KOMIL DEVONIY SHOIR VA XATTOT
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Muhammad Rahimxon II Feruz davrida Xivadagi adabiy-ma’naviy muhitda yashab ijod qilgan mashhur shoir va xattot Komil Devoniy bo‘lib, u o‘zining ko‘p qirrali ijodi, xususan, lirik she’rlari, xattotlik faoliyati va manbashunoslik jihatdan muhim bo‘lgan qo‘lyozmalari bilan ajralib turadi.
Ushbu maqolada Komil Devoniyning hayoti, ijodi va xattotlik faoliyati asosiy ilmiy manbalar va qo‘lyozmalarga tayanilgan holda tadqiq qilinadi. Komil Devoniy hayoti, adabiy merosi hamda xattotlik faoliyati o‘rganiladi. Komil Devoniy ko‘p qirrali ijodkor bo‘lib, Feruz saroyi atrofidagi adabiy doiralarda shoir, kotib, naqqosh va musiqashunos sifatida faoliyat yuritgan. Uning merosi bir nechta devon va bayoz qo‘lyozmalarida saqlanmoqda. Bu qo‘lyozmalar, ayniqsa, o‘z qo‘li bilan ko‘chirilganlari matnshunoslik va manbashunoslik tadqiqotlari uchun muhim manbadir. Maqola tazkiralar, qo‘lyozma asarlar va zamonaviy tadqiqotlar asosida tayyorlangan bo‘lib, Komil Devoniyning an’anaviylik bilan bir qatorda ma’rifatparvarlik qarashlari ham yoritiladi. Uning she’riyati, axloqiy g‘oyalari va ma’rifiy mazmuni Xorazm jadid adabiyoti vakillari qatorida munosib o‘rin egallashiga sabab bo‘lgan.