Хорижий филология
№1, 2021 йил
154
SHE`RIY TARJIMANING LISONIY KOGNITIV TAHLILI
(A.Navoiy Gazels Traduction et adaptation Mourodhon Ergashev)
Eshboyeva Tursuntosh Soxatmamatovna,
SamDCHTI 2-kurs magistranti
Kalit so'zlar
: tarjima, kognitiv tilshunoslik, obraz, ohangdosh so'zlar, qofiyani qayta tiklash,
g`azal, kompozitsiya, badiiy tarjima, shakl va mazmun, she`riy tarjima.
Tarjima- bu bir tildagi matnni boshqa
tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi
bo‘lib, tarjima millatlararo muloqotning eng
muhim ko‘rinishidir. Asliyat va qayta
tiklangan matn xususiyatiga qarab badiiy
tarjima, ilmiy tarjima va boshqa turlarga
ajratiladi. Asl nusxani aks ettirish tarziga
ko‘ra tafsir, tabdil, sharh kabi ko‘rinishga
ham ega bo‘lishi mumkin. Tarjima qadimgi
davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar
orasidagi o‘zaro aloqa, muloqot ehtiyoji
tufayli yuzaga kelgan.
She‘r – badiiy ijodning his-tuyg‗ularga
boy eng nafis namunasidir. She‘riyatda
xalqning roli, madaniy taraqqiyot darajasi,
o‗ziga xosligi, tilining qudrati, iste‘dod va
iqtidorining
mavqeyi
mujassamlashgan
bo‗ladi. She‘r nasrga qaraganda boshqacha rol
tasvir etadi. Unda katta umumlashtiruvchi
kuch mavjud. Bir band she‘rda bir olam
ma‘no ifodalanishi mumkin.
Chunki sh‘er inson kechinmalari,
kayfiyati va ichki dunyosini, tuyg‗u-
hissiyotlarini to‗laroq va chuqurroq bayon
qila oladi, kishining qalbiga juda tez kirib
boradi. Shuning uchun she‘r estetik ta‘sir
o‗tkazuvchi beqiyos katta qudratga, ulkan
tarbiyaviy ahamiyatga molik san‘atdir. Fikr
she‘rda tuyg‗ular, ehtiroslar va barqaror
intonatsiyalar orqali uyushib yuzaga keladi.
Intonatsiya she‘rdagi har bir so‗zni
o‗ziga tobe qilib, uning ta‘sir kuchini
oshiradi, mazmunni kitobxon ruhiga ta‘sir
ettirib, yorqinroq ro‗yobga chiqaradi.
Nasriy asarni bir tildan ikkinchisiga
o‗girish qanchalik qiyin bo‗lmasin, she‘rni
tarjima qilish undan ko‗ra ancha mushkul,
chunki she‘riy asar tarjimasining o‗ziga xos
tomonlari mavjud. Tarjimon faqat she‘r
tarkibidagi so‗zlarning mazmuninigina emas,
shu bilan birga, uning ritmi, qofiyasi va
intonatsiyasini ham qayta tiklashi lozim
[1.b.30].
She‘riy asarda shakl va mazmun bir-
biri bilan chambarchas bog‗langan bo‗ladi.
Har bir she‘riy asar o‗z mazmuniga mos shakl
– vazn, qofiyalanish sistemasi, ritmi va
intonatsiyasiga ega. Shoir muayyan g‗oyani
ifodalash uchun unga muvofiq so‗z va so‗zlar
silsilasi, sintaktik birikish yo‗li, vazn turini
tanlaydi va shu orqali o‗z g‗oyasini
mukammalroq bayon eta oladigan shakl ijod
qiladi. Har bir shakliy zarra she‘rda
mazmunni ro‗yobga chiqaruvchi vosita
hisoblanadi. She‘rda mazmun bilan shakl
birikuvi uyg‗undir.
Ma`lumotlar
shuni
ko`rsatadiki,
tarjima qadimgi davrlarda turli qabilalarga
mansub kishilar orasidagi o‗zaro aloqa,
muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan.
