Maqolada Chirchiq-Ohangaron havzasi yerlarida tarqalgan qo‘riq va lalmi tog‘ jigarang, to‘q tusli bo‘z, lalmi va sug‘oriladigan tipik bo‘z, batqoq o‘tloqi, bo‘z-o‘tloqi, tuproqlarini granulometrik tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. CHirchiq-Ohangaron havzasi erlari tuproqlarining granulometrik tarkibida yirik chang (0,05 0,01 mm) zarrachalarning yuqori miqdorda 0,01 mm dan yirik kattalikdagi chidamli mikrostruktura elementlar aniqlandi. Qo‘riq tog‘ jigarrang tuproqlarni granulometrik tarkibi og‘ir qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori 45,5-49,9 % ni tashkil qilib, quyidagi zarrachalardan tashkil topgan: yirik qum (1-0,25 mm), o‘rta qum (0,25-0,1 mm), mayda qum (0,1-0,05 mm), yirik chang (0,05-0,01) zarrachalarini ko‘pligi bilan xam farq qiladi. Lalmi erlar tipik bo‘z tuproq granulometrik tarkib jihatidan o‘rta qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori kesma bo‘yicha 42,0-45,6 % ni tashkil qiladi. Sug‘oriladigan erlardagi tipik bo‘z, bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining granulometrik tarkibi jihatidan o‘rta qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori 31,3-40,1 % gacha tebranadi. Sug‘orish hamda ishlov berish natijasida agregatlarni ma’lum darajada parchalangani kuzatilgan, lalmi erlar tipik bo‘z tuproqlarda jami haqiqiy agregatlar kesma qatlamlari bo‘yicha 21-27 %, sug‘oriladigan erlar tipik bo‘z tuproqlarida 28-40 %, bo‘z-o‘tloqi tuproqda 12-29 % tashkil qiladi. CHirchiq-Ohangaron havzasi erlari turli xil granulometrik tarkibli tuproqlardan tarkib topgan bo‘lib, og‘ir va o‘rta qumoqlilardir ya’ni kesma qatlamlari bo‘yicha bir xil o‘rta yoki og‘ir granulometrik tarkibli tuproqlar uchraydi.
Mazkur maqolada Nukus shahri hududidagi chorrahalarda transport oqimining jadalligi va tarkibi o‘rganildi. Ya’ni: chorrahalardagi harakat miqdori va tarkibi, bo‘laklar bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi hamda harakat miqdori va h.k tadqiq qilindi.
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv kompetensiyalari mazmuni, tarkibi, rahbarga qo‘yiladigan kasbiy kompetensiyalar, shaxsiy sifatlar tarkibi keltirilgan, shuningdek maqolada malaka oshirish jarayonida treninglarni tashkil etish va amaliy ta’lim jarayonini takomillashtirishning nazariy va amaliy masalalari yoritilgan.
