36
«Kutubxona.uz» ilmiy-uslubiy jurnal
TADQIQOTLAR. ИССЛЕДОВАНИЯ
№3 (59) 2023
fikasi asosidagi о‘zbek yozuvlaridan samarali foydalan
-
gan. U aksar hollarda kо‘ngildan toshib kelgan toshqin
satrlarni ilk savodi chiqqan arab alifbosida bitgan,
sо‘ngra she’rlaridagi tuzatishlarni kirill va lotin alifbo
-
larida amalga oshirganligini kо‘rishimiz mumkin.
Ma’lumki, Shayxzoda «Navoiyda lirik qahramon
xarakteri va uning ochilish priyomlari haqida» nom
-
zodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Mazkur ilmiy
ishni yozish davomida u astoydil ilmiy izlanish olib
borganini, kо‘plab manbalar yiqqanini arxivda saqla
-
nayotgan materiallardan kо‘rsa bо‘ladi. Shayxzo
-
daning navoiyshunoslikka oid qо‘lyozmalarini ham
quyidagicha tasniflashimiz mumkin:
• navoiyshunoslikka oid ilk tadqiqotlari;
• “Navoiyda lirik qahramon xarakteri va uning
ochilish priyomlari haqida» nomzodlik dissertatsiyasi
qо‘lyozmalari va unga oid boshqa manbalar;
• navoiyshunoslikka oid qardosh va chet tillaridagi
manbalar;
• Navoiyning tavallud sanalariga atab yozilgan
nutqlar, ma’ruzalar, fikrlar;
• “Navoiy lirikasining g‘oyaviy va badiiy-poetik
xususiyatlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi
va unga oid boshqa manbalar;
• Shayxzodaning tadqiqot daftarlari, konspektlari.
Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan
1941-yil “О‘zadabiynashr” nashriyotida nashr etilgan
“Genial shoir” kitobi Shayxzodaning ilmiy faoliyatida
katta voqea bо‘lib, she’riyat orqali ancha tanilgan ijod
-
korning ilk katta tadqiqotlaridan biri edi. Mazkur kitob
mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. 1948-yilda
esa «G‘aroyib us-sig‘ar» devoni bо‘yicha «Navoiyda
lirik qahramon xarakteri va uning ochilish priyomlari
haqida» nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Shayxzodaning bu tadqiqotni yozish uchun qay dara
-
jada ilmiy izlanishlar olib borgani tо‘g‘risida uning
о‘zi yiqqan va bugun arxivda saqlanayotgan 100 dan
ortiq hujjat guvohlikka о‘tadi. Bu dissertatsiya muallif
tuzatishlari bilan birga 85 varaqdan iborat bо‘lib, “482”
tartib raqami ostida saqlanadi. Shayxzoda 1940-yildan
boshlab Navoiy ijodi bо‘yicha nimalarni tadqiq qilib,
nima yangiliklarni izlab topgan bо‘lsa, barchasini qator
daftarlarga yozib qoldirgan, uning tadqiqot daftarlari,
bloknot, konspektlari (tartib raqami 480, 481, 484, 485)
saqlanib qolgan. Unda asosan arab grafikasi asosidagi
eski о‘zbek yozuvi va rus yozuvlaridan foydalangan.
YOSHLAR KUNDALIK HAYOTINING VIRTUALLASHUV SABABLARI VA
OMILLARI (SOTSIOLOGIK TAHLIL)
SODIRJONOV Muxriddin Maxammadaminovich,
sotsiologiya fanlari bо‘yicha falsafa doktori (RhD)
Annotatsiy.
Axborot jamiyatida yoshlar qatlamidagi ijtimoiy muammolarning dolzarbligi,
insonning cheksiz telekommunikatsion simulyatsiyalar dunyosida ma’naviy kо‘rsatma va barqarorlikni
izlashi bilan izohlanadi. Yoshlarning axborot inqilobi ta’siri ostida an’anaviy madaniyat elementlari
modernizatsiya qilinmoqda, asta-sekin dunyo bо‘ylab internetga kirib borib, texnologik yangiliklarga
sezilarli moslashuvchanlik salohiyatlarini namoyish etmoqda. Ushbu maqolada yoshlar hayotida
virtaul makonning ahamiyati, sotsiologik tadqiqotlarda virtualashuv tavsifining yangi tendensiyalari
kо‘rsatilib, zamonaviy yoshlar ijtimoiy munosabatlarining qiyosiy tahlili berilgan.