Tarjima – bir tildagi matnni boshqa tilda
qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi
hisoblanadi. Tarjima millatlararo muloqotning
eng muhim ko‗rinishi bo`lib ,uning asliyatga
shaklan va mazmunan monand tarzda
yaratilishi
tarjimonning
o`z
tilida
asliymonand lisoniy vositalar tanlab ifoda
etish bilan belgilanadi.Asliyat va qayta
tiklangan matn xususiyatiga qarab tarjimalar
badiiy tarjima, ilmiy tarjima va boshqa
turlarga ajratiladi. Asl nusxani aks ettirish
tarziga ko‗ra tafsil, tadbil, sharh kabi
ko‗rinishlarda ham uchratish mumkin.
Tarjima – murakkab jarayon va
mas‘uliyatli
ishdir.
Suniy
intellekt
texnologiyalariga
asoslangan
avtomatik
tarjima tizimlari paydo bo‗lib borishiga
qaramay tarjima har doim ijodiy ish bo‗lib
kelgan va shundayligicha qoladi. She`riy
asarlarni nasriy ijoddan ajratib, farqlab
turadigan o`ziga xos xususiyatlari tarjima
jarayoniga ham o`z tasirini ko`rsatadi.
Хорижий филология
№1, 2021 йил
155
Shunday ekan, she‘rning biror muhim zarrasi
o‗zgarishi bilan uning butun ruhi o‗zgacha tus
olib ketishi mumkin. Ritm o‗zgarishga uchrar
ekan, so‗z va so‗zlar mazmuni ham binobarin,
intonatsiya, uslub ham o‗zgaradi. Demak,
asarning butun she‘riy mohiyati, mazmuni
o‗zgacha bo‗lib qoladi. Lirik qahramon, uning
ovozi,
dunyoga
munosabati
bo‗lakcha
maqomga ko‗chadi.
She`riy
tarjima
murakkab
ijodiy
jarayonni
o`z
ichiga
qamrab
oladi.Bu
murakkablik,
ayniqsa,
she`riy
asarlar
tarjimasida
yaqqol
namoyon
bo`lishini
kuzatamiz. Shuning uchun ham biz mazkur
soha vakilini haqli ravishda shoir-tarjimon
deb ataymiz. Bunda tarjimon-chizmakash
emas, rassomdek ijod qiladi va tarjimaning
turli jumladan, yashirin ma`nolarini mufassal
bayon qilish yo`llari orqali muallif fikrini
kitobxonga aniqroq yetkazishga intiladi.
Ammo, to`rt satr she`rdagi ohang va
lirik kechinmani o`quvchi qalbidan joy
oladigan darajada tarjima qilish tarjimondan
shoirona ilhom va ulkan mahoratni talab
qiladi. She`riy tarjima ham she`r kabi
ilhom kelganda , asar tarjimonga kuchli ta`sir
ko`rsatganda dunyoga keladi.
Ammo, she`r tarjimasi ko`ngil ishi
ekanini tan olmasdan ilojimiz yo`q.Chunki,
tarjimon yuragiga yaqin, ko`ngliga mos
keladigan, ruhiyatiga tushadigan g`azalni
yoki she`rnigina estetik zavq bilan qayta
yaratadi.
Agar
tarjimon
o`z
tarjimasidagi g`azal yoki she`rdan estetik
zavq olmasa, u qilgan tarjimaning estetik
ta`sirchanligi
bo`lmaydi,natijada
tarjima
quruq va shirasiz bo`lib qoladi.
She`riy tarjima lisonda (nutq) ona tili
va
xorijiy
tillarni
oʻrganishda,
terminologiyani
ishlab
chiqish
va
takomillashtirishda, lisoniy matnlarni ilmiy
sharhlashda muhim ahamiyatga ega; mavjud
va
xayoliy
narsalar
(moddiylik
va
gʻoyaviylik)ning
oʻzaro
aloqadorligi
muammolarini hal qilish, ijtimoiy ongni va
ijtimoiy mavjudot boʻlmish insonning oʻzini
toʻgʻri tushunish uchun nazariy xulosalar
chiqarishga imkon beradi.
