Bugungi kunda Respublikamizda aksariyat nonvoylik yog‘lari sifatida oziqa salomasi asosida tayyorlanayotgan margarinlar qо‘llanib kelinmoqda. Bu margarinlar tarkibidagi trans kislota miqdori bо‘yicha standart talabalariga mos kelmaydi(2% dan kо‘p). Tadqiqot ishida paxta palmitinini regenerasiyalangan katalizator ishtirokida gidrogenlab, erish harorati 59 °C dan kam va yod soni 6 dan kо‘p bо‘lmagan salomas olish va uning asosida nonvoychilikda qо‘llaniladigan, trans kislota miqdori kamaytirilgan, margarin resepti tuzishga oid natijalar keltirilgan.
С целью получения медленнодействующих удобрений нами изучена растворимость компонентов в системе карбамид-азотная кислота-вода визуально-политермическим методом.
Tibbiyot fani va profilaktikasining yutuqlariga qaramasdan iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yurak-qon tomir kasalliklari aholining kasallanishi va o'limining asosiy sababi bo'lib kelmoqda. Xozirgi vaqtda yurak-qon tomir kasalliklarida peroral antiagregant terapiya preparatlaridan eng ko'p tayinlanadigan va eng katta isbotlangan bazaga ega preparat atsetilsalitsil kislota (ASK) hisoblanadi.Yurak ishemik kasalligi (YUIK) mavjud bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarini oldini olish uchun atsetilsalitsil kislota preparatlarini keng qo'llanilishiga qaramasdan, muntazam tarzda antitrombotik terapiyani olgan bemorlarning ma'lum bir qismida ham ishemik hodisalar yuzaga keladi va bu ASKga nisbatan turg'unlik, ya'ni rezistentlik ko'rinishi sifatida qaraladi. Antiagregant preparatlarga rezistentlik muammosi o'z ahamiyati bo'yicha fundamental hisoblanadi, sababi preventiv terapiyani individuallashtirish va kasallikni oldini olishning ancha samarali usullarini shakllantirish uchun zamin yaratadi. Ushbu maqolada atsetilsalitsil kislotaning yurak ishemik kasalligida qo'llanilishida antiagregant va yallig'lanishga qarshi ta'sirida yuzaga keluvchi muammolari muhokama qilinadi.
Shokolad va shokolad mahsulotlari tarkibida kakos moyi qo’llanilishi lozim. Biroq kakos moyining tannarxi qimmatligi sababli unung o’rinbosarlari ishlab chiqilgan. Maqolada shokolad mahsulotlari tarkibida qo’llaniladigan kakos va uning o’rnida ishlatiladigan yog’lar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek shokolad mahsulotlari tarkibida qo’llaniladigan qandolat yog’lari va kakos yog’i o’rinbosarlarining fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarini tahlil qilish natijasida olingan natijalar keltirilgan. Tadqiqot natijasida tahlil qilingan yog’larning tarkibidagi tran yog’ kislotalar miqdori standart meyorlaridan ko’p ekanligi aniqlandi.
Tanada B 9 vitamini yetishmasligi ko‘plab jiddiy kasalliklarning rivojlanish xavfiga tahdid solishi mumkin, shuning uchun uning yetishmovchiligini vaqtida aniqlash va to‘ldirish juda muhimdir. Vitamin yetishmovchiligi belgilari quyidagilarni o‘z ichiga olis hi mumkin. Haddan tashqari rangparlik, shuningdek zaiflik bilan namoyon bo‘ladigan gemoglobin darajasining pasayishi, oshqozonda xlorid kislota yetarli darajada ishlab chiqarilmasligi tufayli paydo bo‘ladigan ishtahani pasayishi, tez-tez kayfiyat o‘zgarishi, depressiv holatlar, tirnoqlarning haddan tashqari mo‘rtligi, sochlar holatining yomonlashishi, shuningdek ularning yo‘qolishi va boshqalar.
Xlorella hujayrasi bilan achitqi tarkibidagi faol moddalar o‘zaro taqqoslanganda - inozit 1.5, biotin 2, pantogen kislota 1.3, para – aminobenzoy kislota 2.9 marta ko‘p bo‘lgan. Xlorella tarkibida mavjud B 12 achitqida bo‘lmaydi. Xlorella vitaminlar manbasi bo‘lganligi sababli, yuksak o‘simliklar uchun vitaminli ozuqa bo‘lishi mumkin [1].
Kovrak turkumi vakillarinining shifobaxshlik xususiyatlari bevosita ularning kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq. Shu sababli, turkum vakillarining kimyoviy tarkibini ko‘plab olimlar o‘rganib kelishmoqda. Ushbu maqolada Ferula L. turkumi vakillari o‘zida saqlagan muhim kimyoviy birikmalar va ularning o‘rganilishi haqida qisqacha ma’lumot berilgan.