Kalit sо‘zlar:
globallashuv, axborot, madaniyat, ta’lim, virtuallik, virtual hayot, virtual makon,
ijtimoiy aloqa, ijtimoiy tarmoq.
Abstract.
The relevance of social problems among the youth in the information society is explained
by the human search for spiritual guidance and stability in the world of endless telecommunication
TADQIQOTLAR. ИССЛЕДОВАНИЯ
37
«Kutubxona.uz» ilmiy-uslubiy jurnal
№3 (59) 2023
simulations. Under the influence of the information revolution of young people, elements of traditional
culture are being modernized, gradually entering the Internet around the world, showing significant
adaptability potential to technological innovations. This article shows the importance of virtual
space in the life of young people, new trends in the description of virtualization in sociological
research, and provides a comparative analysis of social relations of modern young people.
Key words:
globalization, information, culture, education, virtuality, virtual life, virtual space,
social communication, social network.
Mamlakatimizda jamiyat hayotining barcha soha
-
lariga innovatsion texnologiyalarni qо‘llash asosi
-
da zamonaviy ishlab chiqarishga zamin yaratish,
boshqaruvda axborot kommunikatsiya texnologiyala
-
rining me'yoriy-huquqiy poydevorini mustahkamlash,
ta’limning barcha bosqichlarida elektron madaniyat
-
ni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu
jarayonlar yoshlarning axborot olish, saqlash, qayta
ishlash va yuborishga doir axborot madaniyatining
alohida unsuri sifatida elektron munosabatlarini fa
-
ollashtirmoqda. “Globallashuv davrida jahonning
kо‘pgina taraqqiy etgan davlatlari “axborot jamiyati”,
“bilimlar iqtisodiyoti”, “raqamli iqtisodiyot” yо‘li
-
ni tanlaganiga guvohmiz. Zamonaviy dunyoda inson
kapitali, intellektual salohiyat, innovatsion g‘oyalar,
yuqori texnologiyalar jadal va barqaror taraqqiyotning
fundamental asosini tashkil qilmoqda”[1; 307].
Davlat yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularni har
tomonlama qо‘llab-quvvatlash, katta maqsadlar sari
safarbar etish uchun mamlakatdagi barcha sektorlar
-
ni jalb etmoqda. Bugungi kunda dunyo miqyosida
kechayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy
jarayonlarning integratsiyalashuvi, jahonning bir bur
-
chagida paydo bо‘lgan g‘oyalar, yangiliklar hamda
ijtimoiy qarashlarning boshqa hududlarga tezkorlik
bilan yoyilishini xalqaro globallashuvning ajralmas
fenomeni sifatida e’tirof etish mumkin. Ijtimoiy ja
-
rayonlarda harakatlantiruvchi kuch sifatida yoshlar
qatlamining о‘rni va roli katta.
Yirik xalqaro korxonalarning markazlari bilan ham
-
korlikda raqamlashtirish yо‘nalishidagi faoliyatda inson
kapitalini rivojlantirish, shu jumladan. IT-sohasidagi
kasblarni ommalashtirish, IT-korxonalar uchun institu
-
sional sharoitlarni yaxshilash va ma’muriy tо‘siqlarni
kamaytirishga alohida diqqat qilish zarur[2; 194]. Ho
-
zirgi global butunjahon tendensiyalarini hisobga olib,
О‘zbekiston uchun AKTdan jamiyatning barcha soha
-
larida unumli foydalanish, shuningdek, raqamli tex
-
nologiyalarning umumiy rivoji innovatsiyalar hamda
jahon iqtisodiyotiga jadal sur’atlarda kirishi va integrat
-
siyalashuvining harakatlantiruvchi kuchiga aylantiradi.
Buning uchun Respublikada tezkorlik bilan zarur cho
-
ra-tadbirlar amalga oshirilmoqda, lekin dastlabki ilmiy
asos va ilmiy tadqiqotlarsiz ushbu jarayonlarda yuqori
samaradorlikka erishib bо‘lmaydi.
