Jild 1 № 7 (2024): ONA TILI VA ADABIYOT FANLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR Respublika ilmiy-amaliy konferensiya MATERIALLARI

						{$identification) ko'rish
Jild 1 № 7 (2024): ONA TILI VA ADABIYOT FANLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR Respublika ilmiy-amaliy konferensiya MATERIALLARI
Nashr qilingan: 17-10-2024

2024-yil 10-11-oktyabr kunlari Namangan davlat pedagogika instituti hamda “UNIVERSAL” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida oʻtkazilgan ““ONA TILI VA ADABIYOT FANLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR”” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari asosida tayyorlandi.

Maqolalar

54-60 71 15

USMON NOSIR HAYOTI VA IJODINI ANIQ HAMDA TABIIY FANLAR BILAN ALOQADORLIKDA O‘RGATISH MEXANIZMLARI

Gulshoda Ortiqova

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalariga shoir, dramaturg, tarjimon Umon Nosir she’rlarini aniq va tabiiy fanlar bilan fanlararo aloqani yo‘lga qo‘ygan holda o‘qitish texnologiyalari, mexanizmlari, yangi interfaol metodlar, ularning samaradorligi haqida fikr-mulohazalar yoritilgan. Har bir metod va usullarning o‘ziga xos tomonlari sanab o‘tilgan.

105-108 53 14

O‘QUVCHILARDA NUTQ MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY METOD VA TEXNOLOGIYALARI

Sobitxon Toshpulatov

Hozirgi shiddatli tezkor zamon barcha sohalar kabi ta’lim soxasiga ham ijodiy, tashabbuskor, bilimli kadrlarni tayyorlash vazifasini quymoqdaki, busiz kelajakni tasavvur qilish qiyin. Bu jarayonni albatta pedagoglarimiz amalga oshirishadi.Har bir fanni o‘quvchi ongiga singdirish va kerakli xulosalash uchun o‘quvchida o‘z ona tilisida ravon,chiroyli gapirish, madaniy nutq va notiqlik san’atidan xabardor qilishdek mas’uliyat talab qilinadi. Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy isloxotlar davlat siyosatining ustivor yunalishi bulib xisoblanadi. O‘z fikrini mustaqil,o‘z ona tilisida ravon,guzal va lo‘nda ifoda etadigan shaxsni tarbiyalash davr talabi hisoblanadi. Sharqona muomala madaniyati har bir bir o‘zbek oilasiga xos fazilatdir.

99-104 41 14

СЕМИОТИК МОДЕЛ КОНЦЕПЦИЯСИ

Хавасхон Нурмаматовна , Садбархон Нурматова

Стоиклар таълимотича, инсоннинг ботиний логоси – унинг онги бўлиб, у сўзлар воситасида  нутқий зоҳирланади.  Лисон тадқиқи инсон онги сирларини билишга яқинлаштиради, чунки логос онгда шаклланиши ёки лисоний ифода топишидан қатъи назар, бир хил асосга эга бўлиб қолаверади. Предмет ва унга қўйилган номнинг мувофиқлиги –  сигматикани юзага келтиради. Мақола  ном ва  нарса муносабати ҳақидаги долзарб масалага бағишланади.

91-98 59 13

KASBIY SIFATLARNI OSHIRISHDA NUTQIY MULOQOTNING O‘RNI

Maxbuba Sobirova

Maqolada talabalarning til va nutqiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy asoslari, ularning ona tilini bilishi va nutqiy muloqot ko‘nikmalarining darajasini oshirish,  bu o‘rinda kasbiy sifatlar muhimligi kabi masalalar yoritiladi.

84-90 63 12

MUSTAQIL TA’LIMDA TO‘GARAK MASHG‘ULOTLARI O‘RNI

Ma’mura G‘ofurova

O‘quvchilarda lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish uchun katta imkoniyatlar ona tilining grammatikasini o‘qitishni o‘z ichiga oladi, bu o‘quvchilarning umumiy bilim olishiga yordam beradi, ularni asosiy qoidalar bilan tanishtiradi, o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi.