Til va tafakkurning, lisoniy va
mantiqiy birlik (kattalik)larning oʻzaro
aloqasi muammosi she`riy tarjimaning lisoniy
kognitiv tahlili tomonidan baravar, bir
vaqtning oʻzida oʻrganiladi. Asosiy lingvistik
metodlar
sifatida
tavsifiy
(qiyosiy,
konfrontativ, kontrastiv, tipologik), tarixiy
(qiyosiy-tarixiy, komparativ) va normativ
stilistik (meʼyoriy uslubiy) metodlarni
koʻrsatish mumkin.
She`riy tarjimada lisoniy –kognitiv
metod ham mavjud. Kognitiv so`zi inglizcha
―cognize- bilmoq, anglamoq, tushunmoq‖
so`zidan olingan bo`lib, bu soha faqat
falsafadagi
bilish
nazariyasi
bilan
cheklanmay, balki tilni tafakkur bilan
bog`lab,
lisoniy
hodisalar
bilan
uzviy
aloqasini
chuqur
ilmiy
tadqiq
etadi.
Kongnitologiya
bilimning
lisoniy
voqelanishi jarayonini tavsiflashni gumanitar
fanlar sohasidagi eng asosiy muammolar
qatoriga
qo‘yadi.
Ushbu
muammo
zamonamizda
rivoj
topayotgan
ilmiy
taqdiqotlarning muhim yunalishlarini belgilab
bermoqda.
Professor
Sh.Safarovning
fikricha,
kognitiv
tilshunoslikning
vazifasi
til
yordamida bilim olish va saqlash, tilni
amalda qo`llash hamda uzatish, umuman, til
tizimi va tarkibini inson miyasidagi tafakkur
bilan bog`lab, chuqur ilmiy tadqiq etishdir
diya ta`kidlaydi [2.b.10]. Shunday ekan
insonning
kundalik
voqea-
hodisalarga
munosabati tilning kognitiv nazariyasining
amalda qo`llanishi bilan uzviy bog`liqdir.
Zotan,biz
yillar
davomida
hosil
bo`lgan
hayot
tajribamiz,
bilim
va
ko`nikmalarimiz asosida voqelikdagi u yoki
bu tarzda mavjud bo`lgan narsa – predmetlar,
voqealar,hodisalar haqida fikrlar olamiz va
ana shunga tayangan holda o`zaro
so`zlashuv jarayonida nutqimizning yanada
ravon bo`lishiga ya`ni, bekam-ko`stligiga
erishamiz.
Bizga
ma`lumki,
bilish
faoliyati
insonning voqelikni bevosita sezish, his
etish bilan boshlanadi. Hozirgi zamon
tilshunosligida kognitiv yunalish leksik-
semantik sathdagi tahlillar bilan chambarchas
bog`liq bo`lib, unga ko`ra til umumiy
kognitiv mexanizm bo`lishi bilan birga ,
kognitiv
qurol
tarzida
axborotning
taqdimotini , kod yordamida uzatish va
Хорижий филология
№1, 2021 йил
156
o`zgartirish vazifasini bajaruvchi belgilar
tizimi hamdir.
She'riy asarlarni nasriy ijoddan ajratib,
farqlab turadigan o`ziga xos xususiyatlari
tarjima
jarayoniga
ham
o'z
ta'sirini
ko'rsatmoqda. Har qanday she'riy asarni
ko'lga
olishingiz
bilan
dastlab
ko'zga
tashlanadigan narsa uning zohiriy tomoni
bo`lib, hali mazmuni bilan tanishmay turib,
nazmni nasrdan farqlash imkoniyatini beradi.
Bu zohiriy tomon - she'riy asarlarning
ma'lum
tartibidagi
shakli:
o'lchovi,
bandlanishi, kofiyasidir. Zohiriy fazilatlar
she'riy asarning mazmunini ifoda qilish
uslubiga (ifoda siqiqligi, obrazli uslubiy
vositalarning ko'p ishlatilishi, o`ziga xos
sintaksis) ta'sir qiladi.
