Mart, 2025-Yil
409
MILLATNI UYG’OTGAN TO’LQIN
Sayfutdinov Feruz Ilniyazovich
Osiyo xalqaro universiteti Tarix va filologiya kafedrasi o’qituvchisi.
Allanazarov Javohir Anvar o’g’li
Osiyo xalqaro universiteti tarix yo’nalishi 2-bosqich talabasi.
Tel: +99893-685-77-55.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15098284
Annotatsiya. "Agar men xalq dushmani bo‘lsam, xalqni ilmga, ozodlikka va
millatparvarlikka o‘rgatgan dushmanman!"Munavvar Qori Abdurashidxonov.
Kalit soʻz: jadid, vatanparvar, Milliy ittihod, Taraqqiy, millat, ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy,
Turkiston, yangi usul maktabi, tarjimai hol, uygʻonish.
A WAVE THAT AWAKES THE NATION
Abstract. If I am an enemy of the people, I am an enemy who taught the people about
knowledge, freedom, and patriotism.
Keywords: new, patriotic, National Union, Progressive, nation, social, cultural,
educational, Turkestan, new method school, biography, awakening.
ВОЛНА, КОТОРАЯ ПРОБУЖДАЕТ НАЦИИ
Аннотация. «Если я враг народа, то я враг, который научил народ науке, свободе и
национализму!» Мунаввар Кори Абдурашидханов.
Ключевое слово: современный, патриотический, Национальный Союз, Прогресс,
нация, социальный, культурный, образовательный, Туркестан, новая школа, биография,
пробуждение.
KIRISH
. XIX asr oxiri va XX asr boshlari Turkiston uchun o‘ziga xos uyg‘onish davri
bo‘ldi. Bu to‘lqinning markazida Munavvar qori Abdurashidxonov singari ma'rifatparvar,
vatanparvar ziyolilar turardi. Munavvar qori Abdurashidxonovning jadidchilik harakatidagi
ishtiroki, "Taraqqiy" gazetasi orqali xalqqa murojaati, "usuli jadid" maktablari orqali ma'rifatni
yoyishi – bularning barchasi millatni uyg‘otgan to‘lqinning muhim bir qismi edi. Uning "Bizning
jaholat – jahli murakkab" degan hayqirig‘i o‘zbek xalqining qalbida yangi umidlar uyg‘otdi, uni
o‘z huquqlari uchun kurashishga undadi.
XIX asr oxirida Turkistondagi maʼrifatparvarlik davrini boshlab bergan, oʻlka xalqlari
manfaatlarini himoya qilishga oʻzining butun ongli faoliyatini bagʻishlagan fidoyi
vatandoshlarimizdan biri Munavvar qori Abdurashidxon oʻgʻli (“Munavvar” – nur olgan, nurli
Mart, 2025-Yil
410
degani. Turkiyada hozir ham bu soʻzni ziyoli oʻrnida qoʻllaydilar; “qori” – Qurʼonni maromiga
yetkazib oʻqiydigan) edi. U 1878 yilda Toshkentning Shayxontohur dahasidagi Darxon
mahallasida mudarris oilasida tavallud topgan. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida, soʻngra
Buxoroda oliy tahsil olib “Hofizi Qurʼon” boʻlgach, XIX asrning 90-yillari oxirlarida jadidchilik
harakatiga qoʻshilgan. Munavvar qori 1901-yilda Toshkentda birinchilardan boʻlib “usuli jadid”
maktabini ochgan edi. Jadidchilik namoyandalarini sinfiy dushman deb bilgan bolsheviklar bu
harakatni faqat maʼrifiy harakat deb baholab, ularni siyosiy kaltabinlikda ayblab kelgan edilar.
Holbuki, Munavvar qori 1927-yilda Toshkent okrug maorif xodimlari qurultoyida
soʻzlagan nutqida bolsheviklar qoʻygan bu aybga: “Chor hukumatini yoʻqotish jadidlarning
tilagida bor edi. Siyosiy vazifamiz va maqsadimiz ham shundan iborat boʻlishi yashirin emas.
