Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarning chet tilini o‘zlashtirishining muhimligi, bugungi kundagi ahamiyati haqida bo‘lib, unda asosan, maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini o‘rgatish
usullari yoritilgan
Bu tezisda yoshlar orasidan iqtidorlilarni topish, ularning iqtidor darajasini testlar yordamida aniqlash, ularnig bilimini belgilashda testlarning alohida oʻrni haqida soʻz yuritilgan. Shuningdek aniqlangan iqtidorli yoshlarga pedagogik psixologik yondashuv va ularning xarakterlarini oʻrganish, ularga har-tomonlama yondoshuv yoʻllari keltirilgan. Bu jarayondagi iqtidorli yoshlar bilan uchraydigan muammolarga toʻqtalib oʻtilgan.
Ushbu maqolada talabalarda ijodiy faoliyat tajribalarini tarkib toptirish va rivojlantirishda o‘quv kurslari mazmunidan o‘rin olgan Keys-stadi topshiriqlari va qiyinlik darajalari produktiv, qisman-izlanishli va ijodiy (kreativ) testlar muhim o‘rin tutadi. Shuni qayd etish lozimki, professor-o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetensiyalarini nazorat qilish va baholashda kvalimetriyaning asosiy metodlaridan biri, test topshiriqlaridan foydalanish, nazorat tarkibiga standart va nostandart test topshiriqlari va ularning turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Nostandart testlar orqali talabalar bilimini baholash ularning egallagan bilimlarini notanish vaziyatda qo‘llashga undaydi, nazariya bilan amaliyotning uzviy bog‘liqligini sezishga olib keladi. Umuman olganda hayotiy muammolarga ijodiy yondashish va uni tezkorlik bilan oqilona hal etishga o‘rgatadi.
Ushbu maqola tibbiyot ta’limida kredit-modulli ta’lim tizimining mohiyati va samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada ushbu tizimning asosiy tamoyillari va afzalliklari ko‘rib chiqiladi, shuningdek, uni tibbiyot maktablarida qo‘llash natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, kredit-modulli ta’lim tizimi tibbiy ta’lim sifatini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Bu talabalarga o‘qishni yanada moslashuvchan rejalashtirish, o‘z qiziqishlari va ehtiyojlariga mos fanlarni tanlash imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu tizim o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish, o‘quvchilar bilimini baholash imkonini beradi.
Ushbu maqolada talabalarda ekologik bilimini oshirish va ekologik madaniyatni shakllantirishning nazariy asoslari va ahamiyati o‘rganilgan.
Maqsad: amaliyotchilarning infuzion terapiya, tasnifi va turli infuzion muhitlarning farmakoklinik xususiyatlari bo'yicha bilimlarini oshirish. Vazifalar: 1. Yoshga bog'liq xususiyatlarni hisobga olgan holda suv va elektrolitlar almashinuvining fiziologik asoslarini tushuntiring.
2. Suv va elektrolitlar almashinuvi patologiyasini aytib bering.
3. Infuzion muhitlarning tasnifi haqida tushuncha bering.
4. Infuzion terapiya va parenteral oziqlantirish uchun eritmalarning farmakoklinik xususiyatlarini, ularning tarkibi, farmakodinamikasi, ko'rsatmalari va qarshi ko'rsatmalariga urg'u berib tushuntiring.
Kutilayotgan natijalar: Ushbu qo'llanma bemorlarning patologiyasi va yoshini hisobga olgan holda infuzion eritmalarning keng tanlovini tushunishga yordam beradi, shifokorlarning bilimini oshiradi va infuzion terapiya imkoniyatlarini kengaytiradi.
Mazkur maqolada talabalarning g‘oyaviy-mafkuraviy bilimini rivoj lantirish muammosining falsafiy-pedagogik adabiyotlarda o‘rganilishi yoritib berilgan, muallif tomonidan nazariy materiallarni tahlil etish asosida “ta’lim tarbiya”, “g‘oya-mafkura”, “immunitet-mafkuraviy immunitet” tushunchalari mohiyatini ochib bergan.
Ushbu maqolada ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, ToshPTIda “O‘zbekiston tarixi” fanidan yakuniy nazoratni tashkil etishda axborot texnologiyalari va test usullaridan foydalanish chegaralari ko‘rib chiqiladi. Gumanitar fanlarni o‘rganish jarayonida talabalar bilimini joriy va yakuniy nazorat qilish usullarining zamonaviy xususiyatlari; test nazoratidan foydalanishning psixologik-pedagogik asoslarini ochib beradi
Ushbu maqolada ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, ToshPTIda “O‘zbekiston tarixi” fanidan yakuniy nazoratni tashkil etishda axborot texnologiyalari va test usullaridan foydalanish chegaralari ko‘rib chiqiladi. Gumanitar fanlarni o‘rganish jarayonida talabalar bilimini joriy va yakuniy nazorat qilish usullarining zamonaviy xususiyatlari; test nazoratidan foydalanishning psixologik-pedagogik asoslarini ochib beradi.