Тетрахлорметан (CCl 4 ) билан чақирилган токсик гепатитда каламуш жигар митохондрияси антиоксидант ферментлар – СОД, каталаза, глутатионпероксидаза фаоллигига ва Fe 2+ /цитратга боғлиқ липидларни перекисли оксидланишига полифеноллар экстрактининг таъсири.
Andiz (Inula) – qoqidoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar turkumi haqida keltirilgan. O’zbekistonda va dunyoda dorivor o’simliklarni biologik faol moddalar tarkibini o’rganishga ham katta e’tibor berilmoqda, chunki inson tanasidagi gormonlar, vitaminlar, aminokislotalar, fermentlar bilan bog’liq bo’lgan optimal miqdori va nisbati fiziologik jarayonlarning normal o’tishini ta’minlaydi va ularning yetishmasligi inson tanasida turli xil patologik jarayonlarning rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin
Carthamus tinctorius l gullari an'anaviy ravishda yurak-qon tomir, serebrovaskulyar va ginekologik asoratlar uchun qo'llaniladi. Shu bilan birgalikda yurak-qon tomir kasalliklari uchun Carthamus tinctorius l suvli ekstraktining fitoterapevtik hamda, antikoagulyant, qon tomirlarini kengaytiruvchi, antihipertenziv, antioksidant, neyroprotektiv, immunosupressiv, melanin sinteziga inhibitiv ta'sir ko'rsatadigan saratonga qarshi vosita sifatida dunyo olimlari ilimiy tadqiqotlar olib borishmoqda. Bundan tashqari, Carthamus tinctorius l neyrotrop, kardiotrop, gemopoetik va diaforetik tizimlar bilan bog'liq boshqa kasalliklar uchun ham samarali ekanligi aniqlangan. Ushbu o'simlikning fitokimyosiga kelsak, tegishli tadqiqotlar o'simlikning turli qismlaridan aniqlangan flavonoidlar, feniletanoid glikozidlar, kumarinlar, yog' kislotalari va steroidlar kabi bir qator faol tarkibiy qismlarni aniqladi. Hozirgi vaqtda bir qator farmatsevtika tadqiqotlari uning antioksidlanish, yallig'lanishga qarshi va antiepilepsiya nuqtai nazaridan etnofarmatsevtik qo'llanilishiga e’tibor qaratilgan. Biz olib borgan tadqiqot Carthamus tinctorius l ning antioksidantlik xususiyatlarini ko‘rib chiqish.
Стимуляция антиоксидантной защиты снижает риск развития когнитивных нарушений, связанных с гипогликемией. Великобритания, выраженность когнитивных изменений у пациентов с сахарным диабетом 1-го типа вследствие повторных эпизодов гипогликемии можно корректировать, применяя антиоксиданты.
Bizga ma’lumki, biz ko‘rib chiqqan sud tibbiyotiga oid barcha mahalliy va xorijiy adabiyotlarda inson so‘lagi tarkibi, uning tarkibidagi (oqsil va fermentlar jinoiy ishlarni ochishdagi voqea joyida qoldirgan va dalil sifatidagi sudga oid tasdiqlavchi asosiy ko‘rsatma ekanligi, shu jihatidan so‘lak va uning dog‘larini, tarkibiy qismlarini o‘rganish sud tibbiyotida, inson hayotiga suiqasd qilish, nomusga tajovus qilish va boshqa bir qancha jinoyatlarda shaxsni aniq identifikatsiyalash zarurligini taqoza etadi. Inson aralash so‘lagining solishtirma og`irligi 1002-1007 ga teng bo‘lib, u yopishqoq suyuqlikdir. Uning tarkibida hujayra elementlari bo‘lganligi tufayli, u xira-oqish ko‘rinishga ega. Aralash so‘lak oqsillari hazm qiluvchi, himoyalovchi, ajratuvchi, bufer va boshqa bir qator vazifalarni bajaradi. Aralash so`lakda 100 dan ortiq fermentlar mavjud. Bu fermentlardan- amilazaga sud tibbiyotida alohida ahamiyat beriladi
Ushbu maqolada sarsabil (sparja) o‘simligining kelib chiqishi va tarqalishi hamda foydalanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.