Nainki, biz jadid maktabi ochish bilan savdo xizmatchilari, boshqacha taʼbir bilan aytganda,
doʻkonda nasiya yozadurgon xodimlar yetkazsak. Bu ishga aqlli odam shu bahoni berishda u yoq,
bu yoqni mulohaza qilsin. Jadid maktabi ochishimizga siyosiy va madaniy kurashchilar tayyorlash
bahosi berilmaganiga (taʼkid bizniki. taassub bildira olmay oʻta olmayman”degan edi.
Turkiston xalqlari ijtimoiy-siyosiy tafakkurining oʻsishida shubhasiz, jadidchilik matbuoti
beqiyos xizmatlar qilgan. Munavvar qori 1906-yildan nashr etila boshlangan dastlabki milliy
gazeta – “Taraqqiy”ning tashkilotchilaridan va mualliflaridan edi. Shu gazetaning 1906 yil 14 iyun
sonida eʼlon qilgan “Bizning jaholat – jahli murakkab” maqolasida “Ey qardoshlar, voy
millatdoshlar!!! Koʻzimizni gʻaflat uyqusidan ochib, atrofimizgʻa nazar solmakimiz lozimdir. Har
millat oʻz saodat hol va istiqbolini muhofazatigʻa birinchi vosita ilm oʻlmakigʻa qanoat hosil qilib,
ilm va maorifgʻa ortiq darajada qoʻshish qilgan bu zamonlarda bizlar bu gʻaflat va jaholatimizda
davom etsak, istiqbolimiz nihoyatda xavflik oʻlub hamma olamga masxara va kulgu
oʻlmogʻimizda hech shubha yoʻqdir. Bu jaholat natijasidurki, oʻzimiz yerlik musulmonlardan
oʻldigʻimiz holda musofir rus va yahudiylar eshigida mardikor va xizmatchi oʻlduk. Bu jaholat
xohishidurki, millat foydasi uchun jonin qurbon qilmoqqa loyiq arslon kabi yigitlarimiz butun
millatni yodlaridin chiqorib, isteʼdod va gʻayratlarini choyxona va pivaxonalargʻa sarf
etmadadurlar” deb ogohlikka daʼvat etgan edi. Munavvar qori fikricha, chorizm istilosidan avvalgi
Turkistonni qamrab olgan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy, maʼnaviy-madaniy inqiroz sabablari XVII-
XVIII asrlarga borib taqaladi. “Bul zamondin yuz yildan ziyodroq muqaddam zamondin boshlab,
- deb taʼkidlaydi u, - millat devorining har tarafigʻa rahnalar paydo boʻldi. Munga sabab ulamo va
umarolarimizning oʻz nafslarini rioyasida harakat qilmoqlari boʻldi. Podshoh va xonlarimiz boʻlsa,
millatgʻa qilgʻon xizmatlari tanho xotun olmoq va kuchuk urushtirmoq va begʻayrat va haqqoniyat
dindor kishilarni badargʻa qilmoq va tutub oʻldirmoq boʻldi.
Mart, 2025-Yil
411
Shuning uchun millat devorining rahnalari tobora ziyoda boʻldi. Rossiyadagi 1905-yil
voqealaridan keyin Rossiya davlat dumasiga Turkistondan vakil saylash maqsadida ulamo va
siyosiy arboblarimiz oʻtkazgan ikki-uch yigʻilish esa “yolgʻuz palov va ziyofatxoʻrlik birla
nafsoniyatdan iborat bir majlis boʻlganligini”, chunki unda har kim oʻz shaxsiy manfaati nuqtai
nazaridan mulohaza yuritib, soʻzlaganini qayd etadi. Adib mahalliy boshqaruv maʼmuriyati
vakillarining millat va Vatan manfaatlarini anglash masalasida hamon yakdil emasliklaridan
kuyunib oʻz hukumatdorlarimizning koʻzlarini gʻaflat chunon qoplamishki, hanuz oʻz nafslarining
foydasini axtarmoqqa mashgʻuldirlar va ul foydadin millat va shariatgʻa xoh foyda oʻlsun, xoh
zarar oʻlsun har bir harakatlaridin manfaati shaxsiyalari maqsuddir. Va har fikrlarida rioyai nafslari
mavjuddir” - deb yozadi.
