Jadid ziyolilarining “Oyna”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg‘ona” kabi nufuzli nashrlaridan “Al-Isloh”(1915-1918) jurnalidagi ilm-ma’rifatga, ta’lim islohiga doir she’riy asarlar va publitsistik maqolalar tadqiq qilingan. Jurnaldagi yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, maktab va madrasalarda gi o‘qitish tizimi borasida jadid ziyolilarining bahs munozaralari tahlil qilinib, xolis mulohazalar yuritilgan. Jadidlarning Turkiston xalqi hayotidagi qoloqliklarni, ma’rifatsizlikni isloh qilish g‘oyasi bilin yo‘g‘rilgan publitsistik maqolalari ilk bor birlamchi manba asosida yoritilgan. Ma’rifat targ‘ibi, maktablar islohi masalasi Saidahmad Vasliy, Ziyovuddin qori, Abdulg‘afforxo‘ja, Xolmuhammad, To‘raquli, Mubashshirxon singari ziyolilar asarlari misolida tahlil qilinib, ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilgan.
Mazkur darslikda raqamli iqtisodiyotning shakllanib borishi, uning texnologik asoslari, jahonda va O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, oliy ta’lim va statistika faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlari keltirilgan. Bundan tashqari milliy va xalqaro darajada kiberxavfsizlik, elektron hukumat, raqamli demokratiya, raqamli transformatsiya sharoitida elektron hukumatdan raqamli davlatga o‘tish, O‘zbekistonda raqamli davlat istiqbollari va raqamli transformatsiya jarayonlarida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavflar bayon etilgan.
Respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichi barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli iqtisodiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, professor o‘qituvchilar, izlanuvchilar, magistrantlar va shu sohaga qiziquvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan.
Maqolada ilk bor o‘zbek tili parafrazalari o‘rganildi. Parafraza turlari haqida dastlabki fikrlar ham keltirildi. Nafaqat o‘zbek tilshunosligida, balki butun jahon tilshunosligida ham shu kungacha parafrazalar alohida, maxsus ilmiy tadqiqot ob’ekti bo‘lmagan hamda monografik planda o‘rganilmagan. Parafrazalar og‘zaki va yozma nutqimizda badiiy obrazlilik vositalaridan biri sifatida faol qo‘llaniladi, ular tilning boyligini, semantik imkoniyatlari kengligini ko‘rsatuvchi omillardan biridir Jahon tilshunosligida parafrazalar yuzasidan mulohazalar bilan bir qatorda ixcham ta’rif berilgan, parafrazalarning badiiy tasvir vositalari doirasida o‘ziga xos xususiyatlari borligi va ularni alohida o‘rganish zarurligi qayd etilgan bir nechta maqolalar mavjud. Binobarin, bu obrazli iborani ilmiy-nazariy nuqtai nazardan alohida tadqiq etish, mohiyatini ochib berish bugungi umumiy tilshunoslik, ayniqsa, stilistika fanining hal etilishi kerak bo‘lgan masalalardan biridir. Maqolada tilshunoslik sohasidagi yutuqlar, dialektik falsafa kategoriyalari: umumiylik va xususiylik, sabab va natija, imkoniyat va voqelik, shakl va mazmun birligi, ravshanlik va mavhumlik asosida yaratilgan. Har qanday tilning boyligini yaqqol ko‘rsatuvchi ifoda vositalaridan biri bo‘lgan parafraza (tasviriy ifoda) muammosi hozirgacha alohida tadqiqot mavzusi bo‘lmagan. Lekin parafrazalar haqida uning til va nutqdagi o‘rni haqida oz bo‘lsada ma’lum fikrlar mavjud. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, umumiy tilshunoslik nuqtai nazaridan bir xil atama parafraza, perifraz, perifraza kabi invariantlarda qo‘llanadi va nutq eng samarali ifoda vositalaridan biri ekanligi qayd etiladi. Maqolamizda parafraza atamasini qo‘llashni lozim topdik. Chunki, birinchi navbatda, bu atama umumiy tilshunoslikda keng qo‘llaniladi. Ya’ni monografiya, o‘quv qo‘llanma, darslik va maqolalarda alohida tilga olinadi; ikkinchidan, eng muhimi, parafraza atamasi o‘rganilayotgan hodisaning mohiyatini aniq belgilaydi. Darvoqe, parafraza atamasidagi “para” qismi o‘xshash yoki qo‘shni, juftlik ma’nosini bildiradi. Ma’lumki, tildagi parafrazalar dunyo hodisalarini chuqurroq o‘rganish, bilish, inson tafakkur qobiliyatini oshirish natijasida vujudga keladi. Texnika va ilm-fan taraqqiyoti, til egasi, uning yaratuvchisi boʻlgan xalqning qoʻshni davlatlar bilan toʻliq aloqada boʻlishi, ular bilan savdo-sotiqning kuchayishi natijasida parafrazalar ham koʻpayib borib, so’zlar bir tildan ikkinchi tilga o’tadi. Shuning uchun biz til (tillar)ning parafrazalarini tarixiy jamiyat – uning tarixi bilan birga xalq taraqqiyoti bilan bog‘liq holda tekshirishni maqsad qildik.