Nazm uchun xos bo'lgan maxsus
xususiyatlarning tarjima jarayonida qay tarzda
va qay sifatda qayta ishlatilishi, ularning
tarjima asarlarining estetik ta'sir ko'rsatadigan
kuchini
qayta
tiklanishidagi
mohiyatni
o`rganish tarjima nazariyasi va amaliyoti
nuqtayi nazaridan ma'lum qiziqish uyg'otadi.
Filolog,tarjimon Murodxon Ergashev
she‘riy tarjimaga yuqori baho berib, shunday
ta‘rif beradi: ―Badiiy tarjimaning boshqa
turlariga qaraganda she‘riy tarjima badiiy
tarjimaning oliy navi – desa bo‗ladi‖. Atoqli
tarjimashunosimiz she‘riy tarjimaga bejiz
bunday yuqori baho bermaganlar. Chunki
she‘riy tarjima jarayonida shoir tarjimon,
ijodkor tarjima mahsulini dunyoga keltiradi.
Mana shunday mashaqqatlar bilan xalq
mulkiga aylanadigan tarjima asarlar san‘at
darajasiga ko‗tariladi.
She‘riy asarda shakl va mazmun bir-
biri bilan chambarchas bog‗langan bo‗ladi.
Har bir she‘riy asar o‗z mazmuniga mos shakl
– vazn, qofiyalanish sistemasi, ritmi va
intonatsiyasiga ega. Shoir muayyan g‗oyani
ifodalash uchun unga muvofiq so‗z va so‗zlar
silsilasi, sintaktik birikish yo‗li, vazn turini
tanlaydi va shu orqali o‗z g‗oyasini
mukammalroq bayon eta oladigan shakl ijod
qiladi. Har bir shakliy zarra she‘rda
mazmunni ro‗yobga chiqaruvchi vosita
hisoblanadi. She‘rda mazmun bilan shakl
birikuvi uyg‗undir.
She`riyat boshqa uslub va janrlar
ichidagi eng jonli va ta`sirchani bo`lganligi,
shuningdek, u qofiya, misra, band kabi qayta
tartibga soluvchi unsurlarga ega bo`lganligi
tufayli, undagi gaplarda so`z tartibi nasrga
qaraganda ko`p va antiqa o`zgarishlarga
uchrab turadi. Sintaktik uslubiy vositalar ham
nazmda nasrdagidan ko`ra ko'proq ishlatilib,
ular she'r ritmini tashkil etishda, uning ifoda
kuchini oshirishda, eng muhimi, uning g`oya
va mazmunini kitobxonning his-tuyg`ulariga
kerakli
ta`sirni
o`tkazishda
ishtirok
etadi.Inversiya, ajratilgan bo'laklar, takrorlar,
sintaktik parallelizm, xiazm (teskari 8
parallelizm), ritorik savollar kabi sintaktik
vositalar fransuz tilidagi she'riy asarlarda
ham, o'zbek nazmida ham ko`plab uchraydi.
Har ikki tildagi adabiyotda keng
qo‗llanilgani, milliy bo`yog`i bo`lmagani
tufayli, yuqorida sanab o'tilgan uslubiy
vositalarning matnda bajargan vazifasini
tarjimada qayta yaratish katta qiyinchiliklarni
vujudga keltirmaydi va ular ko`pincha
asliyatga mos holda aks ettiriladi. Mustaqillik
yillari o'zbek mumtoz adabiyoti namunalari
bir necha bor fransuz tiliga tarjima qilindi.
1991-yili
Parijdagi "Orphée» nashriyoti
Alisher Navoiyning g'azallari va boshqa
she'rlaridan tashkil topgan to`plam "Gazels et
autres poèmes» ni e'lon qildi.
Asarlarni
o'zbek
tilidan
Hamid
Ismoilov tarjima qilgan, Jan-Pyer Balp
fransuz tiliga moslashtirgan. To'plamdan 27 ta
g'azal,
qator
qit`a,
chiston,
ruboiy,
muxammas, fard va mustazodlar o'rin olgan.
Mazkur to'plamning qiziqarli tomoni
shundaki, undagi asarlarning asliyatlari eski
o'zbek (arab) alifbosida keltirilib, ularning
yonida fransuzcha tarjimasi beriladi.