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiya
-
lari ijtimoiy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib,
uning har bir foydalanuvchisi tobora “virtual olam”ning
“virtual odam”iga aylana bormoqda. О‘z farazlarida
boshqalar bilan bir qatorda ommaviy kommunikatsiya
vositalaridagi inqilob natijalariga tayanayotgan post
-
modernizm “virtual” ta’rifini olgan yoshlar о‘zgacha
zamon va ideosferaning yangicha “mezonini” nazarda
tutadi. “Vituallik” tushunchasi hozirgi vaqtda eng yangi
multimediali audiovizual va kompyuter texnologiyalari
imkoniyatlariga taqqoslanadi, bular yordamida mutlaq
ishonchli sifatida idrok etiladigan va boshdan kechiri
-
ladigan xayollarni(illyuziya) yaratish mumkin bо‘ladi.
Albatta, ushbu fikrni yanada tо‘ldirish va uning
salbiy hamda ijobiy tomonlarini tahlil qilish mumkin.
Hozirgi о‘zbek jamiyatida kо‘pgina yoshlarning za
-
monaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va
ularni о‘zlashtirish salohiyati yuqori baholanadi. Shu
bilan birga, axborotni sintez qilish hamda qabul qilish
-
da axloqiy va milliy madaniyatni tark etish, ijtimoiy
yolg‘izlikka kelib qolish yoki aksincha, turli noras
-
miy jamoalar, diniy oqimlar, turli “zamonaviy mada
-
niy” oqimlar, onlayn о‘yinlar va boshqalar ta’siriga
tushib qolish oqibatida moddiy va ma’naviy zararga
uchrayotgan ba’zi holatlarda suitsid holatlari bilan
tugayotgan voqeliklarni alohida ta’kidladilar. Yangi
axborot texnologiyalari davridagi etnik hodisalarni
ijtimoiy-madaniy, siyosiy va iqtisodiy jarayonlardan
alohida kо‘rib chiqmaslik kerak. Odamlar va etnik
guruhlar kо‘plab axborot hamda ijtimoiy aloqalarda
qatnashadilar. Milliy internet tarmog‘ining roli etnik
ommaviy axborot vositalari faoliyatidagi bо‘shliqlarni
tо‘ldirish, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri etnik aloqalardagi nuq
-
sonlarni bartaraf etish orqali aholining an’anaviy mil
-
liy mentalitetini shakllantirishdan iborat.
Global kompyuter tarmoqlari va telekommunikat
-
siya texnologiyalari joriy etilgan zamonaviy jamiyatda
axborot ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim man
-
bai va omiliga aylanmoqda. Bizning kо‘z о‘ngimizda
38
«Kutubxona.uz» ilmiy-uslubiy jurnal
TADQIQOTLAR. ИССЛЕДОВАНИЯ
№3 (59) 2023
dunyo real voqeadan axborot-virtualga aylanmoqda; af
-
suski, virtual haqiqat mavjudlikning asosiy shakllaridan
biri sifatida tan olinmoqda. Shu munosabat bilan, axbo
-
rot resurslarini saqlash va tarjima qilish, aloqa tarmoq
-
larining murakkablashuvi va chuqurlashishi, voqelikni
virtuallashtirishning oqibatlari, axborot texnologiyalari
ta’siri natijasida ma’naviy mezonlarga bо‘lgan e’tibor
-
ning pasayishi bilan bog‘liq muammolar ilmiy va falsa
-
fiy munozaralar uchun dolzarb bо‘lib qolmoqda.
Sotsiologik nazariyalar tizimida о‘ziga xos ahamiyat
kasb etadigan “ijtimoiy-madaniy” yondashuvning asos
-
chisi P. Sorokin shunday ta’kidlaydi: “Jamiyat va ma
-
daniyat – о‘ziga xos shunday birlikki, unda sotsium
о‘zining sotsiomadaniy aloqa va jarayonlarga kirishish
bilan individumni tashkil etadi”. О‘z navbatida mada
-
niyat sotsiumdagi ma’nolar, qadriyatlar va me'yorlar
majmuini obyektivlashtirib, kishilarni etnik hamda di
-
niy jihatdan ijtimoiylashuvga tayyorlab beradi. Mada
-
niyat shu tariqa inson ijtimoiy xulqining asosiy, ammo
faqat uning о‘zigagina xos bо‘lgan xususiy (shaxsiy)
determinanti (ilgari suruvchi) sifatida jamiyatga et
-
nomadaniy omil sifatida uyg‘unlashadi[3; 296].
