Mamlakatimizda ayollar o‘z iqtidorlarini namoyon qilish qobiliyatiga yarasha ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ana shu imkoniyatlardan foydalanish darajasi esa ayollarga bog‘liq. Agar ayol o‘zini nafaqat ayol sifatida, jamiyatdagi o‘z o‘rni va mavqeyini anglasa, unga tabiat ato etgan qobiliyatni to‘g‘ri yo‘naltira olsa, faqat oila qurishni emas, balki halol mehnati bilan jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi lozimligini hayotining maqsadi deb bilsa, bu ayol, albatta, o‘z hayotidan qanoatlana oladi.
Ushbu maqolada mamlakatimizda oila va oilaviy munosabatlarda yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklar, ularning oqibatida oilada ajrimlar yuzaga kelishi, ularning sabablari, ajrimlarning farzandlar ruhiyatiga ta’siri haqida batafsil yoritilgan. Ularni oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Maqolada zamonaviy sharoitda xotin-qizlarga nisbatan umuman jamiyatda kamchiliklarga barham berish yo‘lida olib borilayotgan ishlar muhim o’rin tutadi. Shu jumladan ayollarga yanada yaxshi sharoitlar yaratish, ularning oʻz intilish
va qobiliyatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqara olishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalasi jahonda ham, respublikamizda ham diqqat markazida ekanligi yoritilgan.
Ayol – buyuk so‘z. Unda bahor musaffoligi, do‘stga xos fidoyilik, ona jasorati mujassam. Ular borki, o‘tmish, bugun va kelajakda farovon hayotga ishonch bor. Ayol qalbidagi mehrga to‘la samimiylik hayotimiz bezagi bo‘lsa, undagi fidoyilik esa takrorlanmas bir jasoratdir. Uning mehri ila oila gullab-yashnaydi, farzandlar kamol topadi. Musaffo osmondek tiniq orzular ilinjida dunyoni olishga zehni etadigan zabardast bo‘lgan zot ayoldir. Ayol – erkakning ko‘ngil xotirjamligi, dunyoning tebratuvchi beshigidir. Ularning sha’niga qancha so‘z aytmaylik, minglab doston va satrlar bitmaylik, qarzimizni ado etolmaymiz.Chunki ayol - bu onadir.
Shaxsning kamoloti uning inson sifatida uning kelajakka,hayotga,turmush va mehnatga, kelajakda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan munosabati asosan vatan ichidagi
kichik vatan bo‘lmish oilada shakllanadi. Oila jamiyatning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Darhaqiqat oila, ayniqsa o‘zbek oilasi asrlar osha yosh avlodni tarbiyalashda, komil insonni voyaga yetkazishda muqaddas maskan bo‘lib kelgan. Har bir insonda vatan tushunchasi ilk bor o‘sib kelayotgan yosh go‘dakning ongi, ruhi va qalbiga kirib boradi, butun umri hayotiy faoliyati davomida rivojlanadi
Ushbu tesizda bolalarda ijodkorlikni tarbiyalashning psixologik jihatlari yoritib berilgan, bolalarda ushbu xususiyatlarning shakllanishida oila va atrof muhitning ijtimoiy ta‘sirlari haqida fikrlar keltirilgan.
Ushbu tesizda deviant xulq-atvorni shakllanishdagi ijtimoiy ta‘sirlar, oila dinamikasi, ijtimoiy normalarning o‘rni, ommaviy axborot vositalarining deviant xulq shakllanishiga ta‘siri.
Mazkur maqolada yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoyalashda oilaning ahamiyati va o’rni haqida batafsil yoritilgan. Farzand tarbiyasida qo’llash zarur bo’lgan usul va tarbiya vositalaridan foydalanish yuzasidan taklif, tavsiya va xulosalar berilgan.
Yoshlarga oilaviy hayot haqidagi ilmiy bilimlarni berishning ahamiyati shundan iboratki, o‘spirin yoshlarni oilaviy hayotga yetuk qilib shakllantirishda ularda oilaviy munosabatlar to‘g‘risidagi ijtimoiy-psixologik tasavvurlarini shakllantirish, to‘laqonli baxtli oila qurish uchun kasb hunarga ega bo‘lish zaruratini singdirish, nikohga yetuklik uchun nikoh omillari va oilaning asosiy funksiyalari haqidagi tasavvurlarini shakllantirish orqali ularni oilaviy hayotga tayyorlashga erishish tadqiqotimizda alohida ahamiyatga molikdir.