Ushbu maqolada umrini ta’lim-tarbiyaga, ilm-fan rivojiga bag‘ishlagan,ona tili fani o‘qitish muammolari va uning dolzarb masalalariga oid ko‘plab ilmiy maqola, tezislar yozib, metodik tavsiyalar ishlab chiqqan, o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratgan ajoyib, fidoyi inson, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tursunqul Almamatovning ilmiy faoliyati va metodik tavsiyalari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz.
Maqolada bugunda masofaviy ta’limning qanchalik imkoniyat va qulayliklar yaratib berishi ilmiy tadqiq qilinadi. Masofaviy ta’limning rivojlanish tarixi davlatlar misolida tahlil qilinadi. Jumladan, masofaviy ta’lim jarayonida tashkil etiladigan kurslar nashr etilgan materiallardan iborat bo‘lib, o‘z ichiga uslubiy ko‘rsatmalar, qo‘shimcha ta’lim uchun maqolalar to‘plami, laboratoriya amaliyotlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar va boshqalarni qamrab olishi xususiyatlari o‘rganiladi.
Jahon xalqlari matnshunosligida milliy adabiy merosni birlamchi manbalar asosida o‘rganishga bo‘lgan e’tibor har qachongidan ham kuchayib bormoqda. Qo‘lyozma manbalar tadqiqi, qaysi davrda yashagan bo‘lishidan qat’i nazar, shoir
yoki adib asarlarining asliyatga muvofiq (hech bo‘lmaganda unga yaqin) matnlarini tiklash imkonini beradi. Ishonchli matnni tiklamay turib, shoir ijodini adabiyotshunoslikning nazariy muammolari kesimida tahlil etib bo‘lmaydi.
Dunyo matnshunosligida qo‘lyozma manbalarni qiyosiy tahlil etish, ijodkor ilmiy biografiyasini yaratish, badiiy asar matni tarixini o‘rganish kabi ilmiy muammolar ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Ular sirasidan dunyo kutubxonalari bo‘ylab tarqalgan Sharq qo‘lyozmalari, jumladan, turkiy adabiyotning buyuk namoyandalari Alisher Navoiy va Bobur asarlari manbalarini o‘rganish doirasida katta tajriba, bilim hamda material to‘plandi. Olib borilgan keng tadqiqotlar matnshunoslikning nazariy asoslari yaratilishiga zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbek matnshunosligi mavjud ilmiy tajribalar negizida taraqqiy etib, mumtoz adabiy manbalarni o‘rganish borasida muayyan natijalarga erishdi va erishmoqda. Milliy adabiyot tarixida yorqin iz qoldirgan ijodkorlar adabiy merosini asliyat
asosida tadqiq qilish, qo‘lyozma va toshbosma manbalarni ilmdagi so‘nggi yutuqlarga tayanib o‘rganish manbashunoslik va matnshunoslikning ustuvor vazifalaridandir. Negaki, “...o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish katta ahamiyatga ega…” 1 . Shunga ko‘ra, Xorazm adabiy muhiti namoyandasi Mutrib Xonaxarob (1853–1923) lirik devoni manbalarining ilmiy-monografik tadqiqini amalga oshirish, shoir asarlari matn tarixini o‘rganib, ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash tamoyillarini ishlab chiqish dolzarb ekani ayon bo‘ladi.