Taniqli iqtisodchi olim A.N.Ijayev[4] о‘zining il
-
miy tadqiqotida shunday ta’kidlaydi: “etnik о‘ziga xos-
likning eng muhim funksional yadrosi – bu etnosning
deyarli barcha ekzistensional ongli sohasini qamrab
oluvchi va doimiy ravishda (ommaviy axborot vosita
-
lari yordamida) axborot va kommunikatsion oziqlani-
shini talab qiladigan, birinchi navbatda, etnik-madaniy
mulk shaxsning hayotiy ta’minotini kafolatlaydigan
asosiy himoya vositasi bо‘lgan ma’naviy qadriyatdir.”
Kundalik hayotimizga “zamonaviy odam” de
-
gan sо‘z ishlatilishi tabiiy holatga aylandi. Bunga
A.Y. Hots[5] о‘zining tadqiqotida quyidagicha tarif
beradi: “Axborot jamiyatining asosiy afzalliklari bi
-
lan bir qatorda, u insonlarning kundalik hayotini yangi
madaniyatlar bilan boyitadi, an’anaviy turmush tarzi
-
dan voz kechadi, turli elitar madaniyatlarni о‘zlashti
-
rib, о‘zining standartini yaratadi”
“Virtual jamiyat” nazariyasining muallifi A. Byul
-
ning fikriga kо‘ra virtual reallik texnologiyalari ri
-
vojlanishi bilan kompyuter hisoblash mashinasidan
“kо‘zgulardagi” olamlarni yaratish bо‘yicha univer
-
sal mashinaga aylandi. Jamiyatdagi har bir tizimcha
“parallel” olamlar tomonidan shakllangan bо‘lib,
bularda virtual о‘xshashliklar: Internet tarmog‘ida
iqtisodiy interaksiyalar va siyosiy harakatlarning
amalga oshirilishi, kompyuterli о‘yinlar personajlari
bilan muloqot va h.k.lar yuz bermoqda. Kompyuter
yordamida о‘ziga xos olam, jamiyat yaratishga ta’sir
kо‘rsatish jarayonini A.Byul virtuallashuv (virtual
olam) deb ataydi[6].
Berilgan fikrlardan quyidagicha xulosa qilish
mumkin: virtual voqelikka kirib ketish insonlar о‘r-
tasida real voqelik va haqiqatdan uzoqlashishga olib
kelmoqda. Natijada bu jarayon har bir etnik guruh va
jamoada о‘z aksini topib, insonlarning ijtimoiylashuv
jarayonlari virtual maydonga kо‘chib о‘tdi hamda
о‘zining turli ijobiy va salbiy xususiyatlari bilan na
-
moyon bо‘lmoqda.
Virtual voqelikni tadqiqotchi A.Gavrilov[7] quyi
-
dagicha tasniflaydi:
borliqning asosiy xususiyati real, aktual, lekin
substansional emas (V.V.Xoruji);
mavjud, barqaror ijtimoiy dunyoga mavjud muqo
-
bil kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan
vositachilik qilingan haqiqat (A. Bul, A.I.Voronov,
M. Vaynshteyn, A. Kroker);
individning о‘ziga xos mantiq nuqtai nazaridan
yaratgan subyektiv reallik (I.G. Korsuntsev, P. Tillix);
shaxsning psixologik haqiqatining bir qismi (N.A.
Nosov, Babenko);
ijtimoiylikning alohida shakli, jamiyat tomonidan
muloqotning virtual shakllarini ishlab chiqish natijasi
(M. Castells, N. Luhmann, M. Paetau, Y.Taratuta);
jamiyatning qadriyat va institusional elementlari
-
ni simulakralar bilan almashtirish asosida yaratilgan
voqelik (J. Bodriyar, D. V. Ivanov).