Yokay xomashyosi asosida yuqori faol dori vositalarining yangi manbalarini izlash zamonaviy ilm-fanning dolzarb vazifasidir, ma'lumki, qizilmiya ildizi xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida keng qo'llaniladi, uning asosiy komponenti glitsirrizin kislotasi hisoblanadi. Yallig'lanishga qarshi faolligi, past toksikligi va jiddiy yon ta'siri glitsirrizin kislotasining yangi sintetik hosilasini tibbiyotda foydalanish uchun istiqbolli qiladi. Tadqiqot maqsadi. Hayvonlarning 24 soat davomida immobilizatsiyasi natijasida yuzaga kelgan neyrogen toshmalar eksperimental modelida glitserinning yaraga qarshi faolligini o'rganish va yaraga qarshi faollik mexanizmini aniqlash.
Mamlakatimizda 2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyoti strategiyasida keltirib oʻtilgan Sanoat tarmoqlarida yoʻqotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish, chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan. Shu qarorga asoslangan holda chiqindisiz texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirish maqsadida hammamizga maʻlum boʻlgan bugʻdoy donning oxirgi mahsuloti boʻlgan bugʻdoy kepagi tarkibini oʻrganib, uni turli sohalarda jumladan tibbiyot, farmoseftika, oziq- ovqat, parfumeriyada qoʻllash nazarda tutilgan.
Alkaloidlar fiziologik taʼsiriga koʻra har xil: ularning baʼzilari asab tizimini susaytiradi yoki qoʻzgʻatadi, boshqalari nerv uchlarini falaj qiladi, qon tomirlarini kengaytiradi yoki toraytiradi, boshqalari ogʻriq qoldiruvchi taʼsirga ega hisoblanadi. Xromatografiya, spetoskopiya kabi usullar orqali o`rganilib kelinmoqda, va bu usullarda yuqori natijalarga ega bo`lib kelinmoqda. Bu usulning afzallikari shundaki, alkaloidlarni o`rganayotganizda, alkaloidlar tarkibidagi qo`shimchalar, organik va meniral moddalarni hamda biologik obʼyektlarning analizini o`rganish uchun nihoyatda zarur hisoblanadi. Xromatografiya usulida alkaloidlar tarkibidagi birikmalarni aniqlash, ajratib olishni oʻrganishda keng qoʻllanadi. Spetoskopiya usulida esa alkaloidlarga nur orqali ta`sir qilish orqali o`rganiladi. Ultrabinafsha nurlari orqali va bazi reagentlar orqali alkaloidlarning kimyoviy tarkibi o`rganilib kelinmoqda.
Maqolada, gazlarni ho‘l usulda toazlovchi rotor-filtrli apparatda o‘tkazilgan tajribaviy tadqiqotlarda olingan ma’lumotlar berilgan. Tajriba natijalariga matematik rejalashtirish usulini qo‘llab apparatning energiya samaradorligi aniqlangan.
Paxta moyinining sifat kо‘rsatkichlariga turli xil regantlarning ta’siri tadqiq qilingan va maqbul reagentlar tanlangan. Paxta moylarini ishqoriy rafinasiyalashda an’anaviy kaustik sodaning bir qismining о‘rniga natriy silikatning suvli eritmasidan foydalanish moyning sifat kо‘rsatkichlarini yaxshilashi aniqlangan. Paxta moyini an’anaviy kaustik soda va natriy silikatning suvli eritmalari bilan bosqichli rafinasiyalash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda yog’lar tarkibidagi trans kislotralar miqdorini kamaytirish dolzarb masalalaridan biri bo’lib, uni bartaraf etishning bir nechta usullari ishlab chiqilgan. Mazkur tadqiqot ishida o'simlik moylarini superkritik suyuqlik holatida gidrogenlash texnologiyasi adabiyotlar tahlili orqali o’rganilgan. O'simlik moylarini superkritik suyuqlik holatida gidrogenlash texnologiyasining prinsipal sxemasi ishlab chiqilgan va texnologik rejim meyorlari aniqlangan.
Bugungi kunda o‘simlik moylarini ishlab chiqarishda ekstraksion benzin qo‘llanib kelinmoqda. Ushbu erituvchi bir necha yillar davomida o‘simlik moylarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun xech bir qo‘shimchalar bilan boyitilmagan yoki uning o‘rniga boshqa turdagi erituvchi qo‘llanilayotgani yo‘q. Shu sababdan ushbu tadqiqot ishimizda ekstraksion benzin o‘rniga uning analogini taklif etdik. Olingan natijalar asosida taklif etilayotgan analogda an’anaviy ekstraksion benzinga nisbatan ham jarayonni jadallashtirish, ham olinadigan moyning sifatini oshirish mumkinligi aniqlangan.