Asarlarning o'zbek tiliga tarjimasi
Ma'mura
Rashidovaning
kalligrafiyasida
berilgan. Bundan tashqari "Action poétique»
jurnalining 121-sonida A.Navoiynning qator
g'azallari e'lon qilindi. 1996-yili Parijdagi
"Jarach-La Ruche» nashriyotida "A la Cour
des Princes Timurides" (Temuriy shahzodalar
saroyida) nomida o'zbek mumtoz she'riyati
vakillarining asarlari e'lon qilindi.
To'plamdan Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy,
Navoiy, Bobur, Zebiniso va Nodirabegimning
g'azal va ruboiylari joy olgan. Ularni fransuz
tiliga B.Ermatov tarjima qilgan.
Хорижий филология
№1, 2021 йил
157
2007 -yili Brest (Fransiya) shahridagi
"Georama»
nashriyoti
A.Navoiyning
g'azallarini "Gazels» fransuz tilida e'lon qildi.
Asarlarni fransuz tiliga filolog, tarjimon
Murodxon Ergashev va Jan-Jak Gate tarjima
qilishgan. A.Navoiyning ayrim g'azallari
fransuz tiliga bir necha marta tarjima qilingan.
Bu tarjimalarni qiyosiy o'rganish qiziq
natijalarini beradi.
Jumladan, Navoiyning
"Munojot» g'azali mustaqillik yillarida
fransuz tiliga uch marotaba tarjima qilindi. Bu
tarjimalar "Gazels et autres poèmes»
to'plamida, "Action poétique» jurnalida va
"Gazels» da e'lon qilingan.
Asliyatda
g'azal
quyidagicha
boshlanadi;
"Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru
kelmadi
Ko‗zlarimga, kecha tong otguncha uyqu
kelmadi ... »
P.SHuven tarjimasi
:
«Le soir je viendrai, a dit ce cyprès à visage
de fleur; il n‘est pas venu
Sur mes yeux, de la nuit jusqu‘à l‘aube, le
someil n‘est pas venu... »
H.Ismoilov va J.P.Balp tarjimasi:
«Sa silhouette de cyprès, son visage de fleur
promettent
sa venue mais elle ne vient pas.
Cette nuit, du crépuscule à l‘aube, le sommeil
n‘est pas
venu sur mes yeux» [Navoï, 1991, Р.29].
М.Ergashev va J.J.Gate tarjimasi:
«Elle avait tant promis qu‘elle viendrait ce
soir,
Souplesse de cyprès au visage de fleur.
Jamais elle ne vint.
Mes yeux ont attendu que l‘aube soit venue.
Et le sommeil jamais ne vint» [Navoiy, 2007,
P. 70.].
Keltirilgan
misoldan
ko'rinib
turganidek, Pyer Shuvenning fransuzcha
tarjimasi asliyatga ham shakl jihatidan, ham
mazmun
jihatidan
juda
yaqin
turadi.
Tarjimada g'azalga xos qofiya ham, musiqa
ham saqlangan. Biroq, mazkur tarjimada
"sarvi gulru» mujskoy rodda keltirilgan
bo`lib, asliyatga qusur etgan (il n'est pas
venu).
P.Shuvendan
farqli
o'laroq,
М.Ergashev va J.J.Gate
asar mazmunini
saqlashga intilishgan va buning uddasidan
ham chiqishgan. Sintaktik uslubiy vositalar
so`zlar
orqali
anglatilgan
mazmunni
o`quvchiga
yorqinroq,
ifodaliroq,
ta'sirchanroq etkazib berishga yordamlashadi
[3.Navoiy, 2007, 70-bet]. Aksar vaziyatlarda
ular leksik uslubiy vositalar bilan birlashib,
so'zlardagi
obrazlilik,
emotsionallikni
kuchaytirib, o'quvchi diqqatini kerakli so'z,
ibora va gaplarga tortishga yordam beradi.
Tarjimada sintaktik uslubiy vositalalarni
xuddi shunday vazifada yuzaga chiqirish
muhim ahamiyatga molikdir.
