ishtixon tuman stomatologiya poliklinikasi
60.0
80.0
100.0
9
Pastdarg’om tuman stomatologiya poliklinikasi
60.0
80.0
100.0
10 Paxtachi tuman stomatologiya poliklinikasi
60.0
80.0
100.0
11 Samarqand tuman 3-son shifoxonasi
60.0
80.0
100.0
2-
Jadval
2012-2015 yillarda tibbiyot muassalarining umumiy xarajatlarini moliyalashtirishda byudjetdan
tashqari mablag’lar ulushini bosqichma - bosqich oshirish rejasi
№
Muassasa nomi
O’z mablag’i hisobidan moliyalashtirish ulushi, %
2012
2013
2014
2015
1 Viloyat salomatlikni tikiash shifoxonasi
50.0
70.0
80.0
80.0
2 Viloyat kardiologiya dispanseri
70.0
80.0
80.0
80.0
3
Viloyat ortopediya va jarohat oqibatlari shifoxonasi
60.0
70.0
80.0
80.0
4 Viloyat oftalmologiya shifoxonasi
50.0
60.0
70.0
80.0
5 Viloyat vrachlik - fizkultura dispanseri
50.0
60.0
70.0
80.0
6 Samarqand shahar 1-son shifoxonasi
30.0
50.0
70.0
80.0
7 Samarqand shahar 2-son shifoxonasi
30.0
50.0
70.0
80.0
2012-2014 yillarda viloyat tibbiyot muassasalarining
bosqichma-bosqich to’liq o’zini- o’zi moliyalashtirishga
o’tkazish rejasining 2012- 2013 yillardagi bajarilishi tahlil
qilinganda quyidagilar aniqlandi. Samarqand shahar,
Urgut,
Tayloq,
Jomboy,
Pastdarg’om
tuman
stomatologiya poliklinikalari 80 % o’miga 62- 78%,
atrofida, Kattag’o’rg’on shahri, Paxtachi, Poyariq,
Samarqand,
Ishtixon
tumanlari
stomotologiya
poliklinikalari esa atigi 20-40% atrofida o’zini - o’zi
moliyalashtirishga erishgan.
Shu davrdagi umumiy xarajatlami moliyalashtirishda
byudjetdan tashqari mablag’lar ulushini bosqichma-
bosqich oshirish ko’zda tutilgan viloyat salomatlikni
tikiash shifoxonasida 70 % o’miga 60,7 viloyat
kardiologiya dispanseri 80% ni to’liq, viloyat ortopediya
va shikastlanishlar asorati shifoxonasi 70 %ni 76,1 %ga,
viloyat oftalmologiya shifoxonasi 60% o’miga 63,3% ga
viloyat jismoniy tarbiya vrachlik dispanseri 60 % o’miga
55,6 %ga, Samarqand shahar 1-son shifoxonasi 50 %
o’miga 35,3% ga baj argan.
O’zbekiston
Respublikasi
sog’liqni
saqlash
vazirligining servis xizmatini rivojlantirish bo’yicha
chiqarilgan 2009 yil 14 oktyabrdagi 305- sonli
“O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi
tizimidagi davolash profilaktika muassasalarida aholiga
ko’rsatiladigan pullik servis xizmat turlari ro’yxatini
tasdiqlash haqida”gi buyrug’iga asosan viloyatdagi
tibbiyot muassasalarida servis xizmatlaming 22 turi joriy
etilgan bo’lib, bu xizmatlardan 2013 yilda 2980429,0
ming so’m mablag’ tushgan. Bu umumiy byudjetdan
tashqari mablag’lardagi hajmining 18,9 %ini tashkil qildi.
Shu bilan birga Samarqand viloyatidagi mavjud 550 dan
ortiq davolash-profilaktika muassasalaridan atigi 62 tasida
yoki 12 %ida qo’shimcha servis xizmat turlari tashkil
qilingan. Tahlillar shuni ko’rsatadiki davolash-
profilaktika muassasalarida qo’shimcha servis xizmati
tashkil etilgani ularga byudjetdan tashqari mablag’lar
tushumini oshiradi. Bu o’z navbatida muassasalar
moddiy- texnik bazasini mustahkamlash, tibbiyot
xodimlarining moddiy rag’batlantirishini kuchaytirishga
xizmat qiladi.
Viloyat bo’yicha pullik xizmat ko’rsatish hajmi va
servis xizmatlari ko’lami yildan-yilga kengayib
borayotgan bo’lsada, qishloq joylarda servis xizmatlarini
rivojlantirish birmuncha sust
(Вестник^врача, Самарканд
2014, № 1
(Doctor ax6orotnomasi, Samarqand
18
kechmoqda.
Viloyatda aholiga pullik servis xizmati ko’rsatish
bilan
64
ta
davolash-profilaktika
muassasalari
shug’ullanadi.
Ushbu
muassasalar
O’zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
1999
yil
sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2010 yilgacha
bo’lgan davrda xizmat ko’rsatish va servis sohasini
rivojlantirishga oid qo’shimcha chora- tadbirlar
to’g’risida”gi 414 - sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi
Sog’liqni saqlash vazirligining 2009 yil 14 oktyabrdagi
305 son “O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash
vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalar ida
aholiga ko’rsatiladigan pullik servis xizmat turlari
ryyxatini tasdiqlash haqida” gi hamda 2009 yil 26
noyabrdagi 352-son “Sog’liqni saqlash vazirligi tizimida
pullik tibbiy va servis xizmat ko’rsatishni yanada
jadallashtirish to’g’risida” gi buyruqlari asosida ish olib
bormoqda.