Биоимпедансный анализ (БИА) компонентного состава тела является одним из новых технологий, которая позволяет определять состав тела человека с максимальной точностью. Данные многочисленных исследований свидетельствуют, что результаты оценки состава тела, получаемые с помощью БИА, более достоверны, чем определяемые только с использованием стандартных антропометрических методик. На сегодняшний день БИА успешно применяют в своей практике врачи разных специальностей: диетологи, эндокринологи, доктора других направлений
Maqolada rivojlangan mamlakatlar budjet ijrosida G‘aznachilik tizimi tahlil etilgan. Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, AQSh mamlakatlarida G‘aznachilikning o‘rni hamda ahamiyati to‘g‘risida ilmiy mulohazalar olib brogan. Jumladan, Fransiyada g‘aznachilikning tashkil qilinish tarixi, unong funktsiyalarini Davlat G‘aznasi va Davlatning hisob-kitob yuritish bosh derektsiyasi o‘rtasida taqsimlanishi hamda barcha moliyaviy resurslar G‘aznachilikning yagona hisobraqamida yig‘ilishi ochib berilgan. Bundan tashqari Davlat G‘aznasi huquqlari, va kadrlar masalasi organilgan. Buyuk Britaniyada G‘aznachiligi Departamenti, ularning tarkibi yoritib berilgan. Italiyada budjet ijrosi dinamikasi tahlil qilingan hamda Italiyaning investorlarni jalb qilish imkoniyatlari o‘rganilgan. AQShda G‘aznachilikni o‘rni, ning tarkibi, tizimda faoliyat yuritadigan departamentlar funksiyalari tahlil qilingan. AQShda g‘aznachilik tizimida moliyaviy aktivlar va davlat qarzlarining barcha turlari bo‘yicha hisob-kitob yuritishda g‘aznachilik roli o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari bo‘yicha xulosalar olingan va ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Xlorella hujayrasi bilan achitqi tarkibidagi faol moddalar o‘zaro taqqoslanganda - inozit 1.5, biotin 2, pantogen kislota 1.3, para – aminobenzoy kislota 2.9 marta ko‘p bo‘lgan. Xlorella tarkibida mavjud B 12 achitqida bo‘lmaydi. Xlorella vitaminlar manbasi bo‘lganligi sababli, yuksak o‘simliklar uchun vitaminli ozuqa bo‘lishi mumkin [1].
Ushbu maqolada Samarqandda joylashgan qadimgi Afrosiyob yodgorligidan topilgan, Qoraxoniylar davriga ta’alluqli bo`lgan, sirlangan, har-xil ranglarda va rangli naqshlarga ega bo‘lgan sopol buyumlarni yuza qismidagi bo‘yoqlarni VANTA Element-S portativ rentgen-fluoresans (p-XRF) apparati yordamida sifat va miqdoriy jihatdan kimyoviy tarkibi o‘rganildi. Unga ko‘ra sopol buyumlar yuzadagi sirlangan qismida Pb va Si miqdori ko`p uchraydi. Sirlanmay qolib ketgan yoki siri ko‘chgan qismlardagi buyuqlarda boshqa kimyoviy elementlar (har xil ranglarda) Cu, Fe, Mn, Al, Mg, Ca, Si lar ko‘p uchraydi. 11 ta asosiy elementlariga asoslangan ishonchli statistik tahlil qo‘llaniladi. Ma'lumotlar kimyoviy tavsif va statistik baholash petrografik tahlil bilan birlashtirildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati mahalliy xomashyolar va qishloq xo‘jaligi chiqindilarini keramik devorbop materialdagi faza hosil bo‘lish jarayoni va strukturasining shakllanishiga, shu bilan birga kuydirish sharoitida uning fizik mexanik xossalari va sifat ko‘rsatkichlariga ta'sirini aniqlash bilan izohlanadi.
Moyli ekin xomashyosi sifatida poliz urug‘larining texnologik xossalari, fizik-mexanik, fizik-kimyoviy va kimyoviy tarkibining yuqoriligi va taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi. Urug‘larining rivojlanishida tarkibi muhim ahamiyatga ega. urug‘dan yuqori unumda moyi va protein ajratib olish bilan izohlanadi [1, 2, 3, 4].
Ushbu ilmiy-uslubiy maqolada oliy o‘quv yurtlari falsafa kursida “Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli” mavzusida seminar mashg‘uloti o‘tkazishning ba’zi uslubiy masalalari bayon etilgan. Mashg‘ulot rejasi bo‘yicha falsafaning obyekti, predmeti, tarkibi, funksiyalari, jamiyatdagi ahamiyati kabi savollar ko‘rib chiqilgan.
Ushbu maqola Jizzax viloyati, G'allarol tumani, Qo'ytosh Volfram tomonidan yozilgan. Tsement tarkibi kondan ikkilamchi chiqindilarni qo'shish orqali o'rganiladi. Tadqiqotning tsement tarkibidagi kimyoviy bog'langan suv miqdorini aniqlashga qaratilgan.