Virtual obrazlar bola ongigagina emas, uning ong
osti olamiga ham ta’sir etadi, natijada anglanmagan
obrazlar kodlashadi. Yosh avlodning eng kichik vakilla
-
ri ham bugun “podpischik”, “layk”, “spam” nimaligini
juda yaxshi biladi. Ayonki, texnik taraqqiyotni tо‘xta
-
tish mumkin emas: biz buni xohlaymizmi-yо‘qmi,
kompyuter texnologiyalari hayotimizda mustahkam
о‘ringa ega, kompyuter savodxonligi kо‘rsatkichi esa
kо‘p hollarda insonning yuqori saviyasini belgilab be
-
ruvchi omilga aylanib bormoqda.
Yana shuni qayd etish joizki, sо‘nggi paytlarda ijtimo
-
iy tarmoqlarda ayrim yoshlarning xalq orasida obrо‘-e’ti
-
bor qozongan ahli ilm, imom, ulamolarni masxaralab,
obrо‘sizlantirishga qaratilgan lavhalari orqali ayanchli
illatlarni targ‘ib etayotgani har bir musulmon kishining
qalbini larzaga keltirdi. Kompyuter о‘yinlariga tobe’ligi,
axloq normalaridan tobora begonalashishi, real emas,
virtual olam ta’siriga tushib qolishi epidemiya tusini ham
olmoqda, millat, xalq va madaniyat taqdirini о‘ylovchi
kishilarni tashvishga solmoqda.
Ijtimoiy tarmoq orqali fikr bildirish va buning or
-
tidan maqtov (“layk”)larni qо‘lga kiritishga urinish
TADQIQOTLAR. ИССЛЕДОВАНИЯ
39
«Kutubxona.uz» ilmiy-uslubiy jurnal
№3 (59) 2023
bugungi yoshlarni tobora о‘z domiga tortmoqda. Na
-
tijada virtual tahdid nihoyatda ommalashib bormoqda.
О‘tkazilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bо‘ldiki,
hozirda maktab yoshidagi bolalar internetdan tobora
erta foydalanishga kirishmoqda. Lekin, mutaxassis
-
larning fikricha, yoshi о‘nga yetmagan bola odatda
mustaqil ravishda internetdan foydalanish uchun zarur
bо‘lgan tanqidiy, tahliliy fikrlash va shu asosda ma’lu
-
motlarni farqlash, ularni ajrata bilish, boshqacha ayt
-
ganda, “filtrlay” olish qobiliyatiga ega emas. Shunday
ekan, ongi va dunyoqarashi endigina shakllanayotgan
yosh avlodning ma’naviy olami daxlsizligini asrash
oldimizda turgan eng muhim masalalardan biridir.
Virtual hayot kundalik turmushimizning ajralmas
qismiga aylanib ulgurdi. Insonning о‘z qobig‘idan
chiqishi dunyoni yolg‘on va soxta nigohlar bilan
kо‘rishiga sabab bо‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi
munosabatlar odob-axloq chegarasini buzib о‘tmoq
-
da. Bu о‘zgacha olam insonni ishdan chalg‘itayotgani
bir masala bо‘lsa, soxta muhabbat va dо‘stlik munosa
-
batlari kо‘plab oilalarning buzilishiga olib kelayotgani
achinarlidir. Bu tuzoq nafaqat yoshlarni, balki hali-ha
-
nuz о‘zini anglamagan katta va о‘rta yoshlilar hayoti
-
ga ham chuqur kirib kelmoqda. Juda kо‘p odamlar vir
-
tual muloqot, deb haqiqiy voqelikdan voz kechmoqda.
Yoshlarimizning internet manbalaridan foydalanish
holatiga nazar soladigan bо‘lsak, ularning aksariyati
“fasebook”, “telegram”, “snapchat”, “tik-tok” kabi xo
-
rijiy ijtimoiy tarmoqlarning doimiy foydalanuvchilari
ekanligi kuzatiladi. Milliy domendagi saytlarda rо‘yxat
-
dan о‘tganlarning barchasini jamlaganda ham ularga
yetmaydi. Demak, bu holat milliy saytlarimizni yoshlar
uchun jozibador, mazmunli, saviyali, qiziqarli qilib ya
-
ratish masalasiga jiddiy e’tibor qilishga undaydi.