76-83 1242 75

CHINGIZ AYTMATOVNING "OQ KEMA"ASARIDAN OLINGAN PARCHANING SINTAKTIK TAHLILNI O‘RGATISHDA QO‘LLANGAN ZAMONAVIY METODLAR

Xolida Habıbullayeva

Mazkur maqolada mashhur qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatov ijodi, xususan uning “Oq kema” qissasi  tahlil qilinadi. Qissada ko‘tarilgan mavzular hamda qaahramonlar haqida kuzatuvlar bayon qilinadi. Asarni  oʻrganishda qirg‘iz adabiyoti, proza, shuningdek, sintaktik analizatorning tahlil qilish algoritmi  va tahlil qilish bosqichlari, o‘zbek tilidagi sodda gaplarning o‘zbekcha va inglizcha  modellari ishlab chiqilgan. Buning uchun, avvalo, gaplarning sintaktik qoidalari  formal grammatikadan foydalangan holda tavsiflanadi. Rasmiy grammatika sifatida Xomskiyning Context free grammatikasidan foydalanilgan.

69-75 127 21

FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA KITOBXONLIKNING O‘RNI

Muyassar Abdullayeva

Bolalarning fikrlash malakalarini rivojlantirishda kitob va kitobxonlikning o‘rni, kitobxonlik madaniyatini oilada rivojlantirish usullari: namuna bo‘lish, ifodali o‘qish, suhbat, o‘yin orqali farzandlarni kitobga qiziqtirish masalalari tahlil qilinadi.

66-68 158 44

XALQ DOSTONLARINING O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA O‘RGANILISHI

Nodira Yo‘ldosheva

Xalq dostonlari qadimdan vatanga muhabbat, millat va uning qadriyatlari haqida so‘zlab keladi. Xalq dostonlari dutor, do‘mbira va xalq cholg‘u asboblari jo‘rligida ijro etiladi. Bu madaniyat va tarix uyg‘unligidir. O‘zbek tilshunosligida xalq dostonlarining o‘rganilishi ahamiyati haqida bugungi maqolamizda yoritamiz.

61-65 546 84

OʻTKIR HOSHIMOVNING “IKKI KARRA IKKI – BESH” QISSASIDA QAHRAMONLAR XUSUSIYATI

Sherzodjon Tojimamatov

XX asrning oʻtkir qalam sohiblaridan biri boʻlmish Oʻtkir Hoshimovning 1987-yil yozilgan “Ikki karra ikki – besh” hajviy qissasi orqali jamiyatdagi kamchiliklar, shu davrdakongi mazlum xalqning qiyin ahvoli, ogʻir mehnati hamda bu ish uchun yetarlicha imtiyozlar berilmagan oddiy odamlar hayoti tasvirlangan. Asar voqealari davomida ijtimoiy adolat uchun kurash tuygʻusi bayon etilgan. Voqealar ortiqcha boʻyoqlarsiz, xolisona yoritilgan.

109-116 104 39

O‘ZBEK TILI ETNOTOPONIMLARINING SOTSIOLINGVISTIK TAHLILI

Dildora Sativoldiyeva

Maqolada millat, xalq, urug‘, qabila, elat nomlari (etnonim)lardan transonimizatsiya asosida toponimlar hosil bo‘lishi –  etnonimlarning toponimlashuvi, jumladan, Namangan viloyati etnotoponimlari va ularning yuzaga kelish omillari, turlari, ijtimoiy, semantik-funksional ahamiyati yoritilgan.

