Ushbu ishda Rimann-Liuvill kasr hosilasi ishtirokidagi yuklangan parabolik-giperbolik tenglama uchun uzlukli ulash shartli nolokal chegaraviy masala yechimining mavjudligi va yagonaligi o‘rganildi. Yechimning yagonaligi integral energiya usuli bilan, mavjudligi esa integral tenglamalar usuli bilan isbotlangan.
ko‘p o‘lchovli integral tenglamalar sistemasining shartdagi taqribiy yechimi qurilgan va yechimining xatoligi baholangan.
Muallif ushbu maqolada Angliyada (XYI asr) yangi yaxlit dunyoqarashning shakllanishi bilan til falsafasi o‘rtasidagi bog‘liqlikka, ya’ni. Uyg‘onish davri ingliz falsafasining asosiy tushunchalarining tili va lug‘ati bilan bog‘liq bo‘lgan intralingvistik va ekstralingvistik omillar, yangi turdagi ziyolilar paydo bo‘lganida, nazariy asoslar bo‘yicha: yozuvchilar, olimlar, ijodkorlar, ularning asarlari davrni aks ettiradi. Muallifning qayd etishicha, bularning barchasi
o‘sha davr tilining rasmiy tarkibida ham, ingliz tilining rivojlanishi va tugallanishida ham o‘z aksini topishi kerak edi.
Maqolada o‘rmon fondi yerlarini kadastr baholash metodologiyasini takomillashtirish va tamoyillarini o‘zgartirish zarurligi asoslab berilgan, shu asosda kelgusida ushbu yerlardan foydalanganlik uchun ijara haqi belgilanadi. O'rmon fondi yerlarining kadastr qiymatini ularning infratuzilmasining rivojlanish darajasini hisobga olgan holda aniqlash metodologiyasi keltirilgan. O‘rmon fondi yerlarining infratuzilmasi ko‘rib chiqilib, geoaxborot modellashtirish yordamida bunday infratuzilmani baholash algoritmi ko‘rsatilgan. Daraxt o'simliklari bilan qoplangan va qoplanmagan yerlarni samarali va oqilona boshqarish uchun qo'llaniladigan kompleks integral ko'rsatkichni (infratuzilmani rivojlantirish koeffitsientini) hisoblash usuli keltirilgan.
Monografiyada ta’lim xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishda marketing tadqiqotlarini amalga oshirishni nazariy-uslubiy asoslari tadqiq etilgan. Ta’lim xizmatlari marketingining nazariy asoslari, ta’lim xizmatlari bozorida iqtisodiy munosabatlar tizimi, ta’lim xizmatlari bozorini marketing strategiyasini rejalashtirishda raqobat muhitining o‘rni O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning marketing strategiyalaridan foydalanishni hozirgi holati tahlili, oliy ta’lim raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalari samaradorligini baholash, O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning marketing strategiyasi va uni amal qilish mexanizmi, Jahon oliy ta’lim tizimini isloh qilishning marketing modellari va ulardan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha ilimiy taklif va amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.
Monografiya ta’lim sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar, magistrantlar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va keng kitobxonlar jamoasi uchun mo‘ljallangan.