She'riy asardagi sintaktik jihatlarning
tarjimada aks ettirilishi yoki ettirilmasligi asar
mazmunini qayta ifoda qilishga salbiy yoki
ijobiy ta'sir o‗tkazmay, shu mazmunning
o'quvchiga qay tartibda yetib borishi, o'quvchi
hissiyotlariga qanday ta`sir ko`rsatishi bilan
bog'liqdir.
Tarjima amaliyotida kam uchrasa-da,
ba‘zida
tarjimonning
asliyatidagi
gap
tuzilishiga yetarlicha e'tibor bermaganligi
tufayli, asar mazmunining noto‗g'ri talqin
qilinishi hollari ham uchrab turadi. Xullas,
tarjima qilinayotgan she'riy asar shakli va
mazmuni mutarjimlar tomonidan yetarlicha
chuqur his etilsa, uni tarjimada ham qayta
yaratish mumkin, zero, har qanday asar
fazilatlarini,
undagi
uslubiy
vositalar
vazifasini tarjima matnida tiklash uchun
o'zbek she'riyatining zahirasi yetarlicha so`z
san`ati boyliklariga ega. Sintaktik vositalar
tarjimada hamma vaqt ham xuddi asliyatdagi
shaklda berilmasa-da, mohir tarjimonlar
ularning matndagi vazifasini boshqa vositalar
yordamida qayta tiklash imkoniyatlaridan
keng foydalanadilar. Bu esa asarni tarjima tili
o'quvchisiga asliyatga mutanosib holda yaxlit
yetkazib berish uchun muhimdir.
Xulosa
qilib
aytganda,
tarjima
qilinayotgan she`riy asar shakli va mazmuni
tarjimonlar tomonidan yetarlicha chuqur his
etilsa uni tarjimada ham adekvat qayta
yaratish mumkin, zero, har qanday asar
fazilatlarini,
undagi
uslubiy
vositalar
vazifasini tarjima matnida tiklash uchun
o`zbek she`riyati zahirasi yetarlicha so`z
san`ati boyliklariga ega. Sintaktik vositalar
tarjimada hamma vaqt ham xuddi
asliyatdagi shaklda berilmasa-da mohir
Хорижий филология
№1, 2021 йил
158
tarjimonlar ularning matndagi vazifasini
boshqa vositalar yordamida qayta tiklash
imkoniyatlaridan keng foydalanadilar. Bu
esa asarni tarjima tili o`quvchisiga asliyatga
mutanosib holda yaxlit yetkazib berish
uchun muhimdir.
Аdabiyotlar:
1. Salomov G‘., Komilov N. Tarjimon mahorati. – T.: Fan, 1979. – B. 30.
2. Safarov SH. Kognitiv tilshunoslik. –Jizzax: Sangzor, 2006. -B. 10.
3. Navoiy Mir Alisher. Gazels. - Brest: Georama, 2007.-B.70.
4. Navoï Alisher. Gazels et autres poemes – Paris: Orphee La Difference, 1991.-b.29.
Эшбоева Т. Лингвистико-когнитивный анализ поэтического перевода.
В статье
исследуется специфика художественного перевода, в частности поэтического перевода.
Теоретические обобщения основаны на переводах газелей Алишера Навои на узбекский и
французский языки. Теоретические выводы основаны на сравнительном анализе текстов: в
переводе газелей, который является одним из важнейших жанров классической турецкой
литературы, переведенный текст ближе к оригиналу. Проанализированы особенности
поэтического перевода, сложность методов перевода с периодической сменой и
совершенствованием поэтических жанров, а также различия между ними.
Eshboyeva T. Linguistic-cognitive analysis of poetic translation.
This article examines the
specifics of literary translation, in particular, poetic translation. Theoretical generalizations are
based on the translations of Alisher Navoi's ghazals into Uzbek and French. Theoretical
conclusions are based on the comparative analysis of the texts. In the translation of ghazals, which
is one of the most important genres of classical Turkish literature, the translated text is closer to the
original text. The features of poetic translation, the complexity of translation methods with the
periodic change and improvement of poetic genres, and the differences between them were
analyzed.