Munavvar qori oʻlka xalqlarining milliy qadriyatlari mustamlakachilar tomonidan oyoq
osti qilinganligini inkor etib boʻlmaydigan dalillar orqali ochib beradi. Turkiston bir vaqtlar boy
madaniyatga ega zamin boʻlganligini, Samarqand, Buxoro, Qoʻqon, Toshkentdagi va ayrim
qishloqlarda ham ulkan madrasalar aynan vaqflar tufayli ham dunyoviy, ham diniy fanlarni
oʻrgatishda shuhrat topganligini taʼkidlab, bu shuhratning qay tariqa soʻnib qolganligini
izohlaydiki, bu izohlar oʻquvchini chuqur oʻyga toldiradi. Uningcha “keyingi paytlarda
Turkistonda sodir boʻlgan urushlar oqibatida, xonlarning hukmronlikka intilishlari, turli
bosqinchilarning hujumlari tufayli madaniyat-maʼrifat rivoji toʻxtab qoldi, baʼzi olim, ulamolar
tabiiy ravishda vafot etdilar, boshqalari turli mamlakatlarga koʻchib ketdilar, qadimiy madaniyatni
eslatuvchi madrasa va vaqflar hozirgacha saqlab qolindi. Har qanday madaniyatli xalqning
hukumati madrasayu vaqflarni omillik bilan boshqarish orqali davlat gʻaznasiga zarar keltirmay,
ushbu madrasa va maorif darajasini koʻtarishi hamda oʻquv ishini toʻgʻri yoʻlga qoʻyishi mumkin
edi. Ammo, Turkiston, turkiy xalqlarining baxtsizligiga koʻra, eski rus hukumatlari tomonidan
zabt etildi va xalqning madaniy-maʼrifiy masalalari oʻzga qolipga solindi. Eski rus hukumati
mahalliy xalqlarni ruslashtirish maqsadini taʼqib etgani bois madaniyat-maʼrifat izlari Turkiston
tuprogʻidan tamom yoʻqoldi”. Chor hukumatining Turkiston xalqlarini ruslashtirishga qaratilgan
shovinistik milliy siyosatining amalga oshirilish mexanizmini ochib berib, Pobedonossev,
Ilminskiy va Ostroumov singari missionerlarning nazorati ostida va ularning tashabbusi bilan eng
yirik vaqflar mustamlakachilar foydasiga tortib olinganligini, madrasa va maktablarda faqat sof
diniy xarakterdagi fanlar qoldirilib, geografiya, matematika, fizika kabi dunyoviy fanlar butunlay
man etilganligini, bu fanlarni maxfiy ravishda oʻrgatuvchi oʻqituvchilar inqilobchi, panislomchi
sifatida ogʻir jazolarga tortilganini, umumtaʼlim fanlarini oʻrganishni istovchilar esa rus tilini
bilish-bilmasligidan qatʼi nazar, bu fanlarni rus tilida oʻrganishlari shart qilib qoʻyilganligini qayd
Mart, 2025-Yil
412
etadi. Shu bois Munavvar qori matbuotdagi chiqishlarida chorizm mustamlakachilik siyosatining
mohiyatini xalq ongiga yetkazishga dadil harakat qildi. Masalan, “Najot” gazetasining 1917 yil
26-martdagi sonida Turkiston xalqlarining 1916-yilgi mardikorlikka qarshi qoʻzgʻoloni chor
maʼmurlari tomonidan shafqatsizlarcha bostirilganiga ishora qilib, “uydagi xotun- qiz, beshikdagi
bolalar, hech narsa qoʻlidan kelmaydurgʻon chol va kampirlar, tilsiz hayvonlar, jonsiz imoratlar
va mollar hech biri istisnosiz suratda otildi, kesildi, yoqildi, yondurildi… Alhosil, Turkiston
musulmonlari zulm panjasining ostida shul qadar ezildilar va hurriyat, huquq yoʻlida shul qadar
koʻp qurbon berdilarki, bir-ikki oy ichida boshqa millatlarning 145-yil ichida (Munavvar qori 1772
yilgi Yemelyan Pugachev qoʻzgʻolonidan 1917 yilgi Fevral inqilobigacha boʻlgan Rossiya tarixini
nazarda tutgan. – taʼkid bizniki.) bergan qurbonlariga quvlab yetishdilar deb yozdi.