Samarqand viloyatida qo’shimcha pullik xizmat
ko’rsatish hajmi yildan -yilga oshib borayotir. 2012 yilda
viloyatdagi tibbiyot muassasalarida jami 66177631,1
ming so’m jumladan, byudjetdan tashqari tushgan
mablag’lar 7890755,6 ming so’mni yoki 11,9 %ni tashkil
qilgan bir paytda 2013 yilda tibbiyot muassasalariga
67844997,0 ming so’m tushgan bo’lib, shundan
9558121,0 ming symi yoki 14,1 %i byudjetdan tashqari
tushgan mablag’lar hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda
2012 yilga nisbatan 2013 yilda pullik xizmatlardan
tushgan mablag’lar 1667366,0 ming so’mga yoki 121,0
%iga ko’paygan.
2013 yilda viloyat tibbiyot muassasalari bo’yicha
byujetdan tashqari tushgan mablag’lar miqdori umumiy
tushumlarning 14,1 %ini tashkil qiladi. Bu borada ijobiy
ishlami amalga oshirgan viloyat ko’ptarmoqli tibbiyot
markazi (65,2 %), viloyat stomatologiya poliklinikasi
(47,7 %), viloyat SPID markazi (33,2 %), Samarqand
shahar tibbiyot birlashmasi (33,2 %), Kattaqo’rg’on
shahar tibbiyot birlashmasi (17,2 %), viloyat qon quyish
stantsiyasi (16,4 %) jamoalarini ko’rsatish mumkin.
Viloyatdagi 46 ta tibbiyot muassasalaridan atigi 6 tasi yoki
13 %i viloyat byyicha o’rtacha tushumlardan baland, 16
tasi yoki 28,7 %i juda past ko’rsatgichga erishgan.
Tibbiyot muassasalarida 2013 yilda byudjetdan
tashqari mablag’lar tushumining 70,0 %i pullik tibbiy
xizmat ko’rsatish (27,7 %i statsionar, 42,5 %i ambulator-
poliklinika), 7,9 %i pullik ovqatdan 0,2 %i ijaradan, 1,8
%i servis xizmatlardan, 20,0 %i boshqa tushumlardan
iborat. Tahlildan ko’rinib turibtiki asosiy tushumlar
bemorlarga ambulatoriya-poliklinika va statsionarlarda
ko’rsatilgan tibbiy yordam hisobidan tushgan. Shuni
nazarga olib pullik xizmatning boshqa turlarini ham
rivojlantirish lozim.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 17
apreldagi PQ-I957 sonli “2013-2016 yillarda qishloq
joylarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini jadal
rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida”gi qarori bu boradagi ishlami yanada
jonlantirishga asosiy omil bo’ldi. Qaromi bajarish
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash
vazirligining 2013 yil 30 apreldagi 136-sonli, viloyat
hokimligi sog’liqni saqlash boshqarmasining 437-u sonli
buyruqlari chiqarildi. Samarqand viloyatida 2013-2016
yillarda xizmat va servis sohasini rivojlantirish bo’yicha
kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Xulosalar
1.
O’zbekiston
Respublikasi
Mustaqillikka
erishgandan so’ng mamlakatimizda sog’liqni saqlash
tizimini isloh qilish va uni rivojlantirish uchun mustahkam
huquqiy asoslar yaratilgan.
2.
Viloyat tibbiyot muassasalarida pullik xizmat
ko’rsatish va servis xizmati ko’lami yildan-yilga kengayib
borayotgan bir paytda, qishloq joylarda servis xizmatlarni
rivojlantirish bir muncha sust kechmoqda.
3.
Viloyat
tibbiyot
muassasalari
xarajatlar
smetasida byujetdan tashqari mablag’lar tushumi miqdori
2012 yildagi 7890755,6 ming yoki 11,9 %dan, 2013 yilga
kelib, 9558121,0 ming yoki 14,1 %gaoshgan.
4.
Viloyat tibbiyot muassasalarida pullik tibbiy va
servis xizmatlaridan tushgan mablag’laming 70,1 %ini
pullik tibbiy xizmat, shu jumladan 27,7 %ini statsionar,
42,5 %ini ambulator-poliklinika xizmati tashkil qiladi.
Adabiyotlar
1.
Sog’liqni saqlash vazirligi tizimida pullik xizmatni tartibga solishga doir normativ - me'yoriy hujjatlar to’plami. Toshkent. 2011.-235 b.
2.
Xodjaev N.I. Tibbiyot muassasalarida pullik xizmatni tashkil etish. Samarqand. DChTI. 2013. -122 b.
3.
Xodjaev N.I. Samarqand viloyat tibbiyot muassasalarida aholiga pullik tibbiy xizmatlar tashkil etishning ayrim jihatlari. Samarqand DTI. 2014. -21b.
4.
Iskandarova Sh.T, Abduraimov Z.A. Davolash - profilaktika muassasalarida pullik tibbiy xizmatlarni tashkil etishning amaliy jihatlari. Sog’liqni saqlashni
tashkil etish va boshqarish jumali. 2012. -11 son. 10-15 b.
5.
Viloyat hokimligi sog’liqni saqlash boshqarmasining xususiylashtirish va pullik xizmatni tashkil etish bo’limi materiallari.
6.
Viloyat, shahar, tuman tibbiyot muassasalari materiallari.