44-53 47 26

O‘QISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING O‘ZIGA XOS USULLARI

Gulchexra Abduvaliyeva

Oʻqish samaradorligini oshirishning oʻziga xos usullari mavzusidagi maqolada, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish qobiliyatlarini yaxshilash uchun zamonaviy va innovatsion strategiyalar ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqolada, o‘qishning asosiy tamoyillari, motivatsiya, vaqtni boshqarish, o‘qish uslublari va faol o‘qish metodlari kabi muhim jihatlar ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada o‘quvchilarning qiziqishini oshirish uchun interaktiv va ko‘ngilochar metodlarning roli ko‘rsatiladi. Natijada, bu usullar o‘quvchilarga ma’lumotlarni yanada chuqurroq va samarali qabul qilish imkonini beradi. Maqola, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun amaliy tavsiyalar berib, o‘qish jarayonini yaxshilashga yordam beradi.

38-43 58 22

ALISHER NAVOIY AFORIZMLARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI O‘QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH METODIKASI

O‘g‘iloy Axmadaliyeva

Ushbu maqolada umumiy, o‘rta va oliy ta’lim tizimlarida o‘qitiladigan “Alisher Navoiy aforizmlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusiga zamonaviy raqamli texnologiyani tatbiq etish, amaliy-metodologik jihatdan o‘quvchilarga mavzu predmetini o‘rganishni qulaylashtiruvchi kompyuter dasturlari, onlayn platformalardan foydalanish va turli dasturiy o‘yinlar yaratish, hamda bu borada olib borilgan izlanishlar, tadqiqotlar haqidagi fikrlar yoritilgan.

35-37 46 11

RUS TILI O'QITISHDA O'YIN METODIKASI

RUSHANA XAYRUTDINOVA

Maqolada ma'lum bir tilni o‘zlashtirishda yoshlar muammosi va ularni hal qilish yo‘llari, shuningdek, ushbu qiyin masalada ota-onalarning roli muhokama qilinadi.

30-34 57 11

TALABALARDA TANKIDIY FIKRNI SHAKLLANTIRISH USULLARI

SHAXZODA RAHIMOVA

Maqolada o‘quvchilarning ta’lim jarayonida faol ishtirokini rag‘batlantiradigan muammoli ta’lim, keys metodi, bahs-munozara va rolli o‘yinlar kabi yondashuvlar bayon etilgan. Bu usullarni ta’lim jarayoniga joriy etishning amaliy misollariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqola ta'lim sifatini oshirish va talabalarni zamonaviy dunyo muammolariga tayyorlashga intilayotgan o‘qituvchilar va metodistlarga qaratilgan.

27-29 68 85

TA’LIM BOSQICHLARIDA JAHON ADABIYOTINI O‘RGATISHDA SAMARALI METODLARDAN FOYDALANISH (Iliada dostoni misolida)

Shamsiya Egamberdiyeva , Sevinch Tursunboyeva

Ushbu maqolada jahon adabiyotining o‘lmas buyuk eposi Homer qalamiga mansub "Iliada"dostonini chuqur oʻrganish va yosh avlodga o‘rgatish dolzarbligi, u orqali yoshlarga jahon adabiyoti durdonalarining janriy tabiati hamda badiiy-kompozitsion xususiyatlari, tarbiyaviy ahamiyati, tarbiyalanuvchilarni jahon adabiyotiga qiziqishlarini orttirish va ularning chet el adabiyotidan kerakli xulosalarni olishiga yordam berish haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.

16-26 257 20

ADABIYOT DARSLARIDA BADIIY MATN TAHLILIGA DOIR ZAMONAVIY YONDASHUVLAR SAMARADORLIGI

Rayxona Tillayeva

Shaxs intellektual kamoloti samaradorligiga qaratilgan o‘quv  tadqiqoti faoliyati bilan bog‘liq badiiy matnni tahlil qilish o‘quvchilarning mantiqiy va ijodiy qobiliyati, erkin fikrlashi, faolligi va mustaqilligini, bir so‘z bilan aytganda, kognitiv faolligini oshirishga xizmat qiladi. Kichik tadqiqotlar olib borish bolalarda mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi, asosli javob topish jarayonida noto‘g‘ri vaziyatlarni xotirjamlik bilan hal etish qobiliyati, masalaga xolis munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantiradi. Natijada o‘quvchilarda masalaga nisbatan e’tiborli bo‘lish, aniqlik, murakkab vaziyatlarda voqealarni obyektiv baholash ko‘nikmalari va ijodkorlik sifatlari rivojlantiriladi. Maqolada mazkur jihatlar xususida so‘z yuritiladi.