Munavvar qori XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy tafakkurning, milliy-ozodlik
harakatining eng eʼtiborli namoyandalaridan boʻlganligi uchun ham 1921 yilda uning nomzodi
“Turkiston milliy birligi” nomli yashirin harakatning raisligiga qoʻyilgan. Biroq, u hech qachon
isyonga, qoʻzgʻolonga daʼvat qilgan emas. Toʻgʻri, u “Haq olinur, berilmas” deb yozgan. degan
shiorga amal qilgan. Lekin bu haqni ilm-maʼrifatni, fan- texnikani egallash, maʼrifiy-madaniy
vositalarni ishga solish orqaligina qoʻlga kiritishni aqlga muvofiq deb topdi.
Shu maqsadda 1908-yildan 1923-yilga qadar uning gʻayrat va tashabbusi bilan yuzdan
ortiq turkistonlik chetda oʻqib keldi. (Buxoroda bu tashabbusni 1920-1923 yillarda Fitrat va F.
Xoʻjayev qoʻllab chiqdilar) Maʼlumotlarga qaraganda, birgina 1922-yilda Germaniyada
oʻqiyotganlarning soni 60 ga yetgan. Shulardan beshtasi – Abduvahob Murodiy, Sattor Jabbor,
Saidali Xoʻjayev, Ahmad Shukuriy, Vali Qayumxon toshkentliklar edi. Munavvar qori teatrchilik
ishini yoʻlga qoʻyib, “Teatr havaskorlari truppasi”ni tashkil etdi va Kolizeyda “Padarkush”
dramasini birinchi marta sahnaga qoʻydi. Eng eʼtiborlisi shuki, Munavvar qori oʻzbek millati
tarixida, birinchi navbatda, jamoat va siyosiy arbob sifatida qoldi. XIX asrning 90-yillari oxiridan
umrining soʻngigacha millat va vatan ravnaqi, ozodligi yoʻlida kurash olib bordi. Munavvar qori
tashabbusi bilan 1925-yilda “Milliy ittihod” “Milliy istiqlol” degan nom bilan qayta tashkil etilgan.
Bunga Markaziy Osiyoda milliy-davlat chegaralanishi oʻtkazilib, Turkistonning parchalanishi,
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil etilishi, shuningdek, bevosita Turkiston
birligi uchun kurashning oʻta qiyin boʻlib qolganligi sabab boʻlgan. Munavvar qori boshliq “Milliy
istiqlol” aʼzolari endi mustaqil Oʻzbekiston davlati uchun kurash gʻoyasi ostida ish yuritganlar.
