Ushbu tezisda 5-6-sinflarda o‘zbek amaliy san’ati bezaklarini o‘qitish metodikasining xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga, ayniqsa, o‘zbek madaniyati va an’analari nuqtai nazaridan bezak san’ati o‘rgatishning samarali usullarini aniqlashga qaratilgan. Mualliflar o‘zbek bezak an’analarining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilib, ta’lim jarayoniga muvaffaqiyatli joriy etilishi mumkin bo‘lgan asosiy unsur va uslublarni ajratib ko‘rsatadilar. Tezisda o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rag‘batlantirish, milliy san’atga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish usullari ham ko‘rib chiqiladi. Pirovardida tadqiqot o‘qituvchi va metodistlarga o‘zbek amaliy san’ati bezaklarini o‘qitish metodikasini 5-6-sinf o‘quvchilari uchun o‘quv jarayoniga muvaffaqiyatli joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.
Ushbu maqolada virtual voqelik tushunchasi, uning turlari, yoʻnalishlari va qoʻllanilish sohalari hamda uning ta’limdagi oʻrni haqida qisqacha tavsif berilgan.
Mazkur maqolada nofilologik ta`lim yo`nalishidagi talabalarning mustaqil faoliyatinin tashkillashtirishda pedagogik sharoitlarni inobatga olgan holda aralash ta`lim muhitini yaratish bilan ta`lim samaradorligini oshishi va talabalarning ingliz tilini o`rganishlariga keng imkoniyatlar ochib beradi. Talabalarning ingliz tilini o`rganishlaridagi mustaqil o`quv-biluv faoliyatini rivojlantirishda to`g`ri tashkillashtirilgan aralash ta`lim muhitining imkoniyatlari yoritilgan. Talabalarning mustaqil o`quv–biluv faoliyati sohaviy chet tili ko`nikmalarini tabaqalashtirilgan umumsohaviy, autentik, differentsial–ijodiy, integrativ–faoliyatli, nofilologik yo`n`lishdagi kontentlar bilan muvofiqlqshtirib tuzish taklifi berilgan. Aralash ta`lim sharoitida talabalarning mustaqil o`quv-biluv faoliyatini rivojlantirish modeli kasbiy kompetentlik va chet tillari ko`nikmalarini loyihalash mexanizmlarini individual, mustaqil, ta`lim subyektlarining manfaatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga qaratilgan takliflar ham o`rin olgan. Ijtimoiy soha, hususan, ta`lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, ta`lim tizimining uzluksizligini yanada takomillashtirish maqsadida sifatli ta`lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayorlash asosiy vazifalarimizdandir. Jumladan, nofilologik yo`nalishida masofaviy ta`limga o`tish va uning an`anaviy ta`lim bilan integratsiyasini ta`minlash orqali aralash ta`lim (Blended Learning) ni takomillashtirish, oliy ta`limning yagona standartini yaratish va xalqaro diplomlarni tan olish, talabalar va o`qituvchilar mobilligini yo`lga qo`yish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Важным звеном в данном процессе выступает научный потенциал вузов,который должен превратиться в один из основных ресурсов устойчивого экономического роста. В рамках указанной цели предполагается также и создание эффективной национальной инновационной системы, которая должна получить свое отражение во всех сферах человеческой деятельности, включая и российское образование.
Maqolada bugungi axborotlashuv davrida milliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirishda tizimli yondashuv masalalari, o‘ziga xos xususiyatlari, evolyutsion rivo jlanishga asoslangan tadrijiylik va izchillik tamoyillari xususida so‘z yuritilgan. Shuningdek, postindustrial jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim jarayonidagi tizimli,nochiziqli yondashuv asosidagi modernizatsion o‘zgarishlar bayon etilgan.
Всё растущие требования современной экономики к качеству и количеству высококвалифицированных специалистов, а также информатизация образования приводят к необходимости разработки и внедрения инновационных образовательных методик и технологий, способствующих формированию новых форм обучения, неограниченных пространственно-временными рамками. Этим требованиям отвечает идея онлайн обучения, которое позволяет получать качественное образование через интернет независимо от территориального местоположения учащегося и с учетом индивидуальной образовательной траектории.
