Maqolada boshlanishi asosan Arab xalifaligining II asrida shakllangan Islomiy fuqarolik qonuni o'rganilgan. Islom huquqi tarixiy jihatdan mulkiy munosabatlar, ayirboshlash, shaxsiy nomulkiy munosabatlardan kelib chiqadigan xususiy huquqdir. Uning maxsus va eng rivojlangan tarmog'i "shaxsiy maqom huquqi" bo'lib, uning asosiy institutlari nikoh, ajralish, qarindoshlik, oilani moddiy qo'llab-quvvatlash, oilani tarbiyalash majburiyatlari, qonun bo'yicha meros, muamalat, vasiylik, vasiylik, huquqiy layoqatni cheklash va boshqalar. mulk huquqi, soliq tizimi, savdo va moliya masalalarini tartibga soluvchi islom qonunlarining asosiy qoidalari va umumiy qoidalari, islom qonunchiligining mohiyatini ochib berishga, uning evolyutsiyasini tarixiy rivojlanish jarayonida kuzatishga imkon beradi. Islomni yoyish sohasida Islom huquqi Ummat hayotini tartibga soluvchi qonunlar va tamoyillar to'plami bo'lgan va bo'lib qolmoqda. Islom qonunchiligi nafaqat o'z ahamiyatini to'liq saqlab qoladi, balki Islom tsivilizatsiyasi rivojlanishida tobora muhim rol o'ynaydi, deb hisoblanadi
Ushbu maqolada O‘zbekistonda juda katta potensial talabga ega va yaqin kelajakda keng joriy qilinishi kutilayotgan soha – islomiy moliyalashtirishni joriy qilishda buxgalteriya hisobi va auditi masalalari ahamiyati ochib berilgan.
Maqolada islom moliyasi banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlarda joriy qilinishi mobaynida buxgalteriya hisobi va auditining xalqaro islom tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga tashqi investitsiyalarni jalb qilishda ahamiyati va islom moliyasining barcha xizmat turlaridan keng qo‘llashda xalqaro islom tashkilotlari standartlaridan foydalanishga zaruriyat borligi asoslangan. Shuningdek, O‘zbekistonda islom moliyasi xizmat turlarini keng joriy qilish bo‘yicha ilmiy xulosa va takliflar taqdim etilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda juda katta potensial talabga ega bo‘lgan soha – Islom moliyasi xizmat turlaridan biri hisoblangan SUKUKNI keng joriy qilishning iqtisodiy ahamiyati va ta’lim dasturlarida o‘rganishning muhim kadrlar yetishtirishda zarurligi ochib berilgan.
Maqolada sukukning keng joriy etilishi O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozori (fond bozori), davlat va xususiy kompaniyalar uchun tashqi va ichki investorlarni jalb qilishda yangi moliyaviy vositalarni taqdim etishi bilan birga O‘zbekistondagi aholi va ko‘pgina biznes vakillari o‘z bo‘sh mablag‘larini qadriyatlariga mos ravishda ko‘paytirishiga imkon yaratilishi bo‘yicha dolzarb muammolarni hal etishga xizmat qilishi va Islom moliyasining barcha xizmat turlaridan keng qo‘llashga zaruriyat borligi asoslangan. Shuningdek,O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorida an’anaviy aksiyalar va obligatsiyalar bilan birgalikda Islom moliyasi mahsulotlaridan biri hisoblangan SUKUKNI ham qo‘llash mumkinligi, buni dunyodagi yetakchi davlatlar ham amalda muvaffaqiyatli qo‘llayotganlari va O‘zbekistondagi sukuk bo‘yicha qonun hujjatlari ishlab chiqishga birinchi qadam qo‘yilgani, shuningdek, SUKUKNI ta’limga kiritish dolzarbligi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, O‘zbekistonda SUKUKNI keng joriy qilish bo‘yicha ilmiy xulosa va takliflar taqdim etilgan.
Ushbu maqolada mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalashda islom moliyasining o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi. Islom moliyasining joriy etilishida kuzatilayotgan muammolar va ularning yechimlari ko‘rib chiqiladi.
This article examines the problems related to Islamic banking and finance,working on the basis of Islamic law, and presents opportunities and obstacles of Islamic banking in Central Asia and Uzbekistan.
Ushbu maqolada shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni, Sharq mutafakkirlarining oila tarbiyasi haqidagi fikrlari o‘rin olgan bo‘lib, oilada o‘quvchilar hay otini tashkil etish, ota-onaning farzand oldidagi va farzandning ota-ona oldidagi burchlari,oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi,shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni xususida mulohazalar qayd etilgan.
Maqolada buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijodiy kamolotining ijtimoiy-ma’rifiy va badiiy-estetik omillari, birinchidan, Qur’on va Sunnatni mukammal o‘rganib, butun hayoti davomida islom shariatining bu ikki mo‘tabar manbasiga og‘ishmay amal qilgani, ikkinchidan, buyuk islom mutafakkirlari, tasavvuf allomalari asarlarini mutolaa qilgani hamda ulardagi g‘oyalarni muttasil rivojlantirib, asarlarida yuksak badiiy talqin etgani, uchinchidan, o‘zi mansub turkiy xalq tarixini mukammal bilgani, butun ijodiy-ilmiy salohiyatini millatning oru nomusi, shonu sharafini himoya qilish, yuksaltirish yo‘liga safarbar eta olganida namoyon bo‘lishi tadqiq qilingan.
Alisher Navoiyning e’tiqod, shariat arkonlariga qanday amal qilgani, buyuk mutafakkir o‘qib o‘rgangan tafsir va hadis kitoblari, tasavvuf allomalarining asarlari haqida so‘z yuritiladi. Diniy-ma’rifiy va falsafiyirfoniy g‘oyalarni yuksak darajada badiiy talqin etgani asarlarining tahlili orqali dalillanadi. “Xamsa” asarining hamd, munojot va na’t qismlari mohiyati tadqiq qilinadi. Buyuk shoirning ijod konsepsiyasi islom ma’rifatiga tayanishi asarlarining milliy ruhni ifodalashiga monelik qilmasligi aksincha, islomiylik va milliylik bir-birini to‘ldirishiga doir tahliliy qarashlar ilgari suriladi. Tahlillar natijasida nazariy umumlashmalar chiqariladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda yuz berayotgan oʻzgarishlar. Yangi Oʻzbekiston, Uchinchi Renessans haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, Islom sivilizatsiyasi haqida va unga tayangan holda tashkil qilinayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi, unimg maqsadvazifalari, uning tarkibiy tuzilishi haqida ma’lumotlar beriladi
Hozirgi kunda kontrollerlarning bir necha turlari mavjud bo’lib, Arduino Uno prinsipial jihatdan sodda, foydalanishga qulay hamda hamyonbop bo’lganligi bois boshqa kontrollerlardan ajralib turadi. U boshqa datchiklar bilan, misol tariqasida HC-SR04 datchigi, osongina kommunikatsiya o’rnata oladi. Quyida ularning xarakteristikasi va ko’zoynak uchun ularning potensialini tatqiq etish