Ushbu maqolada oliy ta’lim muassalarida jahon tarixi fanini o‘qitishning dolzarb masalalari, xususan, so‘nggi yillarda tarix fanini o‘qitish bo‘yicha asosiy yondashuvlar, zamonaviy qarashlar hamda ularning ta’lim sifatiga ta’siri bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tarix ta’limi sifati va mazmuniga ta’sir qilayotgan holatlar tavsiflangan. Mazkur o‘zgarishlarning talabalarni tarixiy jarayonlarni o‘rganish, turlicha yondashuvlarni bilish va tushunishga yordam beradigan ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan.
Qo‘qon adabiy muhiti shoirlari XIX asr oxiri – XX asr boshlarida turli janr va mavzularda ijod qilishgan. Bu davr ijodkorlari o‘zlarining betakror lirik asarlari bilan mumtoz adabiyotimiz xazinasini boyitdi. Husaynquli Sulaymonquli o‘g‘li Muhsiniy (1860-1917-yil) ham Qo‘qonda yashab ijod qilgan ana shunday iste’dodli shoirlardan biridir.
Mazkur maqolada Husaynquli Muhsiniy lirik merosi jamlangan devoni nashri va qo‘lyozma nusxalari tarkibiga kirgan she’rlari mavzu ko‘lamiga ko‘ra tasniflangan. Shoir she’rlari ishqiy, diniy-tasavvufiy, ma’rifatparvarlik, axloqiy-falsafiy va ijtimoiy mavzularda ekani aniqlanib, tahlil etilgan. Shuningdek, shoir she’riyatining janr xususiyatlari yuzasidan ham ilmiy-nazariy qarashlar bildirilgan. Mumtoz she’riyat an’analari shoir ijodida qanday davom ettirilgani va asarlarida davr ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar qanchalik aks etgani tadqiq qilingan.
Bachadon bo'yni saratoniga chalingan homilador ayollarni tashxislash va davolash klinisyenlar uchun qiyin masala. Ayniqsa CIN III va saraton kasalligiga shubhali holatlarda homilador ayollarda biopsiya yoki konizatsiya zarurligi to'g'risida hali ham bir fikr mavjud emas, bachadon bo'yni saratoniga chalingan homilador ayollarda diagnostika, davolash, etkazib berish va monitoring qilish masalalari deyarli darsliklarda va ilmiy va amaliy nashrlarda yoritilmagan. Ushbu maqolada xalqaro ilmiy hamjamiyat tavsiyalari va homiladorlik paytida g'ayritabiiy sitologik smearlari bo'lgan homilador ayollarni boshqarish bo'yicha keng qamrovli klinik tadqiqotlar natijalari tahlil qilinadi. Homiladorlik davrida CIN tashxisi va davolash bo'yicha mavjud bilimlarni umumlashtiradi. Shuningdek, ushbu mavzu bo'yicha 40 dan ortiq mahalliy va xorijiy mualliflarning asarlari ko'rib chiqildi va tahlil qilindi.
Ushbu maqolada genderning tilshunoslikda o‘rganilishiga oid qarashlar tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada genderning tadqiq etilish jarayoni va uning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Uchinchi Renessans vorislari - yoshlar tarbiyasida Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalari merosining o‘rni ilmiy jihatdan arab, fors, ingliz va rus tillaridagi manbalar asosida tahlil etilgan. Jahon sivilizatsiyasiga katta hiisa qo‘shgan Xorazm Ma’mun akademiyas allomalarining merosi na faqat O‘zbekistonda, balki butun dunyo miqyosida o‘rganilgan va bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda ajdodlar merosidagi olam va odam, tabiat, ijtimoiy hayot, shaxs ma’naviyati, ta’lim va tarbiyaga oid qarashlarni tadqiq etish, ularning zamon ruhiga mos g‘oyalaridan yosh avlodni munosib vorislar qilib tarbiyalashda foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Shu jihatdan olganda, Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalarining umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllangan falsafiy, tabiiy-ilmiy qarashlarini, inson kamoloti uchun konstruktiv ahamiyatga ega bo‘lgan ekzistensial g‘oyalarini har tomonlama ilmiy-nazariy tadqiq etish zarurati yuzaga kelmoqda.