Har narsaning yaxshi va yomon tarafi bо‘lgani
-
dek, sо‘nggi yillarda internetning ham jiddiy xatarlari
yuzaga chiqmoqda. Eng achinarlisi, buzg‘unchi, yot
oqimlar ijtimoiy tarmoqlardan о‘zlarining g‘arazli
maqsadlari yо‘lida foydalanmoqdalar. Bu esa yoshlar
-
ni о‘z domiga tortayotgani, ayrim saytlarda behayolik,
axloqsizlik kabi ayanchli illatlar targ‘ib etilayotgani,
shuningdek, turli fitnalar, jamiyatni beqarorlashtiruv
-
chi yolg‘on ma’lumotlar berilayotgani afsuslanarlidir.
Ijtimoiy tarmoqlar, virtual olam odamlarning ta’si
-
ri, obrо‘-e’tiboriga baho berish, о‘zimizni kо‘rsatib
qо‘yishning yangi, о‘ta zamonaviy kо‘rinishiga ayla
-
nib qoldi. Bu jihatlar oilalarning barbod bо‘lishi, sa
-
mimiyatning yо‘qolishi, balandparvoz sо‘zlarga isho
-
nish, о‘zligini his etmaslik, insoniy fazilatlarni qadrla
-
maslik kabi illatlarni boshlab kelayotgandek.
Tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil
etishda yoshlarning istak va xohishlarini inobatga
olish, unda har qanday zо‘rlik va majburlovlardan
voz kechish, yoshlarning asosiy qiziqishi va faoliyat
doirasini tashkil etayotgan turli xil sohalarni tarbiya
jarayonida tо‘liq qamrab olish, bunda, axborotli tex
-
nologiyalar (ommaviy axborot vositalari – gazeta, jur
-
nal, radio, televideniye va internet) xizmatidan foyda
-
lanishni keng yо‘lga qо‘yish, milliy qadriyatlarimizni
о‘zida aks ettiradigan internet saytlari, multimedia va
roliklarni kо‘paytirishdan iborat.
Ta’lim muassasalarida quyidagi masalalarga alo
-
hida e’tibor qaratilishi bо‘yicha taklif va tavsiyalar
ishlab chiqildi:
• ta’lim bosqichlaridagi ma’naviy tarbiya soatlarida
“Uyali telefon va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish
madaniyati” mavzuida davra suhbatlari о‘tkazish;
• aholi va yoshlarning kommunikativ va axborotlar
bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga qaratil
-
gan tizimli ishlar olib borish;
• ijtimoiy tarmoqlar vositasida talaba-yoshlar о‘rta-
sida ta’limiy dasturlar, kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi
saytlar, milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi dasturiy
о‘yinlarni rivojlantirishga yо‘naltirilgan innovatsion tex
-
nologiyalarni kashf etish va ularni amaliyotga joriy etish;
• yoshlarning ilmiy va intellektual faoliyati, ular
-
ning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtiro
-
lari va ratsionalizatorligining yakuniy natijalarini ijti
-
moiy tarmoqlarda maqsadli targ‘ib etish;
• turli ijtimoiy tarmoqlarda faol bо‘lgan yoshlarni
vatanparvarlik ruhidagi yangi guruhlarga birlashtirish
orqali ularni innovatsion ishlanmalarga jalb etish;
• milliy Internet tarmoqlarida yoshlarbop material
-
larni kо‘paytirish.
Endilikda virtual makondan birdaniga chiqarib
bо‘lmaydi va bu salbiy holat ham emas, faqatgina
maqsadsiz, tafakkur rivojlanishiga foyda keltirmaydi
-
gan “saviyasiz videolar, о‘yinlar” о‘rniga quyidagi ax
-
borot mahsulotlari bilan ularga kerakli ma’lumotlarni
berib borish lozimdir:
• vebinarlar;
• treninglar;
• onlayn о‘quv kurslari;
• elektron kitoblar.
