Hozirgi davrda jamiyatimizda yoshlarni oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida aholi sonining muttasil oshib borishi hisobiga nikohlanish koeffisenti ham oshdi. 2019-yilda FXDYO bo’limlari orqali rasman qayd etilgan nikohlar soni 310899 mingtaga yetdi. Oilaviy ajrimlar ko’rsatkichi 2017-yil 31,9 ming , 2018-yil 32,3ming, 2019-yil 31,4ming, 2020-yil 28,2 mingni tashkil etdi.
Oilalarda er-xotin o’rtasida yuzaga keladigan nizolar oilaviy munosabatlarda salabiy holatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Mazkur maqolada oilaviy nizolardan biri bo‘lgan er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning yuzaga kelishi, ularning sabab va oqibatlari, yuzaga kelayotgan tushunmovchiliklarda oilaviy munosabatning o‘rni va ahamiyati qay darajada ekanligi, ularni bartaraf etish bo‘yicha xulosa va tavsiyalar batafsil yoritilgan.
Maqolada oilaviy munosabatlarda xotin-qizlarga nisbatan umuman jamiyatda kamchiliklarga barham berish yo‘lida olib borilayotgan ishlar muhim o’rin tutadi. Shu jihatdan ayollarning bandligini taʼminlash, ularning oʻz intilish va qobiliyatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqara olishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalasi butun dunyoda ham, davlatimizning ham doimiy diqqat markazida ekanligi yoritilgan.
Maqolada zamonaviy sharoitda xotin-qizlarga nisbatan umuman jamiyatda kamchiliklarga barham berish yo‘lida olib borilayotgan ishlar muhim o’rin tutadi. Shu jumladan ayollarga yanada yaxshi sharoitlar yaratish, ularning oʻz intilish
va qobiliyatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqara olishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalasi jahonda ham, respublikamizda ham diqqat markazida ekanligi yoritilgan.
Yoshlarga oilaviy hayot haqidagi ilmiy bilimlarni berishning ahamiyati shundan iboratki, o‘spirin yoshlarni oilaviy hayotga yetuk qilib shakllantirishda ularda oilaviy munosabatlar to‘g‘risidagi ijtimoiy-psixologik tasavvurlarini shakllantirish, to‘laqonli baxtli oila qurish uchun kasb hunarga ega bo‘lish zaruratini singdirish, nikohga yetuklik uchun nikoh omillari va oilaning asosiy funksiyalari haqidagi tasavvurlarini shakllantirish orqali ularni oilaviy hayotga tayyorlashga erishish tadqiqotimizda alohida ahamiyatga molikdir.
Mazkur maqolada oilaviy ajrimlari haqida so‘z yuritilib, unda oila va nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda yuzaga kelayotgan nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi bir qator masalalar har tomonlama o‘rganilib, tahlil qilingan.
Atash-Nomlash Hodisasining Milliyligi Sezgi Va Hislarninggina Mahsuli Bo‘lib Qolmay, Unda Munosabat Ham Katta Ahamiyatga Ega. Munosabat Esa Asosiy Diqqatning Atalmishni Nomlovchi Subyekt Uchun Ahamiyati Va Qiymati Bilan Belgilanadi. Ushbu Ahamiyatlilik Til Birliklarining Lisoniy Qiymatini Muayyanlashtiradi. Atash Nomlash Jarayonining Milliy Mentalitet Va Ahamiyatlilik Bilan Bog‘lanishi Tilshunoslarni Qadimdan Qiziqtirib Keladi. Bu Esa Fanda Qiyosiy-Tarixiy Yo‘nalishning Shakllanishiga Asos Bo‘ldi. Turkiy Va Forsiy So‘zlarning Lisoniy Qiymati Masalasi Bilan Qiziqqan Mutafakkir Alisher Navoiy Mazkur Tillardagi Farqlarni Ayrim Lisoniy Epizodlar Asosida Ravshan Tushuntirib Bergan. Olimning Qarashlari “Yazikovaya Znachimost” Termini Ostida F. De Sossyur Ta’limotida Rivojlantirildi.
Oila va nikoh taqdiridan qat’i nazar, ular ijtimoiy tuzilma, undagi ishlab chiqarish munosabatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ijtimoiy o‘zgarishlar oila va nikohning xarakteriga ta’sir qilishi va yangilanishi ochib berilgan. Bu oila va nikoh mustahkamligi katta ijtimoiy masala ekanligini ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan o‘zbek etnosining nikoh va oilaviy munosabatlar tizimini, zamonaviy o‘zbek oilasining qadriyatlari va an’analarini psixologik fan nuqtai nazaridan tadqiq etishning ahamiyati va dolzarbligiga ilmiy va ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil etilgan.
Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning maktabga moslashishida oilaviy munosabatlarning o‘rni va bolalarni maktabga moslashuvida nimalarga e’tibor berilishi kerakligi batafsil yoritilgan hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada oilada farzand tarbiyasi borasida mutafakkirlarning qarashlari va ularning pedagogik psixologik yondoshuvlari tahlil qilinib, oiladagi o‘zaro munosabatlar va bu jarayonda o‘smir yoshdagi farzandlarda kechadigan hissiy xolatlar, oilaviy tarbiyada yo‘l qo‘yilayotgan xatolar mazmuni yoritilgan.