“Milliy ittihod” tashkiloti Markaziy Qoʻmitasining qarorlaridan birida aytilishicha, ular
“bosmachilik” harakatidan toʻgʻri yoʻnalishda va aniq siyosiy maqsadni koʻzlab foydalanishni
moʻljallaganlar. Buning uchun, eng avvalo, sovet Rossiyasi hukumati va uning vakillariga turli
Mart, 2025-Yil
413
yoʻllar bilan “bizning xalqimiz sovetlashtirishni qabul qilolmayapti, xalq buni xohlamayapti,
shuning uchun qoʻliga qurol olib, uyushib kurashga koʻtarilyapti, koʻp qon toʻkilishi mumkin”
degan fikrni singdirib borishgan. Ushbu qarorda yozilishicha, “Bir vaqtning oʻzida tarqoq
bosmachi guruhlarini birlashtirish va siyosiylashtirish yoʻlida ish olib borish kerak. Chunki yaxshi
qurollangan va kurashlarda tajriba orttirgan bu kuchlar orasida ajoyib komandirlar va botir
jangchilar pishib yetilgan boʻlib, ulardan kelajakda milliy armiyani juda tez shakllantirish
mumkin. Vaqti kelib, sovet Rossiyasidan ajralish masalasi koʻtarilganda real kuchga ega
boʻlinadi”
Markaziy Osiyoda sovet tuzumi istibdodi oʻrnatilgach jadidlar tutgan siyosiy pozitsiya
xususida toʻxtalar ekan Munavvar qori Abdurashidxonov oʻzining bolsheviklar qamoqxonasida
yozgan “Xotiralarimdan” asarida shunday deydi: “Bizlarning sinfiy dunyoqarashimiz negizida
sinflarni inkor etish yotadi. Bizlar sinflarni bilmas edik, agar yirik burjuaziya deb hisoblanayotgan
katta yer egalari va savdogarlarning juda ozgina guruhi hisobga olinmasa, bizlarning koʻz
oʻngimizda hamma teng edi. Burjuaziya toʻgʻrisida gapirganda bizlar yirik savdogar va katta yer
egalarinigina nazarda tutar edik. Bizlar shoʻro hukumatining mana shularga emas, balki mayda va
oʻrta hol burjuaziyaga nisbatan olib borgan tadbirlariga qarshi boʻldik. Binobarin, bizlar asosan
mayda burjuaziya manfaatlarini himoya qildik: mana shundan bizlarning oʻktabr inqilobidan keyin
mamlakat siyosiy hayotida tutgan rolimiz, shoʻro hukumati, yoʻqsil diktaturasiga qarshi olib
borgan kurashimiz tushunarli boʻlsa kerak. Bizlarning mustaqillik haqidagi shiorimiz avval burjua
demokratik Turkistonni, undan soʻng esa, qayta chegaralanishdan keyin Oʻzbekistonni tashkil
etish, hokimiyatni mayda va oʻrta burjuaziya qoʻliga berish toʻgʻrisidagi harakatimiz ana shundan
kelib chiqadi.
Xulosa qilib aytganda, haqiqiy maʼnodagi mustaqillikni orzu qilgan Munavvar qori
Abdurashidxonovning Vatan va xalq baxt-saodatini koʻzlagan orzu-istaklari bugungi mustaqillik
sharofati bilan roʻyobga chiqdi. Uning siyosiy-huquqiy qarashlari va hayot yoʻli esa XX asr
birinchi choragidagi Turkiston xalqlari ijtimoiy-siyosiy tafakkuri, madaniyati, maʼrifatining
mumtoz va betakror namunasi boʻlib qoldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Sayfutdinov, F. (2025). 1918-1920 YILLAR XALQARO MUNOSABATLAR
TARIXIDA
VERSAL
–
VASHINGTON
KANFRENSIYALARINING
AHAMIYATI.
Modern Science and Research
,
4
(2), 1066–1073. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/68491
Mart, 2025-Yil
414
2.
Sayfutdinov , F., & Sharipov , D. (2025). CENTRAL ASIAN INTEGRATION:
HISTORICAL DEVELOPMENT AND PROSPECTS.
Journal of Universal Science
Research
,
3
(1(Special
issue),
300–304.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/65623
3.
Ilniyazovich, S. F. (2023). RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TARIX FANINI
O'QITISHDAGI AHAMIYATI.
4.
Ilniyoz o'g'li, S. F. (2023). ETNOGRAFIK TADQIQOTLARDA QORAQALPOQ
XALQINING YORITILISHI.
5.
Ilniyazovich, S. F. (2024). The Formation of Preliminary Knowledge about the People of
Karakalpak.
EUROPEAN
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
NONFORMAL
EDUCATION
,
4
(3), 149-155.
6.
Sayfutdinov, F. (2024). BUXORO AMIRLIGINING QURILISH TARIXI: MADANIY
VA ARXITEKTURA TARAQQIYOTI MEROSI.
Modern Science and Research
,
3
(12),
852-858.