Mutrib ijodini o‘rganish shoir hayotligidayoq boshlangan. Tabibiy “Majmuat ush-shuaroyi payravi Feruzshohiy” hamda “Majmuatu muxammasot ush-shuaroyi Feruzshohiy” majmualarida shoirning she’riyat va musiqadagi
yutuqlarini e’tirof etadi. Hasanmurod Laffasiyning “Xiva shoirlari va adabiyotchilarining tarjimayi hollari”, Bobojon Tarrohning “Xorazm shoir va
navozandalari”, Po‘latjon Qayyumiyning “Tazkirayi Qayyumiy” asarlarida ham shoir ijodi haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ijodkor adabiy merosi yuzasidan O. Sharafiddinov, M. Yunusov, N.M. Mallayev, Yu. Yusupov, M. Pirnazarov,
A. Abdug‘afurov kabi olimlar maqolalar e’lon qilgan. Ushbu maqolalarda shoir tarjimayi holi, asarlarining g‘oyaviy qamrovi va badiiyati, adabiy merosining mavzu va janr xususiyatlari yoritilgan. Lekin ularning aksarida shoir asarlari kommunistik
mafkura ta’sirida talqin etilgan. M. Pirnazarov Mutrib lirik merosining qo‘lyozma va toshbosma manbalari, mavzu ko‘lami, janr xususiyatlari, badiiy mahorati masalalarini o‘rgangan. Ushbu
tadqiqot o‘z davri uchun qimmatli ma’lumotlar bergan bo‘lsa-da, shoir ilmiy biografiyasini yaratish, ijodkor asarlarini matnshunoslikning nazariy muammolari kesimida tadqiq qilish, ilmiy-tanqidiy matnini yaratish kabi muammolar hanuz yechimini kutib turibdi. Shoir adabiy merosini o‘rganishda “Mutrib Xonaxarobiy (Risola majmua)” kitobi e’tiborga molik. Biroq bu she’rlar
matni to‘liq emasligidan tashqari, so‘zlarning o‘qilishida ham xatoliklar uchraydi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada Muhammad Hasan Mutrib devonining O‘zR FA ShI asosiy hamda H. Sulaymon fondlarida saqlanayotgan 906/VII, 903/IV, 2679/II raqamli qo‘lyozmalari, shuningdek, qo‘lyozma bayoz, majmua va tazkiralardagi
turkiy she’rlari, Xiva Ichonqal’a Muhammad Rahimxon Feruz II muzeyida saqlanayotgan qo‘lyozma bayozlardagi she’rlari haqida ma’lumotlar berilgan.
There are many reasons for people working in the medical field to learn English. Firstly, because most of the modern scientific literature is published in English. During the translation process, some essential details of the article may be lost, so if a person is competent in English, he can avoid the difficulties associated with this. Moreover, a medical professional can publish an article in English himself, thereby presenting the results of his research to the international medical community. Moreover, knowledge of the English language makes it possible to internships in English-speaking countries and international communication. Finally, the study of languages promotes the development of memory, which is also necessary in the study of medical disciplines.
PRF matritsalari yuz-jag’ jarrohlik va implantologiyada turli ko'rsatkichlar uchun ishlatilgan. Ba'zi klinik tadqiqotlar turli qon konsentrat tizimlarining afzalliklari va kamchiliklari haqida xabar beradi. So'nggi paytlarda turli xil maqolalar va adabiyotlarda PRF dan foydalanish bo'yicha mavjud ma'lumotlarni umumlashtirishga qaratilgan. Ushbu tezisda quyidagi asosiy savollarni ko’rib chiqish uchun PRF ning ahamiyatiga e'tibor qaratilgan: tish olingan bemorlarda og'riqni oldini olish va yumshoq to'qimalar va suyaklarni qayta tiklashda PRF samaradorligi qanday?
Usmon Nosir ijodi 30-yillarning boshlaridanoq ilmiy asosda o‘rganila boshlagan, asarlari o‘quv dasturlari va adabiyot majmua darsliklariga kiritilgan edi. Keyingi yillarda shoir hayoti va ijodini o‘rganish, tadqiq qilish kuchaydi. Adib asarlari bir necha bor chop etildi. Qator ilmiy maqolalar, kitoblar yaratildi. Bu sohada, ayniqsa, adabiyotshunos olimlardan Naim Karimov, Abubakir Rajabiy, Ibrohim G‘afurov, O‘tkir Rashid, shoirning jiyani Nodira Rashidovalarning ilmiy izlanishlarini keltirsak bo‘ladi. A.Rajabiy Usmon Nosirga bag‘ishlangan kitobida shoir hayoti va ijodiy faoliyatini birinchi marta keng tarzda yoritib berdi. Maqolada adabiyotshunos olimlarning shoir hayoti va ijodini qaysi jihatlari tadqiq etilgani o‘rganilgan.
The rhetoric in the professional work of a teacher is presented in the article. Specific features of the pedagogical speech are described.
The publicistic style of language became discernible as a separate style in the middle of the 18th century, ll falls into three varieties, each having its own distinctive features. Unlike other styles, the publicistic style has spoken varieties, in particular, the oratorical substyle. The development of radio and television has brought into being another new spoken variety, namely, the radio and TV commentary.