7-15 85 20

TALABALARNING MULOQOT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Maxbuba Sobirova

maqolada talabalarning muloqot kompetensiyasini  rivojlantirishning nazariy asoslari, ularning ona tilini bilishi va nutqiy muloqot ko‘nikmalarining darajasini oshirish,  bu o‘rinda kasbiy muhim sifatlar tizimini ajratib ko‘rsatishga qaratilishi, ham tayanch, ham potensial kasbiy mahoratini tashhislash uchun metodik ta’minotga e’tibor qaratish kabi masalalar yoritiladi.

235-241 76 30

YANGI TIL O'RGANISH QIYINCHILIKLARI VA YECHIMLARI.

Samandar Azimov , O’g’ilxon Darvishaliyeva

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinfga xorijiy tillarni o‘rgatish metodikasi hamda uslubiy ko‘rsatmalar, o‘quvchilar bilan ishlash yo‘llari yoritilgan, ularga o‘quv jarayonini sodda va ravon tarzda tushuntirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

117-126 125 33

ALLA JANRI SPETSIFIKATSIYASI VA TASNIFLANISHI

Shamsiya Egamberdiyeva

Ma’lumki har bir asar, xoh u xalq og‘zaki ijodi namunasi bo‘lsin, xoh milliy adabiyot namunasi bo‘lsin, janr sifatida tan olinishi uchun ma’lum  me’yor va talablarga javob berishi kerak. Allalar xalq og‘zaki ijodining bolalar folklori tarkibiga kirar ekan, avvalo poetik qoliplar, qofiyalanish tizimi, radiflar silsilasi va o‘z tinglovchisiga  ega.  

127-136 52 24

LEKSIKOLOGIYAGA DOIR O‘QUV MATERIALLARINING MAZMUNI VA LEKSIK KOMPONENTLIKNING MOHIYATINI ANIQLASH

Guljahon Dehqanova

Xorijiy tillarni o‘rgatish  davomida leksik kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni sifatida ko‘rishimiz mumkin. Boshlang‘ich sinf  o‘quvchilariga chet tillarni o‘rganishning til asosida leksik kompetentlik mazmunini yoritiladi. Leksik kompetentlikni rivojlantirishda mashqlar tizimini, hamda , chet tili darslarida o‘qitish usullari va ushbu  usullarini maqsadli qo‘llash samaradorligi aytishimiz mumkin. Boshlang‘ich sinf  o‘quvchilarning leksik kompetentligini sezilarli darajada o‘zgarishiga yordam beradi.

137-140 127 31

RUS TILI MORFOLOGIYASI

Bobajonova.M.T Bobajonova.M.T

Ushbu maqolada rus tili morfologiyasi, morfologiya bo‘limi vazifalari va so‘z turkumlari haqida gapiriladi.

141-148 63 36

BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Gulchexra Abduvaliyeva

Ushbu  maqolada  boshlang’ich sinf  o’quvchilarining modulli ta’lim asosida  o’qish samaradorligini  oshirish, dars davomida zamonaviy interfaol metodlarni amalda qo’llash.

149-157 66 20

BOSHLANG‘ICH SNF INGLIZ TILI DARSLARIDA O’QUVCHILARNING LEKSIK KOMPETENSIYASINI KOMIKSLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Xurriyat Nishonova

