Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-sonli buyrug‘iga asosan Axborot texnologiyalari va menejment universitetida 2025-yil 14-15-may kunlari “Raqamli transformatsiya sharoitida sun’iy intellektni rivojlantirish va zamonaviy matematikani o‘qitish muammolari va yechimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanining o‘tkazilishini ma’lum qilamiz!
Anjumanda xorijiy va yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar va tegishli soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.
Anjumanda onlayn ishtirok etish uchun ZOOM platformasidan ham foydalaniladi.