7.
Sayfutdinov Feruz Ilniyoz o’g’li. (2023). XX ASR 2-YARMI XXI ASR BOSHLARI
ZARAFSHON VOHASIDA ETNOSLARARO MUNOSABATLAR.
TA’LIM VA
RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
3
(9), 1–5. Retrieved from
https://sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/7941
8.
Sayfutdinov , F. . (2024). ILLUMINATION OF THE SPIRITUAL LIFE OF THE
KARAKALPAK PEOPLE IN RESEARCH.
Journal of Universal Science Research
,
2
(5),
441–452.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-
research/article/view/34891
9.
Sayfutdinov , F. (2024). MANG’IT AMIRLARI DAVRIDA BUXORO AMIRLIGI
ME’MORCHILIK SOHASI RIVOJI.
Modern Science and Research
,
3
(10), 620–629.
Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/45335
10.
Ilniyazovich, S. F. (2024). Historiography of Various Expeditions and their Results in the
Regions Inhabited by Karakalpaks in the First Half of the 20th Century.
EUROPEAN
JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
4
(9), 159-165.
11.
Sayfutdinov Feruz Ilniyoz o’g’li. (2023). XIX ASRDA XONLIKLARNING O‘ZARO
SAVDO
MUNOSABATLARI.
JOURNAL
OF
SCIENCE,
RESEARCH
AND
TEACHING
,
2
(8),
111–114.
Retrieved
from
http://jsrt.innovascience.uz/index.php/jsrt/article/view/284
Mart, 2025-Yil
415
12.
Sayfutdinov, F. (2023). ILLUMINATION OF KARAKALPAK PEOPLE IN
ETHNOGRAPHIC STUDIES.
Modern Science and Research
,
2
(12), 910–917. Retrieved
from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27281
13.
Sayfutdinov, F. (2024). HISTORIOGRAPHY OF INFORMATION ABOUT THE
POPULATION OF THE ZARAFSHAN OASIS. (20TH CENTURY).
Modern Science
and Research
,
3
(2), 911–914. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-
research/article/view/29503
14.
Sayfutdinov , F. (2024). ETHNIC COMPOSITION OF THE ZARAFSHAN OASIS (2ND
HALF OF THE 20TH CENTURY).
Modern Science and Research
,
3
(1), 577–581.
Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28335
15.
Sayfutdinov Feruz Ilniyozovich, . (2023). LAND OWNERSHIP RELATIONS BASED
ON THE NATIONAL ECONOMY OF KARAKALPAK.
International Journal Of
Literature And Languages
,
3
(11), 20–27. https://doi.org/10.37547/ijll/Volume03Issue11-
04
16.
Sayfutdinov Feruz Ilniyozovich, . (2023). STUDY OF THE KARAKALPAK PEOPLE IN
ETHNOLOGICAL SCIENTIFIC WORKS HISTORY .
International Journal Of History
And Political Sciences
,
3
(12), 61–68. https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue12-11
17.
Sayfutdinov, F. (2023). ANALYSIS OF DATA ON LAND OWNERSHIP AND
LIVESTOCK FARMING OF KARAKALPAKS.
Modern Science and Research
,
2
(10),
650–657.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
research/article/view/25727
18.
Sayfutdinov Feruz Ilniyazovich, . (2023). USING GIS SOFTWARE AND THE
IMPORTANCE OF DIGITAL HISTORY IN THE STUDY OF HISTORY .
International
Journal
Of
History
And
Political
Sciences
,
3
(10),
31–33.
https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue10-06
19.
Sayfutdinov, F. (2023). THE IMPORTANCE OF DIGITAL TECHNOLOGY IN
TEACHING HISTORY.
Modern Science and Research
,
2
(10), 719–723. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24678
20.
Ilniyoz o’g’li, S. F. (2023).
XIX ASRDA XONLIKLARNING O ‘ZARO SAVDO
MUNOSABATLARI. JOURNAL OF SCIENCE, RESEARCH AND TEACHING, 2 (8), 111–
114
.
21.