Ushbu maqolada bilingvizm tushunchasi, uning kelib chiqishi, mohiyati, biologiya darslarida bilingvizm amaliyotidan foydalanish, bilingvizm asosida o‘quvchilarda ikki tillilik kompetensiyasini shakllantirishning didaktik tamoyillari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Глобальный скачок от традиционной индустрии к компьютеризованной, характеризуемой господством преимущества мгновенной передачи информации, способствовали тотальной реконструкции системы социальной коммуникации, предопределив дальнейший вектор развития человеческой цивилизации. Переход к постиндустриальной эпохе, сопровождаемой трансформацией всех уровней общественного производства обратил «информацию» в самостоятельный элемент инновационно производственного сектора, изменив нс только источники сс получения, но и способы её обработки и передачи. Известный американский социолог, профессор Гарвардского Университета Дениел Белл выделяет три технологические революции, предопределившие направление и развитие информационной эпохи: изобретение паровой машины в XVIII веке, научно-технологические достижения в области электричества и химии в XIX веке и создание компьютеров в XX веке. Совокупность перечисленных факторов, связанных с глубокими цифровыми модификациями, усилили рост сетевых технологий и возрастание процесса виртуализации социальных отношений.
Ushbu maqolada mamlakatda huquqiy demokratik davlatni mustahkamlash va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va ma’naviy-axloqiy tarbiyaning o‘zaro aloqadorligi, yaxlitligi, uning barkamol avlod tarbiyasi tizimida tutgan o‘rni, tarixiy ildizlari, qadimgi Sharq ma’naviy-axloqiy tarbiya taraqqiyoti, ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni, maqsadi, vazifalari, ilmiy pedagogik asoslari va uni takomillashtirish yo‘llari yoritilgan. Milliy ta’lim-tarbiya ishlarining shakllari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Bugungi kunda har bir milliy va ma’naviy meroslarimizni ko‘z qorachig‘imizdek asr-ab-avaylash, qayta tiklash va ta’mirlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ertaga bizning o‘rnimizga keladigan, biz boshlagan olijanob ishlarni munosib davom ettirishga qodir bo‘lgan yoshlarimiz ana shu bebaho milliy va ma’naviy boyliklarmizdan bahramand bo‘lsin va o‘zining kimligi, қандай buyuk zotlarning avlodi ekanini anglab yetsinlar.
Ўқув қўлланмада қисқача дентал имплантацяия турлари, уларнинг афзаллик ва камчиликлари, имплантат ўрнатишнинг хирургик усуллари ҳақида маълумот келтирилган. Қисқача суяк тўқимасинг тузилиши, унинг реператив регенерация механизмларини замонавий қарашлар асосида баён қилинган. Одонтоимплантатларнинг ўрнатишда бўлиши мумкин бўлган асоратлар, уларни бартараф этиш ва олдини олиш чоралари ҳақида фикр юритилган. Ўқув қўлланма "хирургик стоматология" фани бўйича мутахассислар тайёрлаш учун ўқув ишчи дастурига мувофиқ тайёрланган. Ўқув қўлланма талабалар учун дентал импланталогиянинг асосий саволларига жавоб беради. Унда дентал имплантологиянинг фундаментал булими шунингдек остеоинтеграция асосларини бугунги кун фан ютуқлари асосида тушунтирилган. Пластинкали ва бурама дентал имплантатлар ўрнатишни режалаштириш, кўрсатма ва қарши кўрсатмалар, жаррохлик босқичлари ва унда бўлиши мумкин бўлган эрта, кеч асоратлар, уларни бартараф этиш ва олдини олиш чоралари ҳақида қўлланмада батафсил баён этилган. Ушбу ўқув кўлланмада дентал имплантологиядан олинган билимларни тўлиқ ўзлаштириш учун кўргазмали материаллар, тест ва вазиятли масалалар жавоблари билан берилган. Ўқув қўлланманинг ҳар бир бўлими охирида бўлим учун тасвирий материал ва якуний саволлар берилган.
Ushbu maqolada hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovasion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish va talab, professional ta’limi tizimi, kasbiy ta’limning amalga oshirishdan vazifalari, kasbiy ta’limining asosiy tamoyillari haqida fikr yuritilgan.