Oliy ta’lim talabalari uchun dunyoning eng yetakchi
universitetlarida о‘qiydigan chet ellik talabalar bilan “teng
-
dosh-tengdosh” tamoyili asosida onlayn о‘quv-ilmiy al
-
mashinuv dasturlari orqali virtual suhbatlar tashkil etilishi
maqsadga muvofiq. Tashkil etilgan vebinarlarda talabalar
ijtimoiy hayoti, xorij ta’lim tizimidagi о‘quv jarayonla
-
40
«Kutubxona.uz» ilmiy-uslubiy jurnal
TADQIQOTLAR. ИССЛЕДОВАНИЯ
№3 (59) 2023
ri, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, talabalar bо‘sh
vaqtlarini mazmunli uyushtirishdagi dasturlar, kitobxonlik
bо‘yicha suhbatlar, turli yangilik va innovatsiyalar haqida
axborot almashishlar foydadan xoli bо‘lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Мирзиёев Ш.М. Миллий тикланишдан –
миллий юксалиш сари. – Тошкент: Ўзбекистон,
2020. – Б. 307. (456)
2. Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекиcтон cтратегия
-
cи. – Тошкент: Ўзбекистон, – 2021. – Б.194.
3. Cопокин П. Человек. Цивилизатция. Обще
-
cтво. – Москва: Политиздат, 1992 – C. 296.
4. Ижаев А.Н. Информасионно-политическая и
этническая идентичность в пространстве массовой
коммуникации: автореф. дис. … канд. полит. наук.
Москва, 2007 // Библиотека диссертаций dslib.net.
5. Хотс А.Й. Информационная революция
и этнические аспекты культуры современного
общества: автореф. дис. … канд. филос. наук.
Ставропол, 2001
6. Бюл А. Виртуалное общество 21 века:
социалные изменения в эпоху цифровых
технологий. Висбаден: Westdeutscher Verlag, 2000.
7. Гаврилов, А. А. Основные подходы к
определению категории «виртуальная реальность» в
современном философском дискурсе / А. А. Гаврилов.
— Текст : непосредственный // Молодой ученый. —
2012. — № 9 (44). — С. 162-166. — УРЛ: https://mo
-
luch.ru/archive/44/5330/ (дата обращения: 08.01.2022).
8. Cодиржонов М. Инсон капитали ривожи
шахснинг онги, билими, ахлоқ-одоби, дунёқарашига
боғлиқ// Янги Ўзбекистон. Ижтимоий-сиёсий
газета 2022 йил 10 февраль, № 30 (552), ( https://
yuz.uz/news/inson-kapitali-rivoji-shaxsning-ongi-bi
-
limiaxloq-odobi-dunyoqarashiga-bogliq)
1. Аmir Temur – buyuk shaxs, mag‘lublik ko‘rmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, talantli meʼmor, notiq, shu bilan
birga el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan xalqimiz ulug‘ farzandi. Аmir Temur va uning avlodlari tarixiga
oid nashrlar juda ko‘p, ular turli tillarda va turli xillarda, yaʼni maqsadalarda nashr qilingan. Kitobxonlarning bobomiz
Temur shaxsiga qiziqishining ortishi bibliografiyalarning nomi, sonlarining doimiy o‘sishiga olib kelmoqda [1] .
2. Аmir Temur davlati tarixiga oid ko‘plab tadqiqotlarning mavjudligi alohida bibliografik nashr yaratish
-
АMIR TEMUR DАVRIGА BАGʼIShLАNGАN NАShRLАR BIBLIOGRАFIYASI
To‘ychi BАYTURАEV,
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
“Kutubxona fondlari va bibliografiyashunoslik”
kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Аnnotatsiya.
Maqolada Temuriylar davriga bagʼishlab nashr qilingan “Аmir Temur. Bibliografiya.
Birinchi kitob” nomli ilmiy-yordamchi ko‘rsatkichning adabiyotlarni qidirish, tanlash, joylashtirish
masalalari o‘rganilgan. Bu bibliografiyada Аmir Temur davlati tarixiga oid nashr qilingan adabiyotlar
bibliografiyasining to‘liq kiritilishiga bo‘lgan harakat tahlil qilingan. Qo‘llanmadagi nashr turlari va
ularning foydalanvchilarga xizmat qilishiga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
davr, shaxs, nashr, bibliografiya, kitobxon.
Annotation.
The article studies the bibliographic index “Amir Temur. Bibliography. The first book”
dedicated to the period of the Temurids. The article also studied the issues of literature search, selection,
placement of literature in this scientific auxiliary index. The author of the article determines that the compilers
have set a noble goal, this will achieve the completeness of the inclusion of a publication on this topic
Key words:
period, person, publisher, bibliography, reader.