Leksik kompetentsiyani rivojlantirish boshlang’ich sinf  o'quvchilarning tilni o'zlashtirish jarayonining hal qiluvchi jihati hisoblanadi. Ushbu maqola boshlang'ich sinf  ingliz tili darslarida komikslarni integratsiyalash orqali yosh o'quvchilarning leksik kompetentsiyasini oshirish uchun qo'llaniladigan metodologiya haqida umumiy ma'lumot beradi. Komikslardan pedagogik vosita sifatida foydalanish o‘quvchilar e’tiborini o‘ziga tortadigan va so‘z boyligini o‘zlashtirishni osonlashtiruvchi ko‘rgazmali jozibali va matnga boy vositani taqdim etadi. Ushbu metodologiya maqsadli faoliyatni loyihalash, til o'zaro ta'siri va muloqotni rivojlantirish va tegishli baholash usullarini qo'llashni o'z ichiga oladi. Komikslarni dars jarayonida qo’llab  orqali o'qituvchilar o'quvchilarning so'z boyligini o'zlashtirish va umumiy til rivojlanishiga yordam beradigan dinamik va interaktiv o'quv muhitini yaratishi mumkin. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf  ingliz tili darslarida  o'quvchilarning leksik kompetensiyasini oshirishda komikslardan samarali metodologiya sifatida foydalanishning ahamiyati ko'rsatilgan.

158-165 73 28

O‘ZBEKISTON MAHALLIY TILLARINING MAMLAKAT LISONIY VAZIYATIDA TUTGAN O‘RNI VA TA’LIM TILLARI MENEJMENTI

Zaripov Rafiqjon

Mazkur maqolada O‘zbekistondagi lisoniy vaziyat, mamlakatdagi tillarning maqomi, mahalliy tillar menejmenti, ularning aholi qatlamlari nutqida qo‘llanish darajasi, ta’lim tillari boshqaruvi, davlat tili haqidagi qonun hujjatlarida mamlakat lisoniy vaziyatidagi tillarga qaratilgan e’tibor masalalari yoritilgan.

166-182 412 37

ʿALĪ SHĪR NAVĀʾĪ VA UNING TURK-ISLOM TADDDILASIGA QOSHTIRISH HISSASI.

Donohon Abdugafurova

Bir kishi tilning asoschisi bo'la oladimi? Mir ʻAli Shir nomi bilan ham mashhur boʻlgan Niyomiddin ʻAli Shir Navʼiy (844—906/1441—1501) oʻzining koʻp sonli turkiy adabiy adabiy lugʻati tufayli oʻzbek adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida katta eʼtibor qozongan shaxsdir. o'zbek tilining oldingi tili. U zullisonayn yoki ikki tilli boʻlib, fors va turkiy tillarda ijod qilgan. U ilmidan tashqari so‘nggi Temuriylar hukmdori Sulton Husayn Boyqaro (873–911/1469–1506) davrida ham muhim siyosatchi bo‘lgan. Uning yozgan asarlari va adabiy ijodga homiyligi turkiy tilning mavqeini oshirdi. U turkiy tilning kamsitilishiga qarshi chiqqan, uning munosib mavqeini himoya qilgan birinchi adabiyot arbobi edi. Navoiy shoir, vazir, hokim va mutasavvif faylasufi sifatida turkiy sivilizatsiyalarga alohida hissa qo‘shgan. Navoiyning hayoti, davlat arbobi va adabiy merosi haqida so‘z yuritilgan ushbu maqolada uning adabiy va xayriya merosi orqali turk-islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi baholanadi.

183-188 45 20

OG'ZAKI VA YOZMA NUTQNI O'RGATISHGA INNOVATSION YUNDASHILIShI.

Нехочина Л.Ш Нехочина Л.Ш, Аманбаева Б Аманбаева Б

Maqolada nutq ko'nikmalarini o'rgatish usullarini takomillashtirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar korib chiqilmoqda. Raqamli texnologiyalar, interfaol usullar va ta’limning loyihaviy shakllaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Og'zaki va yozma muloqotning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga oladigan kompleks yondashuvlardan foydalanish zarurati asoslanadi.

