Ushbu ishda O‘zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat tizimining jamiyatda tutgan o‘rni, maqsad va vazifalari, yo‘nalishlari, rivojlanish tarixi, sobiq ittifoq davrida va mustaqillik yillarida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanish xususiyatlari, mustaqillik yillarida jismoniy madaniyat tizimida olib borilgan islohatlar va ularning ijobiy samarasi keng ochib berilgan.
Chorvachilik sohasini mufaqqiyatli rivojlantirishda ozuqa bazasi muhim ahamiyatga ega hisoblabai. Ozuqa bazasini mustahkamlashda imkon qadar yuqori hosildor ekinlarni ekish, yuqori hosildorlik hisobiga har bir gektar erdan yuoqori hosil olish kerak bo’ladi. Ma’lumki makkajo’hori ekini ozuqabop ekinlar ichida yuqori hosildor ekinlardan hisoblanadi. Makkajo’ri ekib etistirishda hosildorlik bilan birga vegetatsiya davri, yani rivojlanih fazalalarini o’rganish ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ushbu maqolada makkajo’ri ekinining yangi xorijiy tizmalari rivojlanish fazalari bo’yicha o’rganish natijalari keltirilgan.
Biz uyushgan maktabgacha yoshdagi bolalarning (4 yoshdan 7 yoshgacha) jismoniy rivojlanishining yosh-jinsiy xususiyatlarini dinamikada o’rganamiz va baholash jadvallarini (standartlarini) ishlab chiqamiz. Bolalarning jismoniy rivojlanish darajasi salomatlikning asosiy ko’rsatkichlaridan biridir. Jismoniy rivojlanish, aholining sanitariya holatining boshqa ko’rsatkichlaridan (kasallanish, o’lim) farqli o’laroq, aholi salomatligining bevosita ijobiy tavsifini beradi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, 35 yillik yapon mustamlakasidan ozod bo‘lgan Koreya ikkiga bo‘linadi. Garchi Koreya Respublikasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasidan qashshoqroq bo‘lgan bo‘lsada bugungi kunda jahonning eng rivojlangan davlatlaridan biridir. Mazkur maqolaning maqsadi Koreya Respublikasining tarixini tahlil qilish va rivojlanish strategiyasini o‘rganib chiqishdan iborat. Maqolaning ilmiy va amaliy dolzarbligiana shu strategiyalar qanchalik samarali bo‘lganini baholashdan iborat. Bunda tarixiy, induksiya, deduksiya, event- tahlil va taqqoslash metodlaridan foydalanilgan. Koreya Respublikada yuqori elita va harbiy hukumatning o‘zaro kelishuv, davlatning iqtisodga aralashuvi, va ta’limga bo‘lgan e’tibor asosiy rivojlanish faktorlaridan edi. Maqolaning ilmiy ahamiyati qo‘llanilgan usullarni o‘rganib chiqishdan iborat. Bu soha vakillari va erkin izlanuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.