Ilniyoz o'g'li, S. F. (2023). ETNOGRAFIK TADQIQOTLARDA QORAQALPOQ
XALQINING YORITILISHI.
Mart, 2025-Yil
416
22.
Rahmonova , S., Xayrullayev , U., & Sayfutdinov, F. . (2025). “ОММАВИЙ
МАДАНИЯТ”НИНГ МОҲИЯТИ, ТАРИХИЙ ИЛДИЗИ, ХАРАКТЕРИ ВА
РИВОЖЛАНИШ БОСҚИЧЛАРИ.
Modern Science and Research
,
4
(1), 479–488.
Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/61669
23.
Xayrullayev , U., Sayfutdinov , F., & Rahmonova , S. (2025). SHAYBONIYLAR
DAVLATI VA USMONLI TURKLAR DAVLATI O’RTASIDAGI DASTLABKI
ALOQALAR TAVSIFI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 147–154. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/60142
24.
Gadayeva, M. (2025). TURKISTONLIK GENERAL AYOL, MILLAT ONASI-
QURBONJON
DODXOHNING
MARD,
JASUR
VA
VATANPARVARLIGI
HAQIDA.
Modern Science and Research
,
4
(1), 344-352.
25.
Muxamedovna, G. M. (2024). PARANJI TARIXI, YOXUD O'RTA ASR
AYOLLARINING KIYIMI HAQIDA.
26.
Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–
QADRIYATLAR BESHIGI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 1228-1238.
27.
Muxamedovna, G. M., Shuhratovna, T. S., & Shokir ogli, S. U. TARIX FANLARINI
OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI.
28.
Rahmonova,
S.
(2023).
YUKSAK
MA’NAVİYATLİ
AVLOD-UCHİNCHİ
RENESSANS BUNYODKORLARİ. Наука и технология в современном мире, 2(3),
76-79.
29.
Rahmonova, S. (2024). THE REFORMS IMPLEMENTED IN NEW UZBEKISTAN ARE
THE FOUNDATION OF THE THIRD RENAISSANCE. Modern Science and Research,
3(2), 394-399.
30.
Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of
Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology. SPAST Reports,
1(7).
31.
Haqqulov, M. (2024). O ‘RTA OSIYO XALQLARINING OZODLIK ORZUSI BO
‘LGAN “TURKISTON MUXTORIYATI”. Modern Science and Research, 3(12), 609-
613.
32.
Haqqulov, M. (2025). USMONIYLAR IMPERIYASINING TASHKIL TOPISH TARIXI.
Modern Science and Research, 4(1), 663-672.
33.
Haqqulov, M. (2024). TURKISTON OZODLIGINING JARCHILARI. Medicine,
pedagogy and technology: theory and practice, 2(11), 154-159.
Mart, 2025-Yil
417
34.
Gulyamov, A. A. (2024). JАMIYАTIMIZNING IJTIMОIY-IQTISОDIY, MА’NАVIY-
MАDАNIY SОHАLАRIDА ОILАNING RОLI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
36
(2), 149-153.
35.
Azizovich, G. A. (2024). Trade Relations of Population in Bukhara Emirate, Shariah Rules
and Regulations in Commercial Affairs, Partnership Relations.
EUROPEAN JOURNAL
OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
4
(9), 189-194.
36.
Azizovich, G. A. (2024). Family-Marriage and Inheritance Relations of the Population in
the Bukhara Emirate.
Miasto Przyszłości
,
53
, 964-969.
37.
Boltayev, O. (2024). QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
Modern Science and Research
,
3
(10), 64-68.
38.
Obid o’g’li, B. O. QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
39.
Boltaev, O. (2024). BUKHARA'S CARAVAN TRADE AND ITS ROLE ON THE SILK
ROAD.
Analytical Journal of Education and Development
,
4
(10), 293-297.
40.
Boltayev, O. (2023). A GENERAL DESCRIPTION OF THE POLITICAL AND
DIPLOMATIC PROCESSES IN CENTRAL ASIA IN THE MIDDLE OF THE 18TH
CENTURY.