189-195 75 13

XORIJIY TILLARNI O’QUVCHILARGA O’RGATISHDA METODIK USUL VA YONDASHUVLAR HAMDA O’QITUVCHINING PSIXOLOGIK BILIMI

Samandar Azimov , Dilorom Abdumuminova

Ushbu maqolada pedagoglarning faoliyat jarayoni va ularning dars o’tish ko’nikma , malaka hamda pedagogik tajribaga ega bo’lishlari to’g’risida ham ma’lumot berilgan. Yosh kadrlarning va malakali kadrlarning hozirgi kunda xorijiy tillarni o’rgatishda psixologik jihat yoki tajriba ustunligi to’g’risida ham o’zaro ular orasida farq tafovutlarni o’rganib tahlil qilish  orqali ma’lumot keltirib o’tilgan. O’qituvchining dars jarayonidagi faoliyati ularning ta’lim – tarbiya davomida psixik yondashuvlari haqida ham fikr mulohazalar berilgan.

196-201 62 27

MODERNIZASYON DAVRIDA O'RTA TA'LIM O'QUVCHILARI UCHUN INGLIZ TILI O'QITISh USULLARI.

Sarvinoz Maxammadaliyeva , Samandar Azimov

Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishning innovatsion usullari haqida ma’lumotlar va tavsiyalar keltiriladi hamda bugungi dunyoda xorijiy tillarni o‘rganishning ta’lim tizimidagi ahamiyatini isbotlash uchun misollar keltiriladi.                      

202-207 66 22

LOYIHAVIY TA’LIMGA CHET EL OLIMLARNING MUNOSABATI

Azizbek Baxriddinov

hozirgi  kunda loyihaviy ta’limning kundan kunga o’rni ortib bormoqda. Shu sababli nafaqat ko’plab olimlarning, balki pedagogika sohasida faoliyat olib borayotganlarda ham qiziqish ortib bormoqda. Ushbu maqolada turli davlatlarda yashagan olimlarning loyihaga asoslangan ta’limning rivojlanishiga munosabati haqida yoritilgan.

208-213 69 13

NUTQ NUQSONINI BARTARAF ETISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Zamira Munavvarova

maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilari so`z boyligini oshirirsh, adabiy til me‘yorlariga rioya qilgan holda ravon, to`gri shakllangan, chiroyli nutq malakalarini shakllantirish va bunda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, usullari va loyihalash texnologiyalarini ilmiy manbalar materiallarini atroflicha o`rganib chiqilib, tahlil qilingan.

214-219 55 70

RAQAMLI TA’LIM VOSITALARI YORDAMIDA ONA TILI FANIDAN NAZORAT ISHI OLISH METODIKASI

Ezozaxon Raxmatillayeva

ushbu maqolada raqamli ta`lim vositalari  yordamida  ona tili fanidan  nazorat  ishlarini tashkillashtirish  metodikasi bayon qilingan hamda interaktiv test nazorati, audiodiktant, videodiktant, videobayon, audiobayon  haqida ma`lumot  berilgan.

220-229 84 19

O’QISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING O’ZIGA XOS USULLARI

Gulchexra Abduvaliyeva

maqolada ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish qobiliyatlarini yaxshilash uchun zamonaviy va innovatsion strategiyalar ko‘rib chiqiladi. O‘qishning asosiy tamoyillari, motivatsiya, vaqtni boshqarish, o‘qish uslublari va faol o‘qish metodlari kabi muhim jihatlar ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada o‘quvchilarning qiziqishini oshirish uchun interaktiv va ko‘ngilochar metodlarning roli ko‘rsatiladi. Natijada, bu usullar o‘quvchilarga ma’lumotlarni yanada chuqurroq va samarali qabul qilish imkonini beradi.

230-234 58 13

ONA TILI TA'LIMI JARAYONIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH ASPEKTLARI

Ezozaxon Raxmatillayeva

Ushbu  maqolada ona tili ta’limi jarayoniga raqamli ta’lim  texnologiyalarini olib kirish ,ulardan foydalanish  aspektlari , ta’lim  texnologiyalarining  afzalliklari haqida   bayon  qilingan.