Maqola buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkirining qarashlari tahliliga bag‘ishlangan Alisher Navoiy qomusiy olim, temuriylar hukmdori Mirzo Ulug‘bek davridagi adabiyot haqida. Muallif Navoiy ijodidagi bu mavzudagi g‘oya va talqinlarni quyidagi tasnif asosida o‘rgangan: 1) buyuk shoir ijodida Mirzo Ulug‘bekni madh etish; 2) Mirzo Ulug‘bek davrida vujudga kelgan adabiy muhit va uning namoyandalari ijodiga munosabat; 3) bu hukmdor davrida adabiy-estetik tafakkurning rivojlanishi. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonining yakuniy qismida hamda “Majolis un-nafois” (“Tozli majlislar”)da Mirzo Ulug‘bek Qur’oni Karimni yetti qiroat bilan yod olgan va o‘rgangan betakror hofiz sifatida ta’riflanadi va madh etiladi. , “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”ni yozgan buyuk astronom, shuningdek, u zo‘r didga ega shoir sifatida tilga olingan. Abdullatif Mirzo misolida Mirzo Ulug‘bekning she’riyatga bo‘lgan tabiiy moyilligi uning farzandlariga ham o‘tganligi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, maqola muallifi o‘z fikrlarini isbotlash uchun Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla’i sadayn va majmai bahrayn” va Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” asarlaridagi ma’lumotlardan ham foydalangan. Bu manbalardagi ma’lumotlar Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”da keltirilgan fikr-mulohazalarini to‘ldirish, yangi fakt va dalillar bilan boyitish jihatidan qimmatli ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan. O‘z navbatida V.V.Bartoldning “Ulug‘bek va uning davri”, Ergash Rustamovning “XV asr birinchi yarmi o‘zbek she’riyati” monografiyalaridagi qarashlar ham tahlil qilindi.
Inson papillomaviruslari (IPV) jinsiy yo‘l bilan yuqadi va ko‘pincha yoshlarda kuzatiladi. Ular odatda immun tizimi tomonidan zararsizlantiriladi. Biroq, IPV yuqori xavfining davomiy mavjudligi g‘ayritabiiy bachadon hujayralari rivojlanishiga olib kеlishi mumkin; bachadon bo‘ynining kamida uchdan ikki qism sirt qatlami zararlansa, bu holat saraton oldi holati hisoblanadi. Inson papillomavirusi (IPV) – kеlajakda saraton kasalligining 6 xil turiga olib kеlishi mumkin bo‘lgan kеng tarqalgan virusdir. IPV bilan zararlangandan so‘ng insonlarda saraton kasalligi yillar davomida rivojlanishi mumkin, ba'zan esa o‘n yillardan so‘ng rivojlanadi.
Maqolada Qishloq xo’jaligi korxonalarida boshqaruvni tashkil etishning zamonaviy konsepsiyalaridan biri bo‘lgan “Lean Menejment” konsepsiyasining Sanost korxonalarida resurslarini samarali boshqarishdagi roli ochib berilgan hamda uni joriy etish bo‘yicha takliflar keltirilgan. “Lean Menejmentga”ga doir nazariy va qarashlar tahlil etilib, uning elementlari to‘liq yoritib berilgan.
Maqolada Alisher Navoiy ijodida “ma’ni” (“ma’no”) va “ahli maoniy” (“fikr tashuvchilari”) atamalarining qo‘llanishi va badiiy talqini masalalari tahlil qilingan. Bu tushunchalar buyuk shoir ijodi konsepsiyasining asosini tashkil etishi ilmiy jihatdan isbotlangan.