Modern Science and Research
,
2
(9), 145-149.
41.
Toshpo’latova,
S.
(2024).
TARIX
FANINI
O’QITISHDA
SAMARALI
METODLAR.
Modern Science and Research
,
3
(11), 774-782.
42.
Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS.
Журнал универсальных
научных исследований
,
2
(5), 453-462.
43.
Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR.
Modern Science and
Research
,
3
(5), 522-529.
44.
Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot
District.
Modern Science And Research
,
3
(5), 148-151.
45.
Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL
MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT.
Modern Science and Research
,
3
(2), 447-450.
46.
Toxirovich, N. J. (2025). MASOFAVIY TA'LIM JARAYONIDA TALABALAR
ISHONCHI SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI. PEDAGOGIK
TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 679-684.
Mart, 2025-Yil
418
47.
Toxirovich, N. J. (2025). MASOFAVIY TA'LIM JARAYONIDA TALABALAR
ISHONCH HISSINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 2(2), 210-214.
48.
Nozimov, J. (2024). Talabalar masofaviy ta'lim jarayonida ishonch tuyg'usini
shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Medicine, pedagogy and technology:
theory and practice, 2(10), 384-388.
49.
Xayrullayev, U. (2024). THE IDEA THAT MADE THE OTTOMAN STATE GREAT
(RED APPLE II). Modern Science and Research, 3(2), 1071-1073.
50.
Xayrullayev, U. (2024). BRIEFLY ABOUT THE" RED APPLE" MYTHOLOGY OF
THE TURKS. Modern Science and Research, 3(1), 568-572.
51.
Umidjon, X. (2024). Literacy and Information Exchange in the Ancient East and West.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3),
179-183.
52.
Sadullayev, U. (2024). MAHALLA: UNDERSTANDING THE CONCEPT.
Medicine,
pedagogy and technology: theory and practice
,
2
(4), 376-385.
53.
Sadullayev, U. (2024). MAHALLA: UNDERSTANDING THE CONCEPT.
Medicine,
pedagogy and technology: theory and practice
,
2
(4), 376-385.
54.
Sadullaev , U. . (2024). USE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN
EDUCATION.
Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice
,
2
(5), 344–
352.
55.
Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–
QADRIYATLAR BESHIGI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 1228-1238.
56.
Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Sadullayev, U. (2024). TARIX FANLARINI
OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 994-
1003.
57.
Ярашова, М. . (2024). ЖАҲОН ЭТНОЛОГИЯСИ ФАНИ ВА УНИ ЎҚИТИШНИНГ
ЗАМОНАВИЙ МЕТОДОЛОГИЯСИ.
Modern Science and Research
,
3
(10), 362–368.
Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/44901
58.
Ярашова, М. (2024). БУХОРО ВОҲАСИДА МАТО ВА МАТО ТАЙЁРЛАШ
УСУЛЛАРИ.
Modern Science and Research
,
3
(11), 782–787. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48057
59.
Yarashova Mohlaroyim Shuhratovna. (2024). Muyiddin Ibn Arabiyning Tasavvuf
Ta’limotida Tahsil Olgan Ayol Ustozlari Va Ta’lim Bergan Ayol Shogirdlari.
Miasto
Mart, 2025-Yil
419
Przyszłości
,
52
,
622–625.
Retrieved
from
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4679
60.
Yarashova, M. (2024). ILK O’RTA ASR MANBALARIDA KIYIM-KECHAKLAR VA
ULAR BILAN BOG’LIQ ATAMALAR TAVSIFI.
Modern Science and Research
,
3
(12),
621–632.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
61.
Rasulova, M. (2024). O’ZBEK XALQLARI FOYDALANGAN TAQVIMLAR.
Modern
Science
and
Research
,
3
(12),
949–954.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/58527
62.
Rasulova , M. (2025). MINORAI KALON.
Modern Science and Research
,
4
(1), 979–984.
Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/64066
63.
Rasulova , M. . (2025). ISMOIL SOMONIY MAQBARASI.
Modern Science and
Research
,
4
(2), 1422–1428. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-