Mazkur darslikda raqamli iqtisodiyotning shakllanib borishi, uning texnologik asoslari, jahonda va O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, oliy ta’lim va statistika faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlari keltirilgan. Bundan tashqari milliy va xalqaro darajada kiberxavfsizlik, elektron hukumat, raqamli demokratiya, raqamli transformatsiya sharoitida elektron hukumatdan raqamli davlatga o‘tish, O‘zbekistonda raqamli davlat istiqbollari va raqamli transformatsiya jarayonlarida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavflar bayon etilgan.
Respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichi barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli iqtisodiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, professor o‘qituvchilar, izlanuvchilar, magistrantlar va shu sohaga qiziquvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan.
Bu maqolada siz raqamli iqtisodiyot haqida quyidagi ma’lumotlarni olishingiz mumkin. “Raqamli iqtisodiyot o‘zi nima?”, “Raqamli iqtisodiyotnimg maqsad va vazifalari” , “O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘llari”, shu yo‘nalishdagi muammolar, bugungi kunda raqamli iqtisodiyotning nafaqat O‘zbekistonda, balki rivojlangan chet mamlakatlarda ham rivojlanish omillariga katta ta’sir ko‘rsatayotganligi va jamiyat hayotida muhim rol o‘ynayotganligi haqida bilib olasiz.