Ushbu maqolada mobil ilova yordamida ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni o‘qish, qayta ishlash va uzatish jarayonlari C# dasturlash tilini o‘rganish ma’lumotlari misolida ko‘rib chiqilgan. Buning uchun java dasturlash tilida mobil ilova yaratilgan, MySQL ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar to‘ldirilgan va ilova yordamida ushbu ma’lumotlar bazasi boshqarilgan.
Ушбу мақолада таълим тизимида 3D технологияларини қўллаш, рақамли технологияларни жорий этиш ҳамда 3D ресурсларидан фойдаланиб ўқувчи-талабаларга индивидуал ёндашиш орқали ўқитиш сифатини ошириш ва эришиш мумкин бўлган натижалар тўғрисида таҳлилий маълумотлар келтирилган.
Zamon taraqqiy etgan sari jamiyatda axborotga bo‘lgan talab va ehtiyoj ham ortib bormoqda, ayniqsa, axborot texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi axborotlar hajmining ham ortib borishiga xizmat qilib kelmoqda. Bu kabi axborotlar ichida ma’lum ma’noda himoyani, maxfiylikni va sir saqlanishini talab etadiganlari ham bo‘ladi, negaki, bu toifadagi ma’lumotlarning oshkor bo‘lishi, o‘g‘irlanishi yoki yo‘q qilinishi kabi holatlar tashkilot uchun katta talofotlarni, moliyaviy yoki moddiy zararlarni olib kelishi mumkin. Bu kabi holatlarni oldini olish uchun esa qanday soha bo‘lmasin albatta, axborot xavfsizligini, uning himoyasi va muhofazasini amalga oshirishi lozim.
Axborot jamiyatida yoshlar qatlamidagi ijtimoiy muammolarning dolzarbligi, insonning cheksiz telekommunikatsion simulyatsiyalar dunyosida ma’naviy kо‘rsatma va barqarorlikni izlashi bilan izohlanadi. Yoshlarning axborot inqilobi ta’siri ostida an’anaviy madaniyat elementlari modernizatsiya qilinmoqda, asta-sekin dunyo bо‘ylab internetga kirib borib, texnologik yangiliklarga sezilarli moslashuvchanlik salohiyatlarini namoyish etmoqda. Ushbu maqolada yoshlar hayotida virtaul makonning ahamiyati, sotsiologik tadqiqotlarda virtualashuv tavsifining yangi tendensiyalari kо‘rsatilib, zamonaviy yoshlar ijtimoiy munosabatlarining qiyosiy tahlili berilgan.
Maqolada yangi sho‘roso‘ngi makonining shakllanishi bilan yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyatlarni o‘rganishda etnik jamiyatdagi asosiy nazariy yondashuvlar muhokama qilinadi. Bu yondashuvlarning qanday konseptu- al zaif tomonlari yoki, aksincha, evristik imkoniyatlari keskinlikning o‘ziga xos holatlarini o‘rganishda, ba’zida kuch tahdidi yoki zo‘ravonlikdan ochiq foydalanish natijasida etno-siyosiy mojarolar deb nomlanishda o‘z aksini topadi. Bu masala, xususan, etnik kamsitish va yuzaga kelayotgan nizolarni tartibga solish kabi hodisalarni o‘rganish uchun katta metodik ahamiyatga ega. Ekspert tadqiqot usuli esa sud ekspertizasi predmetiga tegishli faktik ma’lumotlarni aniqlash uchun uning obyektlarini o‘rganishda qo‘llanadigan mantiqiy yoki instrumental operatsiyalar tizimidir. Ekspert tadqiqotlari metodikasi – sud ekspertizasi predmetiga tegishli faktik ma’lumotlarni aniqlash uchun uning obyektlarini o‘rganishda qo‘llanadigan usullar tizimi.
In this paper, importance of preprocessing and techniques in this field such as data cleaning, dimensionality reduction, smoothing, normalization are illustrated. During the research we mentioned some details of techniques above. However, our research includes only theoretical aspect of data preprocessing. The data preprocessing phase while arduous and time-intensive stands as the cornerstone of data science, possessing paramount significance. Neglecting the meticulous cleansing and structuring of data has the potential to undermine the integrity and efficacy of subsequent modeling endeavors.
Maqolada sanoat korxonalarida AKTdan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan va tahlil qilingan. Shuningdek, korxona samaradorligiga AKTning ta’siri va undan foydalanishda erishilayotgan yutuqlar ko‘rib chiqilgan. Muallif sanoat korxonalarining respublika iqtisodiyotidagi o‘rni bilan birga uni rivojlantirishda axborot texnologiya xizmatlarini joriy qilishning zamonaviy usullari va samaradorligini statistik ma’lumotlar asosida regression va korrelatsion tahlil qilgan.
Zamonaviy jamiyatda xalqaro munosabatlarning jadal rivojlanishi, bilimlar iqtisodiyotining shakllanishi va axborot raqamli texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida ishlab chiqarish vositalari va ijodkorlik natijalariga xususiy mulkchilik imkoniyati jismoniy ma'noda nomoddiy, lekin fuqarolik huquqida moddiy (qiymat, mulk) mulk ob’yektlari, axborot xarakteri, intellektual faoliyat natijalari, individuallashtirishning tenglashtirilgan vositalari va turdosh mulk huquqlari ma'nosida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
В настоящее время в мире быстрыми темпами идет процесс информатизации всех сторон жизни общества, развития и внедрения новых информационных технологий. Компьютерные технологии привели к впечатляющим изменениям в сфере промышленного производства и бизнеса, социальной жизни и образования, науки и культуры
Maqolada temir yo‘l tarmog‘i korxonasida ma’lumotlar bazasini boshqarish mavzusi, ya’ni temir yo‘l avtomatlashtirish va telemexanika elementlarini qabul qiluvchi va ularga xizmat ko‘rsatadigan asbob-uskunalar, bu yerda yo‘l uchastkalari holatini boshqaruvchi eng muhim qurilma (element) relesi, temir yo‘l avtomatlashtirish relelarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy sharoitlarda ma’lumotlar bazasini yaratish algoritmi ishlab chiqildi va dastur yozildi.
В статье рассмаривается вопрос о концепции геймификации как нового подхода к повышению эффективности обучения, активизации учебно-познавательной деятельности, повышению мотивации учащихся посредством использования техники «пасхалка», что является одним из актуальных направлений использования информационных, цифровых образовательных технологий в учебно-познавательном процессе. Целью настоящей статьи является характеристика и применение игровой техники «пасхалка» на занятиях по литературе «История русской литературы 11- 18 века» в группах по направлению образования «Русский язык в иноязычных группах». Для достижения цели исследования были поставлены следующие задачи: проанализировать понятие «проблемный подход», «геймификация образования»; дать определение понятия «игровые техники» и выделить основные его типы; разработать примеры применения игровой техники «пасхалка» на дисциплине «История русской литературы 11-18 вв.». В статье сделана попытка применения игровой техники «пасхалка» на дисциплине «История русской литературы 11-18 вв.». В статье отмечаются достоинства геймификации в образовательной деятельности, такие как когнитивный, организационно-методический, информационный и мотивационно ценностный аспекты.
В статье рассматриваются вопросы безопасности